O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana15.02.2017
Hajmi0.61 Mb.
#467
1   2   3   4   5   6   7

 

 

 

 

2-mavzu. Dunyolarni quchdi o‘zbek degan nom! 

             Reja: 

1.

 



Inson  kapitaliga investitsiyalarni yo‘naltirish jismoniy va ma’naviy sog‘lom, 

barkamol avlodni tarbiyalash hamda aholi farovonligini oshirishning muhim 

sharti. 

2.

 



O‘zbekiston erishayotgan yutuq va marralar. 

3.

 



Tinchlik – eng  oliy ne’mat. 

  

22 

 

Yurtimizda mustaqillikning ilk yillaridanoq sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish, 



uni  xalqaro  andozalar  darajasiga  ko‘tarish  masalasiga  alohida  e’tibor  qaratilayotgani 

kutilgan  natijani  bermoqda.  Bugungi  kunda  nafaqat  poytaxt  yoki  viloyat  markazlari, 

balki  eng  chekka  qishloqlarda  istiqomat  qilayotgan  kishilar  ham  malakali  tibbiy 

xizmatlardan  bahramand  ekani,  muhimi,  eng  zamonaviy  uskunalar  bilan  jihozlangan 

tibbiyot  muassasalarida  bilim  va  tajriba  borasida  hech  kimdan  kam  bo‘lmagan 

malakali mutaxassislar faoliyat yuritayotgani bundan dalolat beradi.  

Uzoqqa  bormaylik,  yaqin  o‘tmishda  bemorning  uncha  murakkab  sanalmagan 

xastalikdan  forig‘  bo‘lishi  uchun  poytaxtga  borishiga  to‘g‘ri  kelgan  bo‘lsa,  endilikda 

hatto  yurak  kasalligining  murakkab  turlari  bilan  bog‘liq  amaliyotlar  ham  viloyatlar 

shifoxonalarida  muvaffaqiyatli  amalga  oshirilayapti.  Yoki  bo‘lmasa,  fuqarolar 

sog‘lig‘ini  muhofaza  qilishning  mustahkam  qo‘rg‘oniga  aylangan  qishloq  vrachlik 

punktlarini olib ko‘raylik. Tibbiyotning birlamchi bo‘g‘ini hisoblangan bu muassasalar 

har  jihatdan  afzal  ekanligi amalda  o‘z isbotini topdi. Respublikamiz  aholisining  katta 

qismi 


qishloqlarda 

yashashini 

inobatga 

olsak, 


sog‘lom  turmush  tarzini 

mustahkamlashda ular qanchalik muhim ahamiyat kasb etishini anglash qiyin emas. 

Tibbiyot  sohasini  isloh  qilish,  sog‘lom  avlodni  dunyoga  keltirish  va  uni  voyaga 

etkazish  doirasida  olib  borilayotgan  sa’y-harakatlar  natijasida  xalqimizning  o‘rtacha 

umri  1990  yildagi  67  yoshga  nisbatan  73,5  yoshga  ortdi.  Onalar  o‘limi  3,1  martaga, 

go‘daklar o‘limi 3,2 martaga kamaydi.   

Hukumatimiz  tomonidan  aholining  ijtimoiy  himoyasi  ta’minlanishi  bo‘yicha 

amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlar, sog‘liqni saqlash, ta’lim, onalik va bolalik 

muhofazasi har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotgani, 2016 yil “Sog‘lom ona va bola 

yili”,  deb  e’lon  qilingani davlatimizning ertangi kun uchun g‘amxo‘rlik qilayotganini 

anglatadi.  Sog‘lom  ona  va  bola  har  qanday  mamlakatning  eng  katta  boyligidir.  Bu 

yo‘nalishda  hayotga  tatbiq  etilayotgan  chora-tadbirlar  har  tomonlama  barkamol, 

jismonan  sog‘lom,  ma’nan  yetuk  avlodni  tarbiyalashda  o‘zining  salmoqli  natijalarini 

beradi. 


Xalqimizning milliy sport turi – kurash 2018 yili

 

Indoneziyaning Jakarta shahrida 



o‘tkaziladigan  XVIII  yozgi  Osiyo  o‘yinlari  dasturiga  kiritildi.  Endilikda  “chala”, 

“yonbosh”, “halol”, “tanbeh”, “dakki”, “g‘irrom” singari o‘nlab so‘zlarimiz dunyoning 

turli  davlatlarida  o‘tkaziladigan  nufuzli  musobaqalarda  jaranglamoqda.  Bular  o‘tgan 

yigirma  besh  yil  ichida  birgina  sport  sohasida  qilingan  ishlar  hamda  ularning 

samaralari  haqida  ayrim  misollar,  xolos.  Ammo  shu  tarixan  qisqa  davrda 

mamlakatimiz nainki sport, boshqa sohalarda ham erishgan yutuqlarni, qo‘lga kiritgan 

marralarni  faqat  sanab  o‘tish  uchun  necha  yuzlab  sahifa  qoralash  kerak  bo‘ladi.  Bu 

boradagi  ishlar  bardavom,  yoshlarimizning  muvaffaqiyatlarini  hali  ko‘plar  e’tirof 

etadi,  iste’dodiga,  mahoratiga,  kuchiga  tan  beradi.  Ko‘ksi  medallar  shodasiga 

to‘laveradi.  Chunki  biz  o‘tmishi  shonli,  buguni  yorug‘,  kelajagi  buyuk  xalqmiz. 

Bunday xalqning yoshlari ham ma’nan, ham jismonan barkamol bo‘lib voyaga yetadi, 

kelajagi albatta buyuk bo‘ladi. 

“Ta’lim  to‘g‘risida”gi  Qonun  va  Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturiga  muvofiq, 

mamlakatimizda  uzluksiz  ta’limning  tobora  jadal  rivojlanib  borayotgan  iqtisodiyot 

tarmoqlari  va  ijtimoiy  soha  uchun  zarur  mutaxassislar  tayyorlashga  yo‘naltirilgan 

o‘ziga  xos  tizim  yaratilishiga  erishildi.  Eng  chekka  qishloqlarda  ham  zamonaviy 

maktablar, litsey va kasb-hunar kollejlari bunyod etildi. 


23 

 

Jismoniy  va  ma’naviy  sog‘lom  avlodni  tarbiyalash,  zamonaviy  hunarlarni  puxta 



egallagan  mutaxassislarni  tayyorlash,  ta’lim  darajasini  yanada  takomillashtirish  va 

uning 


sifatini 

oshirish, 

ta’lim  muassasalarining  moddiy-texnika  bazasini 

mustahkamlash  ustuvor  vazifa  sifatida  qaralmoqda.  Ayniqsa,  amalga  oshiriladigan 

ishlarning  har  tomonlama  samaradorligini  ta’minlash  masalalariga  katta  e’tibor 

qaratilayotganligini  e’tirof  etish  lozim.  1990  yilda  Davlat  byudjetining  17,9%  ta’lim 

sohasini  rivojlantirish  va  isloh  etishga  yo‘naltirilgan  bo‘lsa,  bugun  bu  ko‘rsatkich 

34,2%  ortib,  mamlakatimiz  yillik  yalpi  ichki  mahsulotning  10-12%  ni  tashkil 

etayotgani ham bundan dalolat beradi. 

2011  yilda  “Save  the  Shildren”  xalqaro  tashkiloti  reytingiga  ko‘ra,  O‘zbekiston 

dunyodagi  bolalar  salomatligi  to‘g‘risida  eng  ko‘p  g‘amxo‘rlik  ko‘rsatadigan  o‘nta 

mamlakat  qatoridan  joy  oldi.  Bu  ko‘rsatkich  bo‘yicha  O‘zbekiston  Germaniya, 

Fransiya,  Buyuk  Britaniya,  AQSH  kabi  eng  rivojlangan  davlatlardan  oldindaligini 

aniqlagan. 

Jahon intellektual mulk tashkiloti va etakchi xalqaro biznes – maktablardan  biri 

—  “INSEAD”  tomonidan  2012  yilda  inson  kapitalining  taraqqiyot  darajasi  bo‘yicha 

o‘tkazilgan  tadqiqot  natijalariga  ko‘ra,  o‘zbekiston  141  mamlakat  orasida  53-o‘rinni, 

ta’lim tizimini rivojlantirish darajasi, jumladan, ta’lim maqsadlari uchun ajratiladigan 

mablag‘lar bo‘yicha esa dunyoda beshinchi o‘rinni egallagan. 

Davlat, o‘z navbatida, yosh avlodning jismoniy sog‘lom, ruhan tetik, intellektual 

jihatdan etuk bo‘lib kamol topishi, har tomonlama bilim olishi va kasb egallashi uchun 

barcha  sa’y-harakatlarni  safarbar  etmoqda.  “Ta’lim  to‘g‘risida”gi  Qonun  va  Kadrlar 

tayyorlash milliy dasturiga muvofiq, mamlakatimizda uzluksiz ta’limning tobora jadal 

rivojlanib  borayotgan  iqtisodiyot  tarmoqlari  va  ijtimoiy  soha  uchun  zarur 

mutaxassislar tayyorlashga yo‘naltirilgan o‘ziga xos tizimi yaratilishiga erishildi.  

 “Ta’lim  to‘g‘risida”gi  qonun  va  “Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi”  o‘tgan  19 

yil davomida hayot sinovlaridan muvaffaqiyatli ravishda o‘tdi. Bugun barchamiz qisqa 

muddatda  mamlakatimizda  ta’lim-tarbiya  tizimining  tobora  mukammallashib, 

takomillashib  borayotganini  ko‘rishimiz  mumkin.  Eski  11  yillik  umumiy  ta’lim 

tizimidan  9+3  o‘quv  tizimiga  o‘tildi.  Bunda  o‘quv  fanlarining  soni  kamaytirildi. 

Ammo  mavjud  fanlarning  samaradorlik  darajasini  oshirishga  erishildi.  Umumta’lim 

dasturlari o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim tizimi bo‘yicha uyg‘unlashtirildi.   

Yosh  avlodimizni  sog‘lom  va  barkamol  insonlar  etib  tarbiyalash  maqsadida 

amalga  oshirilayotgan  davlat  siyosatining  mohiyatini,  xususan,  Bolalar  sportini 

rivojlantirish  jamg‘armasi  mablag‘lari  hisobidan  barcha  viloyat,  shahar  va 

tumanlarimizda 300 ga yaqin musiqa va san’at maktablari, 1 ming 900 dan ziyod sport 

inshootlari  bunyod  etildi,  so‘nggi  o‘n  yilda  bolalar  va  o‘smirlar  o‘rtasida  sport  bilan 

muntazam  shug‘ullanish darajasi  30  foizdan 57  foizga, qizlar o‘rtasida 24  foizdan 47 

foizga etdi. 

Bugungi  kunda  O‘zbekiston  byudjetidan  ushbu  sohaga  ajratilayotgan  xarajatlar 

yalpi  ichki  mahsulotning  10-12  foizini tashkil  etmoqda,  mamlakatimiz  yillik byudjeti 

xarajatlar  qismining  qariyb  60  foizi  ijtimoiy  sohaga  yo‘naltirilmoqda.  Buning 

natijasida  hozirgi  kunda  respublikamizda  5  minga  yaqin  maktabgacha  ta’lim 

muassasalarida  600 mindan  ortiq  bola  tarbiyalanmoqda. 9739 ta  umumiy  o‘rta  ta’lim 

maktabida 4,5 million o‘g‘il-qiz tahsil olmoqda. 1554 ta akademik litsey va kasb-hunar 

kollejlari,  59  ta  oliy  o‘quv  yurti  va  ularning  15  ta  filiali,  Yevropa  va  Osiyoning 

yetakchi oliy o‘quv yurtlari faoliyat ko‘rsatmoqda.  


24 

 

Eng  chekka  qishloqlarda  ham  zamonaviy  maktablar,  litsey  va  kasb-hunar 



kollejlari  bunyod  etildi.  Bu  ishlarning  natijalari  jahon  hamjamiyatini  befarq 

qoldirmadi.  2012  yili  Toshkentda  bo‘lib  o‘tgan  “Yuksak  bilimli  va  intellektual 

rivojlangan  avlodni  tarbiyalash  —  mamlakatni  barqaror  taraqqiy  ettirish  va 

modernizatsiya  qilishning  eng  muhim  sharti”  mavzuidagi  xalqaro  konferensiyada 

O‘zbekistonda  amalga  oshirilayotgan  uzluksiz  ta’lim  va  tarbiyaning  milliy  modeli 

ekspertlar tomonidan boshqa davlatlar uchun andoza sifatida tavsiya etildi.  

Biroq  bunday  e’tirofdan  hech  kim  havolanish  kayfiyatiga  berilib  ketgani  yo‘q. 

Texnologiyalar  va  internet  asri  xotirjamlikka  o‘rin  qoldirmaydi.  Shuning  uchun  ham, 

ta’lim  sohasidagi  islohotlar  jadal  sur’atlarda  davom  ettirilmoqda.  Hukumatimizning 

yaqinda bo‘lib o‘tgan majlisida ta’kidlanganidek, ta’lim sohasida faqat o‘tgan yilning 

o‘zida  540  dan  ziyod  ob’ekt,  jumladan,  380  ta  maktab,  160  dan  ortiq  kasb-hunar 

kolleji  va  akademik  litsey  binolari  tubdan  yangilandi.  Mazkur  maqsadlar  uchun  550 

milliard  so‘m  sarflandi.  Ushbu  mablag‘larning  120  milliard  so‘mdan  ortig‘i  ta’lim 

muassasalarini  o‘quv,  laboratoriya    va  ishlab  chiqarish  uskunalari,  kompyuter  va 

multimedia vositalari bilan ta’minlash uchun ajratildi. 

Bor-yo‘g‘i bir yil ichida nafaqat oliy o‘quv yurtlarining binolari qurildi, o‘nlab 

eski  binolar  ta’mirdan  chiqarildi,  balki  xorijlik  hamkorlar  bilan  birgalikda  yangi 

institutlar  va  fakultetlar  tashkil  etildi,  o‘quv  markazlari  ochildi.  Bu  maskanlarda 

bilimga  chanqoq  yigit-qizlar  turli  sohalar  bo‘yicha  xalqaro  standartlar  darajasidagi 

yuqori  malakali  mutaxassislar  bo‘lib  yetishadilar.  Bunday  imkoniyatlardan  -

foydalanayotgan  avlodning  nafaqat  chuqur  bilimga  ega  bo‘lishi,  balki  yuksak 

ma’naviy salohiyat sohiblari sifatida kamol topishiga shubha yo‘q. 

Davlatimiz  rahbarining  2012  yil  10  dekabrdagi  “Chet  tillarni  o‘rganish  tizimini 

yanada  takomillashtirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi  qaroriga  muvofiq  o‘g‘il-

qizlarga  bilim  maskaniga  ilk  bor  qadam  qo‘ygandanoq  xorijiy  tillar  o‘qitilmoqda. 

Birinchi  sinfga  qabul  qilinadigan  o‘quvchilar  uchun  jami  641,3  ming  nusxa  chet  tili 

darsligi, ikkinchi sinflarga 591,9 ming darslik va mashq daftari, uchinchi sinflar uchun 

593  ming  darslik  va  mashq  daftari,  o‘qituvchilar  uchun  62,6  ming  nusxa  metodik 

qo‘llanma  va  multimedia  ilovalari  chop  etildi.  Bu  ertamiz  egalarining  xorijiy  tillarni 

o‘rganishga  bo‘lgan  qiziqishini  yanada  kuchaytirib,  puxta  bilim  olishiga  zamin 

yaratadi.  

Shaharu  chekka  qishloqlarda  qad  rostlagan  ana  shunday  ta’lim  dargohlarida 

bugun yoshlarimiz zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirish, kasb-hunarga ega bo‘lish bilan 

birga, kompyuter va axborot texnologiyalarini, xorijiy tillarni ham puxta o‘rganmoqda.  

Prezidentimiz  2014  yil  15-16  may  kunlari  Samarqand  shahrida  bo‘lib  o‘tgan 

“O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy 

sivilizatsiya  rivojidagi  roli  va  ahamiyati”  mavzusidagi  xalqaro  konferensiyaning 

ochilish marosimida mehmonlarga qarata “Men sizlarning ana shu litsey va kollejlarni 

–  bu  Samarqandda  bo‘ladimi,  Toshkentda  bo‘ladimi,  olis  shahar  va  tumanlarda 

bo‘ladimi – ana shu o‘quv yurtlarini albatta borib ko‘rishingizni istardim. Bu kollejlar 

eng  yuksak  zamonaviy  talablar  asosida  bunyod  etilgan  va  barcha  jihozlar  bilan 

ta’minlangan... Ilgari xorijlik mehmonlarga ekzotika namunalarini ko‘rsatardik. Bugun 

esa ularga bolalarimiz qanday o‘qiyotgani, ularga qanday zamonaviy sharoitlarda bilim 

berayotganimizni,  qanday  avlod  voyaga  yetayotganini  ko‘ring,  deymiz”  deya  faxr 

bilan 

so‘zladi. 



25 

 

Bugun yoshlar litsey va kollejlarni tamomlagach, oliy o‘quv yurtlariga kirish, tanlagan 



mutaxassisligi bo‘yicha ta’limni davom ettirish uchun barcha shart-sharoitga ega.  

Davlatimiz 

rahbarining 

qarori 


bilan 

tasdiqlangan 

2011-2016 

yillarga 

mo‘ljallangan  oliy  ta’lim  muassasalarining  moddiy-texnik  bazasini  modernizatsiya 

qilish  va  mutaxassislar  tayyorlash  sifatini  tubdan  yaxshilash  dasturi  mamlakatimiz 

ta’lim  tizimini  yanada  rivojlantirishning  muhim  omili  bo‘lib  xizmat  qilmoqda. 

Dasturga  muvofiq  oliy  o‘quv  yurtlari  binolari  yangidan  qurilmoqda  yoki 

rekonstruksiya  qilinib,  zamonaviy  jihozlanmoqda.  Ziyo  maskanlarida  kelajagimiz 

vorislarining ongu qalbi ezgu axloqiy fazilatlar, Vatanga muhabbat, ajdodlar merosiga 

sadoqat,  milliy  urf-odat  va  qadriyatlarimizga  hurmat  kabi  insoniy  tuyg‘ular  bilan 

boyitilmoqda.  

Mustaqillik  yillari  muhtaram  Prezidentimiz  Islom  Karimov  tomonidan  olib 

borilayotgan oqilona siyosat tufayli mamlakatimiz ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritmoqda. 

O‘zbekiston  erishayotgan  yutuq  va  marralar  dunyo  hamjamiyati  tomonidan  keng 

e’tirof  etilmoqda.  AQSHning  Kolumbiya  universiteti  taniqli  sotsiologlari  tomonidan 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jahon banki, Umumjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, 

Iqtisodiy  hamkorlik  va  rivojlanish  tashkiloti  kabi  xalqaro  tashkilotlar  tomonidan 

taqdim  etilgan  statistik  ma’lumotlar  va  sotsiologik  tadqiqotlar  natijalari  asosida 

tuzilgan  „World  happiness  Index”  (“Dunyoning  eng  baxtli  mamlakatlari”)  reytingi 

e’lon qilindi. “Dunyoning eng baxtli mamlakatlari” yangi reytingida O‘zbekiston 158 

ta  mamlakat  orasida  44-pog‘onada,  Hamdo‘stlik  davlatlari  o‘rtasida  esa  birinchi 

o‘rinda qayd etilgan bo‘lib, Janubiy Koreya, YAponiya, Italiya, Malayziya va boshqa 

davlatlarni ortda qoldirgan. Bundan tashqari bizning mamlakatimiz “baxt indeksi” har 

yilgi o‘sish ko‘rsatkichida birinchi o‘ntalik davlatlari qatoridan o‘rin olgan. 

Ta’kidlab  o‘tish  joizki,  dunyoning  eng  baxtli  mamlakatlari  reytingi  2012-2014 

yillar  yakunlari  asosida  tuzilgan  bo‘lib,  unda  inson  manfaatlari  va  farovonligini 

ta’minlashga  qaratilgan  qirqqa  yaqin  mezonlar  bo‘yicha  qiyosiy  tahlil  o‘tkazilgan. 

Mazkur  tadqiqotda  aholi  farovonligi,  Umumjahon  sog‘liqni  saqlash  tashkilotiga 

ma’lumotiga  ko‘ra  o‘rtacha  umr  ko‘rish  yoshi,  yalpi  ichki  mahsulotining  aholi  jon 

boshiga taqsimoti, havfsizlik darajasi, oiladagi ajrimlarning soni, ishsizlar ko‘rsatkichi, 

korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi amaliy ishlar, aholining fuqarolik tashabbusi va 

erkinligini  amalga  oshirish  huquqi  kabi  ko‘rsatkichlar  hisobga  olingan.  Shuningdek, 

insonlarning bir-biriga nisbatan ishonchi, yaxshi munosabatda bo‘lishi hamda kundalik 

xursandchilik va tashvish sabablari ham hisobga olingan.  

2014  yilda  “Ijtimoiy  fikr”  jamoatchilik  fikrini  o‘rganish  markazi  o‘tkazgan 

so‘rovda  qatnashchilarning  98  foizi  jamiyatimizda,  har  bir  fuqaro  hayotida  ulkan 

o‘zgarishlar  bo‘lganligini  ta’kidladi.  Qishloqlarda  bolalarimiz  uchun  maktablar, 

kollejlar  va  litseylar,  zamonaviy  davolash  muassasalari  qad  rostlamoqda.  SHaharlar 

chiroy  ochmoqda.  Britaniyaning  nufuzli  “Ekonomist”  jurnali  o‘tkazgan  so‘rovga 

ko‘ra, o‘tgan yili poytaxtimiz obodligi va qulayligi bo‘yicha dunyoning 140 ta shahri 

ichida  58-o‘rinni  egalladi  va  jahon  klassifikatsiyasida  yashash  uchun  eng  qulay 

sharoitlarga ega shaharlar safidan o‘rin oldi.  

MDHdagi  shaharlar  ichida  faqat  Samarqand  Amerikaning  “The  Huffington 

Post”  nashrida  e’lon  qilingan  “albatta  borib  ko‘rish  lozim  bo‘lgan  dunyoning  50 

shahari” ro‘yxatiga kiritildi.  

Amerikaning  “Gallup”  tadqiqot  kompaniyasi  tuzgan  “yaxshi  kayfiyat  indeksi” 

bo‘yicha  Vatanimiz  136  mamlakat  ichida  29-o‘rinni  egalladi.  Bu  ro‘yxatda 



26 

 

mamlakatimiz  nafaqat  Hamdo‘stlikdagi  barcha  qo‘shnilarni,  balki  Buyuk  Britaniya, 



Germaniya,  Yaponiya,  Janubiy  Koreya  kabi  rivojlangan  davlatlarni  ham  ortda 

qoldirdi.   

Mazkur kompaniya 2015 yilda “Qonuniy tartiblarga itoat qilish indeksi” degan 

mavzuda    141  ta  mamlakatda  so‘rov  o‘tkazib,  katta  yoshdagi  142  ming  shaxsning 

fikrini  o‘rgandi    va  o‘tkazilgan  tadqiqot  natijalariga  ko‘ra    O‘zbekiston  2-o‘rinni 

egalladi. 

O‘zbekistonda 

hayot 


kundan-kunga 

yaxshilanib 

bormoqda. 

Bu 


muvaffaqiyatlarga  davlatimiz  rahbarining  islohotlarni  bosqichma-bosqich  amalga 

oshirishga  asoslangan  siyosati  va  xalqimizning  fidokorona  mehnati  tufayli 

erishilmoqda. 

O‘zbekistonning mazkur reytingda yuqori pog‘onani egallashi mamlakatimizdagi 

ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanish  hamda  yuksalib  borayotgan  hayot  darajasi sohasida  olib 

borilayotgan oqilona siyosat natijasidir.  

1991 yil 20 noyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid 

davlat  siyosatining  asoslari  to‘g‘risida”gi  Qonun  mustaqil  respublikamizning  ilk 

qonunlaridan biridir. Mamlakatimiz Prezidentining bir qator Farmon va qarorlari yosh 

avlodning  har  tomonlama  etuk  bo‘lib  voyaga  etishi  uchun  barcha  shart-sharoitni 

yaratishga qaratilgan. 

Bugungi  kunga  kelib,  farzandlarimiz  davlatimizning  bebaho  boyligiga 

aylanganiga hech qanday shubha yo‘q. Mamlakatimiz aholisining 60 foizidan ortig‘ini 

yoshlar  tashkil  etadi.  19  million  nafarga  yaqin  kuchga  to‘lgan,  shijoatli  va  barkamol 

yigit-qizlar!  Bu  —  Qozog‘iston  yoki  Niderlandiya  kabi  davlatlarning  aholisiga  teng 

bo‘lgan raqam. Va biz o‘zimizning eng ezgu umidlarimiz ro‘yobini ularda ko‘ramiz.  

Dunyo  davlatlarining  ayrimlarida  tinchlik  barqaror  emasligidan  barchamiz 

ommaviy axborot vositalari orqali xabardor bo‘lib turibmiz. Davlatlar o‘rtasida o‘zaro 

manfaatlar  to‘qnashuvi  natijasida  yuzaga  kelayotgan  turli  siyosiy  nizolar,  terrorizm, 

separatizm, narkotrafik va boshqa xavf-xatarlar kuchayib borayotgan hozirgi tahlikali 

zamonda  yurtimizda  hukm  surayotgan  tinch  va  osoyishta  hayotning  qadr-qimmatini 

yanada chuqurroq anglamoqdamiz. SHuning uchun yurtimizda barqaror bo‘lib turgan 

ushbu  aziz  ne’matni,  millatlararo  do‘stlik  va  hamjihatlikni  saqlash,  chegaralarimiz 

daxlsizligini asrash, uzoq va yaqin atrofimizdagi davlatlar bilan do‘stona munosabatlar 

va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash oldimizda turgan eng dolzarb 

masalalardan biridir. 

Mamlakatimiz  tinchlik  va  xavfsizlikni  mustahkamlash,  global  muammolarni 

bartaraf  etish,  iqtisodiy  hamkorlikni  kengaytirish,  ilm-fan  va  san’atni  rivojlantirishga 

qaratilgan izchil siyosati va amaliy sa’y-harakatlari bilan xalqaro hamjamiyatda obro‘-

e’tibor qozongan.  

1991  yil  31  avgustda  xalqimizning  asriy  oru-umidlari  ro‘yobga  chiqib, 

“O‘zbekiston  Respublikasining  Davlat  mustaqilligi  asoslari  to‘g‘risida”gi 

konstitutsiyaviy  qonun  qabul  qilindi.  Bu  esa,  O‘zbekistonning  o‘z  Qurolli  Kuchlarini 

shakllantirishi uchun huquqiy asos bo‘ldi. 

O‘tgan 25 yil ichida mamlakatimiz xavfsizligiga tahdid solishi  mumkin bo‘lgan 

xavf-xatarlar  har  tomonlama  tahlil  etilib,  armiyamizni  isloh  qilishning  uzoq  muddatli 

dasturi ishlab chiqildi va u izchil amalga oshirilmoqda. Natijada harakatchan, tezkor va 

yuqori darajadagi jangavor qobiliyatga ega armiya tashikl etildi. 



27 

 

E’tirof  etish  kerakki,  muddatli  harbiy  xizmatning  bir  yil  etib  belgilanishi, 



chaqiruvning  yilda  bir  marta  tashkil  etilishi,  qo‘shinlarda  shartnoma  sosiad  xizmat 

qilayotgan  serjantlar  sonining  oshishi  va  safarbarlik    -  chaqiruvi  rezervi  xizmatining  

joriy etilishi armiyamiz tarkibini tubdan o‘zgartirdi. 

Harbiy  ta’lim  sohasida  olib  borilgan  islohotlar  ham  o‘z  samarsini  bermoqda. 

Ta’lim  muassasalari,  ulardagi  fakultet  va  kafedralar  soni  oshgani,  Qurolli  Kuchlar 

akademiyasi  tashkil  etilgani  fikrimiz  isbotidir.  Istiqol  mevasi  bo‘lgan  serjantlar 

tayyorlash  maktablarini  bitirayotgan  professional  harbiylar  tom  ma’noda  armiyamiz 

tayanchiga aylandi.  

O‘tgan  davr  mobaynida  harbiy  xizmatchilarga  imtiyozlar  berish  haqida  qator 

qarorlar  qabul  qilindi.  Bu  esa  yoshlar  o‘rtasida  harbiy  xizmatga  bo‘lgan  qiziqishni, 

Qurolli kuchlar nufuzini yanada oshirdi. 

Muddatli  harbiy  xizmatni  o‘tayotgan  harbiy  harbiy  xizmatchilarning  oylik  pul 

ta’minoti  2  baravardan  ortiq  ko‘paytirildi,  ular  zaxiraga  bo‘shatilganida  beriladigan 

nafaqa eng kam ish haqining 0,4 qismidan 8 baravarigacha oshirildi. 

Harbiy  xizmatchilarning  ovqatlanishini  tashkil  etish,  ularni  oziq-ovqat  bilan 

ta’minlaning  zamonaviy  me’yor  va  talablari  belgilandi.  Turarjoylar  ijarasi  uchun 

kompensatsiya  miqdorlari  o‘rta  hisobda  50  foiz  oshirildi.  Harbiy  qismlarning 

infratuzilmasini  takomillashtirish,  harbiy  xizmatchilar  va  ularning  oila  a’zolari  uchun 

zamonaviy  ijtimoiy-maishiy  shart-sharoitlar  yaratish  bo‘yicha  turli  dasturlar  ishlab 

chiqilmoqda va amalga oshrilmoqda.        

Bugun O‘zbekiston dunyoda o‘z o‘rniga, o‘z so‘ziga ega bo‘lgan davlat. Yigirma 

to‘rt  yildirki,  BMT  bosh  qarorgohida  O‘zbekiston  Respublikasining  davlat  bayrog‘i 

hilpirab  turibdi.  Barcha  sohalarda  xalqaro  hamkorlik  rivojlanmoqda.  Eng  taraqqiy 

etgan  davlatlar,  eng  yirik  kompaniyalar  mamlakatimizda  biznes  yuritmoqda. 

Yurtdoshlarimiz xohlagan mamlakatiga borib kelmoqda. Tadbirkorlar o‘z mahsulotini 

chet  ellarga  eksport  qilmoqda.  Bular  shunchalik  odatiy  hol  bo‘lib  qolganki,  ularga 

e’tibor  ham  bermay  qo‘yganmiz.  Xuddi  hamisha  shunday  bo‘lgandek.  Vaholanki, 

bundan  atigi  25  yil  oldin  mamlakatimizda  tashqi  siyosat,  xalqaro  aloqa  degan 

tushunchalarning  o‘zi  yo‘q  edi.  Yakkahokimlik  tizimi  sharoitida  O‘zbekiston  xalqaro 

maydonga  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  chiqish  imkoniyatidan  mahrum  etilgan  bo‘lib,  o‘zining 

tashqi siyosat va tashqi savdo idoralariga, diplomatlariga va mutaxassislariga ega emas 

edi. Respublika tabiiy, xomashyo resurslari va etishtirgan mahsuloti qayoqqa ketishini, 

uni  eksport  qilishdan  tushgan  mablag‘  kimga  tegishini  bilmasdi.  Ayni  vaqtda  xorijiy 

texnika  va  texnologiyani,  xalq  iste’mol  mollarini  yetkazib  berish  borasida  batamom 

qaram  edi.  Shu  bois  mustaqil  tashqi  siyosat  yuritish  O‘zbekiston  Respublikasi  uchun 

umuman yangi, ilgari amalda qo‘llanilmagan soha edi.  

O‘zbekiston  mustaqillikning  dastlabki  kunlaridan  Prezidentimiz  Islom  Karimov 

rahnamoligida 

milliy 

davlatchiligimizni 



mustahkamlash, 

mamlakatimizni 

rivojlantirish,  ayrim  hayotiy  muhim  masalalarda  (g‘alla  mustaqilligi,  energetik 

mustaqillik)  eski  tuzumdan  meros  qolgan  qaramlikdan  qutulish  barobarida  xalqaro 

munosabatlar  tizimiga  kirish,  undan  mustahkam  o‘rin  olish,  siyosiy  nufuzini 

yuksaltirish,  chet  mamlakatlar  bilan  tenglik  asosida  hamkorlikni  yo‘lga  qo‘yish  va 

kengaytirish  yo‘lini  tanladi.

 

Mamlakatimizning  bu  boradagi  siyosati  va  prinsiplari  



Konstitutsiyamizda 

qat’iy 


belgilab 

qo‘yilgan. 

Bosh 

Qomusimizning  



17-moddasiga  muvofiq,  O‘zbekiston  Respublikasi  xalqaro  munosabatlarning  to‘la 

huquqli  sub’ektidir.  Uning  tashqi  siyosati  davlatlarning  suveren  tengligi,  kuch 



28 

 

ishlatmaslik  yoki  kuch  bilan  tahdid  qilmaslik,  chegaralarning  daxlsizligi,  nizolarni 



tinch  yo‘l  bilan  hal  etish,  boshqa  davlatlarning  ichki  ishlariga  aralashmaslik 

qoidalariga  va  xalqaro  huquqning  umum  e’tirof  etilgan  boshqa  qoidalari  va 

normalariga asoslanadi. 

Davlatimiz bu ezgu tamoyillarga qat’iy amal qilib kelmoqda. O‘zbekiston tashqi 

siyosati teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlik asosiga qurilgan. Har bir davlat bilan 

avvalo  ikki  tomonlama  munosabatlarni  rivojlantirmoqda.  O‘zbekiston  hamkorlikdan 

manfaatdor  bo‘lgan  barcha  mamlakatlar  bilan  diplomatiya  munosabatlarini  yo‘lga 

qo‘ygan.  Qator  yirik  davlatlar  bilan  o‘zaro  munosabatlarimiz  strategik  sheriklik 

darajasiga  ko‘tarilgan.  AQSH,  Xitoy,  Yaponiya,  Janubiy  Koreya,  Rossiya  shular 

jumlasidan. 

Bugungi kunda 46 mamlakatda O‘zbekiston diplomatik vakolatxonalari faoliyat 

ko‘rsatmoqda. Xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning mamlakatimizda ochilgan 

elchixona  va  vakolatxonalari  soni  oltmishdan  oshadi.1993  yilda  davlatimiz  rahbari 

BMT minbaridan turib, dunyo ahli e’tiborini Afg‘oniston mojarosi, Orol halokati kabi 

keskin  muammolarga  jalb  etdi.  Bu  bilan  O‘zbekistonning  uzoqni  ko‘zlagan  tashqi 

siyosati  tinchlikparvarlik,  o‘zaro  tenglik,  hurmat  va  manfaatdorlik  tamoyillari, 

umumbashariy taraqqiyot g‘oyalari asosiga barpo etilgani namoyon bo‘ldi. Terrorizm, 

ekstremizm,  narkotik  moddalar  kontrabandasi,  ekologik  inqirozlar  bilan  bog‘liq 

muammolarning  dolzarbligi  oshib  borayotgan,  ular  haqida  har  kuni  bong  urilayotgan 

hozirgi  davrda  O‘zbekistonning  o‘sha  paytda  tutgan  pozitsiyasi  qanchalar  oqilona  va 

odilona  yo‘l  bo‘lganini,  eng  muhimi,  bu  pozitsiya  o‘zgarmay  kelayotganini  alohida 

ta’kidlash darkor. 

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining 1999 yilgi Istanbul sammitida 

BMT  huzurida  terrorizmga  qarshi  kurash  bo‘yicha  xalqaro  markaz  tashkil  etish 

g‘oyasini  ilgari  surdi.  Davlatimiz  rahbari  BMT  Bosh  Assambleyasining  2000  yil 

sentyabr oyida o‘tgan Mingyillik sammitida xalqaro terrorizm va giyohvand moddalar  

savdosiga qarshi kurashish, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash, BMT faoliyati va 

uning tarkibiy tizimini isloh qilishga doir takliflarni bildirdi.  

2001  yil  28  sentyabrda  BMT  Xavfsizlik  kengashi  doirasida  terrorizmga  qarshi 

kurash qo‘mitasining tashkil etilishi bu g‘oyaning amaldagi natijasi bo‘ldi. Davlatimiz 

rahbarining  tashabbusi  bilan  qabul  qilingan  “O‘zbekiston  Respublikasining  Tashqi 

siyosiy  faoliyati  konsepsiyasini  tasdiqlash  to‘g‘risida”gi  qonun  mamlakatimiz 

tinchliksevar  siyosatining  amaldagi  yana  bir  ifodasi  bo‘ldi.  Mazkur  konsepsiyada 

belgilanganidek,  mamlakatimiz  tashqi  siyosati  milliy  manfaatlarning  ustuvorligi, 

xalqaro  huquq  me’yorlariga  rioya  etish,  bahsli  masalalarni  tinch  yo‘l  bilan  hal  qilish 

tamoyillariga  asoslanadi.  O‘zbekiston  tinchliksevar  siyosat  yuritadi  va  harbiy-siyosiy 

bloklarda  ishtirok  etmaydi,  har  qanday  davlatlararo  tuzilmalar  harbiy-siyosiy  blokka 

aylangan taqdirda, ulardan chiqish huquqini o‘zida saqlab qoladi. O‘z hududida xorijiy 

davlatlarning harbiy bazalari va ob’ektlari joylashtirilishiga yo‘l qo‘ymaydi. 

Bugun  shuni  qat’iy  ishonch  va  g‘urur  bilan  aytish  mumkinki,  o‘tgan  yillar 

mobaynida O‘zbekiston butun dunyo ko‘z o‘ngida nafaqat siyosiy va iqtisodiy jihatdan 

mustaqil  mamlakat,  xalqaro  maydonda  ishonchli  xamkor  sifatida,  balki  global  va 

mintaqaviy  barqarorlikni  ta’minlashga  bevosita  daxldor  davlat  sifatida  jahon 

hamjamiyatining  e’tirofiga  sazovor  bo‘ldi.  Bu  Prezidentimiz  Islom  Karimov  uzoqni 

ko‘zlab,  mamlakatimiz   va xalqimiz  manfaatlarini ustuvor tutib,  oqillik va vazminlik 

bilan ish yuritayotganining samarasidir. 



29 

 

Mamlakatimiz  mustaqillikka  erishganidanoq  keng  miqyosda  xalqaro  e’tirofga 



sazovor  bo‘la  boshladi.  Istiqlolning  bir  yilligi  munosabati  bilan  o‘tkazilgan 

tantanalarda so‘zga chiqqan Prezident Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi dunyo 

hamjamiyatining  teng  huquqli  a’zosiga  aylanganini,  ko‘plab  nufuzli  xalqaro, 

davlatlararo  tashkilotlarga  taklif  etilganini,  ularning  ishida  faol  ishtirok  etayotganini, 

mamlakatimiz mustaqilligini 120 dan ortiq davlat tan olganini ta’kidlagan edi.  

O‘zbekiston  rahbarining  Afg‘onistonda  tinchlik  va  osoyishtalikni  ta’minlashga 

qaratilgan  ko‘plab  tashabbuslari  ham  jahon  hamjamiyatining  alohida  e’tiboriga 

sazovor  bo‘ldi.  NATO/SEAPning  2008  yil  Buxarestda  bo‘lib  o‘tgan  sammitida 

Prezidentimiz  qo‘shni  davlatdagi  nizolarni  bartaraf  etishning  siyosiy  yo‘llarini 

hamkorlikda  izlab  topish,  bu  mamlakatda  nizo  keltirib  chiqaruvchi  omillarni 

kamaytirish  va  unga  muvofiqlashtirilgan  iqtisodiy  yordam  ko‘rsatish  maqsadida 

Muloqot guruhi faoliyatini “6+3” guruhi shaklida yangidan tashkil etishni taklif qildi. 

Afg‘oniston  bilan  bog‘liq  ravishda  yuz  berayotgan  voqealarning  keyingi  rivojlanish 

bosqichida inqirozdan  chiqish  yo‘llarini  izlashga  qaratilgan  xalqaro  miqyosdagi  sa’y-

harakatlarga aynan shu formatda ko‘rsatib o‘tilgan davlatlar ko‘proq jalb etildi. 

Mintaqada  ekologik  va  ijtimoiy-iqtisodiy  barqarorlikka  erishish  bo‘yicha 

kiritilgan  takliflar  ham  keng  qo‘llab-quvvatlandi.  O‘zbekiston  Prezidenti  tashabbusi 

bilan  1993  yili  Markaziy  Osiyodagi  beshta  davlat  rahbarlari  Orol  dengizi  inqirozi 

oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha kuchlarni birlashtirish maqsadida Orolni qutqarish 

xalqaro  jamg‘armasini  tuzishdi.  Shu  yo‘nalishda  amalga  oshirilayotgan  ishlarning 

mantiqiy  davomi  sifatida  Islom  Karimov  tashabbusiga  ko‘ra,  o‘tgan  yili  Urganchda 

“Orol  dengizi  mintaqasidagi  ekologik  ofat  oqibatlarini  yumshatish  bo‘yicha 

hamkorlikni  rivojlantirish”  mavzuida  xalqaro  konferensiya  bo‘lib  o‘tdi.  Unda  24  ta 

nufuzli  xalqaro  va  mintaqaviy  tashkilot,  moliyaviy  institut  vakillari, 26  mamlakatdan 

kelgan ekologiya, iqlim o‘zgarishlari, suv zaxiralaridan foydalanish sohasidagi olimlar 

va ekspertlar ishtirok etdi.  

BMT  Bosh  kotibi  Pan  Gi  Mun  o‘zining  forum  qatnashchilariga 

videomurojaatida  dunyodagi  keng  ko‘lamli  antropogen  halokatlardan  biri,  deb  e’tirof 

etilgan  va  millionlab  aholi  hamda  atrof-muhitga  katta  zarar  etkazayotgan  Orolbo‘yi 

mintaqasidagi  ekologik  bo‘hron  muammolari  muhokamasiga  bag‘ishlangan  ushbu 

xalqaro konferensiyaning o‘ta muhimligini ta’kidladi.  

O‘zbekistonning  butun  dunyoda  e’tirof  etilib,  qo‘llab-quvvatlangan  xalqaro 

tashabbuslari  ichida  Markaziy  Osiyoda  yadro  qurolidan  xoli  zona  barpo  qilish 

to‘g‘risidagi  g‘oya  alohida  o‘rin  tutadi.  Prezidentimiz  tomonidan  BMT  Bosh 

Assambleyasining  48-sessiyasida  kiritilgan  ushbu  taklif  o‘tgan  yilning  may  oyida 

bo‘lib  o‘tgan  tarixiy  voqeada  o‘z  aksini  topdi:  Birlashgan  Millatlar  Tashkilotining 

Nyu-Yorkdagi  qarorgohida  tom  ma’nodagi  tarixiy  voqea  yuz  berdi  —  mazkur 

tashkilot tuzilganidan buyon birinchi marotaba besh yadroviy davlat — AQSH, Buyuk 

Britaniya,  Fransiya,  Xitoy  va  Rossiya  yakdillik  bilan  va  bir  paytning  o‘zida  muhim 

xalqaro  hujjatni  —  Markaziy  Osiyoda  yadro  qurolidan  xoli  zona  barpo  etish 

to‘g‘risidagi Shartnomaga Xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risidagi Protokolni imzoladi. 

Aynan  shunday  qat’iyat  tufayli  hamda  mamlakatimiz  va  Prezidentimizning 

yuksak  obro‘-e’tibori  bois  bugun  rivojlangan  davlatlar,  mashhur  kompaniyalar 

O‘zbekiston  bilan  hamkorlik  qilishga  intilishmoqda.  Buni  hukumat  majlisidagi 

ma’ruzada  keltirilgan  raqamlar  ham  tasdiqlaydi:  respublikamizda  90  dan  ortiq 

mamlakatning  sarmoyalari  ishtirokidagi  4  mingdan  ziyod  korxonalar  faoliyat 



30 

 

ko‘rsatmoqda. Bizning tovar ishlab chiqaruvchilarimiz ham jahon bozorini egallashda 



ortda qolishayotgani yo‘q. Faqat o‘tgan yilning o‘zida asosan kichik biznes sub’ektlari 

bo‘lgan 500 dan ortiq yangi korxona eksport faoliyatiga jalb etildi. 

Xalqaro  tashkilotlar  bilan  hamkorlik  to‘g‘risida  gap  ketganda  SHHT  ga  a’zo 

mamlakatlar  qatorida  tenglar  ichra  teng  faoliyat  yuritayotgan  O‘zbekistonning  

tashabbuskorligi  o‘z  o‘rniga  ega.  2001  yil  Shanxayda  bo‘lib  o‘tgan  sammitda 

O‘zbekiston tashkilotning muassisi va teng huquqli a’zosiga aylandi. Bu O‘zbekiston 

mustaqillik  yillarida  strategik  manfaatlarini  takomillashtirib  borib,  mintaqamizda 

barqarorlikni  mustahkamlash  sohasida  xalqaro  va  mintaqaviy  tashkilotlar  bilan  faol 

hamkorlikka  tayyor  ekanligini  namoyon  qildi.  O‘zbekistonning  SHHTda  ishtiroki 

mazkur tashkilotni mustahkamlash bilan birga, mintaqaviy muammolar echimini tugal 

va samarali bo‘lishini ta’minladi.  

Bu  yil  Shanxay  hamkorlik  tashkiloti  tuzilganiga  15  yil  to‘ldi.  Shu  davr 

maboynida tashkilot nufuzli davlatlararo tizim sifatida xalqaro maydonda mustahkam 

o‘ringa  ega  bo‘ldi.  SHHT  nisbatan  qisqa  vaqt  ichida  nufuzli  xalqaro  tashkilotga 

aylandi. 

   


Shanxay  hamkorlik  tashkilotining  huquqiy  me’yor  va  qoidalariga binoan, 2015 

yil  11  iyuldan  buyon  unga  O‘zbekiston  Respublikasi  uchinchi  marotaba  raislik  qildi. 

Mamlakatimiz  2004  va  2010  yillarda  o‘zining  SHHTga  raisligi  doirasida 

zamonamizning  an’anaviy  hamda  yangi  xavf-xatarlariga  nisbatan  tashkilotga  a’zo 

mamlakatlar  siyosatini  muvofiqlashtirishni  kuchaytirishga  doir  qator  muhim 

tashabbuslarni ilgari surgan edi. Tahlilchilar tomonidan O‘zbekiston hamisha o‘zining 

SHHTdagi  raisligiga  aniq  va  muvozanatlashgan  yondashuv  bilan  qarashi, 

mamlakatimiz  mazkur  tashkilotning  nufuzini  ko‘tarish  maqsadida  faol  harakat  qilishi 

ta’kidlanadi. 

   


A’zo  davlatlar  rahbarlarining  Toshkentda  bo‘lib  o‘tgan  navbatdagi  sammitida 

mazkur  memorandumlar  imzolandi,  bu  voqea  uchrashuvning  muhim  amaliy 

natijalaridan  biri  sifatida  joriy  yilda  o‘zining  15  yilligini  nishonlagan  SHHTning 

kelajakdagi rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi. 

2016  yili  O‘zbekiston  raisligi  doirasida  Toshkentda  SHHT  Davlat  rahbarlari 

kengashi,  Tashqi  ishlar  vazirlari  kengashi  majlislari,  madaniyat  vazirlari  yig‘ilishi 

hamda  Banklararo  birlashma  kengashi  va  Ishbilarmonlar  kengashi  boshqaruvining 

majlislarini  o‘tkazdi.  Prezidentimiz  Islom  Karimovning  2016  yil  21  yanvardagi 

Toshkent  shahrida  Shanxay  hamkorlik  tashkilotiga  a’zo  davlatlar  rahbarlari  kengashi 

yig‘ilishi  hamda  O‘zbekiston  Respublikasining  SHHTga  raisligi  doirasidagi  boshqa 

tadbirlarga  tayyorgarlik  ko‘rish  va  uni  o‘tkazish  to‘g‘risidagi  qaroriga  muvofiq, 

mamlakatimizda  ushbu  yirik  anjumanni  yuqori  saviyada o‘tkazish  uchun  izchil  ishlar 

amalga  oshirildi.  SHHT  o‘n  besh  yilligining  Toshkent  deklaratsiyasi,  SHHTga  a’zo 

davlatlarning 2017—2022 yillardagi giyohvandlikka qarshi strategiyasi va uni bajarish 

bo‘yicha  Harakat  dasturlari  imzolandi.  Bundan  tashqari,  Jinoyatchilikka  qarshi 

kurashda  hamkorlik  to‘g‘risidagi  Bitimni  bajarish  bo‘yicha  Tadbirlar  rejasi  hamda 

SHHTning 2025 yilgacha rivojlanish strategiyasini amalga oshirish Rejasi tasdiqlandi.  

Hindiston  Respublikasi  va  Pokiston  Islom  Respublikasining  SHHTga  a’zo 

davlat  maqomini  olish  yo‘lidagi  majburiyatlari  to‘g‘risidagi  memorandumlar 

imzolangani  Toshkent  sammitining  muhim  voqealaridan  bo‘ldi.  Hindiston  va 

Pokistonning  SHHTning  teng  huquqli  a’zosi  maqomiga  ega  bo‘lishi  tashkilot 

imkoniyatlarini  kengaytirib,  xalqaro  maydonda  dolzarb  muammolarni  hal  etish, 



31 

 

mintaqa va umuman dunyoda xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlaydigan ko‘p 



tomonlama mexanizm sifatida tashkilot rolini yanada oshirishga xizmat qiladi. 

Davlatimiz  rahbari  tashabbuslari  bilan  amlaga  oshirilayotgan  bunday  sa’y-

harakatlar  mamlakatimizning  xalqaro  maydondagi  obro‘yining  kundan-kunga  oshib 

borishini  ta’minlaydi.  Darhaqiqat,  mamlakatimizda  amalga  oshirilayotgan  tashqi 

siyosat  sohasidagi  islohotlar  mamlakatimizning  eng  rivojlangan  davlatlar  qatoriga 

qo‘shilishida muhim mezon bo‘lib xizmat qiladi. 

“O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” tamg‘asiga ega mahsulotlar esa xorijda ham 

tobora 


ommaviylashib 

bormoqda. 

Mamlakatimiz 

shu 


yilning  

1  mayidan  31  oktyabrigacha  bo‘lib  o‘tadigan  “Expo  Milano  —  2015”  jahon 

ko‘rgazmasiga  taklif  etilganligi  bejiz  emas.  Besh  yilda  bir  marta  o‘tkaziladigan  bu 

tadbirga  tayyorgarlik  ishlari  davlatimiz  rahbari  qarori  asosida  olib  borildi.  Ommaviy 

axborot  vositalarining  xabariga  qaraganda,  Italiyada  qad  rostlagan  O‘zbekistonning 

Milliy  paviloni  500  kvadrat  metrni  tashkil  etadi.  Bu  esa,  tashkilotchilarning  hisob-

kitoblariga  ko‘ra,  mazkur  mega-ko‘rgazmada  Sayyoramizning  turli  burchaklaridan 

kelib  ishtirok  etishi  kutilayotgan  20  million  nafar  odamda  mamlakatimizning 

yutuqlari,  iqtisodiy  va  investitsiyaviy  salohiyati,  taraqqiy  etgan  infratuzilmasi,  qayta 

ishlash sanoati, xalqimizning urf-odatlari va an’analari bilan yanada yaqinroq tanishish 

imkonini berdi. 

 


Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling