O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi


Download 4.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet77/95
Sana21.11.2023
Hajmi4.54 Kb.
#1792412
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   95
Bog'liq
Birja ishi SANPINga

Buyuk Britaniya birja tizimi. Buyuk Britaniya fond bozori 
an’anaviy ravishda mamlakat moliya-kredit tizimining muhim qis-
mi hisoblanib keladi. Britaniya qimmatli qog‘ozlar bozorida yetak-
chi o‘rinlarni London fond birjasi egallaydi. Shuningdek, Buyuk 
Britaniyada Manchester, Birmingem, Glazgo va Belfastda qator 
mintaqaviy birjalar ham mavjud bo‘lib, ular mamlakat iqtisodiyoti-
da ikkinchi darajali rol o‘ynaydi.
80-yillarning oxiridan boshlab Xalqaro fond birjasi deb atala 
boshlagan London birjasi haqli ravishda dunyoning eng baynalmilal 
birjalaridan biri hisoblanishi mumkin. Yevropadagi boshqa ayrim 
mamlakatlar aksiyalari bilan savdo hajmi Londonda bu mamlakat-
dagi savdo hajmidan katta bo‘ladi. Birjada kotirovka qilinadigan 
xorijiy emissiyalar soni bo‘yicha u faqat Jeneva fond birjasi, bu 
Germaniyaning birgalikdagi barcha birjalaridan kevinda turadi.
Xalqaro London fond birjasiga a’zo firmalar uch toifaga taq-
simlanadi. Ularning birinchisi muhimroq hisoblanadi. Bu qatorga 
yoki diler, yoki broker, yoki bir vaqtning o‘zida diler va broker 
bo‘la oladigan birja a’zolari kiradi. Agar birja a’zosi dilerlik faoli-
yati bilan shug‘ullanadigan bo‘lsa, u birjada bozorni shakllantiruv-
chi – «market-meyker» sifatida ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. Qoida-
ga ko‘ra, bunday funksiyalarni faqat yirik firmalar o‘z zimmasiga 
oladi. Ularning asosiy fiinksiyasi – kotirovka majburiya davri deb 
ataladigan belgilangan vaqt muddatida qimmatli qog‘ozlarni faol 
xarid qilish (sotish)dir. Bozorni shakllantiruvchilar bitimni amalga 
oshirish istagida bo‘lgan narxlarni taklif etadilar. Bozorni shakllan-
187
tiruvchilar soni ko‘pligi tufayli ular o‘rtasida raqobat vujudga ke-
ladi, bu esa qimmatli qog‘ozlarning yanada asoslangan narxlariga 
olib keladi. Bozorni shakllantimvchilar kotirovkada ikkita kursni 
ko‘rsatishlari lozim: talab (xaridor) narxi va taklif (sotuvchi) narxi. 
Masalan, 143 – 6,10 × 10 ko‘rinishdagi kotirovka shuni anglata-
diki, bozorni shakllantiruvchi 10 000 gacha aksiyalarni 143 pens 
narxda sotib olish va 10 000 gacha aksiyalarni 146 pens narxda 
sotishga tayyor. Kurslar o‘rtasidagi farq (3 pens) spredni (kurslar 
farqi) tashkil qiladi. London fond birjasining ikkinchi toifa a’zolarini 
dilerlarao brokerlar tashkil etadi. Bu bir-biri bilan yashirin aloqa 
qilish istagida bo‘lgan bozorni shakllantiruvchilarga vositachilik 
xizmatlari ko‘rsatuvchi firmalardir. Dilerlararo brokerlardan foyda-
lanish bozorni shakllantiruvchilarga qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha 
o‘zining joriy pozitsiyalarini raqobatchilardan yashirish imkoni-
ni beradi. Uchinchi raqobatchilar toifasi pul brokerlaridan iborat. 
Ularning asosiy funksiyasi – bozorni shakllantiruvchilar uchun 
qimmatli qog‘ozlarni qarzga olishdir.
80-yillarda London birjasi 1983-yildan 1986-yilgacha o‘tkazil-
gan, asosan, birjaning xalqaro raqobatbardoshligini oshirishga, de-
makki, Britaniya kapitali pozitsiyalarini mustahkamlashga yo‘nal -
tirilgan jiddiy o‘zgarishlar o‘tkazilgan joyga aylandi. Xorijiy 
kom paniyalarga birjaning to‘laqonli a’zolari bo‘lishga ruxsat etildi. 
Hozirgi paytda savdoda 60 dan ortiq mamlakatdan kompaniyalar 
ishtirok etadi.
Bu birjada amerikaning NASDAQ tizimiga o‘xshash avtomat-
lashtirilgan birja kotirovkalar tizimining joriy qilinishi haqiqiy 
inqilob bo‘ldi. Bu yangiliklar natijasida birja a’zolarida bitimlar-
ni bevosita kompyuter terminallari orqali amalga oshirish imkoni-
yati paydo bo‘ldi. Tezda elektron savdo tizimi amalda operatsion 
zaldagi savdoni siqib chiqardi va London fond birjasi an’anaviy 
operatsion zaldan voz kechgan va uni elektron savdo tizimi bilan 
almashtiigan dastlabki virik birjaga aylandi.

Download 4.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling