O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tillar fakulteti
Download 296.5 Kb.
|
Badiiy matinning lisoniy tahlili
Maksimal matn deyilganda keng kо‘lamdagi voqealarni yoritish ehtiyoji bilan yuzaga kelgan butunlik nazarda tutiladi. Badiiy uslubda hikoya, qissa, roman, epopeya kabi yirik hajmli asarlar maksimal matn hisoblanadi. Maksimal matn mikromatnlardan tashkil topadi. Eng kichik butunlik abzatsga, eng katta butunlik esa bob(qism yoki fasl)larga tо‘g‘ri keladi. Bunday matn tarkibida epigraf, sо‘zboshi (muqaddima), sо‘ngsо‘z (epilog) kabi yordamchi qismlar ham ishtirok etishi mumkin. Ular asar mazmuni va g‘oyasiga, shuningdek, mavzuning tanlanishi va yoritilishiga oid ayrim masalalarga qо‘shimcha izoh, sharh bо‘lib keladi. Maksimal matn tashqi jihatdan turlicha shakllangan bо‘ladi. Masalan, F.M.Dostoyevskiyning jahon adabiyotining mumtoz namunasiga aylangan «Jinoyat va jazo» romanini olaylik. Roman 6 qism va epilogdan tashkil topgan. Har bir qism 5-7 bо‘limni о‘z ichiga olgan. Qism va bо‘limlarga alohida nom berilmagan. Romanning umumiy hajmi 21 bosma taboq. Yoki, Pirimqul Qodirovning «Humoyun va Akbar» tarixiy romanini kо‘zdan kechiradigan bо‘lsak, mazkur asar ikki mustaqil qismga ajratiladi. Har ikki qism alohida nomlanadi (Humoyun. Akbar). Qismlar 9-10 tadan bо‘limlarga bо‘linadi va har bir bо‘lim voqea bо‘lib о‘tayotgan joy hamda gap kim yoki nima haqida ketayotganligiga qarab nomlab boriladi (Masalan: 1.Agra. Hamida bonu arosatda… 2.Ganga. Kо‘rgilik. v.h.). Romanning umumiy hajmi 30 bosma taboq.
Makromatnning tashkillanishini quyidagi sxema asosida yanada yaqqolroq kо‘rishimiz mumkin: Makromatnning eng kichik birligi abzatsdir. Abzats bir mazmuniy butunlik bо‘lib «matnning bir xat boshidan keyingi xat boshigacha bо‘lgan qismi» hisoblanadi. Abzats qisqa xabar (abzatsda aytilmoqchi bо‘lgan mavzu haqidagi dastlabki, qisqacha xabar), oldingi xabar bilan keyingi xabarni bog‘lovchi vositalar (bog‘lovchi vositalar abzatsni о‘zidan oldingi abzatsga bog‘laydi, shuningdek, abzats ichidagi xabar jumlalarini bir-biriga bog‘laydi), xabarning tо‘ldirilishi (dastlabki xabar tо‘ldiriladi, izohlanadi, sharhlanadi) va xulosa (xabar yakunlanadi, natija aytiladi) qismlarni о‘z ichiga oladigan butunlikdir. «Matn lingvistikasi» qо‘llanmasida abzatsni tashkil etgan gaplar о‘zaro sinsemantik (sintaktik va leksik-semantik) hamda, avtosemantik (grammatik aloqalarsiz, faqat semantik) aloqa usulida birikishi aytiladi. Shuningdek, abzatslarning strukturasiga kо‘ra quyidagi kо‘rinishlari mavjudligi sanab о‘tiladi: 1) Sodda gapdan iborat bо‘lgan abzatslar; 2) Qо‘shma gapdan iborat bо‘ladigan abzatslar; 3) Periodik nutq formasidan iborat bо‘lgan abzatslar; 4) Superfrazali sintaktik butunlikdan iborat bо‘lgan abzatslar; 5) Kо‘chirma-о‘zga gapli abzatslar.22 Bunga aralash tipdagi nutq formalaridan tashkil topgan abzatslarni ham kiritish mumkin. Abzatsdagi «xabar» tema-rematik munosabatdagi gaplarda ifodalanadi. Tema (yunoncha thema – asos bо‘lgan narsa) deb gapning aktual bо‘linishida sо‘zlovchi va tinglovchi (о‘quvchi) uchun ma’lum (tanish) bо‘lgan narsani ifodalovchi, yangi narsani ifodalashga о‘tish uchun asos xizmatini bajaruvchi qismga aytiladi. Rema (rheme-commentaire – ma’lumot, sharh) esa temadan keyin kelib sо‘zlovchi tinglovchiga (о‘quvchiga) bildirmoqchi, aytmoqchi bо‘lgan yangi xabar mazmunini ifodalovchi qism, gapning yangi ma’lumot (axborot) qismi.23 Odatda gapning ega sostavi tema, kesim sostavi esa rema vazifasida keladi: Ahmad //darsga kelmadi. Sotvoldi // nima qilishini, qayoqqa borishini bilmay, hayron turardi. U // Sotvoldining dadasi Tо‘lagan edi. Lekin har doim ham ega sostavi tema bо‘lavermaydi. Buni quyidagi misolda kо‘rishimiz mumkin: Dо‘stim menga kitob sovg‘a qildi. Bu gapda tema tо‘ldiruvchi vazifasidagi sо‘z bilan ifodalangan. Rema esa ega va kesim sostavidan iborat gap bilan ifodalangan. Yuqorida tema - rematik munosabatdagi gaplarning ketma-ket kelishi natijasida abzats yuzaga kelishini ta’kidlagandik. Faqat bu ketma-ketlik qay tarzda namoyon bо‘ladi, degan tabiiy savol tug‘iladi. Buni quyidagi gaplar misolida kо‘rib chiqamiz. Dо‘stim menga kitob sovg‘a qildi.(1). Kitob samimiy va beg‘ubor muhabbat haqida edi.(2). Muhabbat hech kimni befarq qoldirmaydigan tuyg‘u.(3). Birinchi gapda qо‘shnimga sо‘zi tema qolganlari rema ekanligini kо‘rib chiqdik. Ikkinchi gapda birinchi gapning remasi yangilik xususiyatini yо‘qotib, tema maqomiga о‘tadi. Uchinchi gapda ham shu jarayon rо‘y beradi. Bunday bog‘lanish tarzini izchil tema-rematik bog‘lanish deb ataymiz. Buni quyidagi chizma orqali yanada aniqroq tasavvur qilishimiz mumkin: T ema1 Rema1 T ema2 Rema2 T ema3 Rema3 va hokazo. Ba’zan tema о‘zgarmas bо‘ladi. Dastlabki tema bilan aloqador yangi xabarlar, ma’lumotlar keyingi gaplarda berib boriladi. Masalan: Ahmad darsga kelmadi(1). Shanbalikda ham qatnashmadi(2). Bayram tantanasida ham teatrda ham kо‘rinmadi(3). Bunday bog‘lanishni о‘zgarmas temali bog‘lanish deb ataymiz. Chizmada quyidagicha ifodalash mumkin: Tema1 Rema1 Rema2 Rema3 Ba’zan datlabki gapdagi temani keyingi gaplardagi temalar о‘ziga aloqador remalar bilan birga tо‘ldirib keladi. Bunda dastlabki tema gipertemaga aylanadi.24 Masalan: Bu xotin butun kecha bо‘yi juda tinch va xotirjam uxlaganga о‘xshaydi. Bir oyog‘i tizdan quyisi bukilib, sо‘richadan pastga osilibdi, bir oyog‘i unisini quvlab borib sо‘richaning qirg‘og‘ida uxlab qolibdi. Uzun kо‘ylagi butun badanini kam-kо‘stsiz yopib turadi. Faqat bir yengi tirsakkacha shimarilib qolgan. Oppoq qо‘llari va bilaklari о‘z yonida – о‘z onasining tо‘qlisiday – bir chiroylik uxlaydi (CHо‘lpon). Bunday bog‘lanishni gipertemali bog‘lanish deb ataymiz. Chizmada quyidagicha ifodalanadi: (Tema) Tema1+Rema1 Tema2+Rema2 Tema3+Rema3 Download 296.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling