O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi


YUKSAK MARRALARNI ZABT ETDI O‘ZBEKISTON SPORTI


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana15.02.2017
Hajmi0.61 Mb.
#467
1   2   3   4   5   6   7

YUKSAK MARRALARNI ZABT ETDI O‘ZBEKISTON SPORTI  

 

Yosh avlodni ham aqlan, ham jismonan sog‘lom dunyoga keltirish, tarbiyalash va 

munosib  avlodlar  darajasida  shakllantirish  vazifasi  davlat  siyosati  darajasiga 

ko‘tarilgan.  Qisqa  fursat  ichida  yurtdoshlarimizdan  boks,  shaxmat,  engil  atletika  va 

sportning  boshqa  turlari  bo‘yicha  jahon  chempionlari  etishib  chiqdi.  Ular  nomi  tarix 

sahifalariga muhrlandi.  

Sog‘lom  va  barkamol  yangi  avlodni  shakllantirish  bo‘yicha  ilgari  tasavvur  ham 

qilib  bo‘lmaydigan  beqiyos  imkoniyatlar  yaratildi.  Qanchadan-qancha  sport 

majmualari,  stadionlar,  zamonaviy  ko‘rinishdagi  barcha  qulayliklarga  ega  jahon 

talablariga  javob  beradigan  jihozlar  bilan  ta’minlangan  maktab,  akademik  litsey  va 

kasb-hunar kollejlari, musiqa maktablari, yoshlar ijodiyoti markazlari ishga tushirildi. 

Yurtimizda  yosh  avlodning  jismonan  sog‘lom,  ruhan  tetik,  intellektual  jihatdan 

etuk bo‘lib kamol topishi, har tomonlama bilim olishi va kasb egallashi uchun barcha 

imkoniyatlar yaratilgan. Xususan, so‘nggi 5 yilda yoshlar uchun mamlakatimizda 278 

ta  bolalar  musiqa  va  san’at  maktabi,  523  ta  sport  inshooti  va  100  dan  ortiq  suzish 

havzalari qurib, rekonstruksiya qilindi. 

Prezidentimiz  tashabbusi  bilan  uch  bosqichli  sport  o‘yinlari  –  “Umid  nihollari”, 

“Barkamol  avlod”  va  Universiada  musobaqalari  yo‘lga  qo‘yildi.  Davlatimiz 

rahbarining  farmoni  bilan  2002  yil  oktyabr  oyida  Bolalar  sportini  rivojlantirish 

jamg‘armasi  tashkil  etildi.  Natijada  yoshlar  o‘rtasida  sportni  ommalashtirish,  bolalar 

sportini rivojlantirishning o‘ziga xos noyob tizimiga asos solindi.  

Bolalarda sportga mehr uyg‘otish, o‘sib kelayotgan yosh avlod ongida sport bilan 

shug‘ullanish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish, ma’naviy va jismoniy kamolotga 

intilish,  ularni  salbiy  ta’sirdan  himoya  qilish  hamda  zararli  odatlardan  xalos  etish, 

bolalarni  barqaror  fe’l-atvorli,  Vataniga  muhabbat  va  o‘z  mamlakati  uchun  g‘urur-

iftixor  ruhida  tarbiyalash  maqsadida  tashkil  etilgan  bu  noyob  tizim  o‘zining  yuksak 

samaralarini bermoqda. 


32 

 

Yozgi  Olimpiya  o‘yinlarining  birinchi  chempioni  sifatida  Muhammadqodir 



Abdullaevning  nomi  mustaqil  O‘zbekistonimizning  sport  tarixiga  zarhal  harflar  bilan 

mangu  muhrlandi.  Xalqaro  grossmeyster  Rustam  Qosimjonov  shaxmat  bo‘yicha  17-

jahon  chempioni  unvonini  olishga  muvaffaq  bo‘ldi.  FIFA  referisi  Ravshan  Ermatov 

besh  marta  Osiyoning  “Eng  yaxshi  hakami”  va  2015  yilda  “Globe  Soccer  Awards” 

versiyasi bo‘yicha “Yilning eng yaxshi hakami”, deb e’tirof etildi. Shaxmatning rapid 

va 


blits 

yo‘nalishlari  bo‘yicha  o‘tkazilgan  jahon  chempionatlarida  yosh 

shaxmatchilarimiz  Islombek  va  Javohir  Sindorovlar  ikkitadan  oltin  medalni  qo‘lga 

kiritib 


jahonda 

tengsiz, 

deb 

topildi.  



Umuman,  o‘g‘il-qizlarimiz  sportning  turli  yo‘nalishlari  bo‘yicha  Osiyo  va  jahon 

chempionatlarida, Olimpiya o‘yinlarida yuksak pog‘onalarga ko‘tarilmoqda.  

2010  yilda  umumta’lim  maktablari  o‘quvchilari  xalqaro  sport  musobaqalarida 

420  medalni  qo‘lga  kiritgan  bo‘lsa,  2015  yilda  bu  ko‘rsatkich  qariyb  ikki  barobar 

oshdi.  Bir  yarim  ming  nafardan  ziyod  sportchi  yoshlarimiz  165  xalqaro  musobaqada 

983 medalni qo‘lga kiritib, O‘zbekiston yoshlari hech kimdan kam emasligini va hech 

qachon kam bo‘lmasligini amalda isbotladi.  

Joriy  yilning  5  -  21  avgust  kunlari  o‘tkazilgan  “Rio  –  2016”  XXXI  yozgi 

Olimpiya  o‘yinlarida  er  kurrasining  206  mamlakati,  shuningdek,  Xalqaro  Olimpiya 

qo‘mitasi tashabbusi bilan tuzilgan Mustaqil (notinch davlatlar sportchilaridan iborat) 

terma  jamoalar  qatnashdi.  Sportning  33  turi  bo‘yicha  o‘n  bir  mingdan  ziyod  sportchi 

306 medallar jamlanmasi uchun kurash olib bordi.   

Ular  orasidan  87  davlat  sportchilarigina  shohsupaga  ko‘tarildi.  Oltin  medalni 

qo‘lga  kiritganlar  –  59 ta.  O‘zbekiston  sportchilari  13  medal  jamg‘arib,  umumjamoa 

hisobida 21-o‘rinni band etdi. O‘zbekiston sport delegatsiyasi Osiyo davlatlari orasida 

to‘rtinchi,  MDH  davlatlari  orasida  ikkinchi,  Markaziy  Osiyo  davlatlari  o‘rtasida 

birinchi o‘rinni egalladi. 

Mustaqilligimizning  yigirma  besh  yillik  to‘yiga  arafasida  O‘zbekiston 

sportchilari  eng  ulug‘,  eng  aziz  bayramimizga  munosib  sovg‘a  tuhfa  etdilar.  XXXI 

yozgi  Olimpiya  o‘yinlarida  jami  70  nafar  hamyurtimiz,  jumladan,  23  xotin-qiz 

sportning  akademik  eshkak  eshish,  badiiy  gimnastika,  baydarka  va  kanoeda  eshkak 

eshish,  boks,  dzyudo,  engil  atletika,  og‘ir  atletika,  sport  gimnastikasi,  stol  tennisi, 

suzish,  taekvondo  (WTF),  tennis,  trampolin,  o‘q  otish,  erkin  va  yunon-rum  kurashi 

turlari bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish qilishdi.  

XXXI  yozgi  Olimpiya  o‘yinlarida  mamlakatimiz  sportchilari  to‘rt  oltin,  ikki 

kumush va etti bronza medaliga sazovor bo‘ldi.  

Prezidentimizning 2013 yil 25 fevraldagi “O‘zbekiston sportchilarini 2016 yilda 

Rio-de-Janeyro  shahrida  (Braziliya)  bo‘lib  o‘tadigan  XXXI  yozgi  Olimpiya  va  XV 

Paralimpiya  o‘yinlariga  tayyorlash  to‘g‘risida”gi  qarori  sportchilarimizning  ushbu 

nufuzli musobaqada yuksak natijalarni qayd etishida muhim dasturilamal bo‘ldi. 

  

Bokschilarimiz  Hasanboy  Do‘stmatov,  SHahobiddin  Zoirov,  Fazliddin 



G‘oyibnazarov,  og‘ir  atletikachimiz  Ruslan  Nurudinov  g‘alabasi  sharafiga  XXXI 

yozgi  Olimpiya  o‘yinlarida  O‘zbekiston  Respublikasi  bayrog‘i  ko‘tarilib,  davlat 

madhiyasi  yangradi.  Bular  mamlakatimizning  barcha  hududlarida  yosh  iqtidor 

sohiblarini  aniqlash  va  qo‘llab-quvvatlash,  ularni  yuksak  ijodiy  parvozlar  sari 

rag‘batlantirishga  qaratilayotgan  alohida  e’tibor  samarasi  sifatida  O‘zbekiston 

yoshlarining  dunyoda  hech  kimdan  kam  emasligini  namoyon  etayotganidan  yana  bir 

dalolatdir. 


33 

 

XXXI  yozgi  Olimpiya  o‘yinlarida  bokschilarimizdan  Shahram  G‘iyosov, 



Bektemir  Meliqo‘ziev  kumush,  Rustam  To‘laganov,  Murodjon  Ahmadaliev, 

dzyudochilar  Rishod  Sobirov,  Diyorbek  O‘rozboev,  erkin  kurash  bo‘yicha  Elmurod 

Tasmurodov, Ixtiyor Navro‘zov, Magomed Ibragimov O‘zbekiston sport delegatsiyasi 

hisobiga 

bittadan 

bronza 


medal 

qo‘shdi.  

XXXI  yozgi  Olimpiya  o‘yinlarining  eng  muhim  voqealaridan  biri  boks 

musobaqalarida ro‘y berdi. 49 kilogramm vazn toifasidagi bahslarda o‘zbek bokschisi 

Hasanboy  Do‘stmatov  meksikalik  Xoselito  Velaskes,  qozog‘istonlik  Birjan  Jakipov, 

AQSH vakili Niko Migel Xernandesni mag‘lubiyatga uchratib, finalga chiqdi. 

Bokschilarimiz  3  oltin,  2  kumush  va  2  bronza  medalni  qo‘lga  kiritib,  Kuba, 

AQSH,  Buyuk  Britaniya  va  Rossiya  kabi  boks  eng  rivojlangan  davlat  sportchilarini 

ortda 

qoldirib, 



dunyoda 

birinchi 

o‘rinni 

egalladi.  

Hasanboy Olimpiya o‘yinlarida eng yorqin janglarni olib borgani uchun “Rio – 2016” 

olimpiadasining eng yaxshi bokschisi sifatida Vel Barker kubogi bilan taqdirlandi. 

Fazliddin  G‘oyibnazarov  Musobaqada  kongolik  Dival  Malongan,  hindistonlik 

Manoj  Kumar,  AQSH  vakili  Gari  Rassel,  rossiyalik  Vitaliy  Dunaysev,  finalda 

Ozarbayjon  sharafini  himoya  qilgan  Lorenzo  Kollazo  Sotomayorni  engib,  oltin 

medalga sazovor bo‘ldi.  

1993  yilda  Buxoro  viloyatida  tavvallud  topgan  SHahobiddin  Zoirov  2014  yili 

Janubiy  Koreyaning  Inchhon  shahrida  bo‘lib  o‘tgan  XVII  Osiyo  o‘yinlarida  kumush 

medal  olgandi.  Olimpiada  finalida  esa  u  rossiyalik  Misha  Aloyanga  hech  qanday 

imkoniyat qoldirmadi. 

To‘rt    yillikning  eng  nufuzli  musobaqasida  tajribali  sportchimiz  Ruslan 

Nurudinov oltin medalni qo‘lga kiritish bilan birga, Olimpiya o‘yinlari rekordini ham 

yangilab, o‘zbek og‘ir atletika maktabining bugungi salohiyati naqadar yuksak ekanini 

dunyo 


ahliga 

yaqqol 


namoyon 

qildi. 


Og‘ir  atletika  bo‘yicha  vazni  105  kilogrammgacha  bo‘lgan  atletlar  o‘rtasida  Ruslan 

polvon  shtangani  dast  ko‘tarishda  194,  siltab  ko‘tarishda  237,  ikkikurash  yakuniga 

ko‘ra,  431  kilogramm  natija  qayd  etib,  Olimpiya  o‘yinlari  g‘olibi  bo‘ldi.  U  siltab 

ko‘tarishda  ko‘rsatgan  natijasi  bilan  bundan  sakkiz  yil  avval  belaruslik  Andrey 

Aryamnov Pekin Olimpiadasida o‘rnatgan rekord (236 kilogramm)ni puchga chiqarib, 

yangi rekordchi sifatida jahon sporti tarixidan munosib joy oldi. 

Iqtidorli  dzyudochimiz  Diyorbek  O‘rozboev  O‘zbekiston  sport  delegatsiyasi 

hisobiga  dastlabki  medalni  keltirdi.  Vazni  60  kilogrammgacha  bo‘lgan  sportchilar 

bahsida  Avstraliya,  SHveysariya,  Braziliya  hamda  Gruziya  terma  jamoasi  a’zolarini 

mag‘lub etib, shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi. 

“Rio – 2016”da g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarimizning aksariyati, 20-

25 yoshda. Ular mustaqillik yillarida tug‘ilib voyaga etgan, istiqlol inshootlarida savod 

chiqargan, sport hadisini olgan.  

1996 yili Atlantada o‘tgan yozgi Olimpiya o‘yinlarida yurtdoshlarimiz bittadan 

kumush va bronza medalini qo‘lga kiritgan. 2000 yil Sidney shahri mezbonlik qilgan 

bahslarda sportchilarimiz bitta oltin, bitta kumush va ikkita bronzani mamlakatimizga 

olib  kelgan.  Afinada  2004  yili  o‘tkazilgan  bellashuvlarda  sportchilarimizdan  ikki 

nafari  shohsupaning  birinchi,  yana  shunchasi  uchinchi  va  bir  nafari  ikkinchi 

pog‘onasini band etgan bo‘lsa, 2008 yilgi Pekin Olimpiadasida ular 6 medalni qo‘lga 

kiritgan:  1  oltin,  2  kumush,  3  bronza.  Olimpiyachilarimiz  2012  yili  Londondan  bitta 

oltin, ikkita bronza bilan qaytib kelgan. 


34 

 

 “Rio  –  2016”da  yurtdoshlarimizning  4  oltin,  2  kumush,  7  bronzani  qo‘lga 



kiritgani  Vatanimiz  mustaqilligining  25  yillik  shukuhi  bilan  yashayotgan  xalqimizga 

munosib sovg‘a bo‘ldi. 

2016  yil  23  avgust  kuni  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Islom  Karimov 

“Rio-de-Janeyro  shahrida  (Braziliya)  bo‘lib  o‘tgan  XXXI  yozgi  olimpiada  o‘yinlari 

g‘oliblarini  pul  mukofotlari  bilan  taqdirlash  to‘g‘risida”gi  farmoyishga  imzo  chekdi. 

Unga  ko‘ra,  Oltin  medalni  qo‘lga  kiritganlar  200 000  AQSH  dollari,  kumush  medal 

sovrindorlari 100 000 AQSH dollari, bronza medali sohiblariga 75 000 AQSH dollari 

pul mukofoti topshiriladi.  

  Rio  Olimpiadasida  katta  muvaffaqiyat  qozongan  bir  qator  o‘zbekistonlik 

sportchilar  faxriy  unvonlar  va  ordenlar  bilan  mukofotlanadi.  Bu  «O‘zbekiston 

Mustaqilligining  yigirma  besh  yilligi  munosabati  bilan  fan,  ta’lim,  sog‘liqni  saqlash, 

adabiyot,  madaniyat,  san’at,  ma’naviyat  va  ma’rifat,  ommaviy  axborot  vositalari 

hamda  ijtimoiy  sohalar  xodimlaridan  bir  guruhini  mukofotlash  to‘g‘risida»gi 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonida aks etdi. Jumladan, boks bo‘yicha 

O‘zbekiston  milliy  terma  jamoasi  a’zolari  G‘oibnazarov  Fazliddin  Hasanboevich, 

G‘iyosov  Shaxram  Jamshidovich,  Do‘smatov  Hasanboy  Ma’rufjon  o‘g‘li,  Zoirov 

Shahobiddin  Shokirovich,  Meliqo‘ziev  Bektemir  Ro‘zmatjon  o‘g‘li  «O‘zbekiston 

iftixori»,  og‘ir  atletika  bo‘yicha  O‘zbekiston  milliy  terma  jamoasi  a’zosi  Nurudinov 

Ruslan  Shamilevich  va  dzyudo  bo‘yicha  O‘zbekiston  milliy  terma  jamoasi  a’zosi 

Sobirov  Rishod  Rashidovich  «El-yurt  hurmati»,  boks  bo‘yicha  O‘zbekiston  milliy 

terma  jamoasi  a’zolari  Ahmadaliev  Murodjon  Qahhor  o‘g‘li  va  To‘laganov  Rustam 

To‘lqin  o‘g‘li,  erkin  kurash  bo‘yicha  O‘zbekiston  milliy  terma  jamoasi  a’zolari 

Ibragimov  Magomed  Idrisovich  va  Navro‘zov  Ixtiyor  Karimovich,  dzyudo  bo‘yicha 

O‘zbekiston  milliy  terma  jamoasi  a’zosi  O‘rozboev  Diyorbek  Baxtiyor  o‘g‘li 

«O‘zbekiston  Respublikasida  xizmat  ko‘rsatgan  sportchi»,  yunon-rum  kurashi 

bo‘yicha  O‘zbekiston  milliy  terma  jamoasi  a’zosi  Tasmuradov  Elmurat  Zulipxar-uli 



«Mehnat shuhrati» unvon va ordenlari bilan taqdirlanadigan bo‘ldi.

 

Xalqimiz  mustaqillikni  ko‘p  yillar  intiqlik,  intizorlik  va  katta  hayajon  bilan 



kutgan edi. Endilikda esa yurtdoshlarimiz ozodlik nashidasiga erishganini har yili keng 

nishonlamoqda.  Ular  shukronalik  baxtini  his  etdi.  Davlatimiz  rahbari  bu  yaxlit 

butunlik  va  ishonchni  yurakdan  his  etib,  mana  25  yildirki  xalqimiz  farovonligi  va 

tinch-osoyishta  hayoti  uchun  kamarbasta  bo‘lib  kelmoqda.  Albatta,  bu  yutuq  va 

muvaffaqiyatlarning 

qo‘lga  kiritilishida  xalqimizning  fidokorona  mehnati, 

odamlarimizning  dunyoqarashi,  siyosiy  ongi,  ijtimoiy  faolligi  ortib,  fuqarolik 

pozitsiyasi kuchayib borayotgani tufaylidir. Va albatta men, shu yurtning farzandiman 

degan har bir kishi mustaqillikni asrab-avaylashi, uni mustahkamlashi uchun bor kuch-

g‘ayrati,  bilimini  safarbar  qilishi  va  mamlakatdagi  erkin  va  farovon  hayotni, 

shuningdek  tinchlikni  qadriga  etishi,  mustaqillik  menga  nima  berdi,  deb  emas,  men 

mustaqillikka nima berdim deb, yashashi kerak. 

 

 

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 



1.

 

Sog‘lom, barkamol avlodni tarbiyalash hamda aholi farovonligini oshirish  



yo‘lida hukumatimiz tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida nimalarni bilasiz? 

2.

 



O‘zbekistonning  barcha  sohalarda  erishayotgan  yutuqlari  borasida 

nimalarni bilasiz? 



35 

 

3.



 

Mamlakatimizdagi  farovonlik,  taraqqiyot,  bunyodkorlik  ishlarining 

poydevori bu yurtimizdagi tinchlik ekanligini qanday tahlil qila olasiz? 

4.

 



Sportchilarimizning  Rio-2016  olimpiadasida  erishgan  yutuqlarida  qanday 

vatanparvarlik tuyg‘ularini mavjud? 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

MAVZU 

DUNYOLARNI QUCHDI O‘ZBEK DEGAN NOM!

 

 

1. O‘QUV  MASHG‘ULOTINING TA’LIM TEXNOLOGIYASI MODELI 

O‘quv soati: 2 soat 

O‘quvchilar soni: 30 ta 

O‘quv mashg‘uloti  

shakli va turi 

Nazariy–yangi bilimlarni egallash bo‘yicha o‘quv 

mashg‘ulot 

 

O‘quv mashg‘ulot  

rejasi 

1.

 



Inson 

 

kapitaliga 



investitsiyalarni 

yo‘naltirish 

jismoniy  va  ma’naviy  sog‘lom,  barkamol  avlodni 

tarbiyalash  hamda  aholi  farovonligini  oshirishning 

muhim sharti. 

2.

 



O‘zbekiston erishayotgan yutuq va marralar. 

3.

 



Tinchlik – eng  oliy ne’mat.

 

O‘quv  mashg‘ulotining  maqsadi:  O‘zbekiston  erishayotgan  yutuq  va  marralar, 

uning xalqaro maydondagi nufuzi to‘g‘risidagi bilimlarni shakllantirish. 



Pedagogik vazifalar: 

-

 



jismoniy va ma’naviy sog‘lom, 

barkamol avlodni tarbiyalashning 

mazmun-mohiyati  haqida ma’lumot 

berish; 

-

 

Vatanimiz butun jahon e’tirof etgan 



O‘quv faoliyatining natijalari: 

-

 



jismoniy va ma’naviy sog‘lom, 

barkamol avlodni tarbiyalashning 

mazmun-mohiyati  haqida gapirib 

beradi; 

-

 

Vatanimiz butun jahon e’tirof etgan 



36 

 

salmoqli yutuqlarga erishgani,  amalga 



oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot 

berish; 

-

 

Vatan va uning oldida mas’uliyat, burch 



tushunchalarining tinchlik hamda 

taraqqiyot, farovonlik  bilan uyg‘unligi 

haqida bilim berish. 

salmoqli yutuqlarga erishgani,  amalga 

oshirilgan ishlar haqida aytib beradi; 

- Vatanni asrash har bir fuqaroning 

burchi ekanligini va uning mamlakat 

taraqqiyoti hamda xalq farovonligidagi 

ahamiyatiga misollar keltirib 

tushuntiradi.  



O‘qitish  metodlari 

Axborotli-ma’ruza, namoyish, suhbat, 

FSMU 

O‘qitish vositalari 

O‘quv materiali, slaydlar, kompyuter 

tizimi 

O‘quv faoliyatini tashkil etish shakllari 

Ommaviy, jamoaviy, hamkorlikda 

o‘qitish texnologiyalari 

O‘qitish shart-sharoiti 

Texnik vositalardan foydalanishga 

mo‘ljallangan auditoriya 

Qaytar aloqa usul va vositalari 

Og‘zaki nazorat: savol-javob;  

Yozma nazorat: o‘quv topshiriq. 

 

2. O‘QUV MASHG‘ULOTINING TEXNOLOGIK XARITASI 

Faoliyat 

bosqichlari 

Faoliyat     mazmuni 

O‘qituvchi  

O‘quvchilar  

I. Kirish 

bosqichi 

(5 daqiqa) 

Mustaqillik darsining tashkiliy asosi,  mavzusi, maqsadi, 

kutilajak natijalarini e’lon  qiladi. Mashg‘ulotni o‘tkazish 

shaklini tushuntiradi. 

 

Diqqat qiladilar 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

II. Asosiy 

bosqich 

(70 daqiqa) 

Tibbiyot  sohasini  isloh  qilish,  sog‘lom  avlodni  dunyoga 

keltirish  va  uni  voyaga  etkazish  doirasida  olib 

borilayotgan 

sa’y-harakatlar  to‘g‘risida  ma’lumot 

beradi.(1-ilova) 

 

Tinglaydilar  



 

Yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, bolalar sportini 

rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida 

ma’lumot beradi.  

(2-ilova) 

Hukumatimiz  tomonidan  aholining  ijtimoiy  himoyasi 

ta’minlanishi  bo‘yicha  amalga  oshirilayotgan  keng 

qamrovli  ishlar,  sog‘liqni  saqlash,  ta’lim,  onalik  va 

bolalik 

muhofazasi 

har 

tomonlama 



qo‘llab-

quvvatlanayotgani,  2016  yil  “Sog‘lom  ona  va  bola  yili”, 

deb e’lon qilingani to‘g‘risida ma’lumot beradi. (3-ilova) 

Ta’lim  sohasini  rivojlantirish  va  isloh  etishga 

yo‘naltirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot beradi.  

(4-5-ilovalar)  

O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosati qaratilgan 

tamoyillar  to‘g‘risida ma’lumot beradi. (6-7-ilovalar) 

O‘zbekiston yutuqlarining jahonda e’tirof etilishi 

to‘g‘risida ma’lumot beradi.  (8-ilova)  

 

Diqqat qiladilar 



 

Tinglaydilar  

 

 

 



 

Diqqat  


qiladilar 

 

Zarur  joylarini 



yozib oladilar 

 


37 

 

Mustaqillik  inshootlari to‘g‘risida ma’lumot beradi.  (9-



11-ilovalar)

  

Mustaqillik  monumentlari to‘g‘risida ma’lumot beradi.  



(12-ilova)

 

 



Tinglaydilar

 

Mavzuni mustahkamlash uchun o‘quvchilarni ixtiyoriy 



belgi bo‘yicha kichik guruhlarga bo‘ladi va “FSMU” 

texnologiyasi bo‘yicha topshiriq beradi. (13-ilova) 

Kuzatadi, 

yo‘naltiradi,  nazorat  qiladi.  Taqdimot 

boshlanishini ma’lum qiladi. 

Natijalarni  sharhlaydi.  Hal  etilmagan  savollarga  javob 

beradi. Mavzuni umumlashtiradi. 

Topshiriqni 

bajaradilar 

Taqdimot 

qiladilar 

Fikr 


almashadilar

 

III. YAkuniy 



bosqich 

(5 daqiqa) 

Guruhlarning  natijalarini  e’lon  qiladi.  Mashg‘ulotga 

yakun yasaydi. 

 

Tinglaydilar  



 

 

 

 

O‘QUV MASHG‘ULOTI TEXNOLOGIK XARITASI UCHUN ILOVALAR  

1-ilova 


TIBBIYOT SOHASINI ISLOH QILISH, SOG‘LOM AVLODNI DUNYOGA 

KELTIRISH VA UNI VOYAGA ETKAZISH DOIRASIDA OLIB 

BORILAYOTGAN SA’Y-HARAKATLAR NATIJASIDA XALQIMIZNING 

O‘RTACHA UMRI 1990 YILDAGI 67 YOSHGA NISBATAN 73,5 YOSHGA 

ORTDI. ONALAR O‘LIMI 3,1 MARTAGA, GO‘DAKLAR O‘LIMI 3,2 

MARTAGA KAMAYIB KETDI. 

 

 

2011 YILDA “SAVE THE SHILDREN” XALQARO TASHKILOTI 

REYTINGIGA KO‘RA, O‘ZBEKISTON DUNYODAGI BOLALAR 

38 

 

SALOMATLIGI TO‘G‘RISIDA ENG KO‘P G‘AMXO‘RLIK KO‘RSATADIGAN 



O‘NTA MAMLAKAT QATORIDAN JOY OLDI. BU KO‘RSATKICH 

BO‘YICHA O‘ZBEKISTON GERMANIYA, FRANSIYA,  BUYUK BRITANIYA, 

AQSH KABI ENG RIVOJLANGAN DAVLATLARDAN OLDINDALIGI 

ANIQLAGAN. 

 

 

 



 

 

2-ilova 



 

 

DAVLATIMIZ RAHBARINING FARMONI BILAN 2002 



YIL OKTYABR OYIDA BOLALAR SPORTINI 

RIVOJLANTIRISH JAMG‘ARMASI TASHKIL ETILDI. 

NATIJADA YOSHLAR O‘RTASIDA SPORTNI 

OMMALASHTIRISH, BOLALAR SPORTINI 

RIVOJLANTIRISHNING O‘ZIGA XOS NOYOB TIZIMIGA 

ASOS SOLINDI. 

39 

 

 



 


Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling