O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti


Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarning mustaqilligi va faolligini oshirish


Download 164.3 Kb.
bet2/13
Sana18.06.2023
Hajmi164.3 Kb.
#1570313
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Abdullajonova Zilolaxon Ma’ruf qizi

1.1. Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarning mustaqilligi va faolligini oshirish
1.2. Shaxsning ta’lim jarayonidagi faolligi
1.3. Ta’lim - bilish faolligini oshirishning asosi


II bob. O‘quvchilarning bilish faolligini oshirish yo‘llari
2.1. Bilish ijtimoiy tajribani o‘zlashtirishning asosi
2.2. O`quvchilarni faoliyatga undovchi metodlar
2.3. O‘quvchilarning bilish faolligini oshirish yo‘llari


Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Jahon hamjamiyati bilan integratsiyalashuv jarayoni kechayotgan hozirgi vaqtda rivojlanishning asosiy omillari sifatida jamiyat a’zolarining faolligi darajasi e’tirof etilmoqda. Bu o‘z navbatida barcha davrlarda bo‘lgani kabi yoshlarning faolligini oshirish va rag‘batlantirish jarayonini tashkil etish tizimini takomillashtirish, o‘quvchi-yoshlarda mustaqillik, ijodiy tashabbuskorlik va ijtimoiy mas’uliyatni rivojlantirishning yangi pedagogik mexanizmlarini yaratish, mavjudlarini takomillashtirish, yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab quvvatlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish zaruriyatining yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.07.2019-yildagi “O‘quvchilarni psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash ishlarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 577-son Qarorida quyidagi vazifalarga alohida e’tibor qaratilgan:
-ta’lim olish jarayonida o‘quvchilarning bilish faolligi hamda qiziqishlarini rivojlantirish, ularning intellektual passivligini korreksiyalash;
-individual yoki jamoaviy tartibda ota-onalar va pedagog xodimlarni jalb etgan holda o‘yin, muloqot, suhbat, trening, mashq va mashg‘ulotlar shaklida tadbirlar tashkil etish
-iste’dodli va iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, ularning individual-psixologik, fiziologik xususiyatlari va qiziqishlarini o‘rganish, qobiliyatlarini namoyon etishlari va rivojlantirishlari uchun shart-sharoitlar yaratish va boshqalar. Demak ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarning faolligini oshirish ularning jamiyatda o‘z o‘rnini topishlarida katta ahamiyat kasb etadi.
Jahon amaliyotida shaxsning faolligi masalalari bo‘yicha tadqiqotlar tahlili shuni ko‘rsatmoqdiki, demokratik jamiyatda o‘quvchilar faolligi o‘z-o‘zidan yuzaga kelmaydi, balki muntazam tarzda maqsadli ravishda olib borilgan pedagogik faoliyat natijasida shakllantiriladi. Shuningdek, o‘quvchi-yoshlar faolligiga qo‘yilayotgan zamonaviy talablar bilan ularning bilim, ko‘nikma va malakalari, mavjud faollik kompetensiyalari o‘rtasidagi nomutanosiblik jamiyat taraqqiyoti ehtiyojlariga mos kelmasligiga sabab bo‘lmoqda.
Bugungi kunda mamlakatimizda izchil islohotlar natijasida yurt istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, shijoatli yoshlarni tarbiyalash bilan bir qatorda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchi-yoshlar tashabbuslarini to‘g‘ri yo‘naltirgan holda, ularning faolligini oshirish jarayoni ko‘lamini kengaytirish zarurati mavjud.
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida «jismonan sog‘lom, ruhiy va intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega, Vatanga sodiq yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning faolligini oshirish»1 kabi yo‘nalishlar belgilangan bo‘lib, bu o‘z navbatida mazkur jarayonni tadqiqiy va tahliliy yo‘nalishga ega bo‘lgan pedagogik tizim sifatida ko‘rib chiqish zaruratini izohlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-4947-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 14 sentyabrda qabul qilingan «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi Qonuni, 2017 yil 5 iyuldagi «Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 iyuldagi «O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbir to‘g‘risida» PQ-3138-sonli qarori hamda mazkur sohaga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar kurs ishi mavzusining dolzarbligini bildiradi.

Download 164.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling