O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi


Download 4.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet58/95
Sana21.11.2023
Hajmi4.54 Kb.
#1792412
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   95
Bog'liq
Birja ishi SANPINga

Tayanch so‘zlar: bitim tadbiri, bitim bo‘yicha kontragentlar, bitimlar tuzish 
reglamenti, qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi shartnomasi, amalga oshirilayotgan bi-
tim bo‘yicha ko‘rsatkichlar, kliring, pul to‘lovi va qimmatli qog‘ozlarning muqobil 
o‘tkazilishi, dividend, broker-diler, komissioner, topshiriq shartnomasi, bitimlarni 
tuzish sanasi, bitimlarni ijro etish sanasi, «depo» hisobraqamlari bo‘yicha «o‘tkaz-
malarni» amalga oshirish, spot bitimi, forvard bitimi, fyuchers bitimi.
Nazorat savollari:
1. Qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi bo‘yicha bitimlarni amalga oshirishning 
asosiy bosqichlari nimalardan iborat?
2. Qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi shartnomasini tuzish tartibini tavsiflab
bering.
3. Amalga oshirilayotgan bitim bo‘yicha ko‘rsatkichlar qanday shaklda 
taqqoslanadi?
4. Kliringni amalga oshirish tartibini tavsiflab bering.
5. Pul to‘lovi va qimmatli qog‘ozlarning muqobil o‘tkazilishi qay tarzda 
amalga oshiriladi?


144
XV BOB
BIRJA SHARTNOMALARINI
BEKOR QILISH TARTIBI
15.1. Qimmatli qog‘ozlar bilan birja
bitimlarini ro‘yxatga olishdagi
alohida holatlar
Aksiyadorlik jamiyatining 35 foizdan ortiq aksiyalari sotib 
olinishini keltirib chiqaradigan qimmatli qog‘ozlar bilan bitimlar-
ni ro‘yxatga olish uchun xaridorning topshirig‘i bo‘yicha harakat 
qilayotgan birja a’zosining treyderi birja Makleriatiga qo‘shimcha 
ravishda monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan oldindan 
berilgan va birja a’zosi yoki xaridor tomonidan tasdiqlangan rozilik 
nusxasini taqdim etadi; quyidagi hollar bundan mustasno:
a) imtiyozli aksiyalarni sotib olish, agar ular xo‘jalik yurituvchi 
subyekt ustaviga ko‘ra ovoz berish huquqini bermasa;
b) xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan o‘z aksiyalarini so-
tib olish, agar qonunchilikda boshqacha tartib ko‘zda tulilmagan 
bo‘lsa;
d) agar tegishli bitimda ishtirok etayotgan shaxslar aktivlarining 
balans qiymati summasi eng kam ish haqining to‘rt ming baravari 
miqdoridan oshmagan holda investor tomonidan xo‘jalik yurituvchi 
subyektning 35 foizdan oitiq aksiyalarini sotib olish, tovar bozorida 
yetakchi o‘rinni egallagan va xo‘jalik yurituvchi subyektlar reyes-
triga kiritilgan xo‘jalik yurituvchi subyekt bitim ishtirokchilaridan 
biri bo‘lgan holat yoki ko‘rsatilgan xo‘jalik yurituvchi sub yektning 
faoliyatini nazorat qiluvchi bir guruh shaxslar xaridor bo‘lgan hol-
lar bundan mustasno;
e) qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa holatlar.
145
Monopoliyaga qarshi davlat organining roziligi bilan 35 foizdan 
ortiq aksiyalarga ega bo‘lgan xaridorning xo‘jalik yurituvchi sub-
yektning aksiyalarini qo‘shimcha tarzda sotib olishi, sotib olish-
ning alohida holati sifatida qaraladi va monopoliyaga qarshi davlat 
organining oldindan roziligi bilan amalga oshiriladi.
Monopoliyaga qarshi davlat organining oldindan roziligini 
taqdim etish talab qilinmaydigan holatlarda, xaridorning treyderi 
Makleriatga monopoliyaga qarshi davlat organining roziligisiz 
bitimni amalga oshirishning qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlarni 
taqdim etadi.
Birja a’zosi – xaridor tomonidan ustav jamg‘armasining 
35 foizdan oshuvchi aksiyalar paketi ulushining shakllanishiga olib 
keladigan bitimni amalga oshirishga monopoliyaga qarshi davlat 
organining roziligi to‘g‘risidagi hujjati taqdim etilmagan taqdirda:
– bosh makler bitimni ro‘yxatga olishni rad etadi va birja bosh-
qaruviga birja savdosi qoidalarining buzilganligi to‘g‘risida yozma 
ma’lumot taqdim etadi;
– birja boshqaruvi qonunchilik bilan belgilangan muddatlarda 
qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli dav-
lat organi va monopoliyaga qarshi davlat organini xabardor qiladi.
Bank aksiyalarining 20 % dan ortig‘ini sotib olishni ko‘zda 
tutuv chi qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha bitimlarni ro‘yxatga olish 
uchun xaridorning topshirig‘i bo‘yicha harakat qilayotgan birja 
a’zosining treyderi Makleriatga qo‘shimcha ravishda Markaziy 
bank tomonidan shunday xaridga berilgan hamda birja a’zosi yoki 
xaridor tomonidan tasdiqlangan oldindan rozilik hujjatining nus-
xasini taqdim etadi.
Markaziy bankning oldindan rozilik hujjati nusxasi taqdim etil-
maganda:
– bosh makler bitimni ro‘yxatga olishni rad etadi va birja bosh-
qaruviga birja savdosi qoidalarining buzilganligi to‘g‘risidagi yoz-
ma ma’lumotni taqdim etadi;
– birja boshqaruvi qonunchilik bilan belgilangan muddatlarda 
qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli dav-


146
lat organi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankini xabardor 
qiladi.
Ochiq aksiyadorlik jamiyatining 15 va undan ortiq foiz aksi-
yalarini sotib olishni ko‘zda tutuvchi qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha 
bitimlarni ro‘yxatga olish uchun, xaridorning topshirig‘i bo‘yicha 
harakat qilayotgan birja a’zosining treyderi birja Makleriati-
ga qo‘shimcha ravishda shunday xaridni amalga oshirish niyati 
to‘g‘risidagi birja a’zosi yoki xaridor tomonidan tasdiqlangan ol-
dindan nashr qilingan e’lon nusxasini taqdim etadi.
Birja a’zosi – xaridor tomonidan nashr qilingan e’lon nusxasi 
taqdim etilmaganda yoki nashr qilingan e’lon nusxasi qonunchilik-
da belgilangan muddatlarni buzgan holda taqdim etilganda:
– bosh makler bitimni ro‘yxatga olishni rad etadi va birja bosh-
qaruviga birja savdosi qoidalarining buzilganligi to‘g‘risidagi yoz-
ma ma’lumotni taqdim etadi;
– birja boshqaruvi qonunchilik bilan belgilangan muddatlarda 
qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli dav-
lat organini xabardor qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi norezidenti yoki aksiyalarining 
(ishtirokchilar qo‘yilmalarining) 50 foizdan ortig‘i O‘zbekiston 
Respublikasi norezidcntlarining egaligida, foydalanishida va (yoki) 
tasarrufida bo‘lgan yuridik shaxs – O‘zbekiston Respublikasining 
rezidenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan 
bank aksiyalarini xarid qilishni ko‘zda tutuvchi qimmatli qog‘ozlar 
bo‘yicha bitimlarni ro‘yxatga olish uchun xaridorning topshirig‘i 
bo‘yicha harakat qilayotgan birja a’zosining treyderi birja Mak-
leriatiga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining shunday 
xaridni amalga oshirishga bergan hamda birja a’zosi yoki xaridor 
tomonidan tasdiqlangan oldindan rozilik ruxsatnomasining nusxa-
sini taqdim etadi.
Bank aksiyalari xaridori mablag‘larining boshqaruvchisi (ishon-
chli vakili) bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi rezidenti tomonidan 
O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan bank aksiyalarini so-
tib olishni ko‘zda tutuvchi qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha bitimlar-
147
ni ro‘yxatga olish uchun, xaridorning topshirig‘i bo‘yicha harakat 
qilayotgan birja a’zosining treyderi birja Makleriatiga O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy bankining shunday xaridni amalga oshirish-
ga bergan hamda birja a’zosi yoki xaridor tomonidan tasdiqlangan 
oldindan rozilik ruxsatnomasining nusxasini taqdim etadi.
Markaziy bankning oldindan rozilik ruxsatnomasining nusxasi 
taqdim etilmaganda:
– bosh makler bitimni ro‘yxatga olishni rad etadi va birja bosh-
qaruviga birja savdosi qoidalarining buzilganligi to‘g‘risidagi yoz-
ma ma’lumotni taqdim etadi;
– birja boshqaruvi qonunchilik bilan belgilangan muddatlarda 
qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli dav-
lat organi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankini xabardor 
qiladi.
Agar bitim ro‘yxatdan o‘tayotgan vaqtda bank aksiyalarining 
xaridori offshor hududda ro‘yxatga olingan yuridik shaxs ekanligi 
aniqlansa:
– bosh makler bitimni ro‘yxatga olishni rad etadi va birja bosh-
qaruviga birja savdosi qoidalarining buzilganligi to‘g‘risidagi yoz-
ma ma’lumotni taqdim etadi;
– birja boshqaruvi qonunchilik bilan belgilangan muddatlarda 
qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli dav-
lat organi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankini xabardor 
qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi rezidenti hisoblangan yuridik shaxs-
ning xaridor sifatida O‘zbekiston Respublikasi rezidenti hisoblan-
gan bank aksiyalarining oldi-sotdisi bo‘yicha bitimlarini ro‘yxatga 
olish vaqtida, bosh makler birja a’zosidan xaridorning ustav kapi-
talida (jamg‘armasida) O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari-
ning egaligida, foydalanishida va (yoki) tasarrufida bo‘lgan ulushi 
bor yoki yo‘qligi haqidagi tasdiqlovchi ma’lumotlarni talab etishga 
haqli.


148

Download 4.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling