O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov
Bog’dorchilikning rivojlanishi, hozirgi ahvoli va istiqboli
Download 1.77 Mb.
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-jadval O’zbekistonda bog’dorchilikni rivojlantirishning asosiy ishlab chiqarish ko’rsatkichlari (2005-2014 yy.)*
- ОКОЗ: 1.
2.Bog’dorchilikning rivojlanishi, hozirgi ahvoli va istiqboli
Madaniy bog’dorchilik O’zbekistonda taxminan milodgacha V asrlardan rivojlana boshlagan. Ammo obyektiv va subyektiv sabablarga ko’ra uning sosial iqtisodiy samaradorligidan uzoq yillar barqaror foydalanilmagan. Sug’oriladigan yerlarni kengaytirish yillarida bog’dorchilikni rivojlantirish birmuncha tezlashtirildi. Qayd etish lozimki, bog’zorlar hosildorligiga ko’pincha ob-havo tasir etadi. 2000 yil ob-havo tarmoq uchun boshqa yillarga nisbatan qulay keldi. Natijada 1990 yilga nisbatan gektaridan hosildorlik 20,4 sentnerga yoki qariyb 56 % ga oshdi. 2000 yilda aholi jon boshiga qariyb 33 kg meva-rezavor mevalar ishlab chiqilgan. Bu 1960 yilga nisbatan 2 marta ko’pdir. 2000 yilda 8,4 % mahsulot umumittifok fondiga sotilgan. Aholi jon boshiga 23 kg meva-rezavor meva istemol etilgan xolos. Istiqbolda bog’dorchilik mahsulotlarini ko’paytirishni ya’ni, gektaridan hosildorlikni 2-3 martaga oshirishnihamda respublika sharoitida serdaromad o’rik, nok, gilos, anjir, anor, xurmo, shotut va boshqalarning ekin maydonlarini kengaytirish hisobiga amalga oshirish maqsadga muvofikdir. Bunga 2014 yilga kelib erishildi desa bo’ladi. Ya’ni 2014 yilda bog’lar maydoni 2005 yilga nisbatan 40,8% ga ko’payib, hosildorlik 1,9 martaga va yalpi xosil esa 2,6 martaga oshgan. Aholi jon boshiga to’g’ri keladigan bog’dorchilik mahsulotlari 2,2 martagako’tarilgan (1-jadval). 1-jadval O’zbekistonda bog’dorchilikni rivojlantirishning asosiy ishlab chiqarish ko’rsatkichlari (2005-2014 yy.)*
* O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi. Yillik statistik to’plam. Toshkent 2013 yil va O’zbekiston qishloq xo’jaligi. Toshkent 2015 to’plam materiallari. Mustaqillik yillarida (2010-2014 yillarda)mevalarning quyidagi navlari rayonlashtirilgan: olmaning feruza .7.UZ.2014 y., behining mushk behi .7.UZ. 2012 y., olxo’rining Kirgizskaya prevosxodnaya.7.UZ. 2012 y.,1-13.). shaftolining muyassar.327.UZ.2013y. va o’rikning Bobo Radjabi .7.UZ.2012 y., maroqand.7.UZ.2010 y. navlari kabilar. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining2009 yil 26 yanvardagi PQ-1047-sonli“Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni to’ldirish yuzasidan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qaroriga binoan respublika aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojlarini barqaror ta’minlash, ichki iste’mol bozorini mamlakatimizda ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan bekamu-ko’st to’ldirish, bog’-rog’larni jadal rivojlantirish maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi tomonidan manfaatdor xo’jalik birlashmalari, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki iste’mol bozorini ular bilan to’ldirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo’lib unda 2009 yilda oziq-ovqat mahsulotlari eng muhim turlarini ishlab chiqarishning asosiy parametrlari, respublika viloyatlari bo’yicha 2009 yilda yangi meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz ekinlari va uzum ekiladigan maydonlar hamda ularni yetishtirishning prognoz hajmlari, shuningdek, respublikada tomchilatib sug’orish tizimini tatbiq etishning prognoz parametrlari ishlab chiqilgan. [ОКОЗ:1.09.00.00.00 Тадбиркорлик ва хўжалик фаолияти / 09.10.00.00 Саноат / 09.10.21.00 Озиқ-овқат саноати] [ОКОЗ: Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling