Laboratoriya xonalari bilan tanishish, laboratoriya jihozlari va moddalar bilan ishlaganda amal qilinadigan xavfsizlik qoidalari.
Agar o’simliklar fiziologiyasi laboratoriyasida ishlayotganingizda e'tiborli bo’lishingiz zarur, xavfli oqibatlarga olib keladigan ehtiyot choralarini ko'rish juda muhimdir. Ushbu ehtiyot choralari zaharli, yengil, portlovchi yoki kimyoviy yonadigan moddalar bilan ishlashda ko'rilishi kerak.
Pipetka bilan ishlaganda qisman suyultirilgan va kontsentrlangan kislotalar (azot, oltingugurt, xlorid kislotasi), toksinlar va zaharli moddalarni og'iz orqali tortish mumkin emas, balki rezina nok yoki silindrlardan foydalanish zarur. Bunga xrom aralashmasini ishlatishda xam amal qilish kerak.
Zararli gaz yoki bug'lar hosil qiluvchi moddalarni (azot, xlorid, sirka kislotasi va boshqalar) kukun xolidagi changlanadigan moddalarni ishlatganda dokali respiratorlar va ximoya ko’zoynagidan xamda mo’rili shkafdan foydalanish kerak.
Turli xil qurilmalar 220V kuchlanishli elektr tokidan foydalanganligi sababli, laboratoriyada umumiy yerga ulanish kontur tizimi ta’minlangan bo’lishi kerak. Bu asboblardan foydalanishning nafaqat xavfsizligini, balki asboblar ko'rsatkichlarning aniqligini ham ta'minlaydi. Xavfsizlik maqsadida ohirgi paytda xavfsizlik nuqtai nazaridan asboblarning elektr qo’shimcha erga ulanuvchi kontakt simlari bor maxsus vilka va rozetkalar bilan chiqarilmoqda. Shuning uchun ularni qo’shimcha erga uchish kerak emas.
Laborant klinik materiallar bilan ishlashda ehtiyotkorlik va etibor bilan ishlashi kerak. Chunki u yuqumli bo'lishi mumkin. B}' - materiallar bilan ishlagandan so'ng darhol material va ishlatilgan idishlarni zararsizlantirish kerak, ya'ni kimyoviy va termik ishlov berish kerak.
1-2-jadvallarda eng ko'p ishlatiladigan zaharli, yonadigan va portlovchi kimyoviy moddalarni saqlash qoidalari, shuningdek kuyish va zaharlanishida birinchi yordam choralari xaqida ma'lumotlar berilgan.
Jadval-1
Do'stlaringiz bilan baham: |