O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika ва psixоlogiya fakulteti


Download 65.57 Kb.
bet1/10
Sana15.01.2023
Hajmi65.57 Kb.
#1093988
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kurs ishi Ergasheva Sevinch


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA ВА PSIXОLOGIYA FAKULTETI
PEDAGOGIKA ” KAFEDRASI
“Pedagogika va psixologiya fanlarini o’qitish metodikasi ” fanidan
GLOBALLASHUV JARAYONIDA O'QUVCHILARNING MAFKURAVIY MADANIYATNI SHAKLLANTIRISH ” mavzusida
KURS ISHI
Bajaradi: 4-kurs “401”guruh talabasi Ergasheva.S.Sh
Tekshirdi: p.f.n., dotsent Baybayeva M.X
TOSHKENT-2022
MUNDARIJA
KIRISH……………………………….…………………………….……………..3
I BOB . GLOBALLASHUV JARAYONIDA O'QUVCHILARNING MAFKURAVIY MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY METODOLOGIK ASOSLARI…………………………………………………6

    1. Globallashuv jarayonida o`quvchilarning mafkuraviy madaniyatini shakllantirish muammo sifatida…………………………………………… 6

    2. Mafkuraviy madaniyatning ta`lim-tarbiyaga ta`siri ………………………12

I BOB BO’YICHA XULOSA………………………………………..…………19
II BOB. GLOBALLASHUV JARAYONIDA O'QUVCHILARNING MAFKURAVIY MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHNING O`RGANILISH METODIKASI……………………………………………….20
2.1 O`quvchilarda mafkuraviy madaniyatni shakllantirishning asosiy yo‘nalish va ko'rsatkichlari …………………………………………………………………….20
2.2 Globallashuv jarayonida o`quvchilarda mafkuraviy madaniyatni shakllantirish metodikasi ………………………………………………………………………..25
II BOB BO’YICHA XULOSA……………………………………………….…32
UMUMIY XULOSA …………… ……………………………………………..33
GLOSSARIY ……………………………………………………………………35
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI …………………….…..37

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Bugungi kunga kelib globallashuv jarayonida dunyoda g‘oyaviy, mafkuraviy kurash ya’ni dunyoni g‘oyaviy jihatdan bo‘lib olishga bo‘lgan urinish kuchayib bormoqda. Albatta, bunday vaziyatda mustaqilligimizni mustahkamlash, uning barqarorligini, farovonligini, tinchligini va kelajagini ta’minlash har birimizning yuksak burchimizdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev globallashuv sharoitida ma’naviyatga qarshi turli xurujlar haqida gapirar ekan: “Bugungi kunda yonatrofimizda diniy ekstremizm, terrorizm, giyovandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, “ommaviy madaniyat” degan turli balo-qazolarning xavfi tobora kuchayib borayotganini hisobga oladigan bo‘lsak, bu so‘zlarning chuqur ma’nosi va ahamiyati yanada yaqqol ayon bo‘ladi”,[1] deb alohida ta’kidlaydi. XXI asr boshlariga kelib, dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir shu qadar kuchayib ketdiki, bu jarayondan to‘liq himoyalanib olgan birorta ham davlat yo‘q deb to‘la ishonch bilan aytish mumkin. Hattoki, xalqaro tashkilotlardan o‘zaro turishga intilayotgan, ularga a’zo bo‘lishni istamayotgan mamlakatlar ham bu jarayondan mutlaqo chetda еmas. Globallashuv shunday jarayonki, undan chetda turaman, degan mamlakatlar uning ta’siriga ko‘proq uchrab qolishmoqda. Bunday g‘ayri ixtiyoriy ta’sir esa ko‘pincha salbiy oqibatlarga olib kelmoqda. Bugun jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan globallashuv har bir davlat, xalq, millat, yoxud insoniyat ma’naviyatida yangicha ma’no-mazmun kasb etmoqda. Jamiyat rivojida «har bir ijtimoiy hodisaning ijobiy va salbiy tomoni bo‘lgani singari, globallashuv jarayoni ham bundan mustasno emas. Lekin mana shunday yutuqlar bilan birgalikda globallashuv ayrim xalqlarning milliy g‘oyasi, mafkurasi, e’tiqodi va o‘tmish merosiga ham ma’naviy tahdid solayotganligini unutmasligimiz lozim.
Bugungi globallashuv jarayonida insoniyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi tubdan o‘zgarib ketdi. Bu o‘zgarishlar natijasida bir qator dolzarb ahamiyatli, ta’sir doirasi jahon hamjamiyatini qamrab olgan, bashariyatning kelajakdagi ijtimoiy taraqqiyotini belgilab berayotgan muammolar vujudga keldi. Bu muammolar insoniyatning global muammolari deb ataladi hamda ularning еchimini topish yo‘lida barcha davlatlarning kuch-qudrati, imkoniyat-harakatlari jamlanishi maqsadga muvofiq.
Mavzuning o’rganilish darajasi:So'nggi yillarda yetakchi xorijiy mamlakatlarning ta'lim tizimida o'quvchi va bo'lajak pedagoglarda kreativlik sifatlarini shakllantirish masalasiga alohida, jiddiy e'tibor qaratilmoqda. Buni Bronson, Merriyman (2010 y.), Ken Robinson va yurtdoshlarimizdan hodmonov. B.I, Toshbekova. M.X, Sulaymonov, Po‘latov, Sh.N., Safoeva. S va b. tomonidan olib borilgan ko'plab tadqiqotlar, ularning natijalarian ko'rish mumkin.
Kurs ishining maqsadi: Globallashuv jarayonida o'quvchilarning mafkuraviy madaniyatni shakllantirish va rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslarini o'rganish va amaliy jihatdan tavsiflash.
Kurs ishining vazifalari:
-
globallashuv jarayonida o`quvchilarning mafkuraviy madaniyatini shakllantirish muammo sifatida o'rganish;

  • globallashuv jarayonining omillarini tasniflash;

  • mafkuraviy madaniyatning ta`lim-tarbiyaga ta`sirini ko'rsatish;

  • o`quvchilarda mafkuraviy madaniyatni shakllantirishning asosiy yo‘nalish va ko'rsatkichlarini tasniflash;

  • globallashuv jarayonida o`quvchilarda mafkuraviy madaniyatni shakllantirish metodikasini shakllantirish;


Download 65.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling