O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti
Download 125.25 Kb.
|
Jumanov Shavkat Kurs ishi111
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR...............................................................32
Kirish Mavzuning dolzarbligi: Hozirgi kunda ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning ijtimoiy himoyasini Tashkil etish, hayotga ijtimoiy moslashuvini ta‟minlash O’zbekiston Respublikasi Siyosati darajasiga ko’tarilgan Bolalar ijtimoiy himoyasi konstitutsiyamizning 64-moddasida ham belgilab berilgan: “Ota-onalar o’z farzandlarini Voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar. Davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota onalarining vasiyligidan mahrum bo'lgan bolalarni boqish tarbiyalash va o’qitishni taminlaydi,bolalarga bag’ishlangan xayriya tadbirlarini rag’batlantiradi”1.Bu masala davlat tashkilotlari va bir qator mutaxassislar – pedagoglar, psixologlar, ijtimoiy xodimlar, huquqshunoslar, tibbiyot xodimlari diqqat-e‟tiboridadir. Kuchli ijtimoiy siyosat o’zbek ijtimoiy Rivojlanish modelining ustuvor yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Hozirgi bosqichda ijtimoiy siyosatning asosiy maqsadi – aholining turmush darajasi va sifatini yanada yuksaltirishdir. Psixologik xizmat ijtimoiy ish sohasida, alohida ehtiyoji mavjud insonlar va keksalarni qо‘llab-quvvatlashda ham yaxshi yо‘lga qо‘yilgan. Ayni paytda, psixolog lavozimi Mudofaa, Favqulodda vaziyatlar va Ichki ishlar vazirliklari tizimida joriy qilingan. Jazoni о‘tash muassasalarida psixodiagnostik va psixologik yordam xizmatining yо‘lga qо‘yilishi, jinoyat-qidiruv tizimida psixologlar ishtiroki, harbiy-tibbiy komissiyalarda maxsus psixologik Markazlarning tashkil etilishi psixologik xizmat sohasining kundalik hayotimizdagi ajralmas bo‘g‘inga aylangani va amaliy ahamiyati tan olinganligini bildiradi. O'zbekistonda tibbiyot sohasida ham psixolog faoliyatini yanada rivojlantirsh.О‘zbek olimi Sh.R.Barotov fikriga kо‘ra, psixologik xizmatning nazariy va metodologik asoslari haqida gap ketganda psixologik xizmat obyekti va subyekti hisoblangan shaxsga munosabat tizimi asosida yondashuv istiqbollarini kо‘rsatib beruvchi tadqiqotlarga ham alohida tо‘xtalishga tо‘g‘ri keladi. Mavzuga oid adabiyotlar tahlili sog‘liqni saqlash tashkilotlarida psixologik xizmatni tashkil etish muammosining ilmiy nuqtayi nazardan yetarlicha yoritilmaganligi va bu borada turli xil, bir-biriga qarama-qarshi fikrlar va g‘oyalar mavjudligini kо‘rsatdi. L.G.Matveyeva klinik psixologiya bugungi kunda dunyoda eng kо‘p tarqalgan psixologiya mutaxassisligi bо‘lib, psixologik amaliyotning turli sohalarida mehnat qiluvchilarning 41% tibbiyot psixologiyasi sohasiga tegishli ekanligini ta’kidlaydi. Tibbiy-psixologik xizmat, shuningdek, somatik, nevrologik va asab-ruhiy xastaliklar bilan og‘rigan bemorlarni reabilitatsiya qilish tizimida ham muhim о‘rin egallaydi. Bu borada psixolog bemorga psixik va bosh miya funksiyalari buzilishlarini neyropsixologik va patopsixologik diagnostika qilish, ikkilamchi psixoprofilaktik chora-tadbirlar olib borish, bemor shaxsiga xos xususiyatlardagi о‘zgarishlar korreksiyasini, zarur bо‘lganda psixoterapevtik muolajalarni amalga oshirish orqali yordam kо‘rsata oladi. Bu boradagi asosiy munozaralar sog‘liqni saqlash tizimi uchun psixologlar qayerda tayyorlanishi kerak – tibbiyot institutlaridami yoki universitetlardami, tibbiyot psixologi shifokor ma’lumotiga ega bо‘lishi kerakmi yoki universitetni tamomlagan psixolog ham tibbiyot psixologi sifatida ishlay oladimi – mana shu mavzularda boradi. Hayotiy tajribalar universitetni bitirgan psixologlarning klinikada amaliy ish uchun tayyor emasligini kо‘rsatyapti. О‘z navbatida, shifokorlarda ham bemor psixologiyasi, kasallikning kechishi va davolash samaradorligiga inson ruhiyatining ta’sir kо‘rsatish xususiyatlari bо‘yicha bilimlar ham yetarlicha emasligi namoyon bо‘lmoqda. Download 125.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling