O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi


 O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo


Download 4.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet65/95
Sana21.11.2023
Hajmi4.54 Kb.
#1792412
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   95
Bog'liq
Birja ishi SANPINga

17.3. O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo
birjalari: rivojlanishning yangi bosqichi
2004-yilning 5-fevralida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 57-sonli «Yuqori likvidli mahsulot turlarini so-
tishning bozor mexanizmlarini joriy qilish haqida»gi Qarori qabul 
qilindi. Shu bilan tovar bozorlarini liberalizatsiya qilishga asosiy 
163
qadam tashlandi, ularning qaysi hududda joylashganligi, kattaligi, 
qaysi tarmoqqa va idoraga mansubligidan qat’i nazar, xo‘jalik yu-
rituvchi yoki faoliyat yurituvchi xo‘jalik subyektlarining qo‘lidagi 
resurslarga kira olishning bir xil sharoitlari ta’minlandi.
Qabul qilingan qarorning siyosiy va iqtisodiy mohiyati quyi-
dagicha:
Birinchidan, yuqori likvidli mahsulotlarni mahalliy yetishtirib 
chiqaruvchi korxonalarga xalaqit beruvchi to‘siqlarni olib tashlash 
lozim, chunki ular resurslarni to‘g‘ridan to‘g‘ri olish imkoniyatiga 
egadirlar. Zamonaviy boshqaruvchi bozorga (ya’ni iste’molchi-
larga) yo‘naltirilgan bo‘ladi, chunki mahsulot ishlab chiqaruvchi 
korxona mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish imkonini olishga 
muyassar bo‘ladi (va shunga muvofiq foyda oladi).
Ikkinchidan, korxona va bozor o‘rtasida turli vositachilar 
ko‘ri nishidagi bozorning rivojlanishini to‘xtatib turadigan sun’iy 
to‘siqlar bartaraf etiladi.
Uchinchidan, tadbirkorlarning taqsimotchi amaldorlarga bog‘-
lanib qolganligi yo‘q qilinadi. Korxona egasi endi faqat bozorga, 
iste’molchilarga bog‘liq bo‘ladi.
To‘rtinchidan, bahoning oshishi hisobiga mahsulotni sotishdan 
keladigan daromad va foydani ishlab chiqaruvchi oladi, o‘rtada tur-
gan vositachi emas. Qo‘shimcha olingan daromadning katta qis-
mini ishlab chiqaruvchi korxonani texnik jihatdan qayta jihozlash-
ga yo‘naltiradi, yangi texnologiyani joriy qilish, yangi liniyalarni 
va ko‘plab soliqlarni to‘lashga yo‘naltiradi.
Beshinchidan, oldindan qolib yoki saqlanib kelingan to‘lanma-
gan qarzlarni yoki to‘lovlarni bartaraf qilish birja va kimoshdi sav-
dosi orqali faqat 100 % oldindan to‘langan bo‘lsagina, mahsulotni 
chiqarish mumkin bo‘ladi, bo‘lmasa yo‘q. Insofsiz xaridorlardan 
ishlab chiqaruvchi kafolatlanadi, qaysiki undan qoida bo‘yicha 
yuqori likvidli resurslarni shoshilmasdan sotib oladi, to‘lab boradi, 
o‘zining ichki moliyaviy muammolarini ishlab chiqaruvchi hiso-
bidan hal qiladi, qaysiki talabni topolmagan mahsulot ishlab chiqa-
rishdan olib tashlanadi.
Oltinchidan, texnik qayta qurish ishlab chiqaruvchilarga mahsu-
lotning sifati va assortimentini kengaytirishga, ish joyining ko‘pa-


164
yishiga, shu bilan bir qatorda, malakali xodimlarning bo‘lishiga 
imkon yaratib beradi.
Va nihoyat, bozor mexanizmini tatbiq etish ishlab chiqaruv-
chilarning qo‘shimcha daromadidan byudjetga qo‘shimcha tushum 
olib keladi. Bu degani, ya’ni davlat proyektining sotsial mohiyatini 
qo‘shimcha moliyalashtirishga imkoniyat yaratilishi, kam ta’min-
langan aholi qatlamini qo‘llab-quvvatlashning vujudga kelishiga 
imkon yaratib beradi.

Download 4.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling