O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov


Ozuqa resurslarini ko’paytirish, uning xozirgi axvoli va istiqboli


Download 1.77 Mb.
bet113/157
Sana25.02.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1228551
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   157
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o (1)

2. Ozuqa resurslarini ko’paytirish, uning xozirgi axvoli va istiqboli

Chorvachilik uchun o’simlikchilik ozuqa resurslari miqdorini qo’upaytirish, sifatini yaxshilash va tarkibini takomillashtirish asosan maxsus ekinlar maydonini kengaytirish va ularning hosildorligini oshirish, tabiiy yaylov va pichanzorlardan oqilona foydalanish hisobiga amalga oshiriladi.


O’zbekistonda uzoq yillar davomida o’simlikchilik ozuqa resurslari tabiiy yaylov va pichanzorlardan, oziq-ovqatga mo’ljallangan galla ekinlari qo’shimcha mahsulotlaridan tashkil topgan. Maxsus ozuqabop ekinlari juda kam maydonlarga ekilgan. Uning hammasi ko’p yillik bedalar bo’lgan. Boshqa maxsus ozuqa ekinlari mutlaqo ekilmagan. Barcha g’alla ekinlarining, shu jumladan, ozuqabop arpa hamda makka doni ham asosan aholi tomonidan oziq-ovqat sifatida foydalanilgan.
2000 yili 1990 yilga nisbatan jami ozuqabop ekinlar 610,7 ming ga yoki qariyb 58,7% ga qisqartirildi. Bu kabi kamchiliklar 2004 yilga kelib nisbatan ijobiy siljishga olib keldi. 2000 yilda 1990 yilga nisbatan pichan uchun o’rilgan ko’p yillik bedaning hosildorligi 18.7 s/ga yoki 40.4% ga, silos va ko’k ozuqa uchun ekilgan makkajo’xori hosildorligi 61 s/ga yoki 32,3% ga, ildizmeva va poliz ekinlari hosildorligi esa 90 s/ga yoki 29% pasaygan.
Demak, maxsus ozuqa ekinlari maydoni qisqartirilgan va ularning gektaridan olinadigan hosildorlikning pasayishi natijasida o’simlik, chorva ozuqalari yalpi hosili keskin kamaygan. O’simlik ozuqa resurslari qisman g’allachilikdan olingan somon, paxta chigitini qayta ishlashdan olingan kunjara, sheluxa va boshqa ozuqalar bilan to’ldirilgan.
Ammo shartli mol boshiga saralangan ozuqa birligi 2000yilda 1990yilga nisbatan 8,3 s yoki 30% ga kamaygan. Bu o’rtacha ko’rsatgich me’yorga nisbatan ikki marta kamdir. Natijada ko’pchilik turdagi hayvonlarning maxsuldorligi ham pasaygan. Bu holat barcha turdagi, ayniqsa, shirkat va boshqa dehqon xo’jaliklariga taalluqlidir.
Demak, o’simlikchilik ozuqa resurslari asosan yaylov va pichanzorlar hamda g’allachilik va boshqa madaniy ekinlarning qo’shimcha mahsulotlaridan tashkil topgan. Natijada ko’pchilik chorva hayvonlari yarim och oziqlantirilgan. Shartli mol boshiga 13 s ozuqa birligi yoki uning talabiga nisbatan taxminan 50% ozuqa resurslari sarflangan, xolos. Mustaqillik yillarida o’simlikchilik ozuqalarining ma’daniy ekinlarini ekish maydonlarining kengayishi hisobiga tashkil topish holati 1-jadval ma’lumotlari asosida umumiy shaklda aniklanishi mumkin.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling