O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi


 Broker va diler (market-meyker)larning


Download 4.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet46/95
Sana21.11.2023
Hajmi4.54 Kb.
#1792412
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   95
Bog'liq
Birja ishi SANPINga

13.2. Broker va diler (market-meyker)larning
faoliyati. Birjadagi brokerlik joyi
Savdo jarayonida muhim hisoblangan birjadagi brokerlik joyi 
deganda, fond birjasi o‘zining to‘la huquqli a’zosiga yaratib be-
rishi mumkin bo‘lgan imkoniyatlar yig‘indisi tushuniladi. Shular-
dan eng asosiysi – birja maydonchasida qimmatli qog‘ozlarni o‘z 
nomidan va o‘z hisobidan yoki mijozlar hisobidan hamda ularning 
topshirig‘iga ko‘ra xarid qilish yoxud sotish imkoniyatidir.
So‘zsiz, bundan tashqari, brokerlik joylarining egalari qim-
matli qog‘ozlar bozorining qolgan ishtirokchilaridan farqli ra-
vishda, boshqa ko‘pgina imkoniyatlarga ega bo‘lishadi. Qimmat-
li qog‘ozlar, ularning emitentlari, narxlari, broker-kontragentlar 
haqida turli xil axborotlarni olish, birja faoliyatining ayrim jihat-
lari bo‘yicha maslahatlar (masalan, bahslarni hal etishda Nizolar 
bo‘yicha komissiya mutaxassislarining maslahatlarini) olish im-
koniyatlari, zarur hujjatlardan nusxalar ko‘chirish, shartnomalarni 
to‘ldirish va rasmiylashtirish bo‘yicha birja xizmatlaridan foydala-
nish shular jumlasidandir.
Brokerlik joyi sotib olinishi, begonalashtirilishi (sotilishi, sovg‘a 
qilinishi, meros qilinishi, ustav fondga o‘tkazilishi va h.k.), ijaraga 
berilishi mumkin. U bo‘linmaydi. Uning egasi brokerlik joyining 
bir qismini berishi yoki sotishi mumkin emas. Bir shaxs faqat bitta 
brokerlik joyiga egalik qilishi mumkin. Brokerlik jovlari uchta usul 
bilan sotib olinadi: bevosita fond birjasidan, birja savdolari orqali, 
birja savdolarisiz.
Brokerlik joyini bevosita fond birjasidan sotib olish. Mazkur 
usul xaridor tomonidan brokerlik joyini sotib olish istagi to‘g‘risi-
dagi arizaning berilishini nazarda tutadi. Birja ushbu arizani 


120
10 kunlik muddatda ko‘rib chiqadi. Boshqaruv ijobiy qaror qabul 
qilgan hollarda birja va xaridor o‘rtasida shartnoma tuziladi. Shart-
nomada tomonlarning huquq va majburiyatlari, bitimning ayrim 
boshqa shartlari kelishib olinadi. Brokerlik joyi uni xarid qi lish 
vaqtida Boshqaruv tomonidan belgilangan narxda sotib olinadi. 
«Toshkent» birjasining fond bo‘limi va «Toshkent» RFBning vu-
judga kelishi davrida aksariyat hollarda brokerlik joylari bevosita 
birjadan sotib olindi.

Download 4.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling