O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi
Brokerlik joyini birja savdolari orqali sotib olish
Download 4.54 Kb. Pdf ko'rish
|
Birja ishi SANPINga
- Bu sahifa navigatsiya:
- Brokerlik joyini birja savdolarisiz xarid qilish.
Brokerlik joyini birja savdolari orqali sotib olish. Bunday ho-
latda brokerlik joyini sotib olishni istovchi shaxs birja savdolariga ruxsat etilgan broker bilan brokerlik joyini birja savdolarida sotib olish to‘g‘risida topshiriq shartnomasini tuzadi. Broker tomonidan brokerlik joyini xarid qilish to‘g‘risidagi topshiriq bajarilganidan so‘ng xaridor brokerga (kelishuvlarga ko‘ra) va fond birjasiga vo- sitachilik haqini to‘laydi. Brokerlik joylarini birja savdolari orqali sotish umumiy asoslarda «Toshkent» RFBda qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni bajarishning qoidalariga muvofiq amalga oshi riladi. Brokerlik joyini birja savdolari orqali sotishni xohlov- chi shaxs fond birjasiga joyni savdolarga qo‘yish haqidagi ariza- ni, unin g narxi to‘liq to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat (brokerlik joyiga sertifikat), mazkur joy zamirida garov majburiyatlarining yo‘qligi haqida kafolatnomani taqdim etishi, shuningdek, fond bir- jasini o‘zining oldidagi biror-bir bajarilmagan majburiyatlarning (ba- jarilgan bitimlar bo‘yicha vositachilik haqlari, jarimalar, penyalar va h.k.) yo‘qligini tasdiqlashi zarur. Ushbu vaziyatda brokedik joyining narxi sotuvchi tomonidan ixtiyoriy ravishda belgilanadi. Brokerlik joyining narxiga qo‘shimcha qiymat solig‘i ham qo‘shiladi. Brokerlik joyini birja savdolarisiz xarid qilish. Agar sotuv- chi va xaridor bir-birini mustaqil ravishda topsa, oldi-sotdi bitimini rasmiylashtirish uchun brokerlik joyining birja savdolariga qo‘yili- shi talab etilmaydi. Ular o‘rtasida birja tomonidan tasdiqlangan na- munaviy shakl bo‘yicha brokerlik joyining oldi-sotdi shartnomasi tuziladi. Ushbu shartnoma ro‘yxatga olish va brokerlik joyini qayta rasmiylashtirish uchun birjaga topshiriladi. Bunda birjaga shartno- 121 mani birjada ro‘yxatga olish vaqtida birjaning Boshqaruvi tomoni- dan belgilangan brokerlik joyi qiymatining o‘rnatilgan miqdorida ro‘yxatga olish yig‘imi to‘lanadi. Ro‘yxatga olish yig‘imi birjaga kelishuvlarga ko‘ra yo sotuvchi tomonidan, yo bo‘lmasa, xaridor tomonidan to‘lanadi. Ushbu holat shartnomada aks ettiriladi va bunda ro‘yxatga olish yig‘imining summasi brokerlik joyining qiy- matiga kiritilishi mumkin. Fond birjasining Boshqaruvi investitsiya muassasasi sifatida faoliyat ko‘rsatish uchun litsenziyaga ega bo‘lmagan yoki tarkibi- da qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha I va II toifali mutaxassisga ega bo‘lmagan shaxsga, shuningdek, avval fond birjasi a’zolarining sa- fidan chiqarilgan shaxslarga, agar chiqarilgandan buyon bir yildan ortiq vaqt o‘tmagan bo‘lsa, brokerlik joyini sotib olishga ruxsat bermasligi mumkin. Brokerlik joyining bir shaxsdan ikkinchisiga oldi-sotdi bilan bog‘liq bo‘lmagan (o‘tkazish, almashish, sovg‘a qilish, meros qoldi- rish) asoslarda o‘tkazilishida uning yangi egasi joyni o‘z nomiga qayta rasmiylashtirishi shart. Brokerlik joyini qayta rasmiylashti- rishda uning yangi egasi birjaga ariza, avvalgi egasining broker- lik joyiga egalik qilish huquqlarini o‘tkazish asoslarini (oldi-sotdi, almashish, sovg‘a qilish, ustav fondiga o‘tkazish shartnomasining nusxasini), birjaga ro‘yxatga olish yig‘imini o‘tkazganlik to‘g‘risi- da to‘lov topshiriqnomasining nusxasini taqdim etishi lozim. Bro- kerlik joyining narxini to‘liq to‘lagan xaridor birjaga a’zo bo‘ladi. Brokerlik joyining avvalgi egasi birja a’zosi huquqlarini yo‘qotadi. Brokerlik joyining egasi fond birjasiga ushbu joyni o‘zi sotib olishi haqidagi iltimos bilan murojaat etish huquqiga ega. Birja mazkur joyni kelishilgan narxda sotib olgan holda uning iltimo- sini qondirishi, yo bo‘lmasa, sababini izohlamagan holda iltimosini qondirmasligi ham mumkin. Download 4.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling