O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti


II bob. Sinf rahbarining shaxs va jamoani o‘rganish metodikasi


Download 197.5 Kb.
bet5/13
Sana18.06.2023
Hajmi197.5 Kb.
#1570315
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Abdurasulov Jahongir

II bob. Sinf rahbarining shaxs va jamoani o‘rganish metodikasi
2.1. Sinf jamoasini tashkil etish va tarbiyalashga qo‘yilgan talablar
Jamoa nazariyasi qoidalariga muvofiq, uni yaratish metodikasi ishlab chiqilgan. Uning umumiy asoslari quyidagilardan iborat: talablar qo’yish, faollarni tarbiyalash, o’quv, mehnat, ijtimoiy-siyosiy va ommaviy-madaniy faoliyatdagi istiqbollarni tashkil etish, sog’lom jamoatchilik fikrini shakllantirish, ijobiy an’analarni yaratish va ko’paytirish. Ta’riflangan bu qoidalar har qanday jamoa (ta’lim muassasasi, sinf jamoasi, ta’lim muassasasidan tashqari o‘quvchilar birlashmasi va hokazolar)ni shakllantirish va rivojlantarish uchun qo’llanma hisoblanadi.
Tarbiya metodlarini tanlashda ularning jamoaning rivojlanish darajasiga mosligi muvaffaqiyatning muhim sharti hisoblanadi. Shuning uchun har bir pedagog tarbiyaviy ishni sinfdagi jamoa munosabatlarining rivojlanishi darajasi (bosqichi, davri)ni aniqlashdan boshlaydi. Pedagogning esa yangi sinf bilan ko’p marta ish boshlashiga to’g‘ri keladi: o‘z mehnat faoliyatining dastlabki yilida, sinfni navbatdagi bitirib chiqish mavsumidan keyin, ba’zan esa ta’lim muassasasida vujudga kelgan vaziyat taqozosi bilan. Sinf rahbari o’zining metodlari jamoaning rivojlanishiga to’skinlik qilmasligi uchun shunday keyingi ishlari davomida vaqti vaqti bilan jamoaning rivojlanish darajasini anglab turadi. Nazariyada jamoa rivojlanishining uch yoki to’rtta darajasi ajratib ko’rsatiladi.
Boshlang’ich daraja pedagogning kuch-g’ayrati natijasida sinfda o‘rnatilgan muayyan darajadagi tartib, intizom bilan, tarbiyalanuvchilarning uncha katta bo‘lmagan qismi sinf rahbarining harakatlarini qo‘llab-quvvatlashi bilan izohlanadi. Tarbiya jarayoni o‘z – o‘zini tarbiyalash jarayoniga o‘tganda yuksak darajaga erishiladi. Ayrim o‘quvchilar va umuman jamoa o’z faoliyatini mustakil rejalashtiradi va tashkil etadi, o‘ziga va bir-biriga talablar kuyadi va o‘z-o‘zini nazorat qiladi. Sinf rahbari va o‘quvchilar jamoasi o‘y-niyatlari va ishlarida birgadirlar. Past darajadan yuqori darajagacha boradigan yul uzoq bo‘lib, muayyan qiyiichiliklarni bartaraf etish bilan kechadi. Ayni paytda jamoani shakllantirish yuzasidan olib boriladigan ishlar juda qiziqarlidir. Bu sinf rahbarining asosiy ishidir. Umuman ta’lim muassasasi tarbiyachisining asosiy natijalari bu ish qanchalik muvaffaqiyatli o‘tishiga borlik bo‘ladi.
Agar o‘quvchilar jamoasi barpo etilmagan bo‘lsa, o‘quvchi ta’lim muassasasini hech afsuslanmay tark etadi, hatto keyinchalik o‘qigan yillarini eslamaydi xam. O‘quvchilar jamoasini inoq jamoaga birlashtnrgan moxir sinf rahbari qo‘lida tarbiyalangan odam baxtlidir. Ulg‘ayayotgan kishi, fukaroning xayotdagi mavqeini shakllantirishda, uning xayot yulini belgilashda o‘z vazifasini anglash sinf rahbarining tarbiyalanuvchilar jamoasini barpo etish yuzasidan olib boradigan faol va qat’iy faoliyatining zarur sharti hisoblanadi.

Download 197.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling