O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi
Download 4.54 Kb. Pdf ko'rish
|
Birja ishi SANPINga
- Bu sahifa navigatsiya:
- TOVAR-XOMASHYO BIRJASINING IQTISODIY MOHIYATI 17.1. Tovar-xomashyo birjasi to‘g‘risida tushuncha
Tayanch so‘zlar: birja ishtirokchilarining axloq normalari, sanksiyalar mo-
hiyati, sanksiyalar turlari, sanksiyalarni qo‘llash tartiblari va mexanizmlari, ma’muriy va moliyaviy sanksiyalar. Nazorat savollari: 1. Birja ishtirokchilarining axloq normalari nimalardan iborat? 2. Birja a’zolariga nisbatan qanday sanksiyalar qo‘llaniladi? 3. Savdo tizimiga kirishda begona paroldan foydalangani uchun qanday jazo qo‘llaniladi? 4. Market-meyker o‘z vazifalarini bajarishdan bosh tortganligi uchun qan- day jazo qo‘llaniladi? 5. Brokerlik o‘rni qachon bekor qilinadi? 160 XVII BOB TOVAR-XOMASHYO BIRJASINING IQTISODIY MOHIYATI 17.1. Tovar-xomashyo birjasi to‘g‘risida tushuncha Ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan boshqaruvning bozor tizimi- ga o‘tish jarayonida tadrijiy yondashuvni, «Yangi uy qurmasdan turib, eskisini buzmang» degan hayotiy tamoyilga tayangan holda, islohotlarni izchil va bosqichma-bosqich amalga oshirish yo‘lini tanladik. Eng muhimi, parokandalik va boshboshdoqlik ta’siriga tushib qolmaslik uchun o‘tish davrida aynan davlat bosh islohotchi sifati- da mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi zarurligini biz o‘zimizga aniq belgilab oldik. Mamlakatimizning uzoq va davomli manfaatlari taqozo etgan holatlarda va keskin vaziyatlardan chiqish, ular tug‘diradigan muam molarni hal etish zarur bo‘lganda iqtisodiyotda davlat to- monidan boshqaruv usullari qo‘llandi va bunday yondashuv oxir- oqibatda o‘zini to‘la oqladi 3 . O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi jahon bozori- da Osiyo mintaqasining markazida joylashgan. O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi milliy va xorijiy kompaniyalarning mamlakatimizda ishlab chiqariladigan yuqori likvidli tovar aktivlariga, xususan, rangli va qora metall, neft mahsulotlari, paxta tolasi va paxtani qayta ishlashdan olina- digan boshqa mahsulotlar, mineral o‘g‘itlar, shakar, bug‘doy uni, bug‘doy va boshqalarga ega bo‘lishda birxil huquqni ta’minlash- 3 Karimov I. A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari. – T.: O‘zbekiston, 2009. – 7-b. 161 da muhim rol o‘ynaydi. O‘zRTXB O‘zbekiston Respublikasining markazida, Toshkent shahrida joylashgan. Uning tarkibiga mam- lakatning barcha viloyat markazlarida joylashgan 12 ta filial kiradi. Hozirgi paytda birja a’zolarining soni 1200 dan ortiq. Birja O‘zRTXB birja savdosi Umumiy elektron tizimiga ulan- gan, masofada joylashgan savdo maydonchalarini tashkil qilish yo‘li bilan savdo infratuzilmasini kengaytirish va boyitish bo‘yicha ishlarni ketma-ketlikda olib bormoqda, bu uzoq masofada joylash- gan ishlayotgan brokerlarga savdoga qo‘yilayotgan mahsulotlar haqida tezkor listing axborot olishdan tashqari savdolarda ishtirok etish imkoniyatini ham beradi. Ta’kidlash joizki, brokerlar jahon- ning istalgan nuqtasida masofada joylashgan savdo maydonchala- ridan turib onlayn rejimida birja savdolarida qatnashishi mumkin. Masofada joylashgan savdo maydonchalarini yaratish jarayoni, jumladan, respublika hududidan tashqarida yuqori dinamika bilan tavsiflanadi. Hozirgi paytga kelib respublikaning deyarli barcha tu- man markazlarida 72 ta masofada joylashgan savdo maydonchalari ochilgan. Bundan tashqari, Yevropa, Osiyo va MDH mamlakatla- rining ayrimlarida ham masofada joylashgan savdo maydonchalari faol ochilmoqda. Download 4.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling