174
11. Birja a’zolariga axborot xizmatlari ko‘rsatish tartibi.
Savdo bozorlan va bozor konyunkturasi haqidagi axborot birja
qatnashchilariga Birja saytida har hafta joylashtirish yo‘li bilan yet-
kaziladi.
Kotirovka natijalari birja savdosi
qatnashchilariga Kotirovka
komissiyasining byulleteni orqali yetkaziladi.
12. Birja a’zolari va xizmatchilarining birja savdosi qoidala-
rini buzganlik uchun javobgarligi.
Birja a’zolari va uning xodimlari birja savdosi qoidalarini buz-
ganlik uchun javobgar bo‘ladi.
Birja savdosi qoidalarini buzganlik uchun
quyidagi javobgarlik
turlari ko‘zda tutilgan:
– Birja va/yoki zarar ko‘rgan qatnashchi foydasiga undiriladigan
jarima;
– birja savdosi qatnashchilaridan birortasini belgilangan mud-
datga Birjada akkreditatsiyani to‘xtatish yoki
huquqlardan muhrum
qilish.
Birja savdolari elektron tizimiga buyurtmani xatolar, shuning-
dek, belgilangan spreddan yuqori narx bilan kiritganlik uchun ayb-
dor qatnashchiga:
a) bir oy davomida birinchi marta qilingan xato uchun – bitta
eng kam ish
haqi miqdorida jarima solinadi;
b) bir oy davomida ikkinchi marta qilingan xato uchun – uchta
eng kam ish haqi miqdorida jarima solinadi;
d) bir oy davomida uchinchi marta qilingan xato uchun –
beshta
eng kam ish haqi miqdorida jarima solinadi.
Xaridorning sotuvchiga (birja savdosiga tovar yetkazib beruv-
chi ta’minotchiga) belgilangan muddatda birja bitimi (shartnoma-
si) bayonnomasini taqdim etmaganligi uchun sotuvchi foydasiga
bitimning 5 % i miqdorida jarima undiriladi.
Birjaga yoki birja savdosi qatnashchilariga zarar yetkazgan max-
fiy birja axborotini tarqatganlik uchun aybdor tomonlar yetkazilgan
zararni qoplaydi yoki 6 oy muddatga birja
savdolarida ishtirok etish
huquqidan mahrum etiladi.
175
Do'stlaringiz bilan baham: