O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi
Download 4.54 Kb. Pdf ko'rish
|
Birja ishi SANPINga
Brokerlik joyini ijaraga berish. Brokerlik joyi bir yildan ortiq
muddatga uzaytirish bilan ijaraga berilishi mumkin. Bunda ijara- chi (ijaraga oluvchi) birjaning vaqtinchalik a’zosi maqomiga ega bo‘ladi. Bu shuni anglatadiki, ijara davri mobaynida ijarachi birja 122 a’zolarining yig‘ilishlarida va birjaning Boshqaruvi oldida faqat brokerlik joyi egasining ishonch qog‘ozi orqali fond birjasi a’zo- sining manfaatlarini ifoda etishi mumkin. Ijaraga beruvchi va ijarachi bir-biri bilan birjaning boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan namunaviy shakl bo‘yicha brokerlik joyi- ning ijarasi haqida shartnoma tuzadi. Unga ko‘ra ijarachi qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi amaldagi qonun hujjatlariga, birja qoidalariga rioya qilishi, birja bilan xizmatlar ko‘rsatilishi uchun shartnoma tuzishi, tuzilgan bitimlar bo‘yicha vositachilik yig‘im- larini birjaga o‘z vaqtida o‘tkazishi shart. Ijara haqining miqdori tomonlar o‘rtasidagi kelishuvlarga muvofiq belgilanadi. U qat’iy o‘zgarmas miqdorda (masalan, oyiga 5 ming so‘m) yoki nisbiy miqdorda har bir tuzilayotgan bitim summasiga nisbatan foiz hi- sobida (masalan, har bir bitim bo‘yicha vositachilik yig‘imi sum- masining 7 foizi), yoxud ikkala usulning uyg‘unligida belgilani- shi mumkin. Bunda muntazam a’zolik badallarini to‘lash ijarachi zimmasiga yuklatiladi. Ijara shartnomasi birja tomonidan ro‘yxatga olinadi. Fond birjasi a’zolariga savdolarga ruxsat berish faqat ular- da qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar qilish uchun litsenziya mavjud bo‘lib, ular investitsiya muassasasi maqomiga ega bo‘lgan, shuningdek, brokerlik idorasi birjada ro‘yxatga olingan hollarda amalga oshiriladi. Birjada brokerlik joyini sotib olgan va qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini beruvchi malaka shahodatnomasiga ega bo‘lgan jismoniy shaxs faqat u joy- lardagi davlat boshqaruvi idorasida ro‘yxatga olinganidan hamda bankda hisob-kitob raqami ochilganidan keyin savdolarga qo‘yi- lishi mumkin. Bunda birja a’zolari bo‘lgan yuridik shaxslarning ishonch qog‘ozi va birja Malaka komissiyasining ruxsatnomasi- ni olgan brokerlar birja savdolarida bitimlar tuzish huquqiga ega bo‘ladi. Birja a’zosi bo‘lgan jismoniy shaxs, agar u mustaqil ra- vishda faoliyat ko‘rsatsa, brokerlik idorasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya va malaka shahodatnomasiga, birja Malaka komissiyasining ruxsatnomasiga ega bo‘lishi kerak. 123 Download 4.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling