O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi
Download 4.54 Kb. Pdf ko'rish
|
Birja ishi SANPINga
«TOSHKENT» RESPUBLIKA FOND
BIRJASINING (RFB) FAOLIYATI 13.1. «Toshkent» RFB bo‘limlari va ularning vazifalari «Toshkent» Respublika fond birjasi ochiq aksiyadorlik jami- yati shaklida tashkil etilganligi tufayli uni boshqarish otganlari- ning tarkibi o‘ziga xos xususiyatga ega. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi boshqaruvning oliy organi hisoblanadi, bu faqat inves- titsiya muassasalari bo‘lishi mumkin. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishlari oralig‘idagi davrda birjani boshqarish bilan Kuzatuv kengashi shug‘ullanadi. Kengashning a’zolari Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan saylanadi. Birjaning joriy faoliyati- ni boshqarishni birja a’zolaridan tarkib topgan Boshqaruv amalga oshiradi, unga rais boshchilik qiladi. Boshqaruv faoliyatini tekshi- ruvchi organ Taftish komissiyasi bo‘lib, uning xulosalarisiz aksi- yadorlarning umumiy yig‘ilishi Boshqaruvning yillik hisobotini tasdiqlash huquqiga ega emas. «Toshkent» RFBning barcha funksional bo‘linmalarini ikki gu- ruhga bo‘lish mumkin: Birinchi guruh – bu oddiy korxonalarga xos bo‘linmalardir. Bunga quyidagilar kiradi: ishlar boshqarmasi, birjaga to‘lanishi lozim bo‘lgan yig‘imlar va to‘lovlarning o‘z yilida kelib tushishi- ni nazorat qiluvchi hisob-kitob to‘lovining moliya boshqarmasi, huquqiy boshqarma, nashriyot xizmati, ommaviy axborot vosita- lari bilan ishlash xizmati va tashqi aloqalar xizmati bilan axborot boshqarmasi. Mazkur bo‘linmalarning vazifalari barchaga ma’lum, ya’ni istalgan boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning vazifalari bilan bir xil. 116 Ikkinchi guruh – bu muayyan birja xususiyatlariga ega bo‘lgan faqat fond birjalariga xos bo‘lgan bo‘linmalar. Ularga quyidagilar kiradi: – savdolarni tayyorlash va o‘tkazish boshqarmasi – u savdolar- ni tashkil etishga doir amalga oshiriladigan butun chora-tadbirlar majmuasiga brokerlarni tenglashtirishdan tortib to ular tomonidan bitimlar tuzish va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha ope- ratsiyalarning to‘liq tugallanishigacha javob beradi. Unga quyidagi- lar kiradi: savdolarni tayyorlash va o‘tkazish xizmati, u savdolarni tayyorlash, tashkil etish va o‘tkazish ishlarining to‘liq jarayonini, ya’ni brokerlardan qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisiga doir talab- nomalarni qabul qilishdan tortib to maxsus dasturiy-texnik savdo majmuasi yordamida o‘tkaziladigan savdolarga xizmat ko‘rsatish ishlarini amalga oshiradi; – bitimlarni ro‘yxatga olish va rasmiylashtirish xizmati – u birjada tuzilgan bitimlarni ro‘yxatga olish, savdo tadbirlarining yakunlovchi bosqichida ularning rasmiylashtirish ishlarini amalga oshiradi; – XIFlar dasturiga xizmat ko‘rsatish, u maxsus kompyuter das- turidan foydalangan holda xususiylashtirilayotgan korxonalar aksi- yalarini XIFlarga sotish bo‘yicha elektron kimoshdi savdolarining o‘tkazilishini tashkil etishning o‘ziga xos vazifalarini amalga oshi- radi; – aksiyadorlar, birja a’zolari bilan o‘zaro hamkorlik qilish va sho‘ba xo‘jalik jamiyatlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqar- masi, u aksiyadorlar bilan ishlash, birjaga a’zolikni rasmiylashti- rish, brokerlik idoralarini akkreditatsiyalash, ularning pasportlarini yuritish, tashkiliy talablarga rioya etishini nazorat qilish (brokerlar- da shahodatnomalarning mavjudligi, a’zolik badallarining o‘z yili- da to‘lanishi, yil davomida brokerlik joyidan foydalanish), broker- lik joylarining ijara shartnomalarini, birja a’zolarining tarkibidan chiqishni rasmiylashtirish vazifalarini amalga oshiradi, shuning- dek, birjaning mintaqaviy sho‘ba korxonalari faoliyatini nazorat qiladi; 117 – texnikaviy ta’minot boshqarmasi birja tizimlari xizmati, org- texnikadan foydalanish va unga xizmat ko‘rsatish hamda aloqa xiz- matidan tarkib topgan. Birja tizimlari xizmati qimmatli qog‘ozlar bilan savdo qilish- ning amaldagi tizimi tegishlicha ishlashini ta’minlaydi, uning faoliyat ko‘rsatishini nazorat qiladi, takomillashuvi ustida ish olib boradi. Birja savdo tizimlarining rivojlanishini birjaning faoliyat ko‘rsatishining boshlang‘ich bosqichidan (u yilda savdolar bitta binoda «ovoz orqali» o‘tkazildi (1994–1995)), oraliq bosqichi- dan (unda savdolar «ovoz orqali», lekin selektor aloqasi orqali birjaning viloyatlardagi mintaqaviy bo‘linmalarini qo‘shish bilan (1995–1996)) boshlab to hozirgi bosqichgacha (unda savdolarning elektron tizimi mavjud bo‘lib, uning faoliyat ko‘rsatishi zamonaviy asbob-uskuna va aloqa vositalari, shu jumladan, yoidosh aloqasi bilan jihozlangan yagona savdo majmuasini ta’minlaydi) kuzatish mumkin. Orgtexnikadan foydalanish va unga xizmat ko‘rsatish xizmati murakkab birja savdo tizimi hamda fond birjasining turli bo‘linma- larida mavjud bo‘lgan kompyuter parkini ta’minlaydi. Aloqa xizmati ishining o‘ziga xosligi shundaki, aniq yil tizim- ida birja savdolarini o‘tkazishda birjaning markaziy savdo zali va respublika mintaqalarida joylashgan savdo maydonchalari o‘rtasi- da barqaror aloqa ta’minlanishi zarur. Yana shuni ta’kidlash joiz- ki, savdo zalidagi avtomatlashtirilgan brokerlik joylari telefonlar bilan jihozlangan, ular orqali brokerlar savdolarning butun jara- yoni davomida mijozlar bilan turli mavqelar bo‘yicha shartlarni aniqlashi mumkin. Ekspert-kotirovka xizmati, tahliliy xizmat va metodologiya xizmatini o‘z ichiga olgan ekspert-tahliliy boshqarma tegishli ra- vishda qimmatli qog‘ozlar narxining birja kotirovkasi, qimmatli qog‘ozlari birja savdolarida kotirovka qilinayotgan yoki kotirov- kaga taqdim qilingan emitentlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tahlil qiladi; o‘tgan savdolar haqida turli xil hisobotlar va ma’lumot- larni tayyorlash (birja aylanmalarini viloyatlar, tarmoqlar, uyush- 118 malar, konsemlar, birlamchi hamda ikkilamchi bozorlar va shu kabilar bo‘yicha guruhlash) bilan bog‘liq ishlar majmuasini amalga oshiradi; yaqin va uzoq xorij fond birjalarining ish tajribalarini ham qonuniy, ham texnikaviy nuqtayi nazardan, shuningdek, uni mahal- liy sharoitlarda qo‘llash imkoniyatlarini tadqiq qiladi. Fond birjasining tarkibiy tuzilmalari qatorida komissiyalar alo- hida o‘rin tutadi. Ular, odatda, fond birjasining xodimlari – yuqori malakali, tajribali mutaxassislaridan tarkib topadi. Ekspert-kotirovka komissiyasi qimmatli qog‘ozlarning birja savdolarida kotirovka qilinishiga ruxsat etilishi imkoniyatlarini aniqlaydi, listing, delisting, relisting va shu kabi tadbirlarni amalga oshiradi. Malaka komissiyasi tegishli imtihonlarni o‘tkazish yo‘li bilan brokerlarga birja savdolarida qatnashish uchun ruxsat berish im- koniyatlarini aniqlaydi. Nizolar bo‘yicha komissiya savdolarni o‘tkazish, bitimlarni ijro etish jarayonida brokerlar o‘rtasida, brokerlar va ularning mijozlari o‘rtasida, mijozlar va birjaning mutaxassislari o‘rtasida yuzaga ke- ladigan bahsli vaziyatlarni hal etish bilan shug‘ullanadi. Intizomiy komissiya birja savdosi qoidalari, ustav va birjaning boshqa asosiy hujjatlari buzg‘unchilarining aybdorlik darajasini aniqlaydi hamda tegishli jazolarni tayinlaydi, jazolarning ijro eti- lishini nazorat qiladi. «Toshkent» Respublika fond birjasi respublikaning har bir vilo- yatida o‘zining sho‘ba bo‘linmasiga ega. Broker – kontragentlar haqida turli xil axborotlarni olish, birja faoliyatining ayrim jihatlari bo‘yicha maslahatlar olish imkoniyat- lari, zarur hujjatlardan nusxalar ko‘chirish, shartnomalarni to‘ldi- rish va rasmiylashtirish bo‘yicha birja xizmatlaridan foydalanish. «Toshkent» RFBdagi brokerlik joyi noma’lum muddatga so- tib olinadi, ya’ni brokerlik joyini sotib olib (bir karralik badalni to‘la gan holda) uning egasi birja tomonidan unga qo‘yiladigan ta- lablarga rioya qilgan holda birja xizmatlaridan chegaralanmagan muddatda foydalanishi mumkin. Brokerlik joyiga egalik qilishning butun yili davomida birja a’zolari unchalik katta bo‘lmagan sum- 119 madagi muntazam a’zolik badallari to‘lashadi. A’zolikning bunday tizimi brokerlar uchun juda tejamli sanaladi. Boshqa mamlakatlar- da birjadagi a’zolikni saqlab turish uchun har ovda yoki har yili ramziy emas, balki juda katta miqdordagi badal to‘lanadi. Download 4.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling