2.Sabzavotchilikning rivojlanishi, hozirgi ahvoli va istiqboli
Yer yuzida, shu jumladan O’zbekistonda madaniy ekinlardan sabzi, sholg’om, lavlagi 2 ming, piyoz va bodring 4 ming yildan beri ekiladi. Sabzavotchilikning biologik xususiyatlarini hisobga olib, ochiq va yopiq maydonlarda o’stirish usullari qo’llaniladi.
Sabzavot ekinlari 14 ta botanik oilaga mansub 80 ga yaqin turni o’z ichiga oladi, shundan XX asrdan boshlab 40 ga yaqini O’zbekistonda ekiladi. Ular morfologik va biologik belgilari, hosildorligi, sotish baholari bo’yicha keskin farq qiladi. Shuning uchun sabzavotchilikning rivojlanish darajasi, ayniqsa, ularni tahlil qilish va baholash o’ta murakkab hisoblanadi.
1990 yilda yetishtirilgan yalpi sabzavotning qariyb 23% i sobiq ittifoq umumdavlat fondiga topshirilgan, davlat xarid baholarida sotilgan. Yalpi hosilning qolgan qismi respublika aholisi tomonidan iste’mol qilingan hamda kelasi yilda urug’lik hamda sotish va boshqa maqsadlar uchun saqlangan. Respublikaning mustaqil rivojlanish davri - 2000 yilda 1990 yilga nisbatan sabzavotlar maydoni 7,0 % ga qisqartirilgan, gektaridan hosildorlik 9,8%ga pasaygan, yalpi hosil esa 7,2% ga kamaygan. Bunday holat birinchidan, sabzavot ekinlari maydonlarini qisqartirish hisobiga sug’oriladigan g’alla maydonlarining kengaytirilishidan, ikkinchidan, sabzavotchilik uchun mineral o’g’itlarning kam miqdorda sotilishidan va ko’pchilik ekinlar uchun sifatli urug’larning yetishmasligidan va uchinchidan, tovar mahsulotlarning bir qismini jahon, ayniqsa Rossiya Federasiyasi bozorlarida sotish uchun qiyinchiliklarning kelib chiqishidan va boshqa subyektiv sabablardan yuzaga kelgan.
O’zbekistonda sabzavotchilikning rivojlanishi va iste’moli ayrim davrlarda turli darajada bo’lgan(1-jadval).
1-jadval
O’zbekistonda sabzavotchilikni rivojlantirishning asosiy ishlab chiqarish ko’rsatkichlari (2005-2014 yy.)*
Yillar
|
Ekin maydoni, ming ga
|
Yalpi sabzavot hosili, ming tonna
|
Gektaridan hosildorlik, s
|
Aholi jon boshiga
|
2005
|
137,7
|
2971,6
|
215,8
|
113
|
2006
|
154,4
|
3443,1
|
223,0
|
129
|
2007
|
159,8
|
3649,8
|
228,4
|
135
|
2008
|
162,8
|
4011,4
|
246,4
|
146
|
2009
|
165,4
|
4194,5
|
253,6
|
150
|
2010
|
173,0
|
4368,2
|
252,5
|
150
|
2011
|
175,4
|
4625,3
|
263,7
|
156
|
2012
|
183,8
|
7767,4
|
265,6
|
259
|
2013
|
189,4
|
8518,4
|
270,9
|
279
|
2014
|
192,0
|
9286,7
|
268,3
|
299
|
* O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi. Yillik statistik to’plam. Toshkent 2013 yil va O’zbekiston qishloq xo’jaligi. Toshkent 2015 to’plam materiallari.
Mustaqil rivojlanish yillarida yalpi sabzavotning taxminan 85-90% i respublika aholisi tomonidan iste’mol qilinadi, ichki bozorlarda sotiladi, urug’lik uchun foydalaniladi. Uning sifat belgilari past qismi esa chorvachilikda ozuqa uchun foydalaniladi va h.k. Sabzavotchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va uni sotishning yuqori samaradorligini hisobga olib, uni istiqbolda ko’paytirish imkoniyatlaridan to’laroq va tezroq foydalanish dolzarb muammolaridan biridir.
2014 yilga kelib sabzavotlar maydoni 2005 yilga nisbatan 39,4 % ga ko’payib, hosildorlik esa 24,3 % ga oshgan. Natijada ham ekstensiv ham intensiv rivojlanish hisobiga yalpi hosil 3,1 martaga oshgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |