O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov


 Avtomobilga havoning qarshilik kuchi


Download 2.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/84
Sana27.08.2023
Hajmi2.72 Mb.
#1670440
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   84
Bog'liq
True

4.6. Avtomobilga havoning qarshilik kuchi
Avtomobilning harakatiga havo ham qarshilik qiladi, uni 
yengish uchun dvigatel quvvatining bir qismi sarf bo‘ladi. Agar 
shamol avtomobil harakati yo‘nalishiga qarshi yo‘nalgan bo‘lsa, 


37
havo qarshiligi yana ham kattalashadi. Havoning avtomobilga 
qarshiligi quyidagi sabablardan kelib chiqadi:
1) harakat davrida avtomobilning orqa va old qismida havo 
bosimining har xilligi natijasida peshtoqda hosil bo‘ladigan qarshilik 
umumiy qarshilikning 55 – 60 % ini tashkil etadi;
2) avtomobilning qanoti, zinapoyasi, raqami va boshqalarning 
qarshiligi (12 – 18 % ni tashkil etadi);
3) havoning radiator orqali kapot tagidan o‘tib ko‘rsatadigan 
qarshiligi (10 – 15 % ni tashkil etadi);
4) avtomobil kuzovining havoga ishqalanish qarshiligi 
(8 – 10 % ni tashkil etadi);
5) avtomobilning yuqori va pastki qismidagi bosimning har 
xilligi tufayli sodir bo‘ladigan qarshilik (5 – 8 % ni tashkil etadi).
Havoning qarshilik kuchi avtomobilning har xil nuqtalariga 
tushganligi sababli, uni aniq hisoblash qiyin. Ta’sir etuvchi 
elementar qarshilik kuchlarining teng ta’sir etuvchisi avtomobilga 
havoning qarshilik kuchi P
v
deb ataladi. P
v
kuch qo‘yilgan 
nuqtani yelkanlik markazi deyiladi. Bu nuqta yo‘l tekisligidan h
v
 
balandlikda bo‘ladi.
Avtomobilga havoning qarshilik kuchi quyidagi empirik 
formuladan topiladi:
P
v
 = K F u
2
a
,
bu yerda: K – havo qarshiligini yengish koeffitsiyenti; F – avtomo-
bilning old yuzasidan qaralgandagi yuzi.
Havo qarshiligini yengish koeffitsiyenti K 1 m/s tezlik bilan
harakatlanuvchi avtomobilning 1 m
2
yuzasiga havoning qarshilik 
kuchi bilan aniqlanadi.
Avtomobilning old yuzasidan qaralgandagi yuzi F deb, 
avtomobilning bo‘ylama o‘qiga perpendikulyar tekislikka 
tushirilgan proyeksiyasiga aytiladi. Bu yuzani aniqlash murakkab 
bo‘lganidan, uning qiymati yuk mashinalari va avtobuslar uchun 
quyi dagicha hisoblanadi:
F = B · H
a
m
2
,
yengil avtomobillar uchun esa


38
F = 0,78 · V
a
· N
a
m
2
,
bu yerda: N
a
– avtomobilning balandligi; V – ikki g‘ildirak orasidagi 
masofa (koleyasi); V
a
– avtomobilning eni.
W = K · F 
ifoda havo qarshiligini yengish faktori deyiladi.
Avtomobilga havoning qarshilik kuchini aniqlashda zarur 
bo‘ladigan koeffitsiyent qiymatlari jadvalda berilgan.

Download 2.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling