3.Uzumchilikning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkoniyatlari
Ko’pchilik ixtisoslashgan xo’jaliklarda sotilgan uzumning rentabellik darajasi 2010 yilda bozor iqtisodiyoti qonunlari talablari darajasida tashkil topgan. Bu ko’rsatkich asosan ko’tara va chakana baholarning nisbatan oshishi hisobiga erishilgan. Hosilorligi past korxonalarda 1 s. uzumning tannarxi yildan yilga ko’tarilishi kuzatilmoqda. Bunday holat asosan, tarmoqda mehnat unumdorligining pastligi, zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurash xarajatlarining ko’payishi bilan bog’liq va h.k.
Sifatliroq va serdaromad xo’raki, kishmish va sharopbop uzum navlarini ko’proq ishlab chiqarish maqsadida quyidagi real imkoniyatlardan to’laroq foydalanish zarur:
1.Yuqori hosilli, kasalliklarga chidamli xo’raki navlardan: Daroyi, Oq xalili, Oq husayni, Go’zal qora, Nimrang, Pushti toyifi; Mayizbop navlardan Qora kishmish, Zarafshon kishmish, Oq kishmish; Vinobop navlardan Rkasiteli, Bayani Shirmi, Kul’jinskiy, Muskat VIR va boshqalarni rivojlantirish;
Mustaqillik yillarida (2010-2014 yillarda) O’zbekistonda uzumning quyidagi navlari yaratildi va rayonlashtirilgan:
nilufar .328.UZ.2013 y., oltinday. 7.UZ.2013 y., ranniy Shredera. 7. UZ. 2010 y., rangdor.7. UZ. 2012 y., xuseyni muskatnыy.23. UZ. 2014 y.,
qulupnayning O’zbekiston go’zali. 7. UZ. 2014 y., Oltinsimon qarag’at iroda. 7. UZ. 2012 y., ruxshona.7. UZ. 2014 y. kabi navlari.
2.Serhosil va kasallanmagan navlardan kuzda qalamchalar tayyorlash va intensiv rivojlantirishni tashkil etish;
3.Toklarni simbag’azlarda va voish shakllarida o’stirish ;
4.Hosillilik darajasini hisobga olib 4-6 marta, shag’alli yerlarda 8-10 marta, sizot suvlari yuza yerlarda 2-3 marta sug’orishni belgilangan muddatlarda sug’orish, samarali tomchilab sug’orish usulidan foydalanish;
5.Tez o’suvchi va ko’p bargli toklarni xomtok qilish;
6.Hosil beruvchi novdalarni sovuqqa oldirmaslik uchun o’z vaqtida ko’mish va ochishni tashkil etish;
7.Gibberillindan foydalanish;
8.Tokzorlarda ko’p uchraydigan ondium va antraxnoz kasalliklariga qarshi asosan oltingugurtli preparatlardan keng foydalanish;
9.Chirigan go’ng va belgilangan me’yorlarda va muddatlarda mineral o’g’itlardan foydalanish;
10.Mahsulotlarni erkin va shartnomali mavsumiy baholarda sotish, ularning nobud bo’lishini keskin kamaytirish va x.k.
1.09.00.00.00 Тадбиркорликвахўжаликфаолияти / 09.14.00.00 Қишлоқхўжалиги / 09.14.01.00 Умумийқоидалар;2.09.00.00.00 Тадбиркорликвахўжаликфаолияти / 09.14.00.00 Қишлоқ хўжалиги / 09.14.06.00 Фермер хўжаликлари;
Do'stlaringiz bilan baham: |