O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov
Rentabellik tushunchasi, ko’rsatkichlari va ularni hisoblash uslublari
Download 1.77 Mb.
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o (1)
4.Rentabellik tushunchasi, ko’rsatkichlari va ularni hisoblash uslublari
Korxonalarning foydalilik yoki zararlilik darajasini belgilash uchun rentabellik ko’rsatkichidan foydalaniladi. Rentabellik qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini o’zida aks ettiruvchi umumlashgan ko’rsatkich hisoblanadi. U foydalanilgan va iste’mol qilingan ishlab chiqarish resurslari - mehnat, yer-suv, moddiy hamda ishlab chiqarishni tashkil etish, boshqarish xarajatlari orqali yetishtirilgan mahsulotdan olingan samaraning miqdor va sifatini, ishlab chiqarishni kengaytirilgan tarzda rivojlantirish imkoniyatini, xodimlarning o’z mehnatlari natijasidan moddiy manfaatdorligini aks ettiradi. Rentabellikda mutloq ko’rsatkich - bu foydadir. Birinchi bobda ta`kidlanganidek, resurslar konsepsiyasida ham, xarajatlar konsepsiyasida ham samaradorlikning asosida sof foyda yotadi. Shuning uchun quyida sof foyda to’g’risidagi olimlarning ba’zi bir fikrlarini keltiramiz. Klassik iqtisodchilar iqtisodiy kategoriyalar, iqtisodiy terminlar ichida foydadek ko’p tortishuvga sabab bo’ladigan masalaning yo’qligini ta’kidlashadi. Shuning uchun foydaning miqdorini aniqlash, uning tarkibiga nimalar qo’shiladi yoki ajratib tashlanadi, o’ziga xos muammolarni keltirib chiqaradi. «Yalpi foydadan sof foydani keltirib chiqarish uchun nimalarni ajratish kerak?» - degan savolning qo’yilishi, ko’pgina qarama-qarshi javoblarni keltirib chiqaradiki, bunda buxgalteriya amaliyotida «foyda» terminidan voz kechish va uning o’rniga «operasion tushum» yoki «dividendlarni to’lash uchun yetarli daromad» kabi ifodalardan foydalanish tendensiyasi kuzatiladi ...»16. Foydani ijtimoiy daromadning bir qismi sifatida qaraydigan klassik-iqtisodchilar, uni jamiyatning uch sinfi–yer egalari, ishchilar va biznesmenlar-o’rtasida taqsimlanishini va u biznesmenlar tomonidan «foyda»nomini olganligini ta’kidlaydilar. Adam Smit va undan keyingi davrdagi iqtisodchilar prosentni daromadning shakli sifatida, ya’ni foydadan ko’p yoki oz farq qiladigan shakli sifatida qarab kelganlar17 .Chunki ular yashagan davr shuni taqozo qilar edi. Bu davr iqtisodchilari tadbirkor-kapitalist daromadining uchta elementini ko’ra bildilar: kapitaldan bevosita foydalanganligi uchun to’lovlar; tadbirkorning faoliyati uchun boshqaruvchiga to’lanadigan haq; korxonaning tavakkalchiligi va xavf-xatari bilan bog’liq qism. Bunday bo’lish ingliz iqtisodchisi Dj. S. Mill tomonidan amalga oshirilgan bo’lib, u kapitalist-tadbirkorning jami daromadi uchun «foyda» terminidan foydalangan.18 Fransuz iqtisodchisi J.B.Seya, foyda va prosent o’rtasida ish haqi farqi sifatida foydani qo’llashini tavsiya etgan19. 1852 yili esa Kursell -Senill foydani ish haqi sifatida emas, tavakkalchilikni rag’batlantirish deb qabul qiladi20. 1826 yilda nemis iqtisodchisi Tyupen «Izolirovannoye gosudarstvo» kitobida foydani uchta element: prosent, tavakkalchilikni qo’llab-quvvatlash va boshqaruvchiga ish haqining chiqarib tashlangandan keyingi qolgan qismi sifatida aniqlagan21. Ammo foydani puxta tahlil qilgan iqtisodchi G.fon Mangold bo’lib, u 1855 yil «Ucheniye o predprinimatelskoy pribыli» kitobida real foydada boshqaruvchi va tavakkalchilikni qo’llab-quvvatlash to’lovlarining elementlariga bo’linishi va foyda barcha xarajatlardan ortiqcha qismi ekanligini aniqlaydi22. Lekin, «sof» foyda korxona daromadlarining ishlab chiqarish omillaridan foydalanishdan keladigan daromadlarga nisbatan ortiqcha qismi ekanligini Djon Beyts Klark ilgari surdi23. Valras va Kassel foydani raqobat sistemasida siyqalanish natijasida paydo bo’ladi, deb tushuntirishadi24. Kassel nazariyasida ham Jida, Vebera va Alfred Marshall nazariyalariga o’xshab, foydaning renta nazariyasi sifatida asoslangan edi. Raneye Shumpeter, Amoni va Oppengeymer foyda nazariyasini rivojlantirib, uni jamiyatning dinamik xarakteri natijasi sifatida deb qarashgan25. Raqobatli iqtisodiyotda foyda ishlab chiqarish uchun qilingan xizmatlarga qilingan xarajatlar va sotilgan mahsulotlar baholari o’rtasidagi farq shaklida hisoblanadi. Hozirgi zamon g’arb iqtisodiyotida, pirovard foydalilikni qarab chiqishda korxona xo’jalik faoliyati tahlili va tarmoq taqqoslama iqtisodiy samaradorligining asosiy (bosh) ko’rsatkichi marjinal daromad (MD1)26- tushum va bevosita o’zgaruvchi xarajatlar orasidagi farq deb hisoblanadi. Bu ko’rsatkich alohida tarmoq va texnologiyalarni taqqoslashda ko’pincha mezon sifatida foydalaniladi. Tarmoqning nisbiy samaradorligini yoki uning afzalligini aniqlashdan tashqari, foydani hisoblash bilan bog’liq bo’lgan, ya’ni mahsulotning to’liq tannarxini hisobga oladigan absolyut samaradorlikni aniqlashda ham muhim ahamiyatga ega. Bu masalaga tannarx bo’limida kengroq to’xtalamiz. Alohida tarmoqlar bo’yicha to’liq tannarxni va foydani hisoblash uchun doimiy umumishlab chiqarish va umumxo’jalik xarajatlarini bittadan xarajat turlariga qarab oqilona asoslangan tamoyilda korxona tarmoqlari o’rtasida alohida taqsimlash zarur. Foyda tushunchasi tadbirkor uchun moliyaviy xizmat (soliqqa tortish) nuqtai nazaridan emas, balki real xarajatlarni haqiqatda aks ettirishga maksimal yaqinlashish nuqtai nazaridan ahamiyatga ega. Shunday ekan, marjinal daromadni biz aytmoqchi bo’lgan foydani keltirib chiqarishda, hisoblashda muhim bo’lgan iqtisodiy kategoriya sifatida qarash mumkin. Foydani to’g’ri hisoblashning ahamiyati va roli quyidagi hisob-kitoblar tizimi kategoriyalarida ko’zga tashlanadi. 1.Tushum–asosiy mahsulotlarning jamisini ularning bir birligining bahosiga ko’paytirib, unga yordamchi mahsulotlarning jamisini ularning bir birligining bahosiga ko’paytirilgan natijani qo’shib topiladi: Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling