O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tillar fakulteti
Download 296.5 Kb.
|
Badiiy matinning lisoniy tahlili
ЛП/СВ
YAK LK Chizmadan anglashiladigan ma’no shuki, lingvopoetika ham adabiyotshunoslik ham tilshunoslik fanlari erishgan nazariy yutuqlardan foydalangan holda badiiy matn ustida tadqiqotlar olib boradi. Bizningcha, lingvopoetik tahlil keng qamrovli jarayon. Unda nafaqat adabiyotshunoslik va tilshunoslikning, balki sotsiologiya, psixologiya, estetika, falsafa kabi fanlar erishgan ilmiy-nazariy yutuqlardan foydalanish mumkin. О‘zbek tilshunosligida badiiy asar tili lingvopoetik nuqtai nazardan tadqiq etilgan ishlar juda kо‘p. Masalan, bir qator ishlarda Alisher Navoiyning nasriy va nazmiy asarlarining tili badiiy mahorat jihatidan о‘rganilgan, ulug‘ mutafakkirning badiiy uslubiga xos lisoniy vositalarning mohiyatini ochib berishga harakat kilingan. Akademik SH.Shoabduraxmonovning bir qator ishlarida о‘zbek xalq dostonlari, shuningdek, adiblar badiiy asarlarining tili chuqur tahlil etilgan, leksik-semantik, grammatik birliklarning konkret asardagi badiiy-estetik qimmati ochib berilgan. Badiiy til masalasini ayni lingvopoetik maqsadlar bilan yoritish borasida X.Doniyorov, S.Mirzayev, X.Samadov, I.Qо‘chqortoyev, X.Abduraxmonov, M.Mirtojiyev, N. Mahmudov va boshqalar alohida diqqatga sazovor bir qancha ishlarni yaratganlar. О‘zbek tilshunosligida keyingi о‘n yilliklarda muayyan bir ijodkorning tildan foydalanish mahorati, yozuvchining u yoki bu til sathi birliklarini qо‘llashdagi о‘ziga xosliklarini mufassal kо‘rsatishga bag‘ishlangan juda kо‘plab tadqiqotlar yuzaga kelganligi quvonarlidir. Aytish lozimki, badiiy tilni о‘rganishda kо‘proq leksik birliklarning lingvopoetikasiga e’tibor qilinganligi kо‘zga tashlanadi. Masalan, tilshunos L.Abdullayeva о‘zining monografiyasida10 о‘zbek badiiy adabiyoti tilining leksik stilistikasi muammolari haqida fikr yuritgan. E.Qilichev esa «Badiiy tasvirning leksik vositalari» (1982) deb nomlangan kitobida badiiy tasvirda ishtirok etadigan leksik vositalar, ularning ifoda imkoniyatlari bilan bog‘liq masalalar ustida tо‘xtalgan. B.Umurqulovning «Poetik nutq leksikasi» (1990) nomli monografiyasida hozirgi о‘zbek she’riyati tilining leksik manbalari, poetik leksika, an’anaviy poetizmlar, sо‘z variantlari va ularning estetik qimmati kabi masalalar tadqiq etilgan. Kо‘rinib turganiday, о‘zbek tilshunosligida badiiy asar tilining lingvopoetikasi bо‘yicha ancha-muncha ish qilingan. Ammo bu yо‘nalishdagi tadqiqotlar doirasi nechog‘lik katta bо‘lishiga qaramasdan, ular adabiyotimiz tarixida alohida о‘rin tutadigan jiddiy asarlarning barchasini qamrab olgan deb bо‘lmaydi. Buning ustiga, mazkur tadqiqotlarning ilmiy saviyasini ham bir xil deb aytish qiyin. Ushbu qо‘llanmada yozuvchining lisoniy birliklardan foydalanish mahoratining badiiy matnda aks etish darajasini aniqlash, badiiy matn va uning о‘ziga xos xususiyatlarini о‘rganish va shu asosda talabalarning umumfilologik saviyasini oshirish kabi vazifalarni bajarish maqsad qilindi. Belgilangan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar bajarilishi nazarda tutildi: -matn tushunchasi, matn tiplari va tarkibiy butunligi; -badiiy matn tavsifi, badiiy matnning boshqa matnlardan farqi, badiiy nutq uslubi, badiiy matnning kompozitsion butunligi, butunlikni ta’minlovchi lisoniy vositalar; -badiiy matnni tahlil qilish metodologiyasi, lingvopoetik tahlil tamoyillari va usullari, tahlil tiplari; -badiiy matnni til sathlari bо‘yicha tahlil, badiiy matnda fonologik va leksik-frazeologik birliklar estetikasi, tasviriy vositalarning badiiy matndagi vazifasi hamda grammatik birliklarning lingvopoetik xususiyatlari. Estetik hodisa sifatida badiiy asar tilini о‘rganish asnosida muallifning individual uslubiy mahorati hamda uning badiiy asar yozishda til tizimi imkoniyatlaridan qay darajada foydalana olganligini aniqlashga ham e’tibor qaratish nazarda tutilgan. Download 296.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling