O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti


Har qanday faollik zaminida mustaqil aqliy faoliyat yotadi. Faollik to‘g‘risida gapirganda quyidagilar tushuniladi


Download 164.3 Kb.
bet4/13
Sana18.06.2023
Hajmi164.3 Kb.
#1570313
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Abdullajonova Zilolaxon Ma’ruf qizi

Har qanday faollik zaminida mustaqil aqliy faoliyat yotadi. Faollik to‘g‘risida gapirganda quyidagilar tushuniladi:
-o‘qituvchi hikoyasi, suhbati, tushuntirishi, ma’ruzasini diqqat bilan tinglash;
-turli xil yo‘llar, ko‘rgazmali qurol, mustaqil ish, muammolar, texnik vositalar yordamida o‘quvchilarning faolligini oshirish ijtimoiy va ma’naviy hayotda faol ishtirok etish;
-moddiy ne’matlarni ishlab chiqarishda ma’naviy boyliklarni o‘zlashtirishda ijodkorlik, tashabbuskorlik ko‘rsatish tushuniladi.
Demak, faollik tushunchasi hoh o‘quv-tarbiya, hoh ijtimoiy va ma’naviy hayot to‘g‘risida bo‘lmasin, insonning ongli aqliy faoliyatini ifodalash uchun ishlatiladi.
O‘quvchilarning ta’lim jarayonida mustaqilligi va faolligi quyidagi qoidalarga rioya qilish yo‘li bilan t’minlanadi:
- Har bir materialni o‘rganishga kirishishdan oldin o‘quvchilarga uning maqsadi., hayot uchun zarurligini tushuntirish kerak. Maqsad oldindan anglangan natija bo‘lib, bolaning barcha hatti-harakatini, intilishlarini yagona yo‘lga soladi. Maqsadni anglash ta’limning istiqbolliligini ta’minlaydi.
-O‘rganilayotgan o‘quv mavzularining mazmuni bolalarning individual xususiyatlari, real bilish imkoniyatlarini hisobga olib muammolar, muammoli savollarni o‘rtaga tashlash, qo‘yilgan muammo, savol, topshiriqlar mohiyatidan kelib chiqib, ta’limni tashkil etish va boshqarish bolalarda mustaqillik va faollikni tarbiyalaydi.
-O‘quv materiallarini o‘rgatish jarayonida bolalarga analiz va sintez qilish, taqqoslash, abstraksiyalash, umumlashtirish, induktiv va deduktiv xulosalar chiqarishni o‘rgatish. Bola aqliy faoliyat metodlarini o‘rgana borgan sari, o‘z oldiga quyilgan muammolarni ham tezlik bilan bajarish sirlarini egallaydi. Bu o‘z navbatida, bolada o‘zlashtirilgan bilimlardan amaliyotda foydalanish qobiliyatlarini o‘stiradi. Ta’limning barcha bosqichlarida darsning barcha etaplarida mustaqil ishlarni tashkil etish, bolalarga fan sohasida qo‘llanadigan metodlarni o‘rgatish bilan o‘quvchilarda o‘z kuchiga va o‘z bilish imkoniyatlariga ishonch tarbiyalanadi.
Ma’lumki ta’lim ikki tomonlik xususiyatga ega. Ta’lim jarayonida pedagog yo‘naltiruvchi bo‘lib maydonga chiqadi va o‘quvchilaro‘rganishi jarayonini o‘z boshlaridan kechiradilar. O‘rganish jarayoni murakkab psixik jarayon bo‘lib o‘quvchi-talabalardan ma’lum faollikni talab etadi. Pedagogik qonunchilik ta’lim jarayoni sermazmun, qiziqarli va mahorat bilan tashkil etmasin, o‘quvchilartomonidan ma’lum faollik bildirilmasa o‘quv jarayonida samaraga erishish mumkin emas. Demak o‘quv jarayonida avval o‘quvchi-talabalarda faollikni uyg‘otish zarur. Bu faollik ta’lim jarayoniga ta’sir etadi, idrok qilish, tahlil qilish, analiz va sintez kabi psixik jarayonlarni ishga tushiradi. O‘quvchi-talabalarda faollik holatini vujudga kelishida motivatsiyalar ahamiyatlidir.
Mustaqillik tafakkur turli usullar bilan hosil qilinadi. Tafakkurni shakllantirish usullaridan biri mustaqil hal qilish, muomalali vazifalar qo‘yishdir. Aytib o‘tish joizki onglilik va faollikni, mustaqil tafakkurni vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Bugungi kunda ta’lim oldiga qo‘yilayotgan eng katta talablardan biri ham mustaqil fikrlash muomalalar echimini mustaqil topish kabi xususiyatlarni talabalarda rivojlantirishdir. Umuman onglilik, faollik va mustaqillik o‘zaro birbirini to‘ldirib turuvchi psixik holatdir deyish mumkin. Bilimlarni ongli o‘zlashtirish bir tomonidan o‘quvchi-talabalarning mustaqil faol fikr qilishlarini nazarda tutsa, ikkinchi tomondan aynan shu jarayon davomida talabalarni mustaqillik va faollikni hamda mantiqiy fikr qilish faoliyatlarini tarbiyalab, takomillashtirib borishi nazarda tutadi. O‘quvchilarfaolligini rivojlantirish, ularning mustaqilligini oshirish, ularda onglilikni o‘stirish o‘qishda yuksak samaradorlilikka erishishga yordam beradi.

Download 164.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling