O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov
- jadval Samarqand viloyatidagi barcha toifadagi xo’jaliklarda1 s. mahsulotlarning tannarxi (2008-2014 yy.)*
Download 1.77 Mb.
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o (1)
1- jadval
Samarqand viloyatidagi barcha toifadagi xo’jaliklarda1 s. mahsulotlarning tannarxi (2008-2014 yy.)*
* O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi. Yillik statistik to’plam. Toshkent 2013 yil va O’zbekiston qishloq xo’jaligi. Toshkent 2015 to’plam materiallari. 1.Texnologik tannarxiga, mahsulotni ishlab chiqarish texnologiyasi bilan bog’liq bo’lgan, shuningdek, bo’limlarda brigada, ferma va sexlarda ishlab chiqarishni boshqarish va tashkil qilish bilan bog’lik xarajatlar kiradi. 2.Ishlab chiqarish tannarxi texnologik tannarxlarning yig’indisini, korxonani va ishlab chiqarishni butunlay boshqarish bilan bog’liq xarajatlarning (umumxo’jalik xarajatlari) yig’indisini ifodalaydi. 3.Kommersiya yoki to’la tannarx ishlab chiqarish xarajatlarining jamisi va mahsulotni sotish bilan bog’liq bo’lgan, muomala xarajatlarining yig’indisini ifodalaydi. U faqat tovar mahsulot uchun hisoblanadi. Bundan tashqari, hisoblash xarakteriga qarab quyidagicha tannarx turlari aniqlanadi: 1.Reja tannarxi. 2.Dastlabki, vaqtinchalik va taxminiy tannarx 3.Haqiqiy tannarx 1.Reja tannarxi, bu korxona rejalashtirayotgan davrdagi mahsulot birligiga sarflanishi lozim bo’lgan xarajatlar yig’indisini ifodalaydi. 2.Vaqtinchalik yoki taxminiy tannarx esa 9 oylik haqiqiy xarajatlarni va 4-kvartaldagi reja xarajatlarini o’z ichiga oladi. 3.Haqiqiy tannarx esa yil oxirida korxona xo’jalik faoliyatini yakun qilishda yillik hisobotlar asosida hisoblanadi. U olingan yalpi mahsulot uchun sarflangan haqiqiy xarajatlar asosida hisoblanadi. Mahsulot tannarxi shakllanish joyiga qarab, individual (konkret korxonada, uyushma va boshqa), zona (ma’lum bir zonaning o’rtachasi) va tarmoq tannarxlariga bo’linadi (mamlakat bo’yicha o’rtacha). 2.Mahsulotlar ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tashkil topishi va guruhlanishi Mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish vasotish harajatlarini tashkil topishini hisoblash va ularni guruhlarga bo’lish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida amalga oshiriladi. Ushbu Nizom bo’yicha harajtlarni hisoblash 1995 yilda boshlab tajriba shaklida ishlab chiqarishga joriy eta boshlangan edi, 1999 yildan esa amaliyotga keng doirada foydalanishga kiritilgan. Nizomning «Umumiy qoidalar» bo’limida ko’rsatilishicha ushbu hujjat «…yuridik shaxslarning, shuningdek yuridik shaxs bo’lmasdan turib tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi jismoniy shaxslarning mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish harajatlarini yaniqlashning yagona uslubiyati asoslarini belgilaydi». Mazkur Nizom buxgalteriya hisobini yurgizishda va soliqqa tortiladigan bazani aniqlashda xarajatlarni hisoblab chiqishda paydo bo’ladigan tafovutlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan bo’lib, xo’jalik yurituvchi subyekt faoliyatining rentabelligini va bozor raqobatbardoshligini aniqlash maqsadida xo’jalik faoliyatining barcha harajtlarini hisoblab chiqish, moliyaviy natijalarni aniqlash va ular to’g’risida to’liq va aniq axborotni shakllantirishning asosini yaratadi. Ushbu Nizomga asosan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan va kiritilmaydigan harajatlar bo’ladi: I.Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar: a).bevosita va bilvosita moddiy harajatlar; b).bevosita va bilvosita mehnat harajtlari; v).boshqa bevosita va bilvosita harajatlar, shu jumladan ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan ustama harajatlar ; II.Ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan, biroq asosiy faoliyatdan olingan foydada hisobga olinadigan hamda davr harajtlariga kiritiladigan harajatlar: a).sotish xarajatlari; b).boshqarish xarajatlari (ma’muriy sarf xarajatlar); v).boshqa operasion xarajatlar va zararlar. III.Xo’jalik yurituvchi subyektning umumxo’jalik faoliyatidan olingan foyda yoki zararlarini hisoblab chiqishda hisobga olinadigan xo’jalik yurituvchi subyektning moliyaviy faoliyati bo’yicha harajatlari: a).foizlar bo’yicha harajatlar; b).xorijiy valyuta bilan operasiya bo’yicha salbiy kurs tafovutlari; v).qimmatli qog’ozlarga qo’yilgan mablag’larni qayta baholash; g).moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa harajatlar. IV.Favqulodda zararlar, u daromad(foyda)dan olinadigan soliq to’langunga qadar foyda yoki zararlarni hisoblab chiqishda hisobga olinadi. Endi yuqorida sanab o’tilganlarni turlarga bo’linishini (klassifikasiyani) kengroq ko’rib chiqamiz: I.1.Ishlab chiqarish bilan bog’liq moddiy xarajatlar; I.2.Ishlab chiqarish xususiyatga ega bo’lgan mehnatga haq to’lash xarajatlari; I.3.Ishlab chiqarishga tegishli bo’lgan ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar; I.4.Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan nomoddiy aktivlar amortizasiyasi; I.5.Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar. II.Davr xarajatlari deganda bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq bo’lmagan xarajatlar va sarflar tushuniladi: boshqaruv xarajatlari, mahsulotni sotish xarajatlari va umumxo’jalik ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa xarajatlar. Davr xarajatlariga quyidagi moddalar kiradi: II.1.Sotish xarajatlari; II.2.Ma’muriy xarajatlar; II.3.Boshqa operasiya xarajatlari; II.4.Hisobot davrining kelgusida soliq solinadigan bazadan chiqariladigan xarajatlari. III.Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlarga quyidagilar kiradi: III.1.O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan hisob stavkalari doirasida va ulardan yuqori doirada qisqa muddatli hamda uzoq muddatli kreditlar bo’yicha, shu jumladan to’lov muddati o’tgan va uzaytirilgan ssudalar bo’yicha to’lovlar; III.2.Mol-mulkni uzoq muddatli ijaraga olish(lizing) bo’yicha foizlarni to’lash xarajatlari; III.3.Chet el valyutasi bilan operasiyalar bo’yicha salbiy kurs tafovutlari va zararlar; III.4.Sarflangan (qimmatli qog’ozlarga, shu’ba korxonalarga va hokazolarga) mablag’larni qayta baholashdan ko’rilgan zararlar; III.5.O’z qimmatli qog’ozlarini chiqarish va tarqatish bilan bog’liq xarajatlar; III.6.Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar, shu jumladan salbiy diskont. IV.Favqulodda zararlar – bu xo’jalik yurituvchi subyektlarning odatdagi faoliyatidan chetga chiquvchi hodisalar yoki operasiyalar natijasida vujudga keladigan va ro’y berishi kutilmagan odatdan tashqari xarajatlar moddalaridir. Bunga favqulodda moddalar va davr xarajatlari tarkibida aks ettirilishi kerak bo’lgan o’tgan davr moddalari kirmaydi. U yoki bu moddaning favqulodda zararlar moddasi sifatida aks ettirilishi uchun u quyidagi mezonlarga javob berishi kerak: Korxonaning odatdagi xo’jalik faoliyatiga xos emaslik; Bir necha yil mobaynida takrorlanmasligi kerak; Boshqaruv xodimi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga bog’liq emaslik. Tegishli moddalarni favqulodda xarajatlarga kiritish yoki kiritmaslik to’g’risida qarorlar qabul qilishda ishlar amalga oshiriladigan sharoitlarni ham hisobga olish lozim. Masalan, agar xo’jalik yurituvchi subyekt alohida iqlim sharoitlarda joylashgan bo’lsa, u holda iqlim sharoitlariga bog’liq holdagi ishlamay turib qolishlar favkulodda deb baholanishi mumkin emas, chunki ushbu modda «bir necha yil mobaynida takrorlanmasligi kerak» mezoniga javob bermaydi. I.Mehnat haqi (ajratmalari bilan) xarajatlari. Ularning tarkibiga quyidagi moddalar kiradi: 1.Qabul qilingan mehnatga hak to’lash shakllari va tizimlariga muvofiq belgilangan tarif stavkalari va lavozim maoshlaridan kelib chiqib hisoblangan, amalda bajarilgan ish uchun yoki sarflangan vaqt uchun hisoblangan mehnat haqi; 2.Kasb mahorati va murakkablik uchun tarif stavkalariga va okladlariga ustamalar; 3.Ish rejimi va sharoiti bo’yicha turli xil ustamalar, qo’shimcha haq, kompensasiyalar va boshqalar kiradi. II.Moddiy xarajatlar. Moddiy xarajatlar tarkibiga ishlab chiqarish xarakteridagi ish va xizmatlar haqi, ishlab chiqarishda foydalaniladigan, mehnat predmetlari xarajatlari kiradi: o’zi ishlab chiqargan va sotib olingan urug’ va ko’chatlar, unga urug’ni ekishga tayyorlash va ortish-tushirish, ekish joyiga olib borish xarajatlari kirmaydi; mollar va parrandalarni boqish uchun o’zi ishlab chiqargan va sotib olingan yem-xashak; qishloq xo’jaligining boshqa mahsulotlari – go’ng va boshqalar; mineral o’g’itlar, bakterial va boshqa preparatlar; neft mahsulotlari; yoqilg’i; chetdan va o’z elektr stansiyasidan olingan elektroenergiya; boshqa moddiy sraflar, shu jumladan, ta’mirlash uchun materiallar va zahira qismlar, o’simliklarni himoya qilish vositalari, medikamentlar va preparatlar, maxsus kiyimlar va boshqa kam baholi va tez to’ziydigan predmetlarning eskirishi; yordamchi sanoat. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling