O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi


-mavzu. Dunyolarni quchdi o‘zbek degan nom!


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana15.02.2017
Hajmi0.61 Mb.
#467
1   2   3   4   5   6   7

2-mavzu. Dunyolarni quchdi o‘zbek degan nom! 

O‘zbekistonda  inson  kapitaliga  investitsiyalarni  yo‘naltirishga  izchil  iqtisodiy 

rivojlanish, jismoniy va ma’naviy sog‘lom, barkamol avlodni tarbiyalash hamda aholi 

farovonligini oshirishning muhim sharti sifatida alohida e’tibor berilganligi;  

Yurtimizning  katta  sur’atlar  bilan  barqaror  rivojlanishi  va  dadil  odimlar  bilan 

ilgarilab  borishida  nafaqat  O‘zbekistonimizda,  balki  xalqaro  tashkilotlarda  ham  tan 

olinib,  boshqa  mamlakatlarga  model  sifatida  o‘rganish  uchun  tavsiya  etilayotgan 

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilayotgani;  

Sog‘liqni  saqlash,  ilm-fan,  madaniyat  va  san’at,  sport  sohalarining 

rivojlantirilishi; 

Yosh  avlodni sog‘lom va barkamol insonlar etib tarbiyalash maqsadida amalga 

oshirilayotgan davlat siyosatining mohiyati; 

Qurolli Kuchlarni isloh qilish va milliy armiyamizning salohiyatini yuksaltirish 

borasida amalga oshirilayotgan ishlar; 

Tahlikali zamonda, yon-atrofimizda turli tahdid va xatarlar kuchayib borayotgan 

sharoitda tinchlik va osoyishtalikni ko‘z qorachig‘idek asrash, millatlar va fuqarolararo 

do‘stlik  va  hamjihatlik,  o‘zaro  hurmat  va  mehr-oqibat  muhitini  yanada 

mustahkamlash,  doimo  hushyor  va  ogoh  bo‘lib,  tinchlik  uchun  kurashib  yashash  hal 

qiluvchi ahamiyatga ega ekanligi;  

O‘zbekiston  mustaqillik  yillarida  jahon  hamjamiyatida  o‘z  tashqi  siyosat 

strategiyasi, xalqaro munosabatlardagi pozitsiyasi bilan ham munosib o‘rin egallagani.  

 

Mamlakatimizda sportga bo‘lgan e’tibor, bu borada amalga oshirilgan ishlarning 

yuksk 

samarasi. 



Jahon 

hamjamiyatchiligini 

lol 

qoldirgan 



sportchilarining 

10 

 

Braziliyaning  Rio-de-Janeyro  shahari  bo‘lib  o‘tgan  31-yozgi  olimpia  o‘yinlaridagi 



g‘alabasi. 

 

 

  

NAZARIY  MASHG‘ULOTLAR UCHUN MA’RUZALAR  MATNI 



 

1-mavzu. Mustaqillik farovon hayotimiz va yorug‘ kelajagimiz garovi. 

             Reja: 

1.

 



Mustaqillik bergan imkoniyatlar. 

2.

 



Iqtisodiy taraqqiyot farovonlik kaliti. 

3.

 



Xususiy  mulkning  ustuvorligi,  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik 

sohasining samarasi.  

 

Mustaqillik  degan  so‘z  zamirida  qanchadan-qancha  ajdodlarimizning  asrlar 



davomidagi  orzu  va  armonlari,  kurashlari,  ertangi  kunga  umidlari  mujassam. 

Darhaqiqat, Mustaqillik el-yurtimiz uchun o‘z taqdirining egasi bo‘lib, qadr-qimmatini 

anglab,  munosib  hayot  kechirish,  yurtimizda  huquqiy  demokratik  davlat  va  fuqarolik 

jamiyatini barpo etish imkoniyatini yaratdi. Ayni paytda u har bir odamning iqtisodiy-

ijtimoiy sohalarda iste’dod va qobiliyatini to‘la namoyon etishi, huquq va erkinliklarini 

ro‘yobga chiqarishining mustahkam zaminidir. 

Mustaqilligimizning  25  yilligini  “Go‘zal  va  betakrorimsan,  muqaddas  Vatanim, 

jonim  senga  fido,  O‘zbekistonim!”  degan  bosh  g‘oya  –  shior  bilan  nishonlayapmiz. 

Shiordagi  sakkiz  samimiy  so‘z  go‘yo  saflanib,  qalbimizda  mujassam  bo‘lgan  ona 

yurtga  mehr  va  sadoqat  tuyg‘ularidan  so‘zlayotgandek.  SHuning  uchun  ham,  ularni 

shunchaki, hissiz aytib bo‘lmaydi. Ayniqsa, “jonim senga fido!” degan iborani. 

“Go‘zal”.  Bu  –  qadimiy  turkiy,  o‘zbekcha  so‘z.  Dastlab,  “ko‘z  ol”,  “ko‘z 

oluvchi”;  “qarasang  ko‘zingi  olib  qo‘yadi”  degan  ma’nodagi  ikki  so‘z  – 

komponentdan iborat bo‘lgan. Haqiqatan ham, bog‘u rog‘lari, vodiyu vohalari, cho‘lu 

tog‘lari beqiyos ona yurtimizning. 

“Betakrorimsan”.  Olamda  takrorlanadigan,  qayta  tiklanadigan  va  betakror, 

qaytattiklanmas ne’matlar, tabiat hodisalari ko‘p. Borliq olam bitta, uning bag‘rida Er 

bitta,  Erda  O‘zbekiston  –  bitta.  Betakror.  Shuning  uchun  ko‘z  qorachig‘idek  asrab-

avvaylaymiz uni. 

“Muqaddas”.  Vatanni,  ya’ni  O‘zbekistonni  sevmoq  iymondandir.  Chunki  bu 

zamin ilohiy ne’mat. Chunki Alloh bizga mana shu jannatmakon zaminni ato etgan. 

“Jonim  senga  fido,  O‘zbekistonim!”  Bu  mard  fidoyilar  na’rasi.  Hamma  ayta 

olmaydi  bu  iborani.  Vatanni  sho‘rolar  changalidan  yulib  olib,  ozod  qilish  buyuk 

fidoyilik.    

Mustaqillik biz uchun milliy davlatchiligimizni, o‘zligimiz, insoniy haq-huquq va 

qadr-qimmatimizni  tiklash,  urf-odat  va  an’analarimizni,  muqaddas  islom  dinimizni, 

buyuk  ajdodlarimizning  tabarruk  nomlarini  ulug‘lash,  sog‘lom  va  barkamol  yangi 

avlodni  shakllantirish  bo‘yicha  ilgari  tasavvur  ham  qilib  bo‘lmaydigan  beqiyos 

imkoniyatlar ochib berdi. 

Mustaqillik  sharofati  bilan  ulkan,  olamshumul  yutuqlarimizdan  biri  ma’naviy 

erkimizni qo‘lga kiritdik. Muqaddam nomini ham eshitmagan Imom al-Buxoriy, Imom 

Termiziy,  Mahmud  Zamaxshariy,  Burhoniddin  Marg‘inoniy,  Imom  Moturidiy,  Abu 

Hafs  Kabir  Buxoriy  kabi  allomalarni  bildik.  Alisher  Navoiy  (1991),  Bahouddin 

Naqshband  (1993),  Mirzo  Ulug‘bek  (1994),  Amir  Temur  (1996),  Imom  al-Buxoriy 



11 

 

(1998), Ahmad al-Farog‘oniy (1998)ning tavallud sanalari jahon miqyosida o‘tkazildi. 



Bu tantanalar o‘zbek xalqining chinakam bayramiga aylanib ketdi. 

Istiqlol  sharofati  bilan  tarixan  qisqa  davrda  O‘zbekiston  har  tomonlama  tez 

sur’atlar  bilan  rivojlanib,  kuch-qudrati  va  salohiyati  jadal  yuksalib  borayotgan 

mamlakatga  aylangani  respublikamizda  amalga  oshirilayotgan  oqilona  islohotlar 

natijasidir.  Istiqlolimizning  o‘tgan  25  yili  tom  ma’noda  muhtaram  Prezidentimiz 

rahnamoligida  taraqqiyotning  „o‘zbek  modeli“  asosida  jamiyatimizning  barcha 

jabhalarida rivojlanish, xalqimiz turmush farovonligini oshirish, xalqaro hamjamiyatda 

davlatimiz nufuzini yuksaltirish va eng muhimi, tinchlik, osoyishtalik barqaror bo‘lgan 

erkin fuqarolik jamiyatini qurish davri bo‘ldi.  

Mamlakatimiz  tarixan  qisqa  davrda,  o‘tgan  asrning  90-yillarida,  eng  og‘ir  va 

tahlikali bir sharoitda, chetdan bo‘lgan turli tazyiqlar va soxta va’dalarga uchmasdan, 

muhtaram  Prezidentimiz  tomonidan    ishlab  chiqilgan  O‘zbekiston  uchun  yakkayu 

yagona  to‘g‘ri,  ya’ni  tadrijiy,  bosqichma-bosqich  rivojlanish  yo‘lini  tanlab  olgani  va 

uning  naqadar  to‘g‘ri  yo‘l  ekanligini  bugun  hayotning  o‘zi  qayta-qayta  isbotlab 

bermoqda.  

Aynan ana shunday to‘g‘ri yo‘l tanlaganligi tufayli mustaqillikni mustahkamlash, 

Vatanimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, rivojlangan demokratik davlatlar safidan 

munosib  o‘rin  egallash,  xalqimiz  va  kelgusi  avlodlarimiz  uchun  hech  kimdan  kam 

bo‘lmagan  hayot  sharoitlarini  yaratish,  O‘zbekistonning  xalqaro  maydondagi  obro‘-

e’tiborini yanada yuksaltirish bo‘yicha ulkan, aytish mumkinki, asrlarga teng bo‘lgan 

yo‘l bosib o‘tildi.   

Mustaqillik tufayli xalqimiz o‘z qadr-qimmatini tikladi, dunyoda munosib obro‘-

e’tiborga ega bo‘ldi. Misrda Ahmad Farg‘oniy, Belgiyada Ibn Sino, Latviyada Mirzo 

Ulug‘bek,  Rossiya,  YAponiya  va  Ozarbayjondagi  Alisher  Navoiy  haykallari  buyuk 

ajdodlarimizning so‘nmas dahosiga jahon xalqlarining hurmat-ehtiromi namunasidir. 

Prezidentimizning  2016  yil  2  iyundagi  “O‘zbekiston  Respublikasi  davlat 

mustaqilligining  yigirma  besh  yillik  bayramiga  tayyorgarlik  ko‘rish  va  uni  o‘tkazish 

to‘g‘risida“gi qarorida ta’kidlanganidek, biz uchun haqiqatan ham eng ulug‘, eng aziz 

ayyom  bo‘lgan bu  qutlug‘  sana o‘tgan tarixan qisqa davrda  bosib  o‘tgan  g‘oyat  og‘ir 

va  murakkab,  shu  bilan  birga,  sharafli  yo‘limizni,  amalga  oshirgan  keng  ko‘lamli 

islohotlarimiz samarasini, qo‘lga kiritgan ulkan marra va yutuqlarimizni tanqidiy ko‘z 

bilan  sarhisob  qilish,  oldimizga  qo‘ygan  oliy  maqsad  –  eng taraqqiy  topgan  davlatlar 

qatoriga  kirish  borasidagi  ustuvor  vazifalarni  belgilab  olishda  muhim  ahamiyat  kasb 

etadi.  


Mustaqillik yillari mobaynida erishgan yutuqlarimiz chindan-da ulkan va noyob. 

Ortda  qolgan  25  yil  davomida  xalqimiz  tomonidan  ba’zi  davlatlar  asrlar  mobaynida 

ham qilolmaydigan ishlar amalga oshirildi. Bunga misol tariqasida iqtisodiyotga nazar 

tashlaylik. YAqin o‘tmish – sobiq ittifoq davrida nimalarga ega edik? Biz faqat paxta 

etishtirish  monopoliyasiga  asoslangan,  bir  tomonlama,  oqsoq  va  qoloq  iqtisodiyotga 

ega edik. 

Iqtisodiy  jihatdan  respublikamiz  bir  yoqlama  rivojlangan,  asosan,  paxta 

xomashyosi  yetkazib  berishga  moslashtirilgan,  paxta  yakkahokimligi  halokatli  tus 

olgan  bir  o‘lkaga  aylantirildi.  Chunki  iqtisodiyotning  „oltin“  qoidasi  shuki,  hech 

qachon xom ashyo sotgan boy bo‘lmaydi. O‘zbekistonimizda o‘sha yillari etishtirilgan 

5  million  tonnadan  ortiq  paxtaning  atigi  8-10  foizigina  o‘zimizda  qayta  ishlangan, 


12 

 

qolgan qismi olib ketilgan va asosiy foyda tayyor xom ashyoni qayta ishlagan begona 



hududlarga kelib tushgan.  

Respublika barcha asosiy iqtisodiy va ijtimoiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha Ittifoqdagi 

o‘rtacha  darajadan  ham  ancha  orqada  bo‘lib,  15  respublika  ichida  oxirgi  o‘rinlardan 

birida, har kishi boshiga yalpi ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha 12-o‘rinda, 

aholi  jon  boshiga  milliy  daromad  ishlab  chiqarish  bo‘yicha  ko‘rsatkich  esa  – 

Ittifoqdagi o‘rtacha darajadan ikki hissa past bo‘lgan. 

O‘zbekiston aholisi o‘rta hisobda go‘sht mahsulotlarini, sut va sut mahsulotlarini, 

tuxumni, umuman, Ittifoq aholisiga nisbatan ikki barobar kam iste’mol qilgan:  

–  sobiq  ittifoqda  bir  fuqaro  1989  yilda  67kg  go‘sht  iste’mol  qilgan,  

O‘zbekistonlik bir fuqaro esa buning yarmidan ham kamini – 31 kg iste’mol qilgan;  

– sobiq ittifoq fuqarolari bir yilda 268 dona, o‘zbekistonliklar esa 119 ta tuxum 

iste’mol qilgan; 

– sobiq ittifoqda o‘rtacha bir kishi 98 kg kartoshka iste’mol qilgan bo‘lsa, bizning 

ota-onalarga 25 kgdan tekkan, xolos; 

– meva-rezavorlarni sobiq ittifoq fuqarosi bir yilda 41 kg, O‘zbekistonlik esa 27 

kg iste’mol qilgan;  

– biroq, non va non mahsulotlari iste’molida buning teskarisi bo‘lgan, ya’ni sobiq 

ittifoqning bir fuqarosi 1987 yilda 129 kg non egan bo‘lsa, har bir o‘zbekistonlik – 167 

kg  non  iste’mol  qilgan,  chunki  nondan  boshqa  eydigan  narsasi  bo‘lmagan,  sababi  –  

bizni ikkinchi darajali odamlar deb hisoblashgan. 

Yurtimiz  aholisining  asosiy  oziq-ovqat  tovarlari,  avvalo  don,  kartoshka,  go‘sht, 

sut va qandolat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoji 1990 yilda import hisobidan qoplangan 

bo‘lsa,  hozirgi  vaqtda  ularning  96  foizi  mamlakatimizda  ishlab  chiqarilayotganini; 

o‘tgan  davr  mobaynida  aholi  jon  boshiga  go‘sht  iste’moli  1,4  barobar,  sut  va  sut 

mahsulotlari – 1,5 karra, kartoshka – 1,9 marta, sabzavot – 2,6 barobardan ortiq, meva 

6,3  marta  ko‘paygani  va  boshqa  hayotiy  misollar  mamlakatimiz  oziq-ovqat 

xavfsizligini ta’minlashning mustahkam poydevoridir.  

Mamlakatimiz  suverenitetining  iqtisodiy  asoslarini  mustahkamlashga  qaratilgan 

eng muhim strategik dasturlar, jumladan, O‘zbekistonning g‘alla mustaqilligi, yoqilg‘i-

energetika, 

transport-kommunikatsiya 

sohasidagi 

mustaqilligini 

ta’minlash, 

iqtisodiyotimizda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, zamonaviy korxonalar barpo 

etish va ularni ilg‘or texnika va texnologiyalar bilan jihozlash borasidagi ulkan ishlar 

amalga oshirildi. 

Agar bundan  25  yil oldin  O‘zbekiston 22  million aholining  ehtiyoji uchun  zarur 

bo‘lgan  g‘allani  chetdan  keltirgan  bo‘lsa,  bugangi  kunda  31  milliondan  ortiq  aholini 

o‘z  doni  bilan    to‘la  ta’minlabgina  qolmasdan,  balki  chet  ellarga  g‘alla  eksport 

qiladigan mamlakatga aylandi. 

Mustaqillikning  dastlabki  yillaridanoq  O‘zbekistonning  yoqilg‘i-energetika 

siyosati  mamlakat  energetika  imkoniyatlaridan  jamiyatning  ijtimoiy  va  iqtisodiy 

muammolarini hal etish uchun foydalanishga qaratib kelinmoqda. 

Yangi iqtisodiy munosabatlarning shakllanish sharoitida davlat sanoatining asosiy 

tarmoqlari, chunonchi yoqilg‘i-energetika majmui korxonalariga katta yordam berildi. 

Bu  boradagi  davlat  siyosati  yoqilg‘i-energetika  strategiyasining  asosiy  yo‘nalishlarini 

amalga oshirishga yo‘naltirilgan.  

Belgilangan maqsadlarga erishish uchun qator yirik yoqilg‘i-energetika loyihalari 

amalga  oshirildi,  Ko‘kdumaloq  neft-gaz  kondensat  koni  o‘zlashtirildi,  Buxoro  neftni 



13 

 

qayta  ishlash  zavodi,  Muborak  gazni  qayta  ishlash  zavodida  tarkibida  oltingugurt 



bo‘lgan  gazni  tozalash  bo‘yicha    ishlab  chiqarish  ob’ektlari,  Yangi  Angren  issiqlik 

elektr  stansiyasida  energetiya  bloklari  barpo  etildi.  Yoqilg‘i-energetika  tarmog‘ida 

yangi neft va magistral gaz quvurlari, elektr uzatish liniyalari, ishlab chiqarish hamda 

ijtimoiy maqsadlarga mo‘ljalangan boshqa ob’ektlar ishga tushirildi.  

O‘tgan  asrning  90-yillari  o‘rtalarida  amalga  oshirilgan  chora-tadbirlar  natijasida 

istiqlolning  dastlabki  yillarida  ko‘zda  tutilgan  energetika  siyosatining  strategik 

maqsadlariga – energetika mustaqilligini ta’minlashga erishildi.      

Mineral  xomashyo  resurslariga  boy  bo‘lgan  respublikamiz  markaz  ta’biga  ko‘ra 

to‘laligicha  importga,  ya’ni  eng  zaruriy  narsalar  (oziq-ovqat mahsulotlardan  tortib  to 

oddiy  mixgacha)  chetdan  keltirilishiga  qaram  bo‘lib  qolgan  edi.  Buning  oqibatida, 

sobiq  ittifoq  tarqalib  ketganidan  so‘ng,  yanada  murakkab  davr  boshlandi  –  iqtisodiy 

aloqalar  uzildi,  paxta  yakkahokimligi,  ishlab  chiqarishning  pasayib  ketishi,  eng  zarur 

oziq-ovqat  mahsulotlarining  etishmasligi  yuzaga  keldi.  SHunday  murakkab  davrda 

yangi,  erkin,  mustaqil  davlat  poydevoriga  asos  solindi.  Yurtboshimiz  Islom  Karimov 

o‘zining  “O‘zbekistonning  o‘z  istiqlol  va  taraqqiyot  yo‘li”  asarida  batafsil  va 

tushunarli qilib bayon etganidek, o‘z tanlovimizga ijodiy yondashdik va o‘z taraqqiyot 

yo‘limizni belgilab oldik. Bu yo‘l to‘la ma’noda xalqimiz mentalitetiga mos bo‘ldi va 

mamlakatimizning  keskin  o‘zgarish  va  ruhiy  zarbalarsiz  tadrijiy  rivojlanishiga  asos 

bo‘ldi,  iqtisodiyotning  siyosatdan  ustuvorligini,  kuchli  ijtimoiy  siyosatni 

mustahkamladi  va  bu  keyinchalik  dunyo  hamjamiyati  tomonidan  keng  e’tirof  etilgan 

taraqqiyotning “o‘zbek modeli” nomini oldi.  

Mamlakatimiz  tarixan  qisqa  davr  ichida  ilgarigi  qoloq,  iqtisodiyoti  biryoqlama 

rivojlangan  agrar o‘lkadan bugungi  kunda  iqtisodiyoti izchil  taraqqiy  etib borayotgan 

va  yuksak  ishlab  chiqarish  salohiyatiga  ega  bo‘lgan  zamonaviy  industrial  davlatga 

aylandi.  

Hozirda respublikamiz iqtisodiyotida sanoatning ulushi 34 foizga etgani, eksport 

tarkibida  tayyor  mahsulotlar  ulushi  70  foizdan  ziyodni  tashkil  etayotgani  buning 

yaqqol  dalilidir.  Shu  asnoda  alohida  ta’kidlab  o‘tish  joizki,  so‘nggi  yillar  mobaynida 

iqtisodiyotimizning  neft  va  neft-gaz  kimyosi,  neft-gaz  va  temir  yo‘l  mashinasozligi, 

avtomobilsozlik,  zamonaviy  qurilish  materiallari  sanoati,  maishiy  elektronika, 

farmatsevtika, yuqori texnologiyalarga asoslangan oziq-ovqat va to‘qimachilik sanoati 

kabi soha va tarmoqlari jadal rivojlanib borayotgani kuzatilmoqda. 

Mustaqillik  yillarida  turli  quvvatga  ega  4  ming  kilometrdan  ziyod  elektr  uzatish 

liniyalari  foydalanishga  topshirildi.  Mavjud  gidroelektrostansiyalarni  modernizatsiya 

va rekonstruksiya qilish loyihalari ishlab chiqilib, “Chorvoq GESi gidrogeneratorlarini 

modernizatsiya qilish va ishchi g‘ildiraklarini almashtirish” loyihasi asosida 1,2 va 3-

gidroagregatlar  modernizatsiya  qilindi.  2016-2020  yillarda  umumiy  quvvati  23,5 

megavatt bo‘lgan 4 yangi gidroelektrostansiya qurilishi rejalashtirilgan. Mavjud 11 ta 

GES modernizatsiya va rekonstruksiya qilinib, ularning ishlab chiqarish quvvati 105,8 

megavattga oshiriladi. 

Tarixan  qisqa  davrda  mamlakatimiz  iqtisodiyoti  6  barobar  o‘sdi,  aholimizning 

real  daromadlari  jon  boshiga  hisoblaganda  qariyb  12  barobar  oshdi,  bunga  erishish 

uchun  o‘tgan  davr  mobaynida  iqtisodiyotimizga  190  milliard  dollar  hajmidagi 

investitsiyalar,  jumladan,  65  milliard  dollardan  ortiq  xorijiy  sarmoyalarni  jalb  etish 

hisobidan biz uchun mutlaqo yangi bo‘lgan avtomobilsozlik, neft va gaz kimyosi, neft-

gaz mashinasozligi, zamonaviy qurilish materiallari sanoati, temir yo‘l mashinasozligi, 



14 

 

maishiy  elektronika, farmatsevtika,  yuqori  texnologiyalarga asoslangan  oziq-ovqat va 



to‘qimachilik sanoati kabi soha va tarmoqlarga asos solindi.  

Prezidentimiz  Islom  Karimov  mustaqil  taraqqiyotimizning  dastlabki  yillaridan 

boshlab  yurtimizda  har  tomonlama  qulay  va  zamonaviy  transport  kommunikatsiya 

tizimini  yaratish va tashqi bozorlarga  yangi  yo‘llarni ochish tashabbusini ilgari surdi. 

Sharqda  Toshkent-Andijon-O‘sh-Qashqar  avtomobil  yo‘lini  qurish  orqali  Xitoy  bilan 

o‘zaro  aloqalarni  rivojlantirish,  shu  maqsadda  Farg‘ona  vodiysini  mamlakatimizning 

boshqa  mintaqalari  bilan  bog‘lovchi  Qamchiq  dovonidan  o‘tadigan  yo‘lni  ishga 

tushirish,  shimolda  yurtimizni  Ustyurt  orqali  Qozog‘iston,  Rossiya  va  Evropa  bilan 

bog‘laydigan  316  kilometrlik  Qo‘ng‘irot-Beynov  tezyurar  avtomobil  yo‘lini  hamda  -

Navoiy-Uchquduq-Miskin-Sulton  Uvaystog‘-Nukus  temir  yo‘lini  barpo  etish, 

Amudaryo uzra avtomobil va poezd qatnovi uchun zamonaviy ko‘prik qurish, janubda 

esa Toshguzar-Boysun-Qumqo‘rg‘on temir yo‘li va Transafg‘on transport yo‘lagining 

Hayraton-Mozori  Sharif  qismini  bunyod  etish  va  shu  yo‘ldan  Fors  ko‘rfazi,  Hind 

okeani,  Janubiy  va  Janubi-Sharqiy  Osiyo  mamlakatlari  portlariga  chiqish  loyihalari 

ana shunday orzu-maqsadlarning amaliy hosili edi. 

  

Mustaqillikning  dastlabki  yillaridan  boshlab  mamlakatimiz  hududida  yagona 



temir  yo‘l  tizimini  yaratishga  kirishildi.  Dastlab  Qoraqum  va  Qizilqum  cho‘llari 

bag‘rida  342  kilometrlik  Navoiy-Uchquduq-Miskin-Sulton  Uvaystog‘-Nukus  temir 

yo‘li  qurib  bitkazildi,  kechagina  hatto  ot-ulov  bilan  borish  qiyin  bo‘lgan  chekka 

ovullar  yonida  zamonaviy  temir  yo‘l  bekatlari  bunyod  etildi.  Bugungi  kunda  Navoiy 

viloyatining  o‘zida  yo‘lovchilar  uchun  barcha  qulayliklarga  ega  bo‘lgan  15  ta  ana 

shunday bekat aholiga xizmat qilmoqda. Sho‘ro davrida oddiy avtobus bekatini qurish 

uchun  yillab  sarson-sargardon  bo‘lgan  zamonlarni  yodga  oladigan  bo‘lsak,  bugungi 

saodatli kunlarning qadri va qimmati naqadar ulug‘ ekanini yana bir bor his etamiz. 

“Asr  qurilishi”  nomini  olgan,  Hisor,  Boysun  tog‘larini  kesib  o‘tuvchi  223 

kilomerlik  Toshguzar-Boysun-Qumqo‘rg‘on  temir  yo‘li  Surxondaryo  viloyatini 

mamlakatimizning  boshqa  shahar  va  qishloqlari  bilan  bog‘lash  imkoniyatini  berdi. 

Termizdan  Toshkentgacha  bo‘lgan  masofa  170  kilometrga  qisqardi.  Baland  tog‘ 

cho‘qqisiyu  daralarni  kesib  o‘tadigan  ushbu  yo‘l  yurtimiz  taraqqiyoti  va  xalqimiz 

hayotida muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

Mustaqillik  yillarida  mamlakatimiz  temir  yo‘l  tizimida  amalga  oshirilgan 

ishlarning miqyosi va ko‘lami haqida fikr yuritsak, temir yo‘ldan ham uzunroq raqam 

hosil  bo‘ladi.  O‘tgan  yillarda  O‘zbekistonda  1200  kilometr  yangi  temir  yo‘l  tarmog‘i 

barpo  etildi,  3800  kilometrlik  yo‘l  qayta  ta’mirlandi,  1100  kilometr  yo‘l 

elektrlashtirildi.  17  ta  yangi  temir  yo‘l  vokzali  qurildi  va  8  ta  vokzal  rekonstruksiya 

qilindi, 47 ta ko‘prik, jumladan, Amudaryo uzra temir yo‘l transporti va avtomobillar 

uchun  muhtasham  ko‘prik  hamda  boshqa  ko‘plab  yirik  transport  infratuzilma 

ob’ektlari  qurildi.  Sobiq  Ittifoq  paytida  Termiz  yaqinidagi  114  kilometrlik  yo‘l 

qurilishiga  9  yil  sarflangani  inobatga  olinsa,  mustaqillik  bu  borada  taraqqiyot 

sur’atlarini qanchalik tezlashtirib yuborgani yaqqol oydinlashadi. 

2013  yili  Xalq  deputatlari  Andijon  viloyati  Kengashining  navbatdan  tashqari 

sessiyasida Yhrtboshimiz Angren-Pop temir yo‘li qurilishi 2016 yili ishga tushirilishini 

ta’kidladi.  Shu  yili  Prezidentimizning  “Angren-Pop  elektrlashtirilgan  temir  yo‘l 

liniyasi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi. 

Yigirma  besh  yillik  mustaqil  tariximiz  yuqoridagi  ezgu  intilishlarning  ro‘yobga 

chiqayotganidan  guvohlik  bermoqda.  2016  yilning  22  iyun  kuni  Vatanimiz  tarixiga 



15 

 

oltin  harflar  bilan  yoziladigan  qutlug‘  sana  bo‘lib  qoladi.  SHu  kuni  O‘zbekiston 



Respublikasi  Prezidenti  Islom  Karimov  va  Xitoy  Xalq  Respublikasi  Raisi  Si  Szinpin 

ishtirokida  xalqimiz  necha  yillar,  asrlar  orziqib  kutgan  ulug‘  tarixiy  voqea  amalga 

oshdi  —  Angren-Pop  temir  yo‘li  va  19,2  kilomet  Qamchiq  tunneli  ishga  tushirildi. 

Angren-Pop temir yo‘li va Qamchiq tunneli ochilish marosimida Prezidentimiz ushbu 

kunni  O‘zbekiston  tarixidagi  shonli  va  unutilmas  buyuk  sanalardan  biri  deb  baholab, 

“Biz bergan va’damizning ustidan ustidan chiqdik!” – degan so‘zlari Qamchiq tog‘lari 

uzra aks sado berdi.  

Yo‘l 10 milliondan ortiq aholi yashaydigan Farg‘ona vodiysi viloyatlarini po‘lat 

belbog‘ orqali respublikamizning boshqa hududlari bilan bevosita bog‘lashi natijasida 

mamlakatimizda  yagona  va  yaxlit  milliy  temir  yo‘l  tizimi  yaratilishi  o‘z  nihoyasiga 

etdi.  

Hisob-kitoblarga  ko‘ra,  Angren-Pop  temir  yo‘li  shu  yilning  o‘zida  600  ming 



yo‘lovchining uzog‘ini yaqin qiladi. Bu raqam keyinchalik muntazam ravishda oshib 

boradi. 


Yangi  yo‘lning  ishga  tushirilishi  Toshkentdan  Farg‘ona  vodiysi  viloyatlariga 

yuk  tashish  vaqtini  2  barobar  qisqartiradi,  yuk  tashish  tarifini  salkam  4  marta 

kamaytiradi. Bu temir yo‘lning foydalanishga topshirilishi mamlakatimiz uchun yiliga 

10 million tonnadan ortiq yuk tashish va tranzit hisobidan 140 million dollar mablag‘ni 

tejash imkonini beradi. 

Yangi temir  yo‘l Angren erkin iqtisodiy  zonasi yanada rivojlanishi uchun keng 

shart-sharoitlar  yaratadi.  Bu  erda  yangi  korxonalar  ishga  tushadi,  ularda  ishlab 

chiqarilayotgan mahsulotlar logistikasi bo‘yicha qo‘shimcha qulayliklar paydo bo‘ladi.  

Temir  yo‘l  qatnovining  ochilishi  yo‘l  atrofidagi  qishloq  va  aholi  punktlarida 

qurilish  va  sanoat,  transport  va  aloqa,  xizmat  sohalarini  rivojlantirishga,  sog‘liqni 

saqlash, ta’lim-tarbiya, umuman, yangi-yangi madaniy o‘choqlarning ochilishiga, tog‘ 

yon  bag‘ridagi  hayotni  jonlantirishga,  uning  sur’atlarini  tezlashtirishga  mustahkam 

zamin yaratadi. Yangi temir yo‘l qurilishi Angren, Ko‘l, Chodak, Kon, Temiryo‘lobod 

va Qo‘shminor kabi 6 ta yangi stansiya hamda Orzu va Pop yangi vokzal binolari, yo‘l 

xavfsizligini  ta’minlaydigan  o‘nlab  ishlab  chiqarish  ob’ektlari,  maktab,  tibbiyot 

maskanlari, suv va gaz tarmoqlari kabi ijtimoiy infratuzilma inshootlari barpo etilishini 

o‘z ichiga oldi. Bunday ulkan loyiha va rejalarning amalga oshirilishi shu mintaqada 

yashaydigan  aholini  ish  bilan  ta’minlash  va  uning  amaliy  ehtiyojlarini  qondirishda 

katta ahamiyat kasb etadi. Qurilish davrida bu erda 4 ming kishi ish bilan band bo‘lgan 

bo‘lsa, temir yo‘l ishga tushishi bilan yana 1,5 ming nafar kishi doimiy ish o‘rniga ega 

bo‘ldi.  Kelgusida  yangi  korxonalar  va  xizmat  shoxobchalarida,  jumladan,  kichik 

biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida qo‘shimcha ravishda 2-2,5 ming kishi o‘z ish 

joyini topadi. Yangi, munosib ish o‘rni — farovonlik asosi, farovonlik esa barqarorlik, 

tinch-totuv hayotning kafolatidir. 

Angren-Pop elektrlashtirilgan yangi temir yo‘li “Xitoy-Markaziy Osiyo-Evropa” 

xalqaro  temir  yo‘l  tranzit  koridorining  ajralmas  qismi  sifatida  Evropa  bilan  Osiyo 

qit’asini  o‘zaro  bog‘laydigan  transmilliy  transport  yo‘lagining  o‘ta  muhim  uzviy 

bo‘g‘inini tashkil etadi.  Avvalo,  bu  yo‘l  O‘zbekiston  bilan  Xitoy  o‘rtasida  eng qisqa 

temir  yo‘l  tarmog‘ining  strategik  yo‘nalishi  hisoblanadi.  U  qadimiy  Buyuk  ipak 

yo‘lining  yangicha  ma’no-mazmun  kasb  etadigan,  zamonaviy  yo‘nalishi  sanalib, 

O‘zbekistonning  Xitoyga,  Xitoyning  O‘zbekistonga,  jumladan,  Markaziy  va  Janubiy 

Osiyoga  chiqishini  ta’minlaydi,  Farg‘ona  vodiysining  iqtisodiy  va  ijtimoiy 



16 

 

rivojlanishiga,  yurtimizning  eksport  imkoniyatini  yanada  kengaytirish  va  tranzit 



salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. 

Angren-Pop  elektrlashtirilgan  temir  yo‘li  va  Qamchiq  tunnelining  ochilishi 

xalqimiz  hayotida  unutilmas  tarixiy  voqea  bo‘ldi.  Bu  yo‘l  O‘zbekiston  aslida  qanday 

buyuk davlat ekani, xalqi qanday qudratga, salohiyatga ega ekanini yana bir bor jahon 

hamjamiyatiga namoyon etdi.  

Mustaqillik yillarida tibbiy xizmat sifatini tadrijiy ravishda oshirib borish, aholini 

sifatli 

dori 


vositalari 

bilan 


ta’minlash,  farmatsevtika  faoliyatini  tubdan 

takomillashtirish  kabi  vazifalarga  ham  alohida  e’tibor  qaratildi.  Mustaqillikkacha 

respublikamizda faqatgina 2 ta farmatsevtika korxonasi faoliyat ko‘rsatib, ularda 30 ga 

yaqin  nomdagi  dori  vositalari  ishlab  chiqarilgan  bo‘lsa,  bugun  dori  ishlab  chiqarish 

korxonalari soni 149 va ularda tayyorlanayotgan dori vositalari turi 1482 taga etdi.   

Prezidentimizning  2011  yil  28  noyabrdagi  “Sog‘liqni  saqlash  tizimini  isloh 

qilishni  yanada  chuqurlashtirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi  Qarori  qabul  qilinishi 

bu  boradagi  ishlarning  yanada  yuksak  bosqichga  ko‘tarilishiga  asos  bo‘ldi.  Mazkur 

qaror  ijrosini  ta’minlash  maqsadida  yaqin  kelajakda  mamlakatimiz  sog‘liqni  saqlash 

tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari asosida amalga 

oshiriladigan tadbirlar majmuasi ishlab chiqilib, ularning ijrosini ta’minlash maqsadida 

keng ko‘lamli ishlar hayotga tatbiq etilmoqda.  

Mamlakatimizda  aholiga  tibbiy  xizmat  ko‘rsatish  sifatini  yanada  oshirish, 

sog‘liqni saqlash tizimining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish,  zamonaviy, jahon 

standartlari  darajasidagi  tibbiyot  maskanlarini  barpo  etish  va  jihozlash  uchun 

davlatimiz tomonidan ajratilayotgan mablag‘lar miqdori yildan-yilga ortib bormoqda.  

Qisqa  davr  ichida  foydalanishga  topshirilgan  ob’ektlar  qatorida  Respublika 

ftiziatriya  va  pulmonologiya  ilmiy-amaliy  tibbiyot  markazi,  Respublika  Perinatal 

markazi,  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi,  Surxondaryo  viloyat  bolalar  ko‘ptarmoqli 

tibbiyot  markazlari, Qoraqalpog‘iston  Respublikasining  Mo‘ynoq,  Kegeyli,  To‘rtko‘l, 

Qashqadaryo  viloyatining  Qamashi,  Samarqand  viloyatining  Qo‘shrabod,  Xorazm 

viloyatining  YAngiariq  tuman  tibbiyot  birlashmalari,  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi 

va  Surxondaryo  viloyati  bolalar  sil  kasalliklari  sanatoriylari,  Farg‘ona  va  Namangan 

viloyatlari,  Jizzax  viloyatining  Zomin  tumani  DSENM  binolari,  Toshkent  shahar 

tug‘uruq  kompleksi,  Qo‘qon  shahridagi  3ta,  Namangan  shahridagi  2  ta  oilaviy 

poliklinikalar,  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi,  Navoiy  va  Buxoro  viloyatlari  OITS 

markazlari, namunali uy-joy qurish dasturi doirasida 20 QVP kabi muassasalar barpo 

etildi. 


2015  yilda  40  dan  ziyod  ob’ekt,  ya’ni  18  ta  shahar  va  tuman  tibbiyot 

birlashmalari,  5  ta  ruhiy  va  asab  kasalliklari  shifoxonalari,  9  ta  silga  qarshi  kurash 

muassasalari  kabi  yirik  tibbiyot  muassasalari  to‘liq  ta’mirlashdan  chiqarilib, 

foydalanishga  topshirildi.  Joriy  yilda  Investitsiya  dasturi  asosida  141  ta  tibbiyot 

muassasasida  qariyb  495  mlrd.  so‘m  hajmidagi  rekonstruksiya  va  ta’mirlash  ishlari 

amalga  oshirildi,  ularni  zamonaviy  diagnostika  va  davolash  asbob-uskunalari  bilan 

jihozlash uchun xorijiy moliya institutlarining 25 mln. dollar mablag‘lari jalb etildi.  

Sobiq  tuzum  davrida  respublikamizning  iqtisodiyoti  bir  tomonlama  rivojlangan, 

faqat  xomashyo  etishtirishga  yo‘naltirilgan  bo‘lib,  paxta  yakkahokimligi  avjiga 

chiqqan edi. O‘zbekiston o‘zining qoloq ishlab chiqarish va sotsial infratuzilmasi bilan 

sobiq  ittifoqda  jon  boshiga  iste’mol  darajasi  bo‘yicha  eng  past  o‘rinda  turardi. 

Mustaqil  rivojlanish  yillarida  -  tarixan  qisqa  bir  davrda  yurtimiz  yangi  va  ulkan 



17 

 

marralarni  qo‘lga  kiritdi,  buning  natijasida  mamlakatimizning  qiyofasi  butunlay 



o‘zgarib, jahon hamjamiyatidagi o‘rni va nufuzi yuksalib bormoqda.  

Dunyo  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi  davom  etayotgan  bir  paytda  mamlakatimiz 

iqtisodiyoti barqaror ravishda sezilarli darajada rivojlanmoqda. Jahon iqtisodiy forumi 

tomonidan e’lon qilingan reytingda keyingi 3 yilda iqtisodiyoti eng tez rivojlanayotgan 

davlatlar orasida davlatimiz 5-o‘rinni egallab kelmoqda. 

“So‘nggi yillarda “Moody’s”,  “Standard & Poor’s”  hamda  “Fitch Ratings”  kabi 

xalqaro  reyting  agentliklari  O‘zbekiston  bank  tizimi  faoliyatini  “Barqaror”  deb 

tasdiqlamoqda.  Jahon  banki  va  Xalqaro  moliya  korporatsiyasi  tomonidan  “Biznesni 

yuritish — 2016” bo‘yicha e’lon qilingan yangi reytingda O‘zbekiston jahonning 189 

davlati  orasida  “Kreditlash  tizimi”  bo‘yicha  105-o‘rindan  42-o‘ringa  chiqqani  ham 

e’tiborga sazovordir.  

Yaqin  o‘tmishda  qoloq  agrar  respublika  bo‘lgan  O‘zbekiston  bugungi  kunda 

zamonaviy  ishlab  chiqarish  tarmoqlarini  barpo  etish  hisobidan  iqtisodiyotda 

sanoatning  ulushi  25  foizga  etgan,  eksportbop  va  raqobatdosh  mahsulotlarning  60 

foizdan  ortig‘i  yuqori  texnologiyalarga  asoslangan  sohalarda  ishlab  chiqarilayotgan, 

kuch-qudrati va salohiyati yuksalib borayotgan mamlakatga aylandi. 

Bugun biz O‘zbekistonimizda barpo etilayotgan eng zamonaviy, ulkan va noyob 

sanoat  ob’ektlari  –  Surg‘il  koni  negizida  qiymati  4  milliard  dollardan  ziyod  bo‘lgan 

Ustyurt  gaz-kimyo  majmuasi,  “Jeneral  motors”  kompaniyasi  bilan  hamkorlikda 

avtomobil  dvigatellari  ishlab  chiqarilayotgani,  “MAN”  kompaniyasi  ishtirokida 

Samarqand  viloyatida  yuk  avtomobillari  va  avtobuslar  ishlab  chiqaradigan  yangi 

kompleks  tashkil  etilgani,  YAponiyaning  “Isuzu”  kompaniyasi  bilan  birgalikda 

avtobuslar  ishlab  chiqarilayotgani,  “Xorazm  avtomobil  ishlab  chiqarish  birlashmasi” 

mas’uliyati  cheklangan  jamiyati  bazasida  “Damas”  va  “Orlando”  engil  avtomobillari 

ishlab chiqarish o‘zlashtirilgani bilan faxrlanishga haqlimiz. 

Shular qatorida Jizzax viloyatida 760 ming tonna portlandsement yoki 350 ming 

tonna oq sement ishlab chiqaradigan zavod barpo etilgani, temir yo‘l magistrallarining 

elektrlashtirilayotgani,  yuqori  tezlikda  harakat  qiladigan  „Talgo-250“  yo‘lovchi 

poezdlari  xarid  qilinib,  Toshkent-Samarqand  va  Toshkent-Qarshi  yo‘nalishlari 

bo‘yicha  ularning  harakati  yo‘lga  qo‘yilgani  va  shular  singari  boshqa  yutuqlarimiz 

barchamizda g‘urur va iftixor uyg‘otadi. 

Global loyihalarning “o‘nligiga” kiritilgan Ustyurt gaz-kimyo majmuasini qurish 

loyihasi  rivojlanayotgan  mamlakatlar  bozoridagi  eng  yirik  investitsion  loyiha,  deb 

e’tirof  etilgan.  Ustyurt  gaz-kimyo  majmuasini  qurish  loyihasida  yirik  Surg‘il  gaz 

konini  o‘zlashtirishni  yanada  jadallashtirish,  tabiiy  gazni  ajratib  olish,  piroliz  va 

yakuniy  mahsulot  ishlab  chiqarish  hamda  tabiiy  boyliklarimizni  ko‘p  pog‘onali, 

chuqur qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish asosiy maqsad qilib belgilangan.  

Ushbu  majmua  4,5  milliard  kubmetr  tabiiy  gazni  qayta  ishlash  natijasida,  387 

ming tonna polietilen va 83 ming tonna polipropilen, 102 ming tonna piroliz distillyati, 

8  ming  tonna  piroliz  moyi  va  3,7  milliard  tozalangan  tabiiy  gaz  ishlab  chiqarish 

imkonini  beradi.  Yillik  eksport  hajmi  800  million  dollardan  oshadi.  Bugungi  kunda 

ishlab chiqarilayotgan polimer mahsulotlari asosan Evropa, SHarqiy va Janubi-sharqiy 

Osiyo,  MDH  mamlakatlarining  bozorlarida  sotilmoqda.  Ustyurt  gaz-kimyo  majmuasi 

2015  yildan  ishga  tushirilgan  bo‘lib,  bugungi  kunda  polietilen  va  polipropilen 

mahsulotlarini ishlab chiqarilishi davom etmoqda. 


18 

 

Ustyurt  gaz-kimyo  majmuasi  “O‘z-Kor  gaz  kemikal”  qo‘shma  korxonasi 



tassarrufida bo‘lib O‘zbekiston va Janubiy Koreya strategik munosabatlarining yorqin 

misolidir.  Mazkur  qo‘shma  korxona  “O‘zbekneftgaz”  milliy  xolding  kompaniyasi 

hamda  Janubiy  Koreyaning  “KOGAS”,  “Lotte  Group”  va  “GS  E&R”  kompaniyalari 

investitsiyaviy konsorsiumi tomonidan ta’sis etilgan.  

So‘nggi  10  yil  mobaynida  mamlakatimizda  yalpi  ichki  mahsulotning  o‘sish 

sur’ati  8  foizdan  kam  bo‘lmasdan  kelmoqda.  O‘zbekiston  iqtisodiyoti  ishlab 

chiqarishni  keng  ko‘lamli  modernizatsiyalash,  eng  yangi  texnologiyalarni  joriy  etish 

va  diversifikatsiya  qilish  asosida  barqaror  yuqori  sur’atlarda  rivojlanib  borayotganini 

tasdiqlovchi,  dunyo  hamjamiyati  tomonidan  e’tirof  etilgan  boshqa  ishonarli  dalillar 

ham  bor.  Chuqur  o‘ylangan  iqtisodiy  strategiya  asosida  amalga  oshirilgan  tub 

o‘zgarishlar natijasida mustaqillik yillarida iqtisodiyotimiz qariyb 6 barobar, aholi jon 

boshiga  to‘g‘ri  keladigan  real  daromadlar  12  barobardan  ziyod  oshdi.  Oltin-valyuta 

zaxiralarimiz barqaror sur’atlar bilan ko‘payib bormoqda.  

Shu  munosabat  bilan  “Buyuk  Britaniya-O‘zbekiston”  partiyalararo  parlament 

guruhi  asoschisi  lord  Veyverlning  Prezidentimiz  Islom  Karimovning  mamlakatimizni 

2015  yilda  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish  yakunlari  va  2016  yilga  mo‘ljallangan 

iqtisodiy  dasturning  eng  muhim  ustuvor  yo‘nalishlariga  bag‘ishlangan  ma’ruzasi 

borasida bildirgan fikrlarini keltirib o‘tish mumkin. Uning ta’kidlashicha, O‘zbekiston 

hali-hanuz  davom  etayotgan  jahon  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi  sharoitlarida  ham 

yuksak  makroiqtisodiy  ko‘rsatkichlarga  erishmoqda.  “2030  yilga  qadar  yalpi  ichki 

mahsulot hajmini ikki barobardan ziyod ko‘paytirish ko‘zda tutilayotganligi respublika 

rahbariyati tomonidan barqaror rivojlanish tamoyillariga asoslangan uzoqni ko‘zlovchi 

iqtisodiy  strategiya  amalga  oshirilayotganidan  dalolat  beradi.  Iqtisodiyotni  bunday 

keng  ko‘lamda  modernizatsiyalash  va  diversifikatsiya  qilishni  dunyodagi  ko‘plab 

mamlakatlar o‘ziga ep ko‘ra olmaydi”, deb ta’kidlaydi lord Veyverl.  

Faxr va iftixor bilan aytib o‘tish joizki, belgilangan iqtisodiy strategiyaning izchil 

amalga  oshirilishi  natijasida  yangi  jamiyat  barpo  etishning  dastlabki  yillaridayoq 

O‘zbekiston  don  va  energetik  mustaqillikka  erishdi,  texnik  va  texnologik  taraqqiyot 

yo‘liga  chiqdi  va  uzoq  muddat  mobaynida  iqtisodiy  o‘sishning  yuqori  sur’atlari  va 

makroiqtisodiy  barqarorlikni  ta’minlab  kelmoqda.  Hatto  hamon  davom  etayotgan 

jahon  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi  sharoitlarida  ham  bu  sur’atlar  pasaymayapti. 

So‘nggi  11  yil  davomida  O‘zbekiston  yalpi  ichki  mahsulot  o‘sishi  8  va  undan  ortiq 

foiz  darajada  bo‘lishini  ta’minlab  kelmoqda.  Bunday  barqarorlikka  har  qanday 

davlatning havas qilishi tabiiy.  

2015 yil yakunlari bo‘yicha mamlakatimizda yalpi ichki mahsulot o‘sishi 8 foizni 

tashkil  etdi,  sanoat  mahsulotlari  ishlab  chiqarilishi  ham  8  foizga,  qishloq  xo‘jaligi 

mahsulotlari  qariyb  7  foiz,  qurilish-montaj  ishlari  hajmi  salkam  18  foizga  oshdi. 

Fermer  va  dehqonlarimizning  fidokorona  mehnati  tufayli  mo‘l  hosil  etishtirildi  –  7 

million  500  ming  tonnadan  ziyod  g‘alla,  3  million  350  ming  tonnadan  ortiq  paxta 

xirmoni  barpo  etildi.  Bundan  tashqari,  2015  yilda  O‘zbekiston  BMTning  Oziq-ovqat 

va  qishloq  xo‘jaligi  tashkiloti  (FAO)ga  a’zo  davlatlarning  oziq-ovqat  xavfsizligini 

ta’minlash  sohasida  Mingyillik  rivojlanish  maqsadlariga  erishgani  uchun  beriladigan 

mukofotiga sazovor bo‘lgan 14 ta davlatdan biri sifatida e’tirof etildi.  

Va  yana  bir  muhim  ko‘rsatkich.  Nufuzli  Jahon  iqtisodiy  forumi  tomonidan 

O‘zbekiston  2014-2015  yillardagi  rivojlanish  yakunlari  va  2016-2017  yillarda 


19 

 

iqtisodiy  o‘sish  prognozlari  bo‘yicha  dunyodagi  eng  tez  rivojlanayotgan  beshta 



mamlakat qatoridan joy olganligi e’tirof etildi.  

Bunday  misollar va ijobiy fikrlarni ko‘plab keltirish mumkin. Ular xalqimizning 

bunyodkorlik  va  intellektual  salohiyati  hamda  mamlakatimizning  iqtisodiy  va  harbiy 

qudrati  kundan-kunga  ortib  borayotganini  anglatadi.  Ular  taraqqiyotning  “o‘zbek 

modeli”ning  va  avvalo,  jamiyat,  davlat  va  shaxsning  chinakam  manfaatlarini  aks 

ettiruvchi,  xalqimiz  tomonidan  qo‘llab-quvvatlangan  iqtisodiy  strategiya,  uzoqni 

ko‘zlovchi dasturlar, yo‘nalishlar va ustuvorliklarning buyukligi hamda hayotiyligidan 

dalolat beradi.  

Jahon iqtisodiyoti rivojining xususiyatlari va tendensiyalarini chuqur tahlil qilgan 

hamda  mavjud  resurs  va  imkoniyatlarimizga  real  baho  bergan  holda,  2030  yilgacha 

mamlakatimizda  yalpi  ichki  mahsulot  hajmini  ikki  barobar,  iqtisodiyotimiz  tarkibida 

sanoat ulushini 40 foizga etkazish belgilandi.  

Iqtisodiy  strategiya  va  erishilgan  ulkan  yutuqlar  haqida  fikr  yuritganda, 

mamlakatimizning  xalqaro  maydonda  raqobatdoshligini  oshirish,  iqtisodiyotimizni 

yanada  modernizatsiya  va  diversifikatsiya  qilish  hisobidan  taraqqiyotimizning 

lokomotivi  bo‘lgan  etakchi  tarmoqlarni  jadal  rivojlantirishga  yo‘naltirilgan  ko‘plab 

muhim dastur va chora-tadbirlarning ahamiyati beqiyosdir.  

Qishloqlarimizni  o‘zgartirish  borasidagi  umummilliy  davlat  dasturi  nafaqat 

turarjoylarni  yaxshilash  va  qishloqlarimiz  aholisi  uchun  qulay  shart-sharoitlar 

yaratishni,  balki  ularning  turmush  tarzini  o‘zgartirish,  mehnatga  bo‘lgan  munosabati, 

ongi  va  dunyoqarashini  o‘zgartiruvchi  eng  ilg‘or  texnologiyalar  bilan  tanishtirish  va 

o‘zlashtirishni ko‘zda tutadi.  

Davlatimiz  rahbarining  2009  yil  3  avgustdagi  “Qishloq  joylarda  uy-joy  qurilishi 

ko‘lamini  kengaytirishga  oid qo‘shimcha  chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  qarori asosida 

namunaviy  loyihalar  bo‘yicha  uy-joylar  qurilishi  bu  maskanlar  qiyofasini  tubdan 

o‘zgartirib  yubordi.  Hududlarda  yangi  uylar  bunyod  etilishi  bilan  birga,  zamonaviy 

infratuzilma,  xizmat  ko‘rsatish  ham  rivojlanmoqda.  Muhtasham  bolalar  sporti 

inshootlari,  ta’lim  va  tibbiyot  muassasalari,  savdo  va  xizmat  ko‘rsatish  nuqtalari  qad 

rostlamoqda, qishloqda zamonaviy turmush tarzi qaror topmoqda.  

Buyuk britaniyalik ekspert Lyudmila Sheremeteva bu dasturni qishloq aholisining 

turmush  sifatini  yaxshilash  borasida  oldinga  tashlangan  ulkan  qadam  deb  atadi. 

Mustaqillik yillari mobaynida bug‘doy etishtirishning o‘rtacha hosildorligi gektaridan 

17  foizdan  55  foizgacha  oshdi.  Bu  esa  mamlakatimiz  qishloq  xo‘jaligida  amalga 

oshirilayotgan chuqur tarkibiy o‘zgarishlar va fidokorona mehnat samarasidir.  

Qishloq  xo‘jaligi  sohasida  mutlaqo  yangi  iqtisodiy  munosabatlar  joriy  etilib, 

fermerlik  harakati  uchun  katta  imkoniyatlar  yaratilgani,  hozirgi  kunda  fermer 

xo‘jaliklari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 90-92 foizini yetkazib berish bilan birga, 

qishloq  taraqqiyotida  hal  qiluvchi  ijtimoiy-siyosiy  harakatga  va  yetakchi  kuchga 

aylanib  bormoqda.  Prezidentimiz  tashabbusi  bilan  mamlakatimizda  fermerlik 

harakatiga  asos  solindi.  Davlatimiz  rahbarining  1991  yil  29  noyabrdagi  “Respublika 

dehqon (fermer) xo‘jaliklarini yanada mustahkamlash va tadbirkorlik faoliyatini davlat 

yo‘li  bilan  qo‘llab-quvatlash  to‘g‘rsida”gi  farmoni  sohani  tiklanishi  va  rivojlanishiga 

zamin  yaratdi.  Bugun  yuritimizda  160  mingdan  ziyod  fermer  xo‘jaliklari  faoliyat 

ko‘rsatmoqda.  Ularning  49  mingtasi  ko‘p  tarmoqli  yirik  sub’ektlardir.  Jumladan, 

mingdan ziyod go‘sht, sut va meva sabzavotlarni qayta ishlash loyihalari, 20 dan ortiq 

muzlatgich  omborxonalar  ishga  tushirilib,  qariyb  17  mingta  xizmat  ko‘rsatish 



20 

 

shoxobchalari  ish  boshladi.  Ko‘p  tarmoqli  femer  xo‘jaliklarida  qariyb  30  ming 



gektarga  intensiv  va  mahalliy  bog‘,  19  ming  gektardan  ziyodroq  maydonga  yangi 

tokzorlar  barpo  etildi.  Natijada  qishloqlarda  310  mingdan  ziyod  yangi  ish  o‘rinlari 

yaratildi. 

Hozirgi    kunda  fermer  xo‘jaliklari  qishloq  xo‘jaligi  mahsulotlarining  90-92 

foizini  yetkazib bermoqda.  Bu ko‘rsatkich  aholini o‘zimizda  ishlab  chiqarilgan sifatli 

oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlabgina qolmasdan, 180 turdan ortiq sarxil, qayta 

ishlangan  sabzavot  va  mevalar  dunyoning  80  mamlakatiga  eksport  qilinmoqda.  Eng 

muhimi,  fermerlik  harakati  qishloq  taraqqiyoti  uchun  mas’uliyatni  o‘z  zimmasiga 

olgan qudratli ijtimoiy-siyosiy harakatga aylandi. 

1990 yilda mamlakatimiz aholisining oziq-ovqat tovarlari, avvalo don, kartoshka, 

go‘sht,  sut  va  qandolat  mahsulotlariga  bo‘lgan  ehtiyoji  import  hisobidan  qoplangan 

bo‘lsa,  hozirgi  vaqtda  ularning  96  foizi  o‘zimizda  ishlab  chiqarilmoqda.  Mustaqillik 

yillarida  aholi  jon  boshiga  go‘sht  iste’moli  1,3  barobar,  sut  va  sut  mahsulotlari  –  1,6 

karra,  kartoshka  –  1,7  marta,  sabzavot  –  2  barobardan  ortiq,  meva  –  qariyb  4  karra 

ko‘payganini el-yurtimiz farovonligi tobora ortib borayotganining amaliy tasdig‘idir. 

So‘ngi  yillarda  oziq-ovqat  sohasini  rivojdlantirish  va  diversifikatsiyalash  tufayli 

oxirgi  5  yillikda  xomashyo  bazasini  kengaytirish  va  mahsulotlar  ishlab  chiqarish 

hajmini  oshirish  imkonini  berdi.  Jumladan,  meva-sabzavot  va  uzum  mahsulotlari 

ishlab  chiqarish  1,27  barobarga,  go‘sht  mahsulotlari  1,24  barobarga,  sut  mahsulotlari 

1,33 baravarga oshib, yangi mahsulotlar turi 337 tadan 628 taga ko‘paydi. Respublika 

bo‘yicha  oziq-ovqat  sohasida  jami  qiymati  660  million  AQSH  dollari  miqdoridagi 

3266  investitsiya  loyihasi  amalga  oshirildi.  Natijada,  28307  ta  yangi  ish  o‘rinlari 

tashkil etilib, 291 tadan ortiq yangi mahsulot turlari paydo bo‘ldi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Islom  Karimovning  mamlakatimizni  2015 

yilda  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish  yakunlari  va  2016  yilga  mo‘ljallangan  iqtisodiy 

dasturning  eng  muhim  ustuvorr  yo‘nalishlariga  bag‘ishlangan  Vazirlar  Mahkamasi 

majlisidagi  ma’ruzasida  mamlakatimiz  qishloq  xo‘jaligida  ham  chuqur  tarkibiy 

o‘zgarishlar  amalga oshirilayotgani,  murakkab  ob-havo  sharoitiga qramasdan,  fermer 

va  dehqonlarimizning  fidokorona  mehnati  v  aomilkorligi  tufayli  2015  yili  mo‘l  hosil 

etishtirilgani,  ya’ni  7  million  500  ming  tonnadan  ziyod  g‘alla,  3  million  350  ming 

tonnadan ortiq paxta xirmoni barpo etilgani haqida to‘xtalib o‘tdi. 

Shu  bilan  birga,  qishloq  xo‘jaligining  meva-sabzavotchilik,  bog‘dorchilik, 

uzumchlik va chorvachilik kabi tarmoqlari ham jadal sur’atlarda rivojlanib, o‘tgan yili 

12  milllion  592  ming  tona  sabzavot  va  kartoshka,  1  million  850  ming  tonna  poliz 

mahsulotlari,  1  million  556  ming  tonna  uzum,  2  million  731  ming  tonna  meva 

yetishtirilgani haqida gapirildi.   

Mustaqillikka  qadar  mamlakatimizda  umuman  mavjud  bo‘lmagan  kichik  biznes 

va  xususiy  tadbirkorlik  sohasi  bugungi  kunda  yalpi  ichki  mahsulotning  56,5  foizga 

etgani,  ayni  shu  tarmoqda  ish  bilan  band  aholining  77,9  foizi  mehnat  qilib, 

mamlakatimiz ravnaqiga munosib hissasini qo‘shmoqda. 

Yuritimizda  xususiy  mulk  ustuvor  bo‘lgan  ko‘p  ukladli  iqtisodiyot  shakllanib,  u 

barqaror  rivojlanish  davriga  o‘tdi.  O‘tkazilgan  so‘rovlarga  ko‘ra,  ayni  paytda 

mamlakatimiz  aholisining  50  foizga  yaqini  o‘zini  o‘rta  mulkdorlar  toifasiga  mansub 

deb  biladi.  2000  yilda  atigi  24  fozi  aholi  o‘zini  shu  toifadaga  mansub  ekanini 

tasdiqlagan.  Hozirgi  kunda  mamlakatimizdagi  korxonalar  (fermer  xo‘jaliklarisiz) 

xususiy  mulkdorlar  qo‘lida.  Ular  83  foiz  YaIM  hajmini  ishlab  chiqarishmoqda.  Bu 



21 

 

ko‘rsatgich  1992  yilda  5  foizga  teng  bo‘lgan.  Aholining  umumiy  daromadida 



tadbirkorlik  faoliyatidan  olingan  qismi  52  foizni  tashkil  qiladi.  Ushbu  raqamlar 

O‘zbekistonni  ko‘plab  rivojlangan  davlatlar  darajasiga  tenglashganidan  dalolat  berib 

turibdi.Mamlakatimizda  xususiy  mulkchilik,  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni 

yanada  rivojlantirish,  ular  huquqlarini  himoya  qilishda  bosqichma-bosqich  salmoqli 

tadbirlar  amalga  oshrilib  kelinmoqda.  Davlatimiz  rahabrining  „Xususiy  mulk,  kichik 

biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni  ishonchli  himoya  qilishni  ta’minlash,  ularni  jadal 

rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi farmoni 

sohada  amalga  oshirilayotgan  ishlarni  yangi  bosqichga  ko‘tardi.  Farmonda  xsusiy 

mulkchilik,  jumladan,  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  sb’ektlari  manfaatlarini 

ishonchli  himoyasini  ta’minlashga  qaratilgan,  yanada  erkinlashtirilgan  institutsional-

huquqiy  normalar  ilgari  mamlakatimiz  qounchligida  e’tirof  etilmagan.  Bunday 

normalar  orqali  tadbirkorlik  faoliyatiga  noqonuniy  aralashgan,  xususiy  mulk  egalari 

huquqini buzgan davlat, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlarining mansabdor 

shaxslarini jinoiy javobgarlikkacha tortish belgilandi.     

 Ma’lumki,  hozirgi  kunda  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  sub’ektlari 

mamlakatimiz  iqtisodiyotida  hal  qiluvchi  kuch  bo‘lib,  uni  dunyo  bozoriga  tanituvchi 

vosita 

sifatida 



xizmat 

qilayapti. 

Sohada 

ro‘y  berayotgan  yangiliklar, 



ishbilarmonlarimiz qo‘lga kiritayotgan yutuqlar shunday deyishimizga to‘la asos bo‘la 

oladi.  Respublikamizda  birgina  joriy  yilning  olti  oyida  15,2  mingta,  ya’ni  o‘tgan 

yilning shu davridagiga nisbatan 6,3 foiz ko‘p yangi kichik biznes sub’ektlari faoliyati 

yo‘lga qo‘yildi. 



 

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 

 

1.

 



Mustaqillik bergan qanday imkoniyatlarni sanab bera olasiz? 

2.

 



Mamlakatimiz  iqtisodiy  taraqqiyotidagi  rivojlanish  bosqichlari  aholi 

turmush farovonligi uchun qanday ahamiyatga ega? 

3.

 

Kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  sohasini  rivojlantirish  uchun 



hukumatimiz tomonidan qanday sharoitlar  yaratilgan? 


Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling