O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi
Download 4.54 Kb. Pdf ko'rish
|
Birja ishi SANPINga
- Bu sahifa navigatsiya:
- 15.3. Bitimlar bekor qilinganida yoki haqiqiy emas deb topilganida komissiya yig‘imlarini va boshqa to‘lovlarni to‘lash tartibi
15.2. Birja a’zolari bitimni
rasmiylashtirishdan bosh tortganida birjaning harakatlari Birja a’zosining bitimni rasmiylashtirishdan bosh tortishi «Tosh- kent» Respublika fond birjasi OAJ Kuzatuv Kengashining 2009-yil 25-dekabrdagi 22-sonli bayonnomasiga ilova qilingan «Toshkent» Respublika fond birjasida qimmatli qog‘ozlar bilan birja savdosi Qoidalarining (keyinchalik mazkur Qoidalar) buzilishi hisoblanadi. Mazkur qoidalar bilan belgilangan muddatlarda qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi shartnomasining (repo bitimlari uchun – repo bitimi varaqasi va repo-kelishuvining) imzolanmaganligi bitimni rasmiylashtirishdan bosh tortish hisoblanadi. Bosh makler bitimni rasmiylashtirishdan bosh tortish holatini savdo kuni bayonnomasida aks ettiradi va tegishli raport tuzib, bir- ja boshqaruvi raisiga taqdim etadi. Birja boshqaruvi raisi bir kunlik muddatda bosh maklerning raportini birja Arbitraj komissiyasiga ko‘rib chiqish uchun yubora- di. Birja Arbitraj komissiyasining ish tartibi birja boshqaruvi to- monidan belgilanadi. 15.3. Bitimlar bekor qilinganida yoki haqiqiy emas deb topilganida komissiya yig‘imlarini va boshqa to‘lovlarni to‘lash tartibi Bitimni bekor qilish yoki uni haqiqiy emas deb topish bir- ja a’zolari va ularning mijozlarini birjaga to‘lanadigan komissi- ya yig‘imidan ozod etishga asos bo‘lmaydi, mazkur Qoidalarda ko‘zda tutilgan hollar bundan mustasno. Xaridor va sotuvchining birja tomonidan belgilangan tartib- da ro‘yxatga olingan bitimni bekor qilish to‘g‘risidagi kelishuv ko‘rinishida rasmiylashtirilgan yozma roziligi mavjud bo‘lganida 149 bitimni bekor qilishga (davlat aktivlari (aksiyalari) bilan bitimlar- dan tashqari) faqat mazkur Qoidalarda ko‘zda tutilgan to‘lov mud- datlari doirasida yo‘l qo‘yiladi. Bitim ikkala tomon roziligi bilan bekor qilinganida birjaga komissiya yig‘imini bitimning ikkala tomoni yoki tomonlarning o‘zaro kelishuviga binoan ikkala tomon uchun ham tomonlarning bittasi to‘laydi. Davlat aktivlari (aksiyalari) sotilganda to‘lov muddati xaridor aybi bilan buzilsa, tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi bekor qilinadi va Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan bitimni bekor qilish to‘g‘risida- gi hujjat birjada ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Davlat aktivlarining oldi-sotdi shartnomasi bekor qilinganida HKP yoki sotuvchi xaridor tomonidan depozitga qo‘yilgan mab- lag‘lardan sotuvchi foydasiga birja bitimi summasining 12 % miqdoridagi jarima sanksiyalari summasini hamda birja va sav- dolarga xizmat ko‘rsatgan boshqa tashkilotlarga to‘lanadigan komissiya tulovlarini ushlab qoladi va qolgan mablag‘larni xari- dorning hisobraqamiga qaytaradi. Komissiya yig‘imlari bo‘yicha penya birjaga aybdor taraf(lar) tomonidan mazkur Qoidalarda belgilangan miqdorda to‘lanadi. Bitim ikkala tomon roziligi bo‘yicha bekor qilinganida birja a’zolari mijozlari tomonidan imzolangan (yuridik shaxslar uchun – ularning asosiy muhrlari bilan tasdiqlangan) bitimni bekor qilish to‘g‘risidagi kelishuvning uch nusxasini birja a’zolari tomonidan imzolangan xatga ilova qilgan holda birjaga uch ish kuni ichida taqdim etadilar. Birja boshqaruvi bitimni bekor qilish to‘g‘risidagi taraflarning o‘zaro kelishuvi asosida tegishli qaror qabul qiladi, ushbu qaror- ning ikki nusxasini bitimni bekor qilish to‘g‘risidagi kelishuvning ikki asl nusxasi bilan birga HKPga ushbu hujjatlarning bir nusxasi- ni Markaziy depozitariyga topshirish uchun yuboradi. Bitim bo‘yicha to‘lov muddati buzilgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi «Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida»gi Qonuni- ning 15-moddasiga asosan bitim bekor qilingan hisoblanadi. 150 Bitim bo‘yicha to‘lov muddatining buzilganligi to‘g‘risida HKP birjaga yozma bildirishnoma yuboradi. Birja boshqaruvi bi- tim bo‘yicha to‘lovlar muddatining buzilishi holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rib chiqish uchun nazorat komissiyasiga yubo- radi. HKPdan bitim bo‘yicha to‘lov muddatining buzilganligi to‘g‘- risida bildirishnoma olingan kundan boshlab uch ish kuni ichida birja bitimda ishtirok etgan birja a’zolariga bitim bo‘yicha to‘lovlar muddatining buzilishi holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rib chiqish uchun Nazorat komissiyasiga yuborilganligi haqida xabar- noma yuboradi. Birjadan xabarnoma olingan kundan boshlab uch ish kuni ichi- da birja a’zolari ularning mijozlari tomonidan bitimning haqiqiy emasligi va haqiqiy emaslik oqibatlari tan olinganligi to‘g‘risida, agar birja a’zosi tomonidan bitimning bekor qilinganligi to‘g‘risi- dagi kelishuv belgilangan muddatda taqdim etilmaganda, tuzilgan va imzolangan (yuridik shaxslar uchun ularning asosiy muhrlari bi- lan tasdiqlangan) kelishuvni taqdim etadilar. Nazorat komissiyasining qaroriga asosan birja boshqaruvi te- gishli qaror qabul qiladi va uni manfaatdor shaxslarga yuboradi. Birja a’zolari tomonidan belgilangan muddatda hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda birja qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonunchilikning va bitim bo‘yicha to‘lov muddatining buzilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tegishli chora ko‘rish uchun qimmat- li qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markaziga yuborishga haqli. Bitim bo‘yicha to‘lov muddatining buzilishi yuzasidan bitim taraflarining e’tirozi bo‘lgan taqdirda, bitim sud tartibida hal qili- nadi. Bitim bekor qilinganda birjaga komissiya yig‘imlari bitim- ning ikkala tarafidan to‘lanadi yoki bitimning haqiqiy emasligi va haqiqiy emaslik oqibatlari tan olinganligi to‘g‘risidagi kelishuv- da yoki bitimni bekor qilish to‘g‘risidagi kelishuvda ko‘rsatilgan bo‘lsa, ikkala taraf uchun ham bir taraf to‘laydi. 151 Bitim sud qarori bilan bekor qilinganida yoki u haqiqiy emas deb topilganida birjaga to‘lanadigan komissiya yig‘imlari va pen- ya, agar sud qarori bilan tomon(lar) ularni to‘lashdan ozod etilma- gan bo‘lsa, boshqaruv qarori asosida undiriladi. Agar qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi qonunchilik va mazkur Qoidalar buzilishi sababli birja tomonidan bitimni ro‘yxatga olis h rad etilsa, birjaga to‘lanadigan komissiya yig‘imlari va penya ik- kala tomon uchun ham harakatlari bitimning ro‘yxatga olinishi rad eti lishiga olib kelgan birja a’zosidan undiriladi. Birja boshqaruvi- ning bitimni ro‘yxatga olishni rad etish to‘g‘risidagi tegishli qa- rori birjaga to‘lanadigan komissiya yig‘imlari va penyani undirish uchun asos bo‘ladi. Agar qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi shartnomasini imzolashdan bosh tortilishi sababli birja tomonidan bitimni ro‘yxatga olish- ning imkoni bo‘lmasa, birjaga to‘lanadigan komissiya yig‘imlari va penya ikkala tomon uchun ham harakatlari bitimning ro‘yxatga olinmasligiga olib kelgan birja a’zosidan undiriladi. Bu holatda bir- ja boshqaruvining bitimni ro‘yxatga olishni rad etish to‘g‘risidagi tegishli qarori birjaga to‘lanadigan komissiya yig‘imlari va pen- yani undirish uchun asos bo‘ladi. Agar ikkala tomon ham qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi shartnomasini imzolashdan bosh tortishi sa- babli birja tomonidan bitimni ro‘yxatga olishning imkoni bo‘lmasa, birjaga to‘lanadigan komissiya yig‘imlari va penya ikkala tomon- dan ham mazkur Qoidalar bilan belgilangan tartibda undiriladi. Bitim tuzilayotgan vaqtda birja a’zosining treyderi texnik xato- ga yo‘l qo‘ysa, birja a’zosi birjaga bitimning ikkala tomoni uchun ham komissiya yig‘imlari va penyani to‘lashi shart. Texnik xatolar- ni aniqlash reglamenti birja boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadi. Savdo tizimiga buyurtma parametrlarini kiritayotgan vaqtda xatoga yo‘l qo‘ygan birja Makleriatining mas’ul mutaxassisi aybi bilan bitim amalga oshmagan deb tan olinsa, birja a’zolandan Bir- jaga to‘lanadigan komissiya yig‘imlari va penya hisoblanmaydi va undirilmaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling