II bob. Tarixiy ma’lumotlar asosida uzluksiz matematika ta’limini insonparvarlashtirish.
2.1 Umumiy o`rta ta`lim maktablari matematika fanlarini o`qitishda tarixiy materiallardan foydalanish imkoniyatlari.
Xalq ta‘limi rivojlanishidagi hozirgi davr – muhim davrlardan bo‗lib bu
―ta‘lim to‗g‗risida‖gi qonun va ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖, vazirlar maxkamasining 1998 yil 13 may ―Umumiy o‗rta ta‘limni tashkil etish to‗g‗risida‖gi 203-qarorini hayotga tadbiq etish va singdirishdan iboratdir.
Ma‘lumki, matematika moddiy dunyoning ob‘ektlarini o‗rganadi, lekin boshqa fanlardan farqli o‗laroq, uning miqdoriy munosabatlari va fazoviy shakllari asosiy ob‘ekt sifatida qaraladi.
Mamlakatimizning maktabgachata‘lim, umumiyta‘lim, maktabdan tashqari ta‘lim muassasalarida bilim va ko‗nikmalar barobarida yosh avlod qalbida tariximizga, qadriyat va an‘analarimizga hurmat, milliy istiqlol g‗oyalariga sadoqat tuyg‗ularini shakllantirish, farzandlarimizni fidoyilik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga alohida e‘tibor qaratilmoqda.
O‘zbekistonda majburiy, bepul, muddati 9 yildan iborat bo‘lgan umumiy o‘rta ta`lim mavjud bo‘lib, u boshlang‘ich (1-4- maktab sinflari) va o‘rta
(5-9- maktab sinflari) ta`limga bo‘lingan.
Boshlang‘ich ta`lim umumiy o‘rta ta`lim olish uchun zarur bo‘lgan bilim va malakaning, savodxonlik asoslarining shakllantirilishiga yo‘naltirilgan. Birinchi sinfga bolalar 6-7 yoshdan qabul qilinadi.
Boshlang‘ich ta`lim O‘zbekistonda majburiy, bepul va barchaga taalluqli hisoblanadi. Bu maktab yoshiga yetgan barcha bolalar umumiy yoki maxsus (nogiron bolalar va rivojlanishdan orqada qolgan bolalar) boshlang‘ich maktabga borishlarini bildiradi. Bolalarni boshlang‘ich ta`limga jalb qilish mos keluvchi yoshidagi bolalarning 100% tashkil qiladi. Bola boshlang‘ich maktabni tugatar ekan, u o‘qish, yozish va hisoblash mahoratiga ega bo‘lishi kerak. O‘quvchiga nazariy fikrlash
elementlari, o‘rgatilgan harakatlarni boshqarish mahorati singdiribboriladi. Umumiy o‘rta ta`lim kerakli bilim hajmi, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, tashkiliy mahorat va amaliy tajriba
poydevorini qo‘yib, boshlang‘ich professional yo‘nalishni va ta`limning keyingi pog‘onasini tanlashda ko‘maklashdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |