O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti


Majorning nomi nomdosh ohangdoshliklar bilan murakkablashuvi (major – minor, dur - moll)


Download 1.32 Mb.
bet2/7
Sana08.01.2022
Hajmi1.32 Mb.
#250971
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Qodirova Shaxnoza

Majorning nomi nomdosh ohangdoshliklar bilan murakkablashuvi (major – minor, dur - moll).

Majorning nomdosh nimor ohangdoshliklari bilan murakkablashuvi majorda (garmonik major) minor uchun harakterli bo`lgan minor Subdominantasi (s) ning vujudga kelishi bilan boshlangan.

Minor subdominantasi funksional aloqalar asosida o`zining asosiy uchtovushligi sII va tsVI bilan tertsiya nisbatida joylashgan nomdosh minorning subdominanta guruhidagi qolgan boshqa ohangdoshliklar bilan asta – sekin qurshaladi.

Natijada nomdosh minorning butun subdominanta guruhi majorga batamom qoshilib ketadi.



Keyinchalik majorga nomdosh tabiiy minorning boshqa bir harakterli ohangdoshligi – uning major dominantasi (d) kiradi.



Minor dominantasi ko`rsatib o`tilgan o`sha funksional aloqalar orasida, dominant guruhining boshqa ohangdoshliklari ya`ni, dtIII va dVII bilan asta sekin qurshaladi. Natijada major nomdosh minorning tabiiy dominant guruhidagi barcha akkordlar bilan ham boyiydi:



S va d guruhidagi shu akkordlarning hammasi uchtovushliklar va septakkordlar (kamdan – kam hollarda nonakkordlar) shaklida aylanmalari bilan nomdosh minorning o`sha funksional shart sharoitlarida major qo`llanilishi mumkin.

Balakirev asarida ham ko`rishimiz mumkin:





Minorning nomdosh major ohangdoshliklari bilan murakkablashuvi (major – minor, dur - moll)

Minorning nomdosh major ohangdoshliklari bilan murakkablashuvi garmonik minorda major uchun harakterli bo`lgan majord dominantasi D ning vujudga kelishi bilan boshlangan. Major dominantasi major va minor tuzilishi bilan moslasha borgani sayin, u asta – sekin o`z funksional guruhi: DTIII va DVII ning qolgan ohangdoshliklari bilan qurshala boradi:
Keyinchalik majordan minorga tabiiy majoring boshqa bir harakterli ohangdoshligi – uning major subdominantasi S kiradi (qisman esa yangi stilistik normalarda “tiklanadi”).

Majorli S ko`rsatib o`tilgan funksional aloqalari asosida o`z guruhidagi boshqa barcha akkordlar bilan SII va TSVI bilan qurshaladi:
Minorni boyituvchi nomdosh majordagi D va S guruhining anu shu hamma akkordlari va uning aylanmalari minorda uchtovushlik va septakkordlar(kamdan kam holllarda nonakkordlar) shaklida nomdosh majordagi o`sha funksional shartlar asosida qo`llaniladi:





Ikki tonikadan birining ustunligi haqida.

Major va minorning shu hildagi barcha murakkablashuvlarida nomdosh laddan birida tonikadan keyin ma``lum bir ustunlik (vaqtincha bo`lsa ham ) mohiyati saqlanadi va u major yoki minorning boyitilishidagi bir biridan ishonchli belgi bo`lib qoladi. Bu hol major va minorning o`zaro ta`siridsan hosil bo`ladigan shu hildagi murakkab ladlardan har birining strukturasini aniqlaydi.

Shu asosda nomdosh minorning (dur - moll) beqaror funksional guruhidagi ohangdoshliklar bilan boyitilgan major ladini major – minor deb nomdosh majoring (moll - dur) shu hildagi beqaror ohangdoshliklar guruhi bilan boyitilgan minor ladi esa – minor – major deyiladi.

Major – minordagi yondosh dominantalar.

Major – minor akkordi ko`pincha o`zining yondosh dominantalari yordami bilan kiritiladi. Bu usul yondosh tonikalarning katta doirasini o`ziga birlashtiradigan nomdosh sistema chegarasida bo`ladigan og`ishlarning tuli – tumanligini vujudga keltiradi:


Minor – majorda bu xildagi og`ishlar juda kam uchraydi.



Major – minor alteratsiyalangan ohangdoshliklar

Ladlarni murakkablashtiruvchi va major – minor sistemalarini hosil qiluvchi ohangdoshliklar doirasiga faqat tabiiy va garmonik ko`rinishdagi lad akkordlargina emas, balki ba`zi alteratsiyalangan akkordlar ham kiradi. Masalan, alteratsiyalangan qo`shaloq dominant yoki alteratsiyalangan subdominanta yuqoridagidek qo`llanish normalari asosida minordan keyinroq majorga o`tgan.



Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling