O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov


Download 1.77 Mb.
bet57/157
Sana25.02.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1228551
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   157
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o (1)

3.Kapital qo’yilmalardan foydalanish samaradorlik ko’rsatkichlarini hisoblash usullari

Qishloq xo’jaligida kapital qo’yilmalarning iqtisodiy samaradorligi deganda, rejadagi yoki haqiqatdagi erishilgan samarani, shu samaraga erishishga olib kelgan kapital qo’yilmalarga nisbati tushuniladi. Qishloq xo’jaligida kapital qo’yilmalar iqtisodiy samaradorligini hisobga olish va tahlil qilish uchun ko’rsatkichlar sistemasidan foydalaniladi. Qaysi maqsadda aniqlanishiga qarab kapital qo’yilmalarning umumiy(absolyut) yoki taqqoslama iqtisodiy samaradorligi aniqlanadi. Kapital qo’yilmalarnig umumiy(absolyut) iqtisodiy samaradorligi kapital qo’yilmalarning natijasini baholashda, shuningdek rejalashtirishda va loyihalashtirishda, qaysiki sof mahsulot, sof daromad yoki foydani aniqlash imkoniyati bo’lganda hisoblaniladi. Kapital qo’yilmalar iqtisodiy samaradorligi umumiy(absolyut) koeffisiyenti, shuningdek kapital qaytimi ko’rsatkichi (Kkay), sof mahsulot, sof daromad yoki foydaning qo’shimcha o’sishini shu o’sishni ta’minlagan kapital qo’yilmalarga nisbati bilan o’lchanadi:





Kapital qo’yilmalar, agarda olingan umumiy(absolyut) samaradorlik koeffisiyenti normatividan kam bo’lmasa, shuningdek oldingi haqiqatdagidan kam bo’lmasa samarali hisoblanadi. Kapital qo’yilmalarning umumiy(absolyut) samaradorligining teskari ko’rsatkichi ularning qoplash muddati hisoblanadi (KM) va kapital sig’imi ko’rsatkichi deyiladi.





Qoplash muddati, samaradorlikning teskari ko’rsatkichi bo’lganligi uchun u quyidagicha ham hisoblanadi:





Kapital qo’yilmalar, boshqa barcha teng sharoitlarda qisqa muddatlarda qoplansa, u ancha samarali hisoblanadi. Masalan: 0,07 koeffisiyenti kapital qo’yilmalarning 14 yilda qoplanishini bildiradi.


Qishloq xo’jaligida kapital qo’yilmalarning iqtisodiy samaradorligi, shuningdek yerdan - bosh ishlab chiqarish vositalaridan foydalanishni yaxshilash bilan ham ifodalanishi mumkin. Shuning uchun kapital qo’yilmalarning umumiy(absolyut) samaradorligini bilvosita ko’rsatkichi 1ga qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerga yoki 1 ga haydaladigan yerga to’g’ri keladigan qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotining(qiymat shaklida) qo’shimcha o’sishi hisoblanadi.



Qishloq xo’jaligida kapital qo’yilmalar umumiy(absolyut) iqtisodiy samaradorligini, shuningdek, kapital qo’yilmalar hisobiga mehnat unumdorligining oshishi va mahsulot yoki bajarilgan ish tannarxining pasayishi bilan ham xarakterlanadi.


Mehnat xarajatlarini pasayishi quyidagicha aniqlanadi:






bu yerda: X-mehnat xarajatlarini pasayishi, k/s, %;


Xa-kapital qo’yilmagacha mehnat xarajati, k/s;
Xb-kapital qo’yilmadan keyingi mehnat xarajati, k/s.
Mahsulot va bajarilgan ishning tannarxini pasayishi quyidagicha aniqlanadi:






bu yerda: T-tannarxnning pasayishi so’m, %;


Ta-kapital qo’yilmagacha tannarx, so’m;
Tb-kapital qo’yilmadan keyingi tannarx, so’m.
Kapital qo’yilmalarning taqqoslama iqtisodiy samaradorligi xo’jalik bir qancha variantlarini, yangi texnikani joriy qilishni, harakatdagi korxona yoki alohida inshoatlarni rekonstruksiya qilish yoki yangisini qurishni taqqoslashda ishlatiladi. Kapital qo’yilmaning taqqoslama iqtisodiy samaradorligi ko’rsatkichi eng qulay variantda keltirilgan xarajat miqdori ko’rinishida hisoblanadi. (KX)



bu yerda: X-joriy ishlab chiqarish xarajatlari(tannarx), so’m


MK-kapital qo’yilmalar samaradorligining me’yoriy koeffisiyenti.
Keltirilgan xarajatlar o’z ichiga joriy ishlab chiqarish xarajatlarini va kapital qo’yilmalar taqqoslama iqtisodiy samaradorligi bir xil miqdorda yagona me’yoriy koeffisiyent orqali keltirilgan kapital qo’yilmalarni oladi. Qishloq xo’jaligi uchun kapital qo’yilmalarning taqqoslama iqtisodiy samaradorligi me’yoriy koeffisiyenti 0,12 ga teng deb tavsiya qilingan, o’simlikchilik uchun – 0,20, chorvachilik uchun – 0,08. Bu shuni bildiradiki, mahsulot tannarxi pasayishidan qilingan tejam 1 so’mlik qo’shimcha kapital qo’yilmaga mos ravishda- 12; 20 va 8 tiyindan kam bo’lmasligi kerak.
Taqqoslanayotgan variantlarda keltirilgan xarajatlar summasi qancha oz bo’lsa, boshqa barcha teng sharoitlarda kapital qo’yilma shuncha samarali bo’ladi.
Quyidagi misolda bu yaqqol ko’zga tashlanadi:
I-variant II-variant
T 8800 m.s 10560 m.s
KK 26400 m.s 17600 m.s
MK 0,12 0,12

I-variant: KX=8.800+26.400*0,12=8.800+3.168=11.968 ming so’m


II-variant:KX=10.560+17.600*0,12=10.560+2.112=12.672 ming so’m


Misoldan shu narsa ko’rinib turibdiki, boshqa teng sharoitlarda I variant garchi u 1,5 baravar ko’p kapital qo’yilma talab qilsa ham ancha samarali. Keltirilgan xarajat I variantda 11698 ming so’m, II variantda esa 12672 ming so’m bo’lar ekan.



Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling