O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi


Download 4.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet52/95
Sana21.11.2023
Hajmi4.54 Kb.
#1792412
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   95
Bog'liq
Birja ishi SANPINga

14.2. Birjada amalga oshiriladigan
bitim bo‘yicha ko‘rsatkichlarni
taqqoslash
Oldi-sotdi bitimi ikkinchi bosqichining vazifalari ishtirokchilar-
ga tuzilgan bitimning mazmun-mohiyatini tushunishdagi barcha ta-
sodifiy ixtiloflarni tartibga solish imkoniyatini berishdan iborat. Bu, 
ayniqsa, bitimlar og‘zaki yoki yozma xatlar almashuvi yo‘li bilan 
tuziladigan bozorlar uchun juda muhimdir. Aynan shu tizimlarda 
bitimdagi ayrim farqlarni turlicha tushunish va texnik xatolarga yo‘l 
qo‘yish ehtimoli bor. Bitimning birinchi bosqichi tugallanishida 
tuzilgan hujjatlar bitimning ikkinchi bosqichida foydalanish uchun 
maxsus ma’lumotnoma hujjatlarini rasmiylashtirishga xizmat qiladi.
Bitim tuzilganidan keyin tomonlar ushbu qo‘shimcha taqqoslash 
yozma hujjatlari bilan almashishlari kerak. Qator birja tizimlarida 
bunday hujjatlar bilan almashish bevosita tomonlar o‘rtasida amal-
ga oshirilmasdan, balki taqqoslash uchun maxsus mo‘ljallangan 
tizim orqali tashkil etiladi. Bunday tizim vazifasini fond birjasining 
ma’lum bir tarkibiy tuzilmasi yoki birja bilan jips o‘zaro harakat 
qiluvchi hisob-kitob – kliring tashkiloti bajarishi mumkin.
Mazkur bosqichda kontragentlar o‘zlarining (birinchi bosqich 
yakunlariga ko‘ra rasmiylashtirilgan) ichki hisob hujjatlarini kontr-
agentdan olingan hujjatlar bilan solishtiradi. Agar bunda tafovutlar 


132
aniqlanmasa, taqqoslash ishlari amalga oshirilgan (tugallangan) hi-
soblanadi.
Xalqaro andozalar va me’yorlar birja va birjadan tashqari 
tizimlarning ishini taqqoslash «T+1» davridan kechiktirilmasdan 
tugallanadigan tarzda tashkil etilishini nazarda tutadi. Bu vaqt 
kontr agentlarga tomonlar ehtimoliy tafovutlarni aniqlay olishlari, 
ularni o‘z vaqtida tuzatishlari, bitimni bekor qilish yoki uning ijro 
etilishini sud, hakamlar sudi (manfaatdor bo‘lmagan uchinchi to-
mon) yoxud shunday vazifani bajaruvchi organ tomonidan ko‘rib 
chiqilgunga qadar kechiktirish uchun beriladi. Agarda taqqoslash 
amalga oshirilmasa, tomonlar uning mohiyatini noto‘g‘ri tushungan 
holda bitim bo‘yicha majburiyatlarni bajarish bosqichiga o‘tgandan 
keyin kutilmagan to‘siqlarga duch kelishlari mumkin. Ayrim savdo 
tizimlari taqqoslashga maxsus ajratilgan tadbir sifatida qarashmay-
di. Bunda bitim ko‘rsatkichlarini bevosita shartnoma tuzish vaqti-
da belgilagan tomonlar taqqoslash bosqichini o‘tkazib yuborishga 
rozi deb hisoblanadi. Biroq bunday variantga faqat kontragentlar 
bitimni tuzayotib, bir-birlarini to‘liq tushunganligiga ishonch hosil 
qilgan hollardagina yo‘l qo‘yiladi. Bunday ishonch, odatda, ikki 
holatda mavjud bo‘lishi mumkin: a) umumiy yagona shartnomani 
imzolash bilan yozma shaklda bitim tuzish vaqtida; b) zamonaviy 
kompyuterli birja tizimlarida, u yerda bitimni terminaldan kiri-
tish bir vaqtning o‘zida taqqoslash uchun rozilik deb hisoblanadi. 
Mazkur holatda voqealarning keyingi normal kechishi uchun yo to-
monlardan birining qo‘pol xatosi, yoki kompyuterning ishlashidagi 
nosozlik xalaqit qilishi mumkin. Taqqoslash bosqichidan «sakrab 
o‘tuvchi» bunday bitimlar «qayd etilgan bitimlar» (ingl. locked-
in) deb nomlanadi. Ikkinchi bosqichning yakuniy hujjatlari, yana 
shu qo‘llaniladigan texnikaga qarab taqqoslashning tugallangan-
ligini tasdiqlovchi kontragentdan olinadigan yozma xatlar, teleks 
yoki faks bosmalari, maxsus taqqoslash tashkilotidan olinadigan 
kompyuter fayllari yoki yozma hujjatlar (taqqoslash varaqlari) 
bo‘lishi mumkin. Mazkur hujjatlar, odatda, bitim ishtirokchilariga 
beriladi. Ular bitimning keyingi bosqichlarini o‘tkazish uchun asos 
bo‘lib xizmat qiladi.
133

Download 4.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling