O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti


Sinf jamoasini tashkil etish va uni tarbiyalash


Download 197.5 Kb.
bet4/13
Sana18.06.2023
Hajmi197.5 Kb.
#1570315
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Abdurasulov Jahongir

Sinf jamoasini tashkil etish va uni tarbiyalash

Sinf maktab jamoasining ajralmas bir kichik bo’lagidir. Sinf faqat o’quv faoliyati birligi bo’libgina qolmasdan, balki o’quvchilarga tarbiya berishni tashkil etishning muhim jamoa shakli hamdir. Sinf rahbari ishida o`quvchilar jamoasini tashkil etish asosiy vazifa hisoblanadi. Chunki jamoada shaxsni tarbiyalash tarbiyaning yetakchi maqsadidir. Jamoada shaxsni tarbiyalashning umumiy asoslari quyidagilardan iborat: talablar qo`yish, faollarni aniqlash, o`quv mehnat, ijtimoiy siyosiy va ommaviy madaniy faoliyatdagi istiqbollarni tashkil etish, sog`lom jamoatchilik fikrini shakllantirish, ijobiy an`analarini yaratish va ko`paytirish.
Tariflangan bu qoidalar har qanday jamoa (maktab, sinf jamoasi, maktabdan tashqari bolalar birlashmasi va hokazolar) ni shakllantirish va rivojlantirish uchun qo`llanma bo`lib hisoblanadi. Bolalarning jamoa turmush normalari va qoidalarining intizomini buzilishiga munosabatlarini kuzatib jamoaning tashkiliy tuzilishi ta`sirchanligiga ishonch hosil qilish mumkin.
Jamoa rivojlanishining dastlabki bosqichlarida bolalar tarqoq bo`lib, ularda yakdil fikr va sinf rahbari tayanishi mumkin bo`lgan ta`sirchan faollar bo`lmaydi. Shuning uchun jamoada salbiy hodisalar ochiq muhokama qilinmaydi va mustaqil jamoa qarori qabul qilinmaydi. Agar jamoa rivojlanishning ikkinchi bosqichida bo`lsa, nomigagina emas, balki hara-katlarini qo`llab – quvatlaydigan haqiqiy harakat qiluvchi faollar bo`lsa, uning ayrim o`quvchilar va jamoa oldiga muayyan talablar qo`yishini kuzatish mumkin. Jamoaning rivojlanish darajasidan dalolat berasigan muhim belgilardan biri – o`quvchilarning birgalikdagi faoliyatga kirishishidir. Sinf o`quvchilari ko`p bo`l-gan sharoitda har bir bolaga yakka tartibda yondashish, har bir bola qalbiga to`g`ri yo`l topish qiyin. Agar o`quvchilar jamoasi qo`llab–quvvatlasa, har holda bun- day yo`lni topish mumkin. Jamoada shaxsni tarbiyalashda yakka tartibdagi yondashuvning mohiyati alohida o`quvchini jamoa faoliyatiga jalb etishdan, jamoani esa mazkur o`quvchi bilan qiziqtirib qo`yishdan iboratdir. Har qanday jamoada tarbiyasi qiyin bolalar bo`ladi, lekin ajratib qo`yilgan bolalar bo`lmaydi.
O`quvchilarning xulq- atvori, o`quvchi-ning muntazam o`rganishni o`z oldiga maqsad qilib qo`ymasa, uning uchun sezilmagan tarzda o` zgarishi mumkin. Bunday o`rganish yakka tartibda ishni tashkil etishning hal qiluvchi sharti hisoblanadi. Jamoani shakllantirish, yuzasidan olib boriladigan ish albatta ayrim o`quvchilarning rivojlanishiga ta`sir etadi va shuning uchun ham bu jarayon maqsadga qaratilgan va boshqariladigan bo`lishi kerak.
Sinf rahbari o`quvchilarni yakka tartibda va jamoa bilan tarbiyalashda ota – onalar bilan o`zaro hamkorlikda bo`ladi.
Sinf rahbari ishining o`ziga xos xususiyati shundan iboratki, u oddiy bolalar jamoasini emas, balki o`quvchilar jamoasini tashkil etadi. O`quvchilarning asosiy vazifasi o`qishdan iborat. Shuning uchun sinf rahbari dastavval bolalarning o`qishga qanday munosabatda ekanliklarini, o`zlarini darsda qanday tutishlarini, uy vazifasini sidqi-dildan bajarishlarini yoki bajarmasliklarini aniqlaydi. Va nihoyat eng muhimi ular-ning o`qishdagi rejalarni ijtimoiy mohiyatga molik yoki molik emasligi hisoblanadi.
O`quvchilar o`rtasida salbiy holatlar ro`y bermasligi uchun jamoaning rivojlanish usulini aniqlab olishimiz kerak. Buning uchun eng ishonchli usuli – o`quvchilarni ular bilan darsda, darsdan tashqarida o`zaro faol hamkorlik qilish jarayonida kuzatishdan iboratdir. Buning uchun maxsus diagnostik usullar, masalan, anketa tarqatish, pedagogik vaziyatlarni vujudga keltirish, boshqa usullardan ham foydalish mumkin.Lekin, bu usullarni guruhga juda ehtiyotkorlik bilan, katta pedagogik odob bilan qo`llash lozim. O`quvchilarni o`rganishning har bir usuli ayni vaqtda tarbiya usuli ham ekanligi o`qituvchilar uchun qonun bo`lishi kerak. Jamoada shaxsni yakka tartibda tarbiyalashda maktab o`quvchisini o`z – o`zini tarbiyalash-ga jalb etish, uni tegishli malaka va ko`nikmalar bilan qurollantirishdan iboratdir. Tarbiyaviy ta`sir ko`rsatishga bo`ysunmaydigan, tarbiyasi qiyin bolalar bu albatta, yomon o`zlashtiruvchilar emas. Sinf rahbari o`quvchilar yomon xulq- atvorining, past o`zlashtirishining sabablarini puxta o`rganadi. Bunda o`quvchining sinfdosh-lari bilan munosabatlari, bu munosabatlarning ma`naviy asoslari eng muhim masa-lalardan biri hisoblanadi. Jamoa munosabatlari- dastavval muayyan maqsadlarga asoslangan va ijtimoiy ahamiyatga ega bo`lgan maqsadlar yo`naltirib turadigan o`zaro mas`uliyatli munosabatlardir.
Sinf rahbaridan madaniyat darajasining kengligi, pedagogik odob talablariga rioya qilish, unga nisbatan talabchanlikni unutmaslik, tashkilotchilik malakalariga ega bo`lish, o`z malakasini oshirib borish bilan birga ishga ijodiy yondashish talab etiladi. Sinf rahbari pedagoglar, ota – onalar o`quvchilarni o`zaro bog`lovchi shaxs sifatida barcha tomonlarining nuqtai nazarini hisobga olishi, harakatlarni bir markazga bir-lashtirishi, o`zaro aloqalarining to`g`ri bo`lishiga ta`sir o`tkazishi va ayni vaqtda o`zining o`rnini aniq ta`minlay olishi kerak. Mana shu fazilatlar sinf rahbarining tarbiyaviy ishlar samarasini oshirishga va uning muvaffaqiyatini ta`minlashga garov bo`ladi. Sinf rahbari o`quvchilarga puxta bilim berishga, ularning fikrlash qobiliyatini faollashtirishga hamisha g`amxo`rlik qilib boradi.

Download 197.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling