O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi
Download 4.54 Kb. Pdf ko'rish
|
Birja ishi SANPINga
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
- BIRJA FAOLIYATIDA SHARTNOMALAR TUZISH VA ULARNI RO‘YXATDAN O‘TKAZISH TARTIBI 14.1. Birja faoliyatida oldi-sotdi shartnomalari tuzish
Tayanch so‘zlar: «Toshkent» O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo
birjasi, tovar seksiyasi, rejali iqtisodiyot, fond bo‘limi, qimmatli qog‘ozlarning uyushgan bozori, fond boyliklari bilan birja savdolarini tashkil qilish, birjaning brokerlik o‘rinlari, birjaning ustav sarmoyasi, «Toshkent» birjasi Fond bo‘limi, brokerlik joyi, ekspert, malaka, kotirovka, nizolar bo‘yicha komissiyalar, qim- matli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini beruvchi max- sus litsenziya, makleriat, «Toshkent» Respublika fond birjasi ochiq aksiyadorlik jamiyati, taftish komissiyasi. Nazorat savollari: 1. «Toshkent» O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi qachon va qanday maqsadlarda tashkil etildi? 2. Mustaqillikning dastlabki yillarida tovar-xomashyo birjalarining paydo bo‘lishiga qanday iqtisodiy vaziyatlar sabab bo‘ldi? 3. «Toshkent» O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasining fond bo‘limi qanday vazifani bajargan? 4. O‘zbekistonda dastlab qimmatli qog‘ozlar bilan muntazam savdolarni o‘tkazish qachon va qayerda amalga oshirildi? 5. «Toshkent» Respublika fond birjasi qachon tashkil etildi? 6. «Toshkent» RFB qanday funksional bo‘linmalarni o‘z ichiga oladi? 127 XIV BOB BIRJA FAOLIYATIDA SHARTNOMALAR TUZISH VA ULARNI RO‘YXATDAN O‘TKAZISH TARTIBI 14.1. Birja faoliyatida oldi-sotdi shartnomalari tuzish Fond bozori rivojlanishining dastlabki bosqichlarida qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi tartibsiz xususiyatga ega bo‘ldi. Bu pulning qimmatli qog‘ozlar xaridoridan sotuvchiga va qimmatli qog‘ozlar yoki ularning sertifikatlarining xaridorga o‘tishi tadbirini regla- mentlovchi aniq qoidalarning yo‘qligi tufayli yuz berdi. Yaqin o‘tgan davrda qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish haqida shartno- ma imzolanganidan keyin bitim tadbirining qonun bilan belgilan- gan vaqt doiralari bo‘lmaganligi tufayli uning ijrosi uzoq oylarga cho‘zilib ketgan ko‘p holatlar yuzaga keldi. Bitim bo‘yicha kontra- gentlar o‘zaro bitimni ijro etish bo‘yicha harakatlarni kim birinchi bo‘lib boshlashi kerak – xaridor to‘lovni amalga oshiradimi yoki sotuvchi – qimmatli qog‘ozlarni o‘tkazadimi, ushbu masala yuzasi- dan uzoq vaqt tortishishlari mumkin edi. Qator hollarda bitimlar tuzish reglamentining tartibga keltiril- maganligi faqat bitta kontragent tomonidan o‘z majburiyatlarining bajarilishiga olib keldi. Bitimni amalga oshirish jarayonida uning ishtirokchilari (xaridor, sotuvchi, broker, birja, yordamchi vazifa- sini o‘tovchi turli boshqa muassasalar) tomonidan harakatlarning aniq va maqbul tadbirlarining mavjud emasligi, ko‘pincha, uning bajarilish muddatlarining uzayib ketishiga, qimmatli qog‘ozlar bi- lan turli nayranglar, tovlamachiliklarning sodir bo‘lishi ehtimolla- riga va kontragentlar tomonidan o‘zlarining majburiyatlarini jazo choralarsiz bajarmasligiga olib keldi. Bularning barchasi fond bo- 128 zorining rivojlanishiga sezilarli tarzda to‘sqinlik qildi, chunki qim- matli qog‘ozlarning imkoniyatli xaridorlari va sotuvchilari ba’zan bitimni amalga oshirish jarayonida kutilmagan to‘sqinliklarga duch kelishidan cho‘chishib, bitimni tuzishga jur’at etolmasdi. Qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishning jahon tajribasi bitimlarning maqbul holga keltirilishi va muvaffaqi- yatli tugallanishini ta’minlovchi bitimlarni bajarishning majburiy bosqichlarini ishlab chiqdi. Ularga quyidagilar kiradi: 1. Qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi shartnomasini tuzish. 2. Amalga oshirilayotgan bitim bo‘yicha ko‘rsatkichlarni taqqos- lash. 3. Kliring. 4. Pul to‘lovi va qimmatli qog‘ozlarning muqobil o‘tkazilishini amalga oshirish. Bu bitim tuzishning dastlabki bosqichi hisoblanadi. Shuni nazarda tutish kerakki, qimmatli qog‘ozlar bilan tuziladigan bitimlarning almashish, sovg‘a qilish, aksiyalarni ustav fondiga o‘tkazish, vasiyat qilish kabi boshqa kam tarqalgan turlari o‘z tex- nikasi va bosqichiga ko‘ra oldi-sotdi bitimidan kam farq qiladi. Qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi bo‘yicha shartnoma qimmatli qog‘ozlarni dividendlar ko‘rinishida yoki kurs qiymatining o‘sishi- dan daromadlar olish maqsadida ularga egalik qilish uchun ilgari xarid qilgan shaxslar o‘rtasida tuzilishi mumkin. Qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi bo‘yicha shartnoma professio- nallar, ya’ni broker-dilerlar o‘rtasida ham tuzilishi mumkin. Bun- da brokerlar yo vosita shartnomasi asosida komissionerlar sifatida, yoki topshiriq shartnomasi asosida ishonch bildirilgan shaxs sifa- tida qatnashishi mumkin. Vosita shartnomasining o‘ziga xos xu- susiyati shundaki, unda broker (komissioner) topshiriq bo‘yicha, mijoz (komitent) nomidan emas, o‘z hisobidan harakat qiladi. Komissioner broker bilan tuzilgan vosita shartnomasini bajarish- da oldi-sotdi bitimini o‘zining nomidan bajaradi. Fond bozoridagi aksariyat bitimlar bari bir brokerlarning vositachiligi bilan amalga oshiriladi, ular bunda komissionerlar sifatida qatnashadilar. 129 Shunday qilib, real sotuvchi va real xaridorlarga (ya’ni bitimda vositachi sifatida ishtirok etmayotgan shaxslarga), odatda, brokerlar xizmat ko‘rsatadi hamda qimmatli qog‘ozlar oddi-sotdisi bo‘yicha shartnomalar aynan shu brokerlar o‘rtasida tuziladi. Yana shuni ta’kidlash lozimki, diler-brokerlar qimmatli qog‘ozlarning «sof» xaridorlari va sotuvchilari o‘rtasida nafaqat vositachilik vazifasi- ni bajarishadi, balki ham qimmatli qog‘ozlarning «sof» xaridorlari va sotuvchilari bilan, ham o‘zaro munosabatlarda katta miqdordagi bitimlarni o‘zlarining shaxsiy hisobidan amalga oshirishadi. Qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari qim- matli qog‘ozlar bilan bitimlar tuzish tadbirlarining bir xillashti- rilishidan va andozalashtirilishidan boshqa ishtirokchilarga qara- ganda ko‘proq manfaatdordir. Chunki bu ularning har kunlik ishi, aynan ular boshqalarga qaraganda ko‘proq bunday tartibsizliklar oqibatida yuzaga keladigan muammolarga duch kelishadi. Fond birjasi qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishning aniq, doimiy va yagona tusdagi qoidalariga muvofiq ishlashni ta’minlovchi qimmatli qog‘ozlar bilan savdo qilishning eng ommabop hamda umumiy qabul qilingan tashkiliy shakli hi- soblanadi. Birja qimmatli qog‘ozlar bilan savdo qilishning muayyan tamoyillarini belgilab beradi, ya’ni savdolarda ishtirok etish uchun faqat professional ishtirokchilarga ruxsat etilishi, aniq savdo tadbir- larining mavjud bo‘lishi, bitimlar tuzilishining bir joyga jamla nishi, vaqt doiralarining chegaralanishi, qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari tomonidan ham, davlat tomonidan ham bitimlarning ijro etilishi ustidan nazorat qilinishi lozim. Zamonaviy bozor makonida birjadan tashqari qimmatli qog‘ozlar bilan savdo qilishning kamroq shakllangan va tashkiliy jihatdan kamroq rasmiylashtirilgan boshqa ko‘pgina tizimlari ham mav- jud. Butizimlar birjadan tashqari bozoiga kiradi. Birja va birjadan tashqari fond bozorlari ularga to‘liq mos keladigan shartnomalar tuzishning bir-birlaridan texnika bo‘yicha va ayrim boshqa belgi- lari bilan farq qiluvchi usullarini ishlab chiqdi. Mumtoz (klassik) an’analarga ega bo‘lgan fond birjalarida ishtirokchilar o‘rtasidagi bitimlar, odatda, og‘zaki shaklda yoki andoza qog‘oz yozuvlarini 130 yozib, bir-biriga taqdim etish orqali tuziladi. Savdolarning elektron texnologiyalaridan foydalanadigan fond birjalarida bitim tuzilgan- ligi haqida operatsiya zalining bosh protsessorida (kompyuterda) qayd etiladi. Birjadan tashqari bozorda bitimlar og‘zaki (telefon orqali, so‘zlashuvlarni magnit tasmasiga yozish bilan), teleks orqa- li, ixtisoslashtirilgan elektron tarmoqlar orqali tuziladi. Ta’kidlash joizki, bitimlar kam hollarda ikkala tomondan ikki tomonlama yoz- ma hujjatning imzolanishi yo‘li bilan tuziladi. Bitimning birinchi bosqichi natijasida har bir ishtirokchi tomoni- dan o‘zlarining bitimning tuzilganligini va uning asosiy ko‘rsat- kichlarini aks ettiruvchi ichki hisob hujjatlari tuziladi. Qo‘llanil- gan bitim tuzish texnologiyasiga qarab bular qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi bo‘yicha shartnomalarning imzolangan blanklari, ope- ratsiyalar daftarlaridagi yozuvlar, brokerlik va maklerlik yozuvlari, treyderlarning axborotlari, bajarilgan buyurtmalar blanklaridagi belgilar, bitimlar bo‘yicha kontragentlarning yozuvlari, teleks ham- da faks ma’lumotlarining bosmalari, hisobot kompyuter fayllari va ularning qog‘oz bosmalari bo‘lishi mumkin. Qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi bo‘yicha shartnomalarning tuzilishi murakkab kom- pleks operatsiyalarning butun seriyasi boshlanganini anglatadi. Bu operatsiyalar bitim o‘z nihoyasiga yetgunga qadar, ya’ni qimmatli qog‘ozlar xaridorning qo‘liga o‘tib, pul mablag‘lari esa, sotuvchin- ing ixtiyoriga mutlaqo kelib tushgan vaqtgacha amalga oshirilishi lozim. Qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi bo‘yicha shartnoma tuzil- gan kun iqtisodiy adabiyotda «T» harfi bilan belgilanadi (inglizcha trade – bitim). Bitimning qolgan bosqichlari birmuncha keyinroq bo‘lib o‘tadi. Ular nihoyasiga yetgan kun, odatda, birinchi bosqich kuni – «T» kuni bilan mos keladi. Misol uchun, agar bitimning bar- cha bosqichlari shartnoma tuzilganidan so‘ng uchinchi ish kunida to‘liq tugallangan bo‘lsa, u holda bitim «T + 3» kunida tugallandi deb hisoblash qabul qilingan. Bitimning umumiy muddati belgilanishi qimmatli qog‘ozlar bo- zori ishtirokchilari uchun muhim ahamiyatga ega, chunki boshqa shaxsga o‘tkazilayotgan qimmatli qog‘ozlarga egalik qilish huquqi ularning yangi egasiga oldi-sotdi bitimi tuziladigan paytda emas, 131 balki faqatgina uning bajarilishi vaqtida o‘tadi. Ungacha bitimning barcha bosqichlari mobaynida o‘tkazilayotgan qimmatli qog‘ozning egasi sotuvchi bo‘lib qoladi. Ushbu holat qimmatli qog‘oz bilan bitim tuzish va uni bajarish orasidagi davrda dividendlarni to‘lash- ga to‘g‘ri keladigan vaqtda alohida dolzarblik kasb etadi, masalan, mazkur qimmatli qog‘ozning o‘zi bilan uni navbatdagi begonalash- tirish (sotish, almashish, sovg‘a qilish va h.k.)ga doir keyingi ope- ratsiya amalga oshirila boshlaydi. Bunday holatda dividendlar olish huquqlari va qimmatli qog‘ozga egalik qilishdan kelib chiqadigan boshqa huquqlarga sotuvchi egalik qilishi davom etadi. Download 4.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling