O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti


Bilish faolligini oshirish yo‘llari


Download 164.3 Kb.
bet11/13
Sana18.06.2023
Hajmi164.3 Kb.
#1570313
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Abdullajonova Zilolaxon Ma’ruf qizi

Bilish faolligini oshirish yo‘llari
Ma’lumki, bilish faolligini oshirish yo‘llari keng qamrovli tushuncha bo‘lib, o‘z ichiga ta’lim jarayonini tashkil etish shakllari, usul va vositalarini qamrab oladi. Ta’lim jarayonini tashkil etishning ushbu qismlari o‘zaro bir-biri bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, biri ikkinchisini to‘ldirib, boyitib boradi. O‘qituvchining nutqi, eng avvalo, o‘quvchining har tomonlama kamol topishida asosiy rol o‘ynaydi. SHu sababli o‘qituvchi tomonidan bilimlarni og‘zaki bayon qilish va o‘quvchilarning bilish faolligini oshirish metodlari alohida ahamiyatga ega. Ushbu metodlardan hikoya, tushuntirish, ma’ruza, suhbat kabilar bugungi kunda ham maktab o‘qituvchilari tomonidan keng qo‘llanilib kelinyapti. Hatto ularga yangicha yondashish orqali ularning muhimlik qimmatini oshirib borilmoqda. O‘qituvchi hikoyasi va tushuntirishi bu o‘quv ishlarini tashkil etishning eng ko‘p tarqalgan metodlari. Hikoya – o‘rganilayotgan materialni o‘qituvchi tomonidan xabar-axborot tarzida bayon etilishi va o‘quvchilar bilish faolligini oshirish metodi. Ko‘pincha bu metod o‘rganilayotgan material tavsifiy xarakterga ega bo‘lganida qo‘llanadi. Biroq sof ko‘rinishda hikoya kam qo‘llanadi. Ko‘pincha, u o‘qituvchining fikrlari, faktlar tahlili, misollar tahlili, turli hodisalarni qiyoslash, ya’ni o‘qituvchi tushuntirishini o‘zi ichiga oladi. YAngi bilimlar bayoni to‘liq o‘qituvchining tushuntirishiga asoslanishi ham tez-tez kuzatiladi.
1. Konspekt – ma’ruza. Ushbu texnologiyaning asosiy maqsadi o‘quvchilarning mustaqil ishlash qobiliyatini rivojlantirishdan iborat. Shu bilan birga, ushbu usul sinfdagi ish vaqtini qisqartirishga hamda kam o‘zlashtirgan o‘quvchilarga ham umumiy darajadagi o‘zlashtira oshishga imkon beradi. O‘quvchilar oldindan vazifani olishadi. Bu o‘tilgan mavzuni konspekt qilish, darslikdan topshiriq berish tarzida bo‘lish mumkin. Keyingi darsda o‘quvchilar asosiy savollarni qisqa bayon etadilar. Shundan so‘ng o‘quvchilar o‘rtasida faol fikr almashish amalga oshiriladi. Mashg‘ulot so‘ngida o‘qituvchi yakuniy muhokama o‘tkazadi va xulosa qiladi. Bu usul albatta hamma o‘quvchilar vazifani tayyorlab kelgandagina, samarali bo‘ladi. barcha o‘quvchilar uchun uy vazifasini tayyorlash qiziqarli bo‘lishi uchun, o‘qituvchidan muhokamaga beriladigan mavzuni ana shunday tashkil eta olish mahorati talab qilinadi. Yuqorida bayon etganlarimizni boshqa variantda ham amalga oshirish mumkin: o‘qituvchi mavzuni qisqacha bayon etadi, qaysiki o‘quvchilar uyida tayyorlaganlari bo‘yicha. O‘qituvchi bayon qilish davomida o‘quvchilarni o‘zining ma’lumotlarini to‘ldirishga rag‘batlaydi. Buni shunday tashkil etish kerakki, o‘quvchilar ma’lumotni to‘ldirish xohishiga ega bo‘lsinlar.
2. Ma’ruza – munozara. Ushbu texnologiyaning maqsadi o‘quvchilarning tanqidiy fikrlashini rivojlantirish, mavzuni tushuna olish jarayonini faollashtirish hamda o‘rganilgan ma’lumotni yanada chuqurroq tushunishdan iborat. Bunga ko‘ra, o‘qituvchi ma’ruzani mantiqiy qismlarini bayon etishda tezda fikrlar almashishni tashkil etadi. Tanlab olingan masalalarni ma’ruzachi eshituvchilardan mustaqil muhokamasini amalga oshiradi. Munozara ishtirokchilari o‘z fikrlarini o‘tirgan joylaridan turmasdan ham bildirishlari mumkin. Munozara mashg‘ulot so‘ngida butun ma’ruza mazmuni bo‘yicha ham o‘tkazilishi mumkin. Hatto ma’ruza davomidagi qisqa munozara o‘quv jarayonini jonlantirib yuboradi, tinglovchilarning bilish faolligini faollashtiradi, eng muhimi, ma’ruzachiga butun guruhning fikrini boshqarishga yordam beradi.
3.Orqaga qaytishli munozara. Mazkur texnologiyaning maqsadi o‘rganilgan mashg‘ulot mazmunini eslab qolish jarayonini faollashtirish, eshitish bilanoq eslab qolish qobiliyatini rivojlantirish hamda mashg‘ulot davomida o‘quv materialini o‘zlashtirish darajasi haqida tezkor axborotga ega bo‘lishdan iborat. Albatta, tinglovchilar ma’ruza so‘nggida ularga tekshiruv savollari javoblari bilan birga berilishini bilsa mazkur usul o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtiradi. Har bir o‘quvchi kartochka oladi. O‘qituvchi savolni shakllantiradi va bir nechta muqobil javoblarni o‘quvchiga taqdim etadi. O‘quvchilar savolga javob beradilar, hamda to‘rtburchakdagi savollar ostidagi javobga mos raqamni belgilaydilar. So‘ng kartochkani qaytariladi va ma’ruzachi birdan natijani e’lon qiladi.


Xulosa
Ma’lumki, har qanday davlatning rivojlanishi uning intellektual salohiyatiga bog‘liq. Intellektual salohiyat xalqaro andozalardagi zamonaviy taraqqiyotni ta’minlay oladigan mustaqil fikrli, malakali, bilimli, yuksak insoniy fazilatlarga ega o‘quvchi-yoshlarning majmuidir. Davlatimiz esa mustaqillikni qo‘lga kiritgan dastlabki kunlardanoq intellektual salohiyati yuqori yoshlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgan davlat siyosatini yuritib kelmoqda. Bu yo‘lda amalga oshirilgan asosiy vazifalardan biri mustaqil O‘zbekistonni rivojlantirishga asos bo‘ladigan yangi ta’lim tizimining tashkil etilishidir.
Axborotlar jadallik bilan integratsiyalashib borayotgan hozirgi davrda zamonaviy ta’limning asosiy vazifalardan biri har tomonlama faol shaxslarni kamol toptirishda namoyon bo‘ladi. Bu maqsadga, albatta, o‘quvchilarning bilish faolligini oshirib borish orqali erishish mumkin. Chunki inson hamisha o‘zini qurshab turgan olam haqida tobora ko‘proq bilishga intilib kelgan. Fikrning bilmaslikdan bilishga qarab, to‘la va mukammal bo‘lmagan bilimdan to‘la va mukammal bilimga qarab harakat qilishdan iborat cheksiz jarayon bilish deb ataladi. Bu ta’rif esa uning tafakkurlash, anglash, fikr yuritish bilan bevosita bog‘liqligini ko‘rsatib turibdi. Ya’ni bilish – bu avvalo fikrlash, olamni bevosita anglashdir. Inson bolaligi esa yillar, o‘n-o‘n bir yoshlargacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Ko‘pincha jamiyatga foyda keltiradigan tarzda tayyorlash faoliyati inson hayotining chorak qismini egallaydi. Tadqiqotlardan ma’lumki, jonivorlarda ajdodlari tomonidan egallangan tajriba, avlodlarga nerv mexanizmlari yordamida tayyor holda ko‘chib o‘tadi, ya’ni meros qoldiriladi. Jonivorlar tayyor xulq-atvor normalari bilan tug‘iladi, unga hayot davomida orttirilgan tajriba bu normalarni aniq sharoitlardagina qo‘llay olish uchun kerak bo‘ladi. Inson esa tajribani meros sifatida qabul qilmaydi, uning taraqqiyoti biologik jihatga qaram bo‘lib qolmaydi, aksincha ijtimoiy hayot tarzidagina shakllanadi, ularsiz inson mavjud bo‘la olmaydi. Bu xaqida hayvonlar orasida o‘sgan bolalar haqidagi voqealar yaqqol dalolat beradi. Ulardan biri haqida fransuz faylasufi E.Kondilyak ham o‘zining “Sezgilar haqida traktat”larida yozib qoldirgan. U litvalik ayiqlar orasida yashagan bola haqida yozadi.
Bola gapira olmaydi, hech qanday aql-zakovatga ega emas, g‘alati tovushlar chiqaradi, umuman, insonga o‘xshamaydi. Bu haqida ko‘r-saqov tug‘ilganlar ustida olib borilgan kuzatishlar ham gapirishga imkon beradi. Agar bunday bolalar bilan maxsus ish olib borilmasa, u holda o‘zi o‘tirishni o‘rgana olmaydi, yura olmaydi hamda gapirish, fikrlash, inson faoliyatining murakkab shakllarida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘la olmaydi. Qachonki shunday ko‘rish, eshitish qobiliyatisiz tug‘ilganlar maktabga borganda, u holda ular bilan ish oddiy harakatlar – o‘tirish, turish, yurishni o‘rgatishdan boshlanadi. N.F.Talыzinaning fikricha, bularning hammasi va shularga o‘xshash faktlar inson dunyoga hech qanday xulq-atvor shakllari bilan dunyoga kelmasligidan dalolat beradi. Uning taraqqiyoti ichkaridan tayyor ochiq emas yo‘ldan boradi, insoniy qobiliyatlar esa garovga olinib, u tajriba yo‘li orqali avlodlarga ajdodlar tomonidan to‘plab boriladi (A.N.Leontev, N.F.Talыzina). Inson ana shu sababli o‘z ajdodlarini kifti(elka)sida ko‘tarib yuradi, ularning ko‘p asrlik tajribalaridan foydalanadi. Inson tayyor mantiqiy fikrlash bilan tug‘ilmaydi, tayyor dunyo haqidagi bilimlarga ham ega bo‘lmaydi. Lekin u boshqatdan mantiqiy fikrlash qonuniyatlarini, ma’lum jamiyat-tabiat qonunlarini kashf etmaydi. Bularning hammasini u hayot jarayonida o‘zlashtiradi. Inson tayyor holda tarixiy bilimlarga yoki musiqa chala olish qobiliyatiga ega bo‘lib tug‘ilmaydi: u ularni o‘tmish dunyosiga, musiqa olamiga faol kirib borish orqali egallashi mumkin.

Download 164.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling