O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi


Download 4.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet78/95
Sana21.11.2023
Hajmi4.54 Kb.
#1792412
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   95
Bog'liq
Birja ishi SANPINga

Fransiya birja tizimi. Yettita fransuz fond birjalari orasida Pa-
rij birjasi, shubhasiz, yetakchi hisoblanadi. Mahalliy ahamiyatga 
molik fond birjalari, shuningdek, Bordo, Lil, Lion, Marsel, Nansi 


188
va Nantda joylashgan. Fransuz birja tizimini ajratib turadigan ji-
hatlardan biri doimo birjalar ustidan davlatning kuchli nazorati hi-
soblanib kelgan. Hozirgi paytda fond birjasi iqtisodiyot va moliya 
vazirligiga bo‘ysunadi, biroq oxirgi yillarda hukumat tomonidan 
fonda bozorini «qavta tartibga solish» tomon ma’lum bir qadamlar 
qo‘yildi.
Shveytsariya birja tizimi. Shveytsariyada jami 7 ta fond birjasi 
faoliyat ko‘rsatadi, ularning orasida Syurix, Jeneva va Bazel bir-
jalari ajralib turadi. Syurix birjasining zimmasiga yillik savdo haj-
mining taxminan 70 % i to‘g‘ri keladi. Birja tizimiga xos bo‘lgan 
xususiyat sifatida Shveytsariyaning fond bozorida mamlakatning 
yirik banklari monopol hukmronligini ko‘rsatish mumkin. Birja 
faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish unchalik sezilarli emas, 
banklarning «o‘zini o‘zi tartibga solishi» ko‘proq ahamiyatga ega.
Shveytsariya fond bozoriga xos bo‘lgan yana bir xususiyat 
unin g xalqaro yo‘nalganligi hisoblanadi. Shveytsariyaning xalqaro 
moliyaviy markaz sifatidagi ulkan ahamiyati mamlakatning moliya 
bozorida ham aks etmasligi mumkin emas, bu yerda aksiyalarning 
taxminan yarmi va obligatsiyalarning 1/3 qismi xorijiy aksiya va 
obligatsiyalar tashkil qiladi. Qimmatli qog‘ozlar bozorining bun-
day jahon kapitali ehtiyojlariga moslashganligi mamlakat iqtisodi-
yotida ham, yirik korporatsiyalar faoliyatida ham ijobiy aks etadi. 
«NESTLE», «UBS» kabi kompaniyalarning aksiyalariga dunyon-
ing yirik fond birjalarida talab katta.
Germaniya birja tizimi. Shveytsariyada bo‘lgani kabi, Ger-
maniya uchun ham mamlakat fond birjasiga monopol banklarning 
kuchli ta’siri xarakterli. Eng yirik banklar fond bozorini amaida 
to‘liq monopollashtirgan, ular qimmatli qog‘ozlar chiqarish va joy-
lashtirish bilan faol shug‘ullanadi, ikkilamchi bozorda faol qatna-
shadi va o‘zlari qimmatli qog‘ozlar yirik paketlariga egalik qiladi.
Jami Germaniyada 7 ta yirik fond birjalari mavjud bo‘lib, Gan-
nover, Myunxen, Shtutgart, Berlin, Dyusseldorf, Bremen va Frank-
furt-am-Mayn shaharlarida joylashgan. Ularning orasida yetakchi 
hisoblangan Frankfurt birjasi Yevropaning ham eng yirik birjala-
ridan sanaladi.
189

Download 4.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling