O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi


Download 4.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet79/95
Sana21.11.2023
Hajmi4.54 Kb.
#1792412
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   95
Bog'liq
Birja ishi SANPINga

Yaponiya birja tizimi. 1870-yillarda Yaponiya qimmatli 
qog‘ozlar tizimi bilan tanishtirildi va davlat obligatsiyalarini joriy 
qilish shartlari muhokama qilina boshladi. Natijada ommaviy sa-
vdo joyi zarurati vujudga keldi, shu sababli 1878-yil Tokio fond 
birjasiga asos solindi. 1949-yilning 1-aprelida Tokio, Osaka va Na-
goyada uchta fond birjasi paydo bo‘ldi. Shu yilning iyulida Kioto 
(Osakadagi fond birjasiga 2001-yil martda qo‘shilgan), Xirosima 
(Tokio fond birjasiga 2000-yil martda qo‘shilgan), Fukuoku va Nii-
gatu (Tokio fond birjasiga 2000-yil martda qo‘shilgan) qo‘shimcha 
fond birjasi tashkil qilindi.
Bundan tashqari, 1950-yilning aprelida Sapporo fond birjasi 
tashkil qilindi. Demak, Yaponiyada endi beshta fond birjasi mav-
jud.
Tokio fond birjasi – bu o‘ziga xos yuridik shaxsdir. Uning jami 
114 a’zosi – tashkilotlar. Masalan, Amerika fond birjalaridan farqli 
ravishda, TFBda xususiy shaxslarning a’zo bo‘lishiga yo‘l qo‘yil-
maydi. Birjaning oliy organi a’zolar umumiy yig‘ilishi bo‘lib, u 
nizomdagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq eng jiddiy masalalarnigina hal 
qiladi.
Tokio fond birjasi ikki seksiyaga bo‘linadi: birinchisi – yirik 
korporatsiyalar uchun, ikkinchisida esa o‘rtacha hajmdagi kom-
paniyalarning aksiyalari muomalada bo‘ladi. Yangi a’zolar dastlab 
ikkinchi seksiyaga tushadi va faqat bir yildan keyin birinchi toifaga 
o‘tish uchun imtihon topshira oladi.
Tokio birjasidan foydalanishga tobora ko‘plab xorijiy kompani-
yalar katta qiziqish bildirmoqda. 80-yillarning ikkinchi yarmidan 
boshlab TFBda ro‘yxatga olingan xorijiy firmalar soni o‘sib bordi 
va 1985-yilda 120tagayetdi. Ularning orasida Amerikaning «Tek-
sas instrumente», «Xyulett-Pakkard», «Motorola», Germaniyaning 
Doyche Bank kabi kompaniyalari juda mashhur.
Birjada asosiy faoliyat ko‘rsatuvchi shaxslar brokerlik uylari hi-
soblanadi. Jami ularning soni 100 dan ortiq. Bugungi kunda ular-
ning eng yiriklari – «Nomura», «Dayva», «Nikko». Ular bevosita 
yoki bilvosita (filiallar orqali) o‘z qo‘lida Tokio birjasi aksiyalari­
ning 50 % i o‘z qo‘lida ushlab turibdi.


190
Mamlakat iqtisodiyotida fond birjasining roli YaMM ishlab 
chiqarishda aksiyadorlik mulkining ulushi bilan belgilanadi. Bun-
dan tashqari, birjaning roli qimmatli qog‘ozlar bozorining rivojla-
nish darajasiga bog‘liq. Rossiya hali sanab o‘tilgan mamlakatlarda 
ko‘p narsalar o‘rganishi kerak.

Download 4.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling