O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov


Iqtisodiy samaradorlikni oshirish omillari


Download 1.77 Mb.
bet62/157
Sana25.02.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1228551
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   157
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o (1)

3.Iqtisodiy samaradorlikni oshirish omillari

Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining iqtisodiy samaradorligi ko’p va turli tuman omillar va sharoitlar ta’siri ostida shakllanadi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining iqtisodiy samaradorligini oshirish muammosining qiyinligi shundan iboratki, bu omillar bir-biridan alohida mustaqil harakat qilmaydi. Ular bir-biri bilan mustahkam aloqada, bir-biri bilan bog’liq. Bu omillarni uchta aspektda o’rganish tavsiya etiladi:


Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi samaradorligini oshirish omillari :
I.Resurslar va xarajatlar bo’yicha:

  1. Mehnat sig’imi;

  2. Yer sig’imi;

  3. Fond sig’imi;

  4. Material sig’imi.

II.Vujudga kelishining asosiy yo’nalishlari:

  1. Texnologiya;

  2. Ixtisoslashtirish va konsentrasiya;

  3. Mehnatni tashkil qilish va mehnat haqi;

  4. FTT va ilg’or tajriba;

  5. Xo’jalik hisobi va ijara.

III.Xo’jalik yuritish darajasi bo’yicha:

  1. Xalq xo’jaligi;

  2. Tarmoq;

  3. Ichki xo’jalik.

Bundan tashqari, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining iqtisodiy samaradorligiga ta’sir qiluvchi resurslar potensialigining sifat omillari ham mavjud bo’lib, u quyidagi sxemada ko’rsatilgan:


1-rasm.Resurslar potensialining sifatomillari


Ishlab chiqarish munosabatlari nuqtai nazaridan samaradorlikning muhim omili, bu kishilarni samarali mehnatga undovchi va bozor munosabatlarini rivojlantirishga bo’lgan motivlari hisoblanadi, ularni quyidagi sxemada ko’rish mumkin:




2-rasm. Qishloq xo’jaligida samaradorlikning motivlari.


Ma’lumki, sof daromad va foyda - ikki xil iqtisodiy kategoriyadir. Agar sof daromad vujudga kelgan barcha qo’shimcha mahsulot qiymatini ifodalasa, foyda - tovar mahsulotini sotishdan olingan qisminigina ifodalaydi. Sof daromadning bir qismi baho va soliq siyosati va har xil to’lovlar orqali davlat va mahalliy buyudjetlarga borib tushadi va umumxalq ehtiyojlari uchun ishlatiladi. Foyda - sotilgan tovar mahsulotidan tushgan pul mablag’idan shu mahsulotni to’la ishlab chiqarish xarajatlarini (markazlashgan to’lovlar ham shunga kiradi) chiqarib tashlash yo’li bilan aniqlanadi. Samaradorlikning eng muhim qiymat ko’rsatkichlari quyidagilar hisoblanadi:








Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling