O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti


O`quvchilarni faoliyatga undovchi metodlar


Download 164.3 Kb.
bet8/13
Sana18.06.2023
Hajmi164.3 Kb.
#1570313
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Abdullajonova Zilolaxon Ma’ruf qizi

2.2. O`quvchilarni faoliyatga undovchi metodlar
O’quvchilfrni faolligini oshirishda ularni faoliyatga undovchi metodlarning ahamiyati katta Chunki o’quvchilar foliyatga kirishsalargina, ularning faolligi oshadi O’quvchilarni faoliyatga undovchi metodlar quyidagilar:
1. O`yin.
2. O`rgatish.
3. Mashq qildirish.
4. Topshiriqlar berish.
5. Talablar qo`yish.
O`yin. Bolalarning hayoti asosan o`yin orqali namoyon bo`ladi. Bolalar o`yin orqali bir-birlari bilan aloqa bog`laydilar, tasavvur, fikrlash qobiliyatlari shakllanadi, takomillashadi,
O`yin bolalarni xursand qiladi va tetiklashtiradi.. Bola hayotida o`yinlarning rangbarang bo`lishi va jamiyatimiz maqsadlaridan kelib chiqib tashkil etilishi muhimdir. O`yin-yetakchi faoliyat turidir.U tufayli o`quvchi ruhiyatida muhim o`zgarishlar ro`y beradi, shaxs rivojiga katta ta`sir o`tkazadi.O`yin erkin faoliyat bo`lib u faqat o`yin natijalaridan iborat emas, balki u o`zidan ham quvonch, ham qanoatlanish hissini keltirib chiqaradi, bolalarda faol, ijodiy, shirin kechinmalar hosil qiladi. O`quvchi bilan olib boriladigan ishda o`yin metodidan turlicha foydalaniladi. Hozirgi payitda o`yin metodlaridan dars jarayonida ham keng foydalanilmoqda va yaxshi natijalarga erishilmoqda. Masalan: turli harakatli o`yinlar , jismoniy tarbiya va sport o`yinlari katta ahamiyatga ega.O`quvchilar jamoa bo`lib o`ynaladigan o`yinlarni yoqtiradilar. Bundan tashqari bolalar aqliy jihatdan o`stiradigan, yuksak ahloqiy jihatdan tarbiyalaydigan o`yinlarda ishtirok etadilar.
Masalan: jamoa bo`lib adabiyot, matematikaga oid topishmoqli o`yinlarda, rebuslar ,krossvordlar tuzish,topishmoqlar to`qish va javob topishda ishtirok etish, bilag`onlar, o`tkir zehinlilar kabi o`yin –mashg`ulotlar bolalarning saviyasini oshiribgina qolmay balki ularda tashabbuskorlik va ijodiy qobiliyatni ham o`stiradi.
O`rgatish – Ijtimoiy xulq-atvorning odatiy shakliga aylantirish maqsadida tarbiyalanuvchilarning bajarishlari uchun rejali va izchil tarzda tashkil qilinadigan turli harakatlar amaliy ishlardir.O`rgatish bir necha izchil harakatlar yig’indisidir. O`zini boshqarishga, jamiyatda qabul qilingan axloqiy meyorlar asosida hatti-harakatlar qilishga, ijobiy fazilatlarni tarkib toptirishga o`rgatiladi. Masalan:
O`z buyumlarini yaxshi tutish, odobli bo`lish kattalarni hurmat qilish, hamma bilan hushmuomala bo`lish kabi fazilatlarga o`rgatadi. Bolalarni yaxshi fazilatlarga o`rgatishda quyidagi xalq maqollaridan keng foydalanish lozim “Kattaga hurmatda, kichikka izzatda bo`l”,”Odobning boshi salom”,”Odob inson ziynati”.Bola ziyrak fahm –farosatli bo`lsa darrov payqab oladi. Atoqli pedagog A.S.Makarenko bunday degan edi:”Umuman shunga intilish kerakki, yaxshi odatlar bolalarga mumkin qadar mustahkam singib borsin, buning uchun ularga yaxshi xatti-harakatlarni doimo takrorlab turish juda muhimdir. Yaxshi xatti-harakat to`g`risida hadeb muhokama yuritish va hadeb gap sotish esa har qanday yaxshi tajribani ham buzib qo`yishi mumkin.”
Mashq qildirish – Tarbiya amaliyotida mashq qilishning turli xillari mavjud; faoliyatda mashq qilish: berilgan topshiriqlarni bajarish, ish joyini tartibga keltirish kabi;
kun tartibidagi mashqlar: har kungi hatti-harakatlar: o`z o`rnini to`g`rilash, yuvinish, ota-onaga va oilanig boshqa a`zolariga salom berish kabi,
maxsus mashqlar- bo`sh vaqtida shug`ullanadigan faoliyatiga oid mashqlar(sport, badiiy, kasbiy yo`nilishlar bo`yicha qatnashayotgan to`garaklar) kabi .
Faoliyatda mashq qilish mehnat, ijtimoiy faoliyat, jamoadagi faoliyat va o’zaro munosabat odatlarini tarbiyalashga qaratilgandir. Kun tartibi mashqlari maktabda, oilada o’rnatiladigan kun tartibiga amal qilish shu bilan bog’liq o’z istak va harakatlarni boshqarish, ish va bo’sh vaqtdan to’g’ri foydalanish odatiga o’rgatadi. Maxsus mashqlar madaniy xulq, malaka va ko`nikmalarni hosil qiladi va mustahkamlaydi.

Download 164.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling