O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti
LABORATORIYADA QО‘LLANILADIGAN VOSITALAR
Download 1.85 Mb.
|
O\'simliklar fiziologiyasi majmua-2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sentrifuga Mikroskop Plazmoliz va deplazmolizni kuzatish. Asbob va reaktivlar
LABORATORIYADA QО‘LLANILADIGAN VOSITALAR
VA ASBOBLAR Laboratoriya jihozlari. predmet oynasi Qoplagich oyna Skalpel qisqich Moddalarni alangaga tutadigan ignalar shkalali pipetka Paster pipetkasi shisha tayoqcha termometr shkalasiz pipetka О‘lchamli shisha menzurka Petri idishi voronka probirkalar uchun taxta tokcha xalqali shtativ Probirka tozalagich Chinni xovoncha Sentrifuga Mikroskop Plazmoliz va deplazmolizni kuzatish. Asbob va reaktivlar: mikroskop, buyum oynachasi, koplagich oyna, qizil piyoz, ustara filtr qogoz, rasm chizish aparati, NaCI, KCI yoki saxarozaning 1 n eritmasi. O’simlik hujayralari gipertonik (kontsentratsiyasi hujayra shirasi kontsentratsiyasidan yuqori bo’lgan) eritmaga botirilganda sitoplazmasi sellyuloza po’stidan ajraladi. Bunga plazmoliz deyiladi. Plazmoliz holatidagi hujayralar suvga yoki gipotonik eritmaga botirilganda, sitoplazmasi qaytadan hujayra pustiga borib taqalishi deplazmoliz deb yuritiladi. Agar hujayra shirasining konsentratsiyasi eritmaning kontsentratsiyasiga mos kelsa, hujayraga suv qabul qilinmaydi va tashqi muhitga ham chiqarilmaydi. Konsetratsiyasi bir biriga mos kelgan eritmalar izotonik eritma deyiladi. Plazmoliz va deplazmoliz hodisalarini kuzatish uchun rang (antotsian) li piyoz po’stidan yupqa kesik olinadi. Uni buyum oynasiga qoyib, ustiga suv tomiziladi va qoplagich oyna bilan yopiladi. So’ngra preparat mikroskopning kichik (8x li) ob’ektivida kuzatiladi. Mikroskopda hujayralar bir tekis boyalgan va tarang holda ko’rinadi. Qoplagich oynaning bir chekkasiga NaCI, KCI yoki saxarozaning 1 n eritmasidan bir tomchi tomiziladi. Qoplagich oynaning ikkinchi tomonidan filtr qogozga suv shimdirilib olinadi. Shu vaqtda sitoplazma hujayra po’stidan ajralib o’rtaga to’plana boshlaydi, lekin u rangsiz bo’lganligi sababli kuzatilayotgan preparatda antotsian hujayra pustidan ajrala boshlaganday bo’lib ko’rinadi. Bu hodisa tarkibida antotsian bo’lgan hujayralardagi vakuolaning va sitoplazmaning ketma-ket qisqarishi natijasida yuz beradi. Sitoplazma hujayraning markaziga yoki bir chekkasiga utib ketmay , avval hujayra po’stidan burchaklaridan kucha boshlaydi, keyin tamoman ajraladi. Sitoplazmaning ba`zi bir qismlari sitoyalazmatik ipchalar yordamida hujayra po’stiga bog’langan bo’ladi. Bu ipchalar Gext ipchalari deb ataladi. Oradan bir oz vaqt o’tkach, qoplagich oynaning bir chekkasiga bir tomchi suv tomizib, ikkinchi tomonidan dastlab tomizilgan 1n NaCI, KCI yoki saxarozaning 1n eritmasi filtr qog’ozga shimdirib olinadi. Suvning kayta shimilishi natijasida hujayralar dastlabki xolatiga qaytadi, ya`ni deplazmoliz xodisasi roy beradi. Plazmoliz botiq hamda qavariq bo’ladi. Bu sitoplazmaning qovushqoqlik darajasiga bog’liq. Yosh hujayralar sitoplazmaning qovushqoqligi yuqori bo’lganligidan, ulardagi plazmoliz avval botiq bo’lib so’ngra qavariq shaklga keladi.Qarib qolgan hujayralarda esa birdaniga qavariq plazmoliz hosil bo’ladi, bu hodisa hujayradagi plazmaning qovushqoqligi pastligini bildiradi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling