O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov


Download 1.77 Mb.
bet87/157
Sana25.02.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1228551
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   157
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o (1)

Tayanch iboralar:

Baho, bahoning vazifalari, o’lchov, rejalashtirish, tartibga solish, taqsimot, nazorat, rag’batlantirish, ijtimoiy, baholar tizimi, erkin, boshqariladigan, ulgurji, chakana, taqqoslama, xarid.




Savollar

1.Baho deb nimaga aytiladi.


2.Bahoning vazifalari nimalardan iborat
3.Bahoning turlarini ayting
4.Baho nima asosda shakllanadi.
5.Bozor iqtisodiyoti sharoitida bahoga ta’sir qiluvchi omillar
O’simlikchilik va chorvachilik tarmoQlari samaradorligini oshirish imkoniyatlari

Ma’lumki, qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti o’simlikchilik va chorvachilik tarmoqlari iqtisodiyotidan tashkil topadi. Barcha qishloq xo’jaligi korxonalarida ikkala tarmoqni qo’shib olib borish obyektiv zaruriyatdir. Natijada, mavjud mehnat, yer, suv boshqa resurslar potensialidan, tarmoqlarning asosiy, qo’shimcha va qoldiq mahsulotlaridan samarali foydalanish uchun optimal sharoit yaratiladi, ularning turli darajada yo’qotishlari keskin kamayadi.


O’simlikchilik va chorvachilik tarmoqlarining xususiyatlarini hisobga olgan holda ularni qo’shib olib borish ayrim mahsulotlarga iste’molchilar talablarining tashkil topishiga xamda ularning ishlab chiqarish uchun iqtisodiy va tabiiy sharoitlarning mavjudligiga bog’liq. Odatda, ayrim mamlakat va jahon xalqlarining turmush darajasi yuqori bo’lsa, chorvachilik mahsulotlariga talab oshadi, aksincha o’simlikchilik mahsulotlariga pasayadi.
Ikkala tarmoqning mahsulotlariga bo’lgan talab ayrim xalqlarning urf-odatlariga ham bog’liq. Masalan, Hindistonda chorvachilik mollariga diniy aqidalarning saqlanishi natijasida jon boshiga go’sht mahsulotlarini iste’mol qilish me’yori jahon xalqlari o’rtacha iste’moliga nisbatan 5-6 marta kamdir.
Yana bir misol, Avstraliya mamlakatida chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirish uchun qulay sharoit mavjudligi tufayli jon boshiga go’sht mahsulotlarini iste’mol qilish me’yori jahon xalqlari o’rtacha iste’moliga nisbatan 5-6 marta ko’pdir.
Demak, o’simlikchilik va chorvachilik tarmoqlarini qo’shib olib borish kompleks sharoitlarning mavjudligi va ulardan foydalanish darajasi bilan bevosita bog’liq.



Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling