O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi


Qimmatli qog‘ozlarni yetkazib berishni tashkil etish


Download 4.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet57/95
Sana21.11.2023
Hajmi4.54 Kb.
#1792412
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   95
Bog'liq
Birja ishi SANPINga

Qimmatli qog‘ozlarni yetkazib berishni tashkil etish. Tu-
zilgan bitim natijalariga ko‘ra qimmatli qog‘ozlarni yetkazib be-
rishning ikki usuli ma’lum – qimmatli qog‘ozlar sertifikatlarini 
avvalgi egasining qo‘lidan yangi egasining qo‘liga o‘tkazish yo‘li 
bilan, yo bo‘lmasa, ushbu qimmatli qog‘ozlarni avvalgi egasining 
ixtisoslashtirilgan tashkilot – depozitariydagi saqlash uchun mas’ul 
hisobraqamidan yangi egasining saqlash uchun mas’ul hisobraqa-
miga o‘tkazish yo‘li bilan. Depozitariy – o‘z mijozlarining qim-
matli qog‘ozlarni saqlovchi va ushbu qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan 
huquqlar hisobini yurituvchi tashkilot bo‘lib, u o‘zining mijozlari 
bilan «depo» hisobraqamlari – qimmatli qog‘ozlarni saqlash uchun 
mas’ul hisobraqamlarni yuritish haqida shartnomalar tuzadi. Maz-
kur shartnomalarga muvofiq depozitariylar mijozlarning qimmatli 
qog‘ozlarini saqlash uchun qabul qilishi, qabul qilingan qimmat-
li qog‘ozlarga xizmatlar ko‘rsatishi, mijozlarga ularning talabiga 
ko‘ra qimmatli qog‘ozlarning sertifikatlarini berishi, shuningdek, 
qimmatli qog‘ozlar egalarining talabiga ko‘ra saqlanayotgan qim-
matli qog‘ozlarga bo‘lgan mulkiy huquqlarni boshqa shaxslar 
143
foydasiga qayta ro‘yxatdan o‘tkazishi («depo» hisobraqamlari 
bo‘yicha «o‘tkazmalarni» amalga oshirishi) shart.
Depozitariylarda saqlanayotgan va «depo» hisobraqami-
da hisobda turgan qimmatli qog‘ozlarning egalari depozitariy-
ga mazkur qimmatli qog‘ozlarni ularning yangi egasi foydasiga 
o‘tkazish haqida ko‘rsatma berishi mumkin. Depozitariy bunday 
farmoyishni olib, qimmatli qog‘ozlarni ularning avvalgi egasining 
«depo» hisob raqamidan chiqaradi (debetlaydi) va ushbu qimmatli 
qog‘ozlarni ularning yangi egasining «depo» hisobraqamiga kirit-
adi (kreditlaydi). Mazkur operatsiya pul o‘tkazish operatsiyasiga 
o‘xshash. O‘tkazilayotgan qimmatli qog‘ozlarning sertifikatlari 
depozitariyning ularni saqlash joyida (seyfda) harakatsiz qoladi. 
Faqat depozitariy hisob registrlarining holati o‘zgaradi, chunonchi
saqlanayotgan qimmatli qog‘ozlar endi yangi egasining hisobiga 
o‘tadi. Kliring natijalariga ko‘ra depozitarivga savdolar ishtirok-
chilari hisobraqamlarini debetlash va kreditlash uchun ko‘rsatma-
larga ega bo‘lgan hisob-kitob hujjatlari kelib tushadi. Depozitariy 
tomonidan ushbu topshiriqlarning bajarilishi qimmatli qog‘ozlarni 
yetkazib berishga doir majburiyatlarning ijro etilishi hisoblanadi.

Download 4.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling