O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov


Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.22.00.00 Кредитлаш / 07.22.05.00 Имтиёзли кредитлаш; 2


Download 1.77 Mb.
bet108/157
Sana25.02.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1228551
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   157
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o (1)

1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.22.00.00 Кредитлаш / 07.22.05.00 Имтиёзли кредитлаш;
2.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.22.00.00 Кредитлаш / 07.22.06.00 Кредитлашнинг алоҳида турлари / 07.22.06.01 Қишлоқ хўжалиги товар ишлаб чиқарувчиларини кредитлаш (шунингдек, 09.14.17.05 га қаранг)]
Mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlarini, jumladan meva-rezavorlarni ko’paytirish maqsadida bog’ maydonlarini kengaytirish va ulardan olinadigan hosilni jadallashtirish ishlarida intensiv bog’lar barpo qilish dolzarb vazifa qilib qo’yildi va hozirgi kunda respublikaning ko’p hududlarida tekis dalalarda ham, adir hududlarda ham ana shunday bog’lar yaratildi. Ma’lumki bu bog’lar katta mablag’lar evaziga barpo qilinadi. Ana shu maqsadda yuqorida ta’kidlangan qarorda tijorat banklariga O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmaydigan foiz stavkasi bo’yicha belgilangan tartibda, mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarga — oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda zarur bo’lgan texnologiya uskunalari, xom ashyo va materiallar sotib olish hamda tomchilatib sug’orish tizimlarini xarid qilish uchun hamda fermer xo’jaliklari, agrofirmalar va boshqa tadbirkorlik subyektlariga — issiqxonalar barpo qilish hamda tomchilatib sug’orish tizimini tatbiq etish uchun kreditlar berish va lizing xizmatlari ko’rsatish uchun bank kredit portfelining kamida 20 foizi miqdorida maxsus kredit liniyalari ochish tavsiya qilingan.
Keyingi yillarda, ushbu qarorga qo’shimchalar kiritildi va u bosqichma-bosqich hayotga tatbiq etilmoqda.


3.Bog’dorchilikning iqtisodiy samaradorligini
oshirish imkoniyatlari

Bog’dorchilik tovar mahsulotlarining rentabelligi keyingi yillarda bozor iqtisodiyoti qonunlari talablari darajasida tashkil topadi. Bu ko’rsatkich asosan sotish baholarining nisbatan oshishi hisobiga erishilgan. Ko’pchilik xo’jaliklarda yildan-yilga 1 s mevaning tannarxining ko’tarilishi kuzatilmoqda. Bu holat asosan hosildorlik va mehnat unumdorligi darajasining pastligi hamda zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurash xarajatlarining ko’payishi bilan bog’liq.


Sifatliroq va serdaromad mahsulotlarni ko’proq ishlab chiqarish maqsadida quyidagi real imkoniyatlardan to’laroq foydalanish zarur:
-hosildorligi hamda tovarlik xususiyatlari yuqori mevalar maydonini kengaytirish, yetarli miqdorda ko’chatlar tayyorlash, ularni asosan kuz oylarida ekish;
-hosildorlikni oshirish uchun agrotexnologik jarayonlarni o’z vaqtida sifatli qilib bajarish;
-har ikki – uch yilda gektariga 20-40 chirigan go’ng, har yili 120-180 kg azot, 60-90 kg fosfor, 30-45 kg kaliy mineral o’g’itlarini solish;
-hosilga kirgan bog’larni o’rtacha 4-5 marta 600-700 m3 hisobida sug’orish; yer ostisuvi 1,5-2,0 m chuqur joylashgan joylarda yanvar oyida 2 marta yaxob suvini berish, qulayrog’i tomchilab sug’orishni joriy etish;
-kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashni qisqa muddatlarda o’tkazish;
-tovar mahsulotlarni bozor iqtisodiyoti qonunlari talablari asosida tashkil topgan mavsumiy baholarda sotish, ularning nobud bo’lishni keskin kamaytirish va h.k.

22-BOB.UZUMCHILIKNING SAMARADORLIGINI OSHIRISH IMKONIYATLARI




Dehqon ekkanini oladi, bog’bon – tikkanini

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling