O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tillar fakulteti


Badiiy matn qismlarini bog‘lovchi vositalar


Download 296.5 Kb.
bet12/22
Sana26.01.2023
Hajmi296.5 Kb.
#1124737
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
Bog'liq
Badiiy matinning lisoniy tahlili

Badiiy matn qismlarini bog‘lovchi vositalar
Matn kamida ikkita gapdan tuzilgan murakkab sintaktik butunlik. Gaplar о‘zaro turli sintaktik aloqa vositalari yordamida birikadi. Ularga takroriy bо‘laklar, olmoshlar, xiazmatik konstruksiyalar, zamon va makon ifodalovchi birliklar, kesimlarning zamon shakllari, modal sо‘zlar kabi turli leksik-grammatik birliklar kiradi. Tilshunos olim A.Mamajonov matn komponentlari о‘rtasida mustahkam sintaktik aloqa majudligini ta’kidlaydi va bu aloqaning о‘ziga xosligini «Tekst lingvistikasi» deb nomlangan risolasida quyidagicha izohlaydi: «Bizningcha, sintaktik aloqaning bu turi qо‘shma gap komponentlari orasidagi grammatik aloqaga о‘xshab ketadi, faqat murakkabroq kо‘rinishda yuzaga chiqadi. Ma’lumki, qо‘shma gap komponentlari orasida biriktirish, qiyoslash, zidlash, sabab-natija, shart-payt, aniqlash, izohlash kabi mazmuniy munosabatlar ifodalanadi. Bu munosabatlar qо‘shma gapning uch turi: bog‘lovchisiz, bog‘langan va ergash gapli qо‘shma gaplarda komponentlarni о‘zaro biriktiruvchi sintaktik aloqa vositalari: intonatsiya, bog‘lovchilar, bog‘lovchi vazifasidagi sо‘zlar, gap bо‘laklari tartibi, olmoshlar, ayrim sо‘zlarning takrorlanishi, umumiy ikkinchi darajali bо‘laklar, kesimlarning zamon munosabati kabilar orqali reallashadi. Kо‘rinadiki, qо‘shma gaplarda sintaktik aloqa predikatsiyalar orasida о‘rnatiladi. Tekstda esa sintaktik aloqa bir butun gaplar, superfrazali sintaktik butunliklar, abzatslar, qismlar, bо‘limlar, boblar о‘rtasida yuzaga chiqib uning mazmuniy va struktural birligini ta’minlaydi».31Demak, matn tarkibidagi gaplar faqat struktural jihatdan emas, balki mazmunan ham bir-birini taqazo qilishi kerak ekan. Matn butunligida mazmuniy yaqinlik qanchalik ahamiyatli bо‘lsa, mazmun izchilligi ham shunchalik muhim. Masalan: 1.Hovli yog‘ tushsa yalagudek top-toza bо‘ldi. 2.Ahmad bugun ham darsga kelmadimi? 3.Har qanday chuqurlikdan ham yuksaklikka kо‘tarilish mumkin. 4.О‘qituvchining vazifasi о‘quvchilarga orzu ulashishdan, orzu qilishni о‘rgatishdan iborat bо‘lmog‘i lozim.
Yuqorida tо‘rtta gap ketma-ket keltirildi. Lekin ularda mazmuniy yaqinlik yо‘q. Quyidagi gaplar yig‘inida esa mazmuniy yaqinlik kо‘zga tashlanadi, lekin mazmun izchilligi yо‘q: 1.Qalamkashning Sо‘zi bir yо‘la о‘n ming, yuz ming kitobxonga yetib boradi. 2.Demak, uning Sо‘z mas’uliyati ham boshqalarnikidan ming hissa ortiqroqdir. 3.Maktab о‘qituvchisining Sо‘zi о‘ttiz bolaga yetib boradi. 4.Notiqning Sо‘zi ming tinglovchiga yetib boradi. 5.Dorilfunun domlasining Sо‘zi yuz talabaga yetib boradi.
Yuqoridagi gaplardan matnning sо‘z va uning mas’uliyati haqida ekanligini payqash qiyin emas. Bu gaplar yig‘inida mazmun yaqinligi bor, lekin izchil emas. Gaplarning ketma-ketligi buzilganligi tufayli mazmun izchilligiga ham putur yetgan. Endi mazkur gaplarni qayta terib chiqamiz:
Maktab о‘qituvchisining Sо‘zi о‘ttiz bolaga yetib boradi.
Dorilfunun domlasining Sо‘zi yuz talabaga yetib boradi.
Notiqning Sо‘zi ming tinglovchiga yetib boradi.
Qalamkashning Sо‘zi bir yо‘la о‘n ming, yuz ming kitobxonga yetib boradi. Demak, uning Sо‘z mas’uliyati ham boshqalarnikidan ming hissa ortiqroqdir.(О‘. Hoshimov)
Muallif aytmoqchi bо‘lgan fikr, aslida, oxirgi gapda keltirilgan. Agar yozuvchi faqatgina oxirgi gapni keltirib qо‘ya qolganida о‘sha fikrning ta’sirchanligi bо‘lmasligi mumkin edi. Adib maqsadini qiyoslash usulidan foydalanib tо‘la va aniq yetkazishga erishgan: о‘qituvchi va bunga parallel ravishda о‘ttiz bola, domla - yuz talaba, notiq - ming tinglovchi, qalamkash - о‘n ming, yuz ming kitobxon. Bu matndagi qiyos pog‘onama-pog‘ona «kengayib boruvchi» leksik-semantik birliklar fonida yanada aniq ifodasini topgan: 1.Muassasalar: maktab→dorilfunun→ijtimoiy-ijodiy maktab, ya’ni hayot; 2.Kasb egalari: о‘qituvchi→domla→notiq→qalamkash; 3.Miqdor: о‘ttiz→yuz→ming→о‘n ming, yuz ming. Ohang ham shunga muvofiq kо‘tarilib boradi.
Matn komponentlari о‘zaro kontakt va distant aloqaga kirishadi. Oradan uch-tо‘rt kun vaqt о‘tdi. Bolaga telefonimni bergan edim. Qо‘ng‘iroq qilmadi. Bir kuni yana uyushmaga kelsam, xuddi о‘sha kitob dо‘koni oldida turibdi (SH.Xolmirzayev).32 Bu matnda birinchi va ikkinchi, ikkinchi va uchinchi, uchinchi va tо‘rtinchi gaplar orasidagi aloqani «kontakt aloqa», birinchi va uchinchi, birinchi va tо‘rtinchi gaplar orasidagi aloqani «distant aloqa» deymiz.
d=(a+b)+(b+c)+(c+d)

Download 296.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling