2. Birja savdolarini o‘tkazish joyi va vaqti.
Birja savdolari Birjaning lokal savdo maydonchalari va filiallari
ulangan Birja umumiy elektron savdo tizimida savdo sessiyalari
jadvali bo‘yicha o‘tkaziladi.
Savdo sessiyalari jadvali Birja Makleriati tomonidan ishlab
chiqiladi va Birja Boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadi. Birja sav-
dosi qatnashchilari savdo sessiyalari jadvali haqida u kiritiladigan
sanadan kamida bir kun oldin xabardor qilinadi.
Savdo o‘tkaziladigan vaqt va joyni o‘zgartirish Birja Boshqarma-
sining qarori asosida o‘tkaziladi, bu haqda savdo qatnashchilariga
uch kalendar kuni ichida xabar yetkaziladi. Bir martalik holatlarda,
zarurat tug‘ilganida xabar berish muddati qisqartirilishi mumkin.
Birja boshqarmasi Raisi tasdiqlagan «O‘zRTXB OAJ obyekt-
propusk rejimi haqidagi qoidalar»ga muvofiq Birja o‘z hududiga
kirish uchun propusk rejimini ta’minlaydi.
Birja xizmatchilariga birja bitimlarida qatnashish, o‘z brokerlik
idoralarini tashkil qilish, shuningdek, xizmat axborotlaridan shax-
siy manfaatlari yo‘lida foydalanish taqiqlanadi.
3. Birja savdosi qatnashchilari va ularga qo‘yiladigan talablar.
Mazkur qoidalar doirasida birja savdolari qatnashchilari quyi-
dagilar hisoblanadi:
– birja bitimi qatnashchilari – brokerlar va dilerlar;
– mijozlar (sotuvchilar va xaridorlar);
– Birjaning hisob-kitob – kliring palatasi (bundan keyin Birja
HKP).
Birja savdosi qatnashchilari O‘zbekiston Respublikasi qonun-
chiligiga, mazkur qoidalar va birja savdosini tartibga soladigan
Birjaning boshqa ichki hujjatlariga rioya qilishi lozim.
Birja bitimi qatnashchilari Birjada belgilangan professional
tayyorgarlik va malaka darajasiga javob berishi, O‘zbekiston Res-
169
publikasi Davlat mulk qo‘mitasi tomonidan beriladigan birja sav-
dosi professional qatnashchisi attestatiga ega bo‘lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |