O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tillar fakulteti
Download 296.5 Kb.
|
Badiiy matinning lisoniy tahlili
- Bu sahifa navigatsiya:
- Minimal matn
- Sevgi nima
Matn tiplari
Matn hajm va mazmun belgisiga kо‘ra ikkiga bо‘linadi: 1.Hajm belgisiga kо‘ra matn tiplari. 2.Ifoda maqsadi va mazmun belgisiga kо‘ra matn tiplari. 1.Hajm belgisiga kо‘ra matn tiplari. Matn gapdan kо‘ra yirik hajmli aloqa vositasi, nutqiy faoliyat mahsuli, muayyan qonuniyatlar asosida shakllangan yozma nutq kо‘rinishidir. Matnni hajm belgisiga kо‘ra ikkiga ajratamiz: Minimal matn (mikromatn) va maksimal matn (makromatn). Shuni ham aytib о‘tish kerakki, ayrim adabiyotlarda matn hajm jihatidan uchga ajratilgan: kichik, о‘rta va katta hajmli matnlar. «Telegramma, ma’lumotnoma, ariza, ishonch xati, tushuntirish xati hamda vaqtli matbuotda chiqadigan e’lon va kichik xabarlar kichik hajmdagi matnlar sanaladi. О‘rta hajmdagi matnlarga hikoya, qissa, she’r, doston, poemalar kiradi. Katta hajmdagi matnlarga povest, roman, drammatik asarlar, trilogiyalar kiradi.»19 Lekin bu tarzdagi bо‘linish ayrim chalkashliklarni yuzaga chiqaradi. Shunday dostonlar borki, hajm jihatidan romandan katta. Nafaqat hajm jihatidan balki, ichki mazmun, xarakterlar tasviri, ruhiyat talqini jihatidan ham uncha-muncha romandan qolishmaydigan dostonlar bor. Masalan, «Alpomish», «Gо‘rо‘g‘li» kabi gо‘zal dostonlarimiz shakl va mazmun jihatidan yirik hajmli asar hisoblanadi. Yoki kichik hajmli she’rlarni ham о‘rta matn hisoblaymizmi? Umuman bu tarzdagi tasnif jiddiy asosga ega emas. Shuning uchun matnni tilshunoslikda keng tarqalgan ikkiga ajratib tekshirish tamoyili asosida о‘rganishni ham mantiqan ham amaliy jihatdan maqsadga muvofiq bо‘ladi deb hisoblaymiz. Badiiy uslubda minimal matn deyilganda biror mavzuni yoritishga bag‘ishlangan qatralar, xalq donishmandligini ifodalaydigan maqol, matal va aforizmlar, miniatyuralar, hajviy asarlar, nomalar, she’r va she’riy parchalar, umuman, kichik mavzuni qamrab oluvchi bir necha gaplardan iborat butunlik tushuniladi. Matnning ichki tomonini mazmun yaxlitligi, tashqi tomonini esa turli shakldagi bog‘lamalar, sintaktik vositalar birlashtirib turadi. Masalan: Talantsiz yozuvchi tovuqqa о‘xshaydi. Yong‘oqdek tuxum tug‘adi-da, qaqog‘lab olamni buzadi!(О‘.Hoshimov)20 Yoki: Sevgi nima? Insoniyat paydo bо‘ptiki, shu savol ustida bosh qotiradi. Ammo javob topolmaydi. Agar inson sevgining barcha sir-asrorlarini bilganida edi, uning modeli – qolipini yaratgan bо‘lardi. Sevgi hech qanday qolipga sig‘magani uchun ham sirli va abadiydir (О‘.Hoshimov). Mikromatn deb atash mumkin bо‘lgan ikkita parchani keltirdik. Tarkiblanish jihatidan birinchisi ikkita gapdan tuzilgan. Mazmunni birlashtirishga xizmat qiladigan sarlavha berilmagan. Bu vazifa tovuq va u bilan bog‘liq sо‘zlarga yuklatilgan (tovuq-tuxum-qaqog‘lamoq). Iste’dodsiz yozuvchi birinchi gapda tovuqqa о‘xshatilmoqda. Ikkinchi gap esa bu о‘xshatishni tо‘laroq izohlash yoki sababini kо‘rsatish uchun keltirilgan. YA’ni, iste’dodsiz yozuvchi tovuqqa о‘xshatildi, ammo tovuqning qaysi sifat va xususiyatiga? Muallif munosabati ikkinchi gapda tugal ifodasini topgan. Matn butunligini ta’minlashda tovuq-tuxum-qaqog‘lamoq sо‘zlari mazmuniy о‘q vazifasini bajarmoqda. Keyingi kichik hajmli matnni oladigan bо‘lsak, ushbu matnning ichki mazmuni savol shaklidagi sarlavha orqali oshkor qilingan. Matn 4 ta gapdan tashkil topgan. Butunlikni ta’minlayotgan vositalar sirasiga izchil va tugal ohang, ammo bog‘lovchisi, agar bog‘lovchisi va matnning mazmuniy о‘qini tashkil qiluvchi sevgi sо‘zi kiradi. Demak, masala savol shaklida qо‘yilyapti va unga matn orqali javob berilyapti. YA’ni, Sevgi nima? Sevgi - sirli va abadiy tushuncha. О‘tkir Hoshimovning Daftar hoshiyasidagi bitiklar turkumiga kiritilgan Sadoqat deb nomlanuvchi lavhada boshqacharoq holatni kо‘rishimiz mumkin. Qadim zamonda bir yurt bor ekan. Xalqi mehnatkash, podshosi odil, hayoti tinch, turmushi farovon ekan. Boshqa bir mamlakatning shohi g‘ayrligi kelib, о‘sha yurtni bosib olmoqchi bо‘pti. Biroq daf’atan hujum qilishga jur’at etolmay, о‘sha yurtga о‘z xufiyasini yuboribdi. «Qanday qilib bо‘lmasin, podshoning ishonchiga kirasan, yurtning sir-asrorini bilib kelasan» debdi. Xufiya о‘sha yurtga boribdi. Vaqti kelib, chindan ham podshoning ishonchiga kiribdi, mulozimlaridan biriga aylanibdi. Sо‘ng, о‘z mamlakatiga qaytib borib, shohiga «Bu yurtni olib bо‘lmaydi!» debdi. «Nima, qal’asi mustahkammi?»-deb sо‘rabdi shoh. «Gap qal’ada emas»,-debdi xufiY. «Bо‘lmasa gap nimada о‘zi?»-debdi shoh darg‘azab bо‘lib. Shunda xufiya о‘zi guvoh bо‘lgan bir voqeani aytib beribdi: -Bir kuni о‘sha podsho shikorga chiqdi. Yonida qirq nafar yigiti ham bor edi. Men ham ularga qо‘shildim. Podsho uchqur bir kiyik ortidan ot qо‘ydi. Hammamiz unga ergashdik. Kiyik chо‘qqiga qarab yugurdi. Podsho ham uning ortidan ot surib ketaveradi. Bir mahal kiyik chо‘qqi tepasiga yetganda tubsiz dara ustidan sakradi-da, narigi chо‘qqiga о‘tib kо‘zdan g‘oyib bо‘ldi. Podsho noiloj jilov tortib, ortidan tushdi. Terlab ketgan edi. Yonidan rо‘molcha chiqarib, peshonasini artmoqchi bо‘lgan edi, nogahon shamol kelib, rо‘molchani daraga uchirib ketdi. Shunda qirq yigitning hammasi о‘zini tubsiz jarlikka otdi. Qanchasi parcha-parcha bо‘lib ketdi. Qanchasi mayib-majruh bо‘ldi. Omon qolgan bir yigit rо‘molchani olib chiqib, podshoga topshirdi. U yurtda bunaqa yigitlar kо‘p. Bunaqa yurtni yengib bо‘lmaydi… Mazkur matn sadoqat haqida, Vatanga, yurtga vafodorlik haqida. Biz matnning nima haqda ekanligini dastlab sarlavhadan bilib olamiz. Bu sо‘z matn ichida boshqa qaytarilmaydi, lekin sarlavha sifatida kelgan shu sо‘z matnning ham motivatsion yaxlitligini ham kompozitsion butunligini ta’minlashga xizmat qilyapti. Shunga kо‘ra yozuvchi mazmuniy о‘qni nom darajasiga kо‘tarish orqali maqsadiga tо‘la erishgan deyishimiz mumkin. Shuni aytib о‘tish kerakki, hamma nomlar ham bunday vazifani bajaravermaydi. Mutaxassislar ba’zan bittagina gap ham mikromatn tushunchasiga teng kelishi mumkin degan fikrni ilgari surishgan. Masalan: Bahor… Bu jumlada «tabiatning jonlanishi», «hammayoqning kо‘m-kо‘k tusga kirishi», «atrof-muhitning gо‘zal tusga burkanishi» kabi yashirin mazmun mavjuddir.21 Lekin bu tipdagi kо‘rinishlarni tom ma’noda matn deb atash mumkin emas. Chunki matn struktural jihatdan gapdan yirik sintaktik butunlik. Demak, gaplardan tashkil topadi. Yashirin mazmun sifatida havola qilinayotgan ma’nolar sо‘zning ma’no strukturasi bilan bog‘liq. Mazkur gap о‘zidan keyin keladigan izohlovchi yoki kengaytiruvchi gaplar bilan bir butunlik hosil qilgandagina matn deyish tо‘g‘ri bо‘ladi. Agar yashirin mazmunga qarab xulosa chiqaradigan bо‘lsak, istalgan sо‘zni matn deyishimiz mumkin bо‘ladi. Masalan, ona degan sо‘zni oladigan bо‘lsak, bu sо‘zning ham moddiylashmagan yashirin ma’nolari mavjud va ular mazkur sо‘zni talaffuz qilishimiz bilanoq, kо‘z oldimizda u yoki bu tarzda namoyon bо‘ladi. Download 296.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling