O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi
Mahsulotga real narxlarning shakllanishi
Download 4.54 Kb. Pdf ko'rish
|
Birja ishi SANPINga
17.5. Mahsulotga real narxlarning shakllanishi
Hozirgi paytda Umumiy elektron tizimda avtomobil benzini, di- zel yoqilg‘isi, qora metall prokati, mis, rux, ikkilamchi alyuminiy, paxta tolasi, shrot va shulxa, boshqa muhim resurslar bo‘yicha birja va kimoshdi savdolari o‘tkazilmoqda. Qora metall savdosi bo‘yicha kimoshdi savdolarini o‘tkazish misoli juda qiziqarli. Birinchi savdoda ikkilamchi alyuminiy narxi boshlang‘ich narxga nisbatan 60 % o‘sdi, chunki mahsulotning o‘ta taqchilligini his qilgan iste’molchilar uning uchun sun’iy bel- gilangan boshlang‘ich narxdan ancha yuqori narxda haq to‘lash- ga tayyor edilar. Birinchi savdolar natijasida ishlab chiqaruvchilar 166 qo‘shimcha foyda oldilar. Keyingi savdolarda talab qisqardi, mah- sulot narxi pasaydi va barqarorlashdi. Benzin va dizel yoqilg‘isi sotish bo‘yicha birja elektron sessi- yalarida ham, garchi narxning bu qadar yuqori ko‘tarilishi o‘ringa ega bo‘lmagan bo‘lsa-da, shunday holat kuzatildi. Biroq bu yerda ham birinchi savdoda narxning o‘sishi, keyingi savdolarda esa pa- sayishi va barqarorlashuvi qayd etildi. Doimiy ravishda birja savdosiga qo‘yiladigan mahsulotlar- ning optimal bozor bahosi shartli ravishda shakllanishdan boshlab aniqlanadi. Misol uchun, har kuni bo‘ladigan savdoda qora prokati bahosining shakllanishida xizmat qilishi mumkin. Masalan, po‘lat armaturasi o‘rtacha narxi o‘tgan yili bu mahsulot savdoga vaqt- vaqti bilan qo‘yilgan pallada tonnasiga 376,4 ming so‘m darajada shakllandi, uning o‘rtacha narxi esa 400–440 ming so‘m atrofida bo‘ldi. Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib be- ruvchilar uchun birja savdosiga mineral o‘g‘it ham qo‘yilgan. Ma- salan, karbamid, amiakli selitra, ammofos va superfalfat, shu bi- lan bir qatorda yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan yuqori likvidli tovarlar guruhlari bilan bir qatorda yaqin kunlar ichida birja va kimoshdi savdoga kabel simlari mahsulotlari, paxta linti, oziq-ovqat mahsu- lotlaridan o‘simlik yog‘i, shakar va guruch kurpalarining birja sav- dosiga qo‘yilishi mo‘ljallangan. Joriy baho dinamikasining tahlili birja savdosidagi baho bozorini shakllantiradi. Shunday qilib, birja savdosi savdogarlikka yordam beradi va ba- honing o‘sishiga olib keladi degan gumon o‘zini oqlamadi. Birja savdosida bir butun elektron tizimni joriy qilish sababli yildan yilga aylanmaning o‘sishi mustahkamhgi kuzatilmoqda. Shu jumladan, 2007-yilda birja savdosining oboroti 2006-yilga nisbatan 12 % ga o‘sganligi aniqlangan. Joriy yilda o‘tgan yilga nisbatan yuqori likvidli mahsulot turlari 60 mlrd. so‘mdan ortiqroq sotilgan, 2008-yilning birinchi choragida Respublika ichkarisidagi shartno- ma hajmiga nisbatan uch barobarga oshgan. Birja tahlilchilari shuni isbotlamoqchi bo‘lishyapti, ya’ni yan- gi hokimiyat qarorlari nafaqat savdoning oborotini zudlik bilan 167 oshirish va shu bilan korxonaning moddiy texnika resurslariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish demakdir. Download 4.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling