O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti


Maugli sindromiga chalingan bolalar


Download 125.25 Kb.
bet4/12
Sana19.06.2023
Hajmi125.25 Kb.
#1622516
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Jumanov Shavkat Kurs ishi111

1.2 Maugli sindromiga chalingan bolalar
“Homo loko ferus” atamasi 18-asr shved olimi Karl Linney tomonidan odamlardan ajratilgan holda oʻsib-ulgʻaygan va hayvonlar tomonidan tarbiyalangan soqov mavjudotlarga nisbatan taklif qilingan. Bugungi kunda yirtqich odamlar yoki feruslar (lotincha feralis – o’lik, ko’milgan) madaniyatsiz va ijtimoiy jihatdan jamiyatdan mahrum bo’lgan odamlardir. Yovvoyi bolalarni hayvonlar: bo‘ri va ayiq, maymun va bug‘u, sher va leopard, panda va antilopa, kenguru va jayron, tog‘ burguti, cho‘chqa va tovuq, mushuk va itlar tarbiyalaydi. Bu hikoyalarning barchasi, qoida tariqasida, ishonchli tasdiqga ega. Bunday yirtqich bolalarni topishning dastlabki va hujjatlashtirilgan holatlari 1731 yilda (9 yoshli qiz) va 1797 yilda (12 yoshli o’g’il bola) Frantsiyada va1845 (qiz 4 yosh) Meksikada. Hayvonlar tomonidan farzand asrab oluvchi yoki haqiqiy “Maugli”larning yovvoyi tabiatda yolg’iz o’stirilishi holatlari muntazam ravishda sodir bo’lmoqda. Ulardan ba’zilari: 1920 yil – Hindiston, 1938 yil – AQSh, 1962 yil Turkmaniston, 1991 yil Avstraliya, 2001 yil – Chili, 2014 yil Qozog’iston, 2015 yil – Kolumbiya. Odatda ular insoniy muhitdan mahrum bo’lgan bolalardir. Doimiy muloqot qilishga majbur bo’lgan kichik birodarlar esa, odatlari va omon qolish ko’nikmalarini o’rgatib, hayotlarini saqlab qolishadi. Shu bilan birga, zamonaviy jamiyatda kuzatilayotgan qashshoqlik va ichkilikbozlik, giyohvandlik va ruhiy kasalliklarning kuchayishi, shuningdek, ota-ona mehri va g’amxo’rligining yo’qligi, ijtimoiy xizmatlarning insofsizligi va jamoatchilikning loqaydligi kabilar paydo bo’lishiga yordam beradi..Olimlarning bunday bolalar bilan ishlashi fan uchun – inson shaxsining shakllanishi va rivojlanishi jarayonini tushunish uchun juda muhimdir. Bu inson aql-zakovati, o‘z ongli o‘zligi shakllanishining jihatlarini, avlodlar o‘rtasida axborot uzatishning ahamiyatini yanada aniqroq tushunishga yordam beradi.

Ustyurtda topilgan «Maugli»ning sirli taqdiri
1957-yilda bir guruh geologlar vertolyotdan bo‘rilarni otib tashlash uchun Ustyurt sahrosiga (Turkmaniston bilan Qoraqalpog‘istonning chegarasida, Sariqamish ko‘li atroflarida) ovga chiqadi. Geologlar bo‘ri to‘dasiga quvib yetib oladi, ammo, qochayotgan hayvonlar orasida taxminan besh yoshli bolaning yugurib ketayotganini ko‘rib hayratdan qotib qoladi. Bola ham bo‘rilar bilan birga osmondagi dushmandan qochib qutulishga harakat qilar edi.Odamlar bolani har tomonlama qutqarishga qaror qilishadi va barcha bo‘rilarni otib tashlab, vertolyotni yerga qo‘ndirib, bolani ushlashga harakat qilishadi. Lekin ularga bolani tutish osonga tushmaydi. Bola xuddi bo‘ri bolasi kabi irillab yaqinlaganni tishlab, tepar edi. Geologlar amallab tutib uni birinchi navbatda, shifokorlarga yetkazishadi. Kichkina bolaning bo‘rilar orasiga qanday qilib tushib qolgani va uning ota-onasi kim bo‘lgani noma’lum edi. Kasalxonada unga oligofreniya tashxisi qo‘yiladi va Toshovuz ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqiziladi.Bundan keyin uning uchun odamlar turmushiga ko‘nikish kabi juda qiyin va fojiali turmush boshlandi. Bolaga Juma Jumayev deb ism qo‘yilib, insoniy odatlar o‘rgatila boshlaydi. Juma to‘rt oyoqlab bo‘riga o‘xshab harakat qilar edi, shu bois tizzalari va kaftlarida qadoqlar paydo bo‘ldi.U asta-sekin yurishni, ichishni va ovqatlanishni, keyinroq tishlarini yuvishni, sochlarini tarashni, hojatxonadan foydalanishni va hattoki shaxmat o‘ynashni ham o‘rgandi. Ba’zi shifokor-ayollar kichkina bolaga rahmi kelib, uylaridan har xil pishiriqlar olib kelib, ovqatlantirib turdi, kiyimlarini yuvishdi.O‘n besh yoshida Juma yozishni, o‘qishni va hatto bo‘rilar bilan qanday yashaganligini aytib berishni o‘rgandi. Jumaning so‘zlariga ko‘ra, bo‘rilar unga odamlar kabi munosabatda bo‘lishgan, unga oziq-ovqat va boshpana berishgan, odamlar esa aksincha uning “oilasini“ vayron qilib, vahshiylar kabi munosabatda bo‘lgan. U odamlar onasini, otasini, aka-uka va opa-singillarini (bo‘rilarni) o‘ldirishganini ko‘zlarida yosh bilan aytib, barmog‘i bilan osmonga ishora qilgan, ya’ni yuqoridan otib o‘ldirishganini tushuntirgan.
Bundan keyin Jumani bir kasalxonadan ikkinchisiga tinmasdan ko‘chirib turishdi. U Toshovuzdan Ashxobodga, so‘ng Ashxobod yaqinidagi tog‘lar orasidagi Kalininskiy qishlog‘iga ko‘chib o‘tdi. Bu yerda, tog‘lar orasida moxovlar ham saqlanar edi. U, shuningdek, uran koni bilan tanilgan Qizilqoya (Krasnovodsk viloyati)ga ham yuborildi. Shu vaqtlarda turkmanistonlik kinorejissyorlar bu dahshatli joy haqida gapirishga harakat qilishdi, ammo ularga bunday qilish taqiqlandi.90-yillarning boshlarida ommaviy axborot vositalarida turkmanistonlik Maugli haqida ma’lumot paydo bo‘lgandan so‘ng Moskvadan «Moskovskiy komsomolets» gazetasi, «Ogonyok» jurnali kabi yirik nashrlarning jurnalistlari u haqida material tayyorlash uchun Turkmanistonga tashrif buyurdi. Shu vaqtda ORTning «Vzglyad» dasturining boshlovchisi Vlad Listev Juma Jumayev haqida ko‘rsatuv tayyorlab, uning mashhurligini yanada oshirdi.Kelgan jurnalistlar Jumani hayvonot bog‘iga olib borib, qafasda o‘tirgan bo‘rilarni ko‘rsatishar edi. Vlad Listevning so‘zlariga ko‘ra, Juma qafasdagi bo‘rilarni ko‘rganda juda hayajonlangan va uzoq vaqtgacha gapira olmay, bo‘rilar qafasiga kirishga jon-jahdi bilan uringan.1992 yilda Jumani Ashxobodga olib kelganida, unga rejissyor Bulat Mansurov onasining rasmini chizishni iltimos qiladi. Ammo Jumayev bo‘rini chizardi. Juma yomon gapirganiga qaramay, unga nima deyilganini juda yaxshi tushungan. Mansurov unga: «Juma, bu bo‘ri» desa, u shunchaki jilmayib qo‘yib, ko‘zlarida yosh bilan «Bu – onam» deb javob bergan.Ushbu suhbatdan keyin rejissyor Bulat Mansurov «Turkman Mauglisi» nomli filmni suratga olishga qaror qiladi, lekin birnecha materiallar olgandan keyin unga taqiq qo‘yiladiJuma 37 yoshida pasport va nafaqaga chiqish huquqini oladi, lekin u umrining oxirigacha ruhiy kasalliklar shifoxonasidan chiqa olmaydi.Jumaning navbatdagi joyi, avvalgi uran konlarida joylashgan Krasnovodskdan 300 kilometr uzoqlikdagi Qizilqoya tumani ruhiy kasalliklar shifoxonasi bo‘ldi. Bu joyda nurlanish kuchli edi. Moskvadan kelgan psixiatr shifokor shaxsan o‘zi nurlanish bor-yo‘qligini tekshirish uchun shaxtalarning biriga tushadi, lekin shundan keyingi qolgan 3 yil umrini o‘zi shifoxonada o‘tkazadi.Kasalxonaning yangi bosh shifokori lavozimiga tayinlangan Mishenko Vladimir Panfilovich o‘z xizmatini birinchi navbatda shifoxona joylashgan butun hududni dozimetr bilan o‘lchashdan boshlagan. Keyin u o‘z bemorlari uchun xavfsiz yangi joydan shifoxona izlashni talab qiladi. Lekin, ko‘p o‘tmay u ham sirli ravishda o‘lim topadi.So‘ng Juma maxsus maktab-internatga o‘tkaziladi. Jurnalistlarning oxirgi intervyusi 1996 yilda bo‘lib o‘tgan, shundan keyin kasalxona eshiklari hamma uchun batamom yopiladi va Juma haqidagi ma’lumotlar to‘liq maxfiy bo‘lib qoladi. Uning keyingi hayoti qanday kechgani qorong‘u. Qachon va qanday sharoitda vafot etgani noma’lum. Shuni ta’kidlash kerakki, Juma dunyodagi boshqa Mauglilarga nisbatan ko‘proq umr ko‘rdi. Boshqalar 40 yoshgacha hayot bo‘lgan bo‘lsa, Juma taxminan 50 yil yashagan. Lekin, u bo‘rilar bilan taxminan 5 yil va odamlar bilan 40 yildan ortiq yashaganiga qaramay, odamlar jamiyatini tushuna olmasdan ketdi. Juma Jumayev fenomeni fan uchun ham yangi kashfiyot bo‘ldi. Uning ismi ilmiy adabiyotlarga ham kiritildi. Ustyurtdagi Mauglini, ya’ni Jumani Qoraqalpog‘iston hududida, ya’ni Sariqamish ko‘li atroflarida tutgan, — deydi qoraqalpog‘istonlik yozuvchi O‘mirbay O‘teo‘liyev. – Men Ustyurtdagi cho‘ponlardan bu voqeani ko‘p eshitganman. Bo‘rilarda juda ko‘p karomat bor.
Kamala va Amala
Eng mashhurlari 1920 yilda o’rmonda topilgan hind qizlari Kamala va Amaladir. Midnapurdagi mehribonlik uyining ishonchli vakili doktor Singx opa-singillarni tutguniga qadar, o‘rmonda qizlarni uchratgan mahalliy aholi ularni bo‘ri ekaniga ishonishgan. Opa-singillar bo’rilar to’dasida yashab, tizzalari va tirsagida (sekin yurganda) yoki qo’llari va oyoqlarida (tez yugurganda) harakat qilishgan. Ular kunduzni yoqtirmasdi. Qizlar xom go’sht va o’zlari tutgan tovuqlarni yeydilar. Qizlarni bo’ri uyidan olib ketish uchun odamlar o’zlarining «onasi» bo’rini otishlari kerak edi. O‘shanda keyinchalik Amala deb atalgan go‘dak bir yarim yoshda, Kamala ismini qo‘ygan bola esa sakkiz yoshda edi. Amala, odamlar orasida hayot boshlanganidan bir yil o’tmay, nefritdan (buyrak yallig’lanishi) vafot etdi. Kamala taxminan to’qqiz yil sivilizatsiyada yashadi. U inson hayotiga juda yomon moslashdi: u bir nechta so’zlarni o’rgandi va to’rt oyoqqa turish odatidan qutulolmadi.

Download 125.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling