O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi


Ikki tomonlama o‘zaro hisobga olish


Download 4.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet54/95
Sana21.11.2023
Hajmi4.54 Kb.
#1792412
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   95
Bog'liq
Birja ishi SANPINga

Ikki tomonlama o‘zaro hisobga olish. U kamdan kam hollarda
asosan, birjadan tashqari bozorda bir-biriga ishonadigan tomonlar
o‘rtasidagi munosabatlarda, shuningdek, ishtirokchilarining soni 
va aylanma mablag‘lari kam bo‘lgan uncha katta bo‘lmagan fond 
birjalarida (rivojlanayotgan mamlakatlar birjalarida) qo‘llaniladi. 
Bunda muayyan vaqt davridagi barcha bitimlar hisob-kitobga kiri-
tilganidan so‘ng bir kontragentning boshqasiga sof qoldig‘i belgi-
langunga qadar (bitim kontragentlarining har bir jufti bo‘yicha) bir 
kontragentning talablari boshqa kontragent talablaridan juft-juft 
qilib chiqariladi. Bunday hisoblab chiqish pul mablag‘lari bo‘yicha 
ham, qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha yoki qimmatli qog‘ozlarning har 
bir turi bo‘yicha ham amalga oshirilishi mumkin. Bunda pulli o‘za-
ro hisobga olish usuli qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha o‘zaro hisobga 
olish usuli bilan mos kelmasligi mumkin. Bitimning mazkur tad-
biri yakunida tomonlardan har biri o‘z majburiyatlarini bajarishga 
va o‘z talablarini qondirishga majbur. Agar o‘zaro hisobga olish 
qo‘llanilsa, u holda ko‘plab qarshi talablarning qondirilishi yagona 
to‘lov (yoki yetkazib berish) bilan bir vaqtda yuz beradi. Bu shuni 
anglatadiki, belgalangan vaqt davri mobaynida tuzilgan bitimlar-
ning har qanday miqdori tomonlar o‘rtasida bir vaqtda bajariladi.
Ko‘p tomonlama o‘zaro hisobga olish ikki xilga bo‘linadi: 
kliring tashkilotining hisob-kitoblarda tomon sifatidagi ishtirokisiz 
va ana shunday ishtiroki bilan. Ushbu ikkala xilning istalgan tu-
rida hisoblab chiqish (ikkinchi kliring tadbiri) kliringning har bir 
ishtirokchilari bo‘yicha uning belgilangan davrdagi hisob-kitob-
ga kiritilgan barcha bitimlarga doir sof talablari yoki sof majburi-
yatlarini hisoblashdan boshlanadi. Mazkur ishtirokchining barcha 
talablaridan uning barcha majburiyatlari chiqariladi va shu tariqa 
sof qoldiq aniqlanadi, u «mavqe» deb nomlanadi. Agar qoldiq nol-
ga teng bo‘lsa, mavqe «yopiq», bordi-yu qoldiq noldan farq qilsa, 
mavqe «ochiq» bo‘ladi. Musbat qoldiqqa ega bo‘lingan hollar-
da, ya’ni ishtirokchi talablarining hajmi uning majburiyatlaridan 
yuqori bo‘lsa, unda «uzun mavqe» ochilgan hisoblanadi. Agar 
qoldiq manfiy bo‘lsa, ya’ni kliring ishtirokchisining majburiyat-
lari talablaridan yuqori bo‘lsa, u holda unda «qisqa mavqe» ochi-


136
ladi. O‘zaro hisobga olish yakunlariga ko‘ra kliring ishtirokchi-
lari o‘rtasida qimmatli qog‘ozlarning har bir turi bo‘yicha va pul 
mablag‘lari bo‘yicha alohida qisqa mavqega ega bo‘lganlar hamda 
uzun mavqega ega bo‘lganlar (netto-kreditorlar) aniqlanadi. Ular-
ning o‘zaro hisobga olinishi yo‘li bilan belgilangan qarshi talablar 
qoldig‘i kliring yakuniga ko‘ra pul mablag‘larining yoki qimmat-
li qog‘ozlarning qanday summasini har bir ishtirokchi bitimning 
yakuniy bosqichida berishi yoki olishi lozimligini aytib turibdi. 
So‘nggi to‘lov yoki tushum «mavqeni tugatish» yoki «mavqega 
barham berish» deb nomlanadi.
Iqtisodiy adabiyotda kliring bosqichida bitim ishtirokchilari-
ning sof mavqelarini hisoblab chiqish bilan ko‘p tomonlama o‘zaro 
hisobga olish mexanizmining qo‘llanishi «netting» (ingl. netting) 
deb nomlanadi. Ko‘p tomonlama o‘zaro hisobga olishning ikki xili 
bir-biridan kliring bosqichida hisoblangan mavqega barham berish 
qay tariqa ko‘zda tutilishi bilan farq qiladi.
Ko‘p tomonlama o‘zaro hisobga olishning bir usulida kliring-
ning barcha ishtirokchilari mavqelari hisoblab chiqilganidan so‘ng 
qarzdorlardan kreditorlarga to‘lovlar (qimmatli qog‘ozlarni yetkazib 
berish) sonini eng kam holatiga keltirish uchun «kreditor–qarzdor» 
juftligi aniqlanadi. Mavqelarga barham berish bo‘yicha so‘nggi hi-
sob-kitoblarda tomonlar sifatida bitimlar ishtirokchilari bo‘lgan 
shaxs lar qatnashadi. Ushbu kombinatsiyada «kreditor–qarzdor» juft-
ligi kliringning bir davrasidan boshqasiga o‘zgarishi mumkin. Mazkur 
usul ishtirokchilar doirasi katta bo‘lmagan, barqaror, ishtirokchilar 
taxminan teng moliyaviy ahvolga hamda to‘lovga qodirlik darajasiga 
ega bo‘lgan birja va birjadan tashqari tizimlarda juda qulay.
Boshqa usulda savdolar ishtirokchilarining mavqelarga barham 
berish bo‘yicha tomonlar sifatida kliring tashkiloti ishtirok etadi. 
Har bir ishtirokchining mavqeyiga barham berish kliring tashki-
lotiga qarshi amalga oshiriladi. Kliring tashkiloti barcha qarzdor-
lar uchun yagona kreditor bo‘lib, shuningdek, barcha kreditorlar-
ga nisbatan yagona qarzdor sifatida qatnashadi. Shu tariqa barcha 
qarzdorlar mavqelariga barham berish kliring tashkiloti foydasiga 
to‘lov o‘tkazish (yetkazib berish) yo‘li bilan amalga oshiriladi
137
barcha kreditorlar mavqelariga barham berish esa, ushbu kliring 
tashkilotidan pul mablag‘lari (qimmatli qog‘ozlar)ni olish yo‘li 
bilan amalga oshiriladi. Savdolar ishtirokchilarining mavqelariga 
barham berish kliring tashkilotiga qarshi, o‘z-o‘ziga qarshi emas, 
ya’ni bitim tuzish bosqichi bilan qiyoslaganda tomonlarning to‘liq 
almashuvi iqtisodiy adabiyotda «noveyshn» (ingl. novation) deb 
nomlanadi. «Noveyshn» usuli ancha qulay hisoblanadi, chunki har 
bir ishtirokchida bitimlarni bajarish bosqichida faqat bitta kontra-
gent – kliring tashkiloti qoladi. Uning foydasiga qarzdorlik summa-
sini o‘tkazish yoki undan o‘ziga to‘lanishi lozim bo‘lgan pul mab-
lag‘lari summasini yoxud qimmatli qog‘ozlarni olishi kerak bo‘ladi. 
Aynan mazkur usul ko‘pchilik kliring tizimlarida qo‘llaniladi. Bu 
uning nisbatan oddiy, qulay va ishtirokchilar soniga bog‘liq emasli-
gi, shuningdek, yuzaga kelgan xatarni nazorat qilishning ishonchli 
tizimlarini barpo etish imkoniyati bilan izohlanadi.
Kliringning uchinchi tadbiri pul – hisob-kitob tizimiga va qim-
matli qog‘ozlarning yetkazib berilishini ta’minlovchi tizimga ijro 
etilish uchun jo‘natiladigan hisob-kitob hujjatlarining rasmiylashti-
rilishidan iborat. Hisob-kitob hujjatlarini to‘ldirishning shakli va 
tartibi ushbu tizimlar tomonidan belgilanadi. Rasmiylashtiriladigan 
hisob-kitob huljatlarining soni, ularda ko‘rsatilgan summalar, qim-
matli qog‘ozlarning miqdori hamda to‘lovlar va yetkazib berishni 
amalga oshirish uchun tomonlarning belgilanishi bundan avvalgi 
bosqichda qo‘llanilgan o‘zaro hisobga olishning usullariga bog‘liq. 
Mazkur hisob-kitob hujjatlarini bajarish bitimning tugallanganligi-
ni (ijro etilganligini) bildiradi.

Download 4.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling