O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov
Download 1.77 Mb.
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o (1)
2.Qishloq xo’jaligi mahsulotlariga baholar tizimi
Qishloq xo’jaligida bozor iqtisodiyoti sharoitida bahoning ko’pgina turlari qo’llaniladi. Bu baholar tizimi orqali tovar ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar o’rtasida iqtisodiy munosabatlar o’rnatiladi. Ushbu baholar tizimiga quyidagilarni kiritish mumkin: erkin yoki shartnomali; tartibga solinadigan yoki boshqariladigan; ulgurji; chakana; taqqoslama; xarid. Erkin baholar – bu bozorda, tovarni sotishda hosil bo’ladigan baho. Erkin bahoni shartnomali baho ham deyish mumkin. Chunki ikkovi ham o’rtada, ya’ni sotuvchi bilan xaridor manfaatlarini ko’zlagan holda shakllanadi. Bozorda erkin bahoning darajasi talab va taklif qonunlari talabiga asosan aniqlanadi. Lekin hozirgi kunda bizda bu jarayon juda qiyinchilik bilan kechmoqda. Tartibga solinadigan yoki boshqariladigan baholar – bu baho darajasi, tartibi davlat tomonidan tartibga solinadigan yoki boshqariladigan bahodir. Bu bahoda davlat asosan asosiy oziq-ovqat tovarlarini va qishloq xo’jalik xom-ashyolarini tartibga soladi. Baholarni tartibga solishning asosiy usuli oziq-ovqat tovarlariga savdo qo’shimchalarining aniq miqdorini o’rnatish yoki ayrim mahsulotlarning cheklangan rentabellik darajasini aniqlash hisoblanadi. Shuningdek, bahoni tartibga solish alohida tarmoq va ishlab chiqarishga dotasiya berish orqali ham amalga oshiriladi. Ulgurji baholar–bu mahsulot tayyorlovchi korxonalarning mahsulotlarini buyurtmachi korxonalarga, shuningdek, tovarlarni ulgurji sotadigan tashkilotlarga sotishda amalga oshiriladigan baho. Bundan tashqari, ulgurji firmalarning yirik partiyadagi tovarlarni chakana savdo korxona va tashkilotlariga sotadigan bahodir. Ulgurji bahoning shakllanishi ishlab chiqarish harajatlari va mahsulot birligiga to’g’ri kelgan kommersiya harajatlari miqdorini o’rnatadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ulgurji baholarni o’rnatishda to’sqinlik qiluvchi omil bu raqobatdir. Raqobat bo’lmagan sharoitda ulgurji baholarning shakllanishi bo’yicha vazifani ma’lum bir paytda davlat bajarishi kerak. Bu eng avvalo, energiya resurslariga, transport xizmatiga va aloqaga taaluqlidir. Chakana baholar – bu baho tovarlar chakana savdoda sotilganda shakllanadigan baho. Bu bahoning asosida ulgurji baholar, shuningdek, korxona va tashkilotlarning tovarlarni chakana savdoda sotib olgandagi baholari yotadi. Korxonalar chakana savdoda ulgurji baholarga, muomala harajatlarini qoplashni va ma’lum bir miqdorda foyda olishni ta’minlaydigan savdo ustamalarini qo’shadilar.Savdo ustamasi tarkibiga qo’shilgan kiymat solig’i va maxsus soliqlar kiritiladi. Taqqoslama baholar – bu baho mahsulot hajmi, tovarooborot, mehnat unumdorligi va boshqa ko’rsatkichlar dinamikasini o’lchash uchun foydalaniladi. Taqqoslama baholar taqqoslanayotgan qiymat ko’rsatkichlarning dinamikasiga baholar o’zgarishining ta’sirini kamaytiradi. Taqqoslama baholarni qo’llash, inflyasiya va baholarning o’sishi sharoitida ijtimoiy ishlab chiqarishni, savdoni rivojlantirish, real ish haqi, tovarlar iste’moli to’g’risida aniq tasavvurga ega bo’lish uchun imkon beradi. Xarid baholar–bu bahoda davlat qishloq xo’jaligi mahsulotlarini sotib oladi. Bu davlat buyurtmasi shaklida amalga oshiriladi, masalan, paxta, g’alla, pilla va hokazolarga. Bu baholar iqtisodiy jihatdan asoslangan bo’lishi kerak. Qishloq xo’jaligi mahsulotlariga iqtisodiy asoslangan xarid baholari deganda, davlat va tovar ishlab chiqaruvchilar manfaatlarini uyg’unlashtiradigan va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi iqtisodiy samaradorligini oshirishga imkon beradigan baholar tushuniladi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlariga baholarning shakllanish jarayoni, tarmoqning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, o’z xususiyatlariga ega bo’lib, u ko’p jihatdan tabiiy iqlim sharoiti ta’sirini boshidan o’tkazadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida qishloq xo’jaligida mulk va xo’jalik yuritish shakllarining rivojlanish etapida yer unumdorligi va hayvonlar mahsuldorligida, ishlab chiqarish harajatlarida tafovutlar saqlanib qoladi. Bu tafovutlar bir tomondan tabiiy sharoitlardan va ikkinchi tomondan, iqtisodiy sharoitlardan kelib chiqadi. Shuning uchun qishloq xo’jaligida baholarning shakllanishida albatta yuqoridagi ikkita: tabiiy va iqtisodiy sharoitlarni hisobga olish zaruriyati kelib chiqadi. Xarid baholarning iqtisodiy asoslangan asosiy tamoyillari (prinsiplari)qilib quyidagilarni ko’rsatish mumkin: 1.Mahsulot ishlab chiqarish harajatlarini qoplashni ta’minlash zaruriyati. Davlat buyurtmasi hisobiga sotiladigan barcha mahsulot turlari bahosi barcha zonalarda me’yordagi sharoitda xo’jalik yuritadigan barcha qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining mahsulot ishlab chiqarish harajtlarini qoplashi zarur. Xarid baholar eng avvalo mehnatga haq to’lash xarajatlarini va iste’mol qilingan ishlab chiqarish resurslari qiymatini qoplash imkoniyatini ta’minlashi kerak. 2.Kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni va iqtisodiy rag’batlantirishni ta’minlash uchun jamg’arma yaratish zaruriyati. Faqat ishlab chiqarish harajatlarining qoplanishi har qanday tovar ishlab chiqaruvchi uchun oddiy takror ishlab chiqarishni ta’minlaydi. Shuning uchun xarid baholari faqat ishlab chiqarish harajatlarini qoplash bilan cheklanmasdan, balki kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni yetarli foyda bilan ta’minlashlari va qishloq xo’jaligida yaratilgan sof daromadning bir qismini davlatning markazlashgan fondiga o’tkazishda vosita bo’lib xizmat qilishi kerak. Uning uchun baholar mahsulot tannarxidan yuqori va bir vaqtning o’zida mahsulot qiymatidan oshmasligi kerak. Agar baho mahsulot tannarxiga teng bo’lsa, u holda tovar ishlab chiqaruvchi foyda olmaydi, zarar ham ko’rmaydi. Yaratilgan sof daromadning hammasi markazlashgan davlat fondiga o’tadi. Unday holatda moddiy rag’batlantirish qoidasi buziladi. Baho qiymatga teng bo’lsa, unda sof daromad fondga yuborilmasdan, tovar ishlab chiqaruvchida qoladi. Bahoning asosida qiymat yotadi, lekin uni aniqlash o’ta murakkab shuning uchun xarid baholarini hisoblash paytida asos qilib me’yoriy (normativ) tannarx va moddiy rag’batlantirish va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni ta’minlaydigan foydaning bir qismi qabul qilinadi. 3.Baholarning zonalar bo’yicha tabaqalanishi. Respublikamizda qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun turli tabiiy iqlim sharoitlari mavjud. Bu esa mahsulotni ishlab chiqarish harajatlarining notekisligini keltirib chiqaradi. Buni paxta, g’alla va boshqa qishloq xo’jaligi ekinlari misolida ko’rish mumkin. Shuning uchun yomon tabiiy iqlim sharoitidagi zonalarda ancha yuqori baho, yaxshi sharoitdagilarda esa past baho bo’lishi kerak. Baholarning zonalar bo’yicha tabaqalanishi tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasida daromadlarni ancha teng, iqtisodiy asoslangan holda taqsimlanishini ta’minlaydi, ularning mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirishdagi moddiy qiziqishini kuchaytiradi. Amaliyotda undan foydalanish talabga javob bermaydi. 4.Mahsulot sifatiga qarab baholarning tabaqalanashi. Sifat tovarning bahosida albatta o’z aksini topadi. Shuning uchun sifati yaxshi bo’lgan tovarlar tez xarid qilinadi. Davlat baho vositasida tovar ishlab chiqaruvchilarni mahsulot sifatini yaxshilashga qiziqtiradi. 5.Mahsulotni sotish muddatlariga qarab baholarning tabaqalanishi. Ertagi sabzavot ekinlari va issiqxonalardagi sabzavotlar va ko’katlar, kech yetishtiriladiganlariga nisbatan ancha yuqori baholarda sotiladi. Bu ancha qiyin sharoitda mahsulot yetishtiruvchilarning qo’shimcha harajatlarini qoplash imkoniyatini beradi. 6.Qishloq xo’jaligi va sanoat o’rtasida doimiy ravishda ayirboshlash amalga oshadi. Ma’lumki, qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari mahsulotlarining ko’pgina qismini davlat buyurtmasi hisobiga davlatga sotadilar, davlat (sanoat) ham o’z navbatida qishloq xo’jaligiga mashinalar, uskunalar, jihozlar, yoqilg’i, elektr energiyasi, qurilish va ta’mirlash materiallari, mineral o’g’itlar sotadi. Bularning qiymati qishloq xo’jaligi mahsulotlari tannarxiga qisman yoki to’liq qo’shiladi. Bu esa, ya’ni qishloq xo’jaligida qo’llaniladigan sanoat tovarlarining qiymati qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish uchun qilinadigan harajatlarni qisqartiradi yoki oshiradi degani. Agar sanoat tovarlarining bahosi ularning qiymatidan yuqori bo’lib, qishloq xo’jaligida xarid baholari haqiqiy ishlab chiqarish harajatlaridan past bo’lsa yoki teng bo’lsa, unda noekvivalent ayirboshlash sodir bo’ladi, ya’ni qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari o’zlari yaratgan qiymatning bir qismini sanoatga berib yuboradilar. Agar aksincha, xarid baholari qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning haqiqiy harajatlaridan ancha yuqori bo’lib, sanoat tovarlari bahosi ularning ishlab chiqarish harajatlarini qoplamasa yoki teng bo’lsa, unda yana noekvivalent ayirboshlash sodir bo’ladi. Faqat qat’iy tartib qishloq xo’jaligi mahsulotlarini sanoat tovarlariga ekvivalent ayirboshlashgina, ya’ni sanoatdagi mehnat miqdoriga qishloq xo’jaligi mahsulotlariga sarflanadigan mehnat miqdori teng bo’lgandagina, sanoat va qishloq xo’jaligini mutanosib (proporsional) rivojlantirishni ta’minlash imkoniyati bo’ladi. 7.Xarid baholarning barqarorligi va harakatchanligi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarining xarid baholari nisbatan barqaror bo’lishi kerak, ya’ni ma’lum bir davr mobaynida o’zgarmaydigan bo’lishi kerak. Barqaror baholar tovar ishlab chiqaruvchilarda sotilgan mahsulot uchun ma’lum bir miqdorda pul daromadini olishga ishonch paydo qiladi. Xarid baholarining uzoq muddatda barqaror bo’lib turishi ham ba’zi ob-havo noqulay kelgan yillarda ijobiy hisoblanmaydi, chunki mahsulot sotish hajmining kamayishi barqaror baholarda daromadning kamayishiga va tovar ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy holatining barqarorlikdan chiqishiga olib keladi. Xarid baholarning harakatchanligi ularning mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflanadigan ijtimoiy zaruriy harajatlari o’zgarishini bildiradi. 8.Mamlakat ichida bozor kon’yukturasini va jahon bahosi darajasini hisobga olish. Iqtisodiy asoslangan harid baholariqishloq xo’jaligi mahsulotlari taklifini, unga bo’lgan talab holatini, mos ravishda ichki bozordagi shakllanadigan baholar darajasini hisobga olishi kerak. Boshqa tomondan, xarid baholarining miqdori jahon baholari darajasiga mos kelishi yoki unga yaqinlashishi kerak. Aynan qishloq xo’jaligi mahsulotlariga jahon bahosi darajasi hozirgi davrda harajatlar va samaradorlikning, mahsulot sifatining ijtimoiy zaruriy darajasiga haqqoniy o’lchov bo’lishi mumkin Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling